Termiz davlat unversitetining pedagogika unstituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.65 Mb.
bet8/16
Sana10.09.2022
Hajmi0.65 Mb.
#803960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
kaltakesaklar kurs ishi
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon roman, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, 30 - мавзу матн, 39 маъруза матни, Б.Ёриев Мақола, Б.Ёриев Мақола, O‘zbekiston respublikasi (2), 7-мавзу мат, o dars, o dars, o dars, Logarifmik tenglamalarni yechish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish, Ko`rsatkichli va logarifmik tenglamalarga oid misollar yеchish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish
Asl kaltakesaklar (Lacertidae) oilasining 22 ta avlodi va 200 tacha turi bor. Ularning tanasi silindr shaklida, bo'yin qismi tanasidan yaqqol ajralib turadi, besh barmoqli oyoqlari yaxshi takomil etgan, tashqi quloq teshigi boMadi. Asl kaltakesaklar boshining usti shox qalqonlar, tanasining usti mayda tangachalar, qorin tomoni esa bo’yiga va ko’ndalangiga qator o'rnashgan to’rt burchakli qalqonlar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalari esa halqa boMib o'rnashgan.
Asl kaltakesaklar mayda va o'rtacha kattalikda bo'ladi, dumi uzun va uziluvchan, son teshiklari bor. Har xil hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Yevrosiyoda keng tarqalgan tipik vakillariga yashil kaltakesak (Lacerta viridis), tez yoki ildam kaltakesak (Lacerta agilis) va tirik tug’ar kaltakesak (Lacerta vivipara) kiradi. Aksariyat turlari cho’1 va dashtlarda hamda tog’ etaklarida yashaydi. Rossiyaning salqin o'rmonlarida tiriktug’ar kaltakesak, o’rta mintaqada, jumladan, O’zbekistonning cho’1 mintaqalarida targ’il chiziqli rang-barang kaltakesakchalar, tog’li va shimoli-sharqiy hududlarda ildam keltakesak uchraydi. Ukraina va Kavkazda esa yashil kaltakesaklar tarqalgan.
Zahartishlilar (Helodermatidae) oilasiga 2 ta tur kiradi va ular kaltakesaklar kenja turkumi orasida birdan-bir zaharli guruh hisoblanadi. Zahartishlilar Shimoliy Amerikaning janubi-g’arbida uchraydi. Zahartishlilardan zahartish (Heloderma suspectum) Meksikada va eskorpion (Heloderma horridum) Kalimantan (Bornea) orolida uchraydi. Zahartishlilarning uzunligi 60 sm gacha boradi. Ular tashqi tomondan echkemarlarga o’xshaydi, gavdasi vazmin, tanasi o’qlovsimon, oyoqlari kalta, dumi yo'g'on va to’mtoq. Tepa ko'zi bo’lmaydi, rangi och sariq yoki to’q qizg'ish tusda bo'ladi, tangachalarida gilamga o’xshash qoramtir naqshlari bor. Ular kechqurun va tunda faol bo'ladi. Zahartishlilar jag'ining ostida o'rnashgan uzunligi 4 sm va qalinligi 1,5 sm keladigan zahar bezi bor, u g'azablanganda zahari zahar bezidan jo'yakli tishiga oqib tushadi. Ularning zahari odam uchun o'ta xavfli hisoblanadi, qattiq og'ritadi. Zahartishlilar avgust oyida 3 tadan 12 tagacha tuxum qo'yib ko'payadi. Ular hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, mayda kemiruvchilar,
qushlarning palaponlari va tuxumlari bilan oziqlanadi. Zahartishlilarning 2 ta turi ham ≪Xalqaro Qizil kitob≫ga kiritilgan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling