Termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va texnologik ta


Download 305.56 Kb.
bet1/9
Sana22.06.2022
Hajmi305.56 Kb.
#770426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha talimda jismoniy tarbiya nazariyasi1111
2 5226965325102188687, фанга кириш тақдимот, Bilim sohasi 600 000 Xizmatlar sohasi Ta’lim sohasi 640 000 Ha, Toʻla bandlik, 2 5301077184817923945, Мардонова Гулрух. 8 - мавзу, 55555, 55555, jismoniy tarbiya darsini boshlangich sinflarda otishning dolzarb masalalari, Тошбадалов Жавохир, Mundarija-fayllar.org, Answer.2, mustaqil-ish-hajiyev.a, Answer.2, adobe flash dasturi yordamida oquv multimedia vositalarini yaratish texnologiyalari



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA TEXNOLOGIK TA’LIM
FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
104-GURUH TALABASI
AMINOVA LOBARNING
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Maktabgacha talimda jismoniy tarbiya nazariyasi

MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM VA OILADA JISMONIY TARBIYALASH NAZARIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim va oilada jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari.
1.2. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi
II.BOB. JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA TA’LIM-TARBIYA ASOSLARI
2.1. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning birligi.
2.2. Jismoniy tarbiya tizimida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va o‘qitish
prinsiplariBola asab tizimining alohida xususiyatlari.
2.3. Jismoniy tarbiya berish jarayonida ta’lim metodlari
III.BOB. JISMONIY TARBIYA VOSITALARI
3.1.Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi
3.2 Jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish uchun kerakli jihoz va inventarlar, guruh xonalari, zal va maydonni jihozlash
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.
Avvalgi darslik A.V. Keneman, D.V. Xuxlayeva tomonidan yaratilgan bo’lib “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan 1999-yilda tarjima qilinib, o‘zbek tilida chop etilgan. Ushbu darslikning ba’zi bir mavzulari O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘sayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga (chiniqtirish, sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar va boshqalar) mos kelmaydi.) Ushbu tavsiya etilayotgan o’quv qo’llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanini o’qitish o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. O‘zbekiston iqlimi sharoitida bolalarni jismoniy rivojlantirilishiga moslashtirilgan.
O’quv qo’llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari ochib beriladi, vositalari asoslanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim va tarbiyaning asoslari, jismoniy tarbiya mashqlariga o‘rgatish, harakatli va sport o‘yinlarini o‘tkazish metodikasi, maktabgacha ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishini tashkil etish shakllari (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya va boshqalar) kabi masalalar yoritiladi. O‘quv qo‘llanma 2010, 2011, 2014-yillarda to’ldirilib qayta nashr qilingan.


I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM VA OILADA JISMONIY TARBIYALASH NAZARIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Download 305.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling