Termiz davlat unversitetining pedagogika unstituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.65 Mb.
bet10/16
Sana10.09.2022
Hajmi0.65 Mb.
#803960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
kaltakesaklar kurs ishi
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon roman, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, 30 - мавзу матн, 39 маъруза матни, Б.Ёриев Мақола, Б.Ёриев Мақола, O‘zbekiston respublikasi (2), 7-мавзу мат, o dars, o dars, o dars, Logarifmik tenglamalarni yechish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish, Ko`rsatkichli va logarifmik tenglamalarga oid misollar yеchish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish
Oziqlanishi. Sudralib yuruvchilarning yeydigan ozuqasi ham va oziq topish usullari ham turlicha bo'ladi. Ularning orasida hasharotxo'rlar. baliqxo'rlar, yirtqichlar va o'simlikxo'rlari bor. Kaltakesaklarning ko'pchiligi hasharotlar bilan oziqlanadi. To'garakboshlilar, asosan mayda qo'ng'izlarni tutib yeydi. Kaltakesakchalar to’g‘riqanotli hasharotlarni, asl kaltakesaklar qo‘ng‘izlar, o’rgimchaklar va molluskalarni tutib yeydi. Sariq ilon bilan urchuqcha esa molluskalarni echkemarlar hasharotlarni, sichqonsimon kemiruvchilarni va qushlarni tutib yeydi. Toshbaqalar va timsohlar esa qisqichbaqasimonlar, molluskalar, hasharotlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Suv ilonlari va boshqa
bir qancha ilonlar, amfibiyalar, baliqlar, kemiruvchilar hamda qushlarning tuxumlari bilan oziqlanadi. Dengiz toshbaqalari va dengiz ilonlari mayda baliqlar va ularning chavoqlari bilan oziqlanadi. Bo'g'ma ilonlar kemiruvchilar, maymunlar va boshqa yirik hayvonlarga ham hujum qiladi, ular o'ljasini halqadek o'rab olib, bo'g'ib o'ldiradi. Suv ilonlari (zaharsiz) baqalarni tiriklayin yutadi. Zaharli ilonlar esa o'ljasiga to'satdan tashlanib, uni zahar tishlari bilan chaqib zaharlab o'ldiradi va
shundan keyin butunligicha yutadi. O'simlikxo'r reptiliyalar kam. Quruqlikda
yashovchi toshbaqalarning deyarli hammasi, bizda uchraydigan O'rta Osiyo cho‘1 toshbaqasi, Kavkaz toshbaqasi, ayrim tur agamalar va iguanalar, asosan o'simliklar bilan oziqlanadi. Ular ba’zan mayda hayvonlar bilan ham oziqlanadi. Ko'pchiligi suv ichadi yoki suvni ozuqa tarkibidan oladi. Ularning oziq qidirishi ham
turlicha. Ozig'ini yer ustidan va yer ostidan qidirib topadi. Masalan: matrap
kaltakesakchasi (Eremias grammica) O’rta Osiyo sahro qumlaridan 10 sm chuqurlikkacha qazib hasharotlarni tutib yeydi, ular bir yeganda 20 tagacha qurtni paqqos tushiradi. Qurtni o'tkir hid bilish organi orqali yer ostidan topib kavlab oladi. Ilonlardan bo'g'ma ilonlar. timsohlar, suv toshbaqalari va xameleonlar awal o'ljasini poylab, keyin unga tashlanadi. Xameleonlar daraxt shoxchalarida poylab uzun tili yordamida hasharotlarni tutib yeydi. Ilonlar bilan toshbaqalar uzoq ochlikka chidavdi (bu holatni albatta oziqni yetishmasligidan deb tushuntirish mumkin, och qolganda ularning faolligi sust bo'ladi). Kaltakesaklar har doim oziq topgani uchun ularda yuqoridagi xususiyat, ya’ni ochlikka chidash kuzatilmaydi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling