Termiz davlat unversitetining pedagogika unstituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.65 Mb.
bet1/16
Sana10.09.2022
Hajmi0.65 Mb.
#803960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kaltakesaklar kurs ishi
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon roman, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, 30 - мавзу матн, 39 маъруза матни, Б.Ёриев Мақола, Б.Ёриев Мақола, O‘zbekiston respublikasi (2), 7-мавзу мат, o dars, o dars, o dars, Logarifmik tenglamalarni yechish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish, Ko`rsatkichli va logarifmik tenglamalarga oid misollar yеchish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNVERSITETINING PEDAGOGIKA UNSTITUTI
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI

5110400-BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI II-KURS 202-GURUH TALABASI
NORQOBILOV DOSTON XOLMIRZO O’G’LINING
ZOOLOGIYA FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: Termitlar oilasi tarkibi va hayot kechirishi.
Ilmiy rahbar:
“Biologiya va geografiya”
kafedrasi o’qtuvchisi
_______ B. Xoliqnazarov
“____” _____ 2022 yil
TERMIZ-2022
MUNDARIJA

I.KIRISH …………………………………………………....................................3
1.1. Mavzuning dolzarbligi , kurs ishining maqsadi , kurs ishining vazifasi,
kurs ishining ob’yekti ...........................................................................................5
II. ASOSIY QISM .................................................................................................7
2.1. . Umumiy tavsifi va ularning klassifikatsiya ................................................7
2.2. Tangachalilar turkumi. Kaltakesaklar kenja turkumi haqida umumiy malumot…………………………………………………………...........9


2.3. Yashash sharoiti, tarqalishi, oziqlanishi va ko’payishi……………........14


2.4.Himoyaviy moslashishlar va ularning ahamiyati.......................................19
Glossariy ………………………………………………………………….....….21
Xulosa ..................................................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ..................................................................24
Kirish
Xordalilar tipiga tashqi ko‘rinishi, yashash sharoitiva hayot tarzi har xil bo'lgan hayvonlar kiradi. Xordalilar, asosan barcha muhitlarda, ya’ni suvda, tuproq qatlamlarida, yer ustida vahatto havoda ham uchraydi. Geografik nuqtayi nazardan ular yersharining deyarli hamma qit’alarida tarqalgan. Xordalilarning o'lchamlari
ham xilma-xil, ya’ni ularning uzunligi 0,5—3 mm dan 30—33 mgacha va og‘irligi 150 t gacha boradi.Xordalilar tipiga mansub bo‘lgan hayvonlar nihoyatda xilma-xil
bo‘lishiga qaramasdan, ular uchun umumiy bo‘lgan quyidagi xususiyatlar mavjud:
1. O’q skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davridaxorda yoki orqa tori bajaradi. Xorda elastik egiluvchan o’zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha cho’ziladi. Xorda, asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda (assidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional
rivojlamsh davrida bo’ladi va keyinchalik xorda va nerv nayini o’rab turadigan biriktiruvchi to'qimalardan tog’ay yoki suyak umurtqalar hosil bo‘ladi.
2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana bo’ylab joylashgan bo’lib, shaklan nayga o'xshaydi, uning ichki bo’shlig’i nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab o’zgarishlar va yo’g’onlashuv tufayli bosh miya shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo'ladi, ya’ni ektodermadan yuzaga keladi.
3. Halqum devorining ikki yonida qator o’rnashgan va halqum. Bo’shlig’ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo’ladi.Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga saqlanadi. Quruqlikdayashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o‘tgan umurtqali hayvonlardajabra yoriqlari faqat embrion davrida bo'lib, tezda bitib ketadi.Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosferahavosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka rivojlanadi. Hazm qilish organlarixorda yoki umurqalarning ostida joylashgan.Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilargavdasining qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostidajoylashadi.
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi
belgilar ham xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi bir
umurtqasiz hayvonlar tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag'li
chuvalchanglar ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi
og‘izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qo‘yiladi. Ikkilamchi og'iz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil bo'ladi. Bitayotgan gastropor o'rnida esa anal teshigi hosil bo'ladi. Birlamchi og'izlilarda esa gastropor o‘rnida og‘iz teshigi hosil bo‘ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula devorining o‘pirilishi natijasida hosil bo'ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i — selom hosil bo'ladi, bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag'lilar, yelkaoyoqlilar, bo‘g‘imoyoqlifar va halqali chuvalchanglar uchun ham xosdir.
3. Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, bo'g'imoyoqlilarda
va ko‘pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishda joylashuvi xarakterlidif. Yuksak xordalilarda metameriyadeyarli bilinmaydi.
4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g'ovaktanlilar
va bo‘shliqichlilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama — bilaterial
simmetriyali tuzilgan, ya’ni gavdasini chap va o‘ng boiaklarga ajratadigan
faqat bitta yuza o‘tkazish mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling