Termiz shahrida ekalogik muammolar haqida
Download 323.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tursoatova.Sh. Termiz shahrida ekalogik muammolar haqida
Termiz shahrida ekalogik muammolar haqida Termiz shahri Surxandaryo viloyatining markazi hisoblanadi. Amudaryoning o’ng sohilida joylashgan shahar. O’zbekistonning janub qismida, Afg’oniston chegarasiga yaqin dengiz sathidan o’rtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti, Temiryo’l stansiyasi, Xalqaro Aeroporti mavjud. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8km². Aholisi 2.681 ming kishi (2021 y) Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (O’zbekistondagi eng issiq shahar- eng yuqori temperature 52°, 2019-yil 21- iyunda qayt etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha temperatura 16-18°. Yanvarning o’rtacha teperaturasi 2.8-3.6°, iyulniki 28-32°. Ba’zida qishda sovuq -20° va undan ham past bo’ladi. Yillik yog’in 133mm. Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qadimiy shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yo’lining muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan. Yuqorida ta’kidlanganidek Termiz respublikamizning janubida joylashgan shahar,uni bejizga janub gavhari deb atashmaydi.Termiz shahri yozda juda issiq va quruq havosi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi.Yozda havo harorati doimiy 38°dan yuqori bo’ladi va juda tez-tez bo’lib turadigan, mahalliy aholi tilida Afg’on shamoli deb ataladigan quruq va changli qattiq shamol ko’tarilishi ekalogik muhitga salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday ob-havoda shahar hududida istiqomat qiluvchi yoshi katta insonlarning, yuqori qon bosimi va nafas yo’llarida muammosi bor insonlarga birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Bunday ob-havoda shahar ko’chalarida piyoda yurish anchayin noqulayliklar keltirib chiqaradi. Keyingi yillarda ob-havoning keskin isishi dunyo bo’ylab kuzatilayotgan global isish bilan bevosita bog’liq. Bu kabi holatda ob-havoni mo’tadillashtirishning imkoni yo’q shu sababli bunday ob-havo sharoitlarida insonlarga quydagicha yo’l tutishlari tavsiya e’tiladi. Ko’proq uyda qolish va dam olish; Salqinlatuvchi mahsulotlarni iste’mol qilish; Tez-tez va ko’p miqdorda suyuqlik iste’mol qilish; Issiq havoga mos kiyinish; Sayr qilish vaqtini o’zgartirish va h.k. Download 323.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling