Termiz davlat unversiteti yuridik fakulteti


Download 142.88 Kb.
bet1/17
Sana05.08.2022
Hajmi142.88 Kb.
#790974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xolnazarova kurs ishi
dasturlash bujicha olimpiyada masalalari ularni echishga doir uslubij kullanmalar, 1-maruza 92eea1377715e6c5726d3517883fdcae, 1.Чориев Хамид Азамович , 3-ma`ruza, Д А Л О Л А Т Н О М А (нусха) - копия (2), Д А Л О Л А Т Н О М А (нусха) - копия (2), Men seni sevaman, moliyaviy risk, moliya, Кириш, 10, Xisobot Durdona 97, Xisobot Durdona 97, 14.Saralash jarayonini parallel ravishda bajarish., Nejronnye.seti.na.Python

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo’nalishi 3-kurs 119-guruh talabasi Xolnazarova O’g’ilshodning
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanidan tayorlagan

KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Shaymardonov Botir.

Mavzu: Huquqiy tarbiya va axloqiy tarbiya.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.

  1. Huquqiy tarbiya tushunchasi

  2. Huquqiy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari

  3. Huquqiy tarbiya vositalari

  4. Huquqiy tarbiya metodlari

  5. Axloqiy tarbiya va uning vositalari

  6. Axloqiy tarbiya. Axloqiy tarbiyaning mohiyati, vazifalari, usullari.

Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbek xalqining ta’lim-tarbiya sohasidagi milliy merosi uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Ota-bobolarimiz juda qadimdan yosh avlodni hayoli, iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida huquqiy ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’rifiy jarayonda ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta’lim-tarbiya mazmunini yaratadi.
Ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan boshlangan va rivojlangan. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Turmush faoliyati boshlanishi bilan ishlab chiqarish tajribasi va malakalarini o’zlashtiradi, shu jarayonda unda aqliy va jismoniy kamolot, madaniy, axloqiy va estetik qarashlar shakllanadi. SHaxsga ta’lim-tarbiya berishni o’ziga kasb qilib olgan kishilar paydo bo’lib, asta-sekin ta’limiy maqsadlar shakllanadi, shuningdek, kishilarning ijtimoiy sifatlari aniqlanadi.
Dastlab ta’lim beruvchilar yoshlarni otda yurishga, kamondan o’q otishga va adolatli bo’lishga o’rgatishgan. Ajdodlarimiz o’z Vatanini, xalqini sevish, do’stlariga va safdoshlariga sadoqatli bo’lish, or-nomusni qadrlash kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lganlar. SHarqda taraqqiy etgan ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ta’limotlarni o’rganishda falsafa, huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, pedagogika sohasida ish olib borgan H.Boboev, A.Jo’zjoniy, V.Zohidov, A.Zunnunov, M.Inomova, Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, M.Xayrullaev, O.Eshonov, SH.O’razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o’rin egallaydilar1. Ular ta’lim-tarbiya sohasida huquqiy ta’lim-tarbiyaning, jumladan, huquqshunoslik, fiqhshunoslik, hadisshunoslik yo’nalishlarining rivojlanishida juda ko’p ijobiy natijalar ro’y berganligini isbotlab berganlar. Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni.
Huquqiy tarbiya vositalariga: huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot, o’zini o’zi tarbiyalashlar kiradi.

Download 142.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling