Teshaboeva dildora bitiruv malakaviy ishi mavzu: tekis tezlanuvchan


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.08.2020
Hajmi1.01 Mb.
#126707
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tekis tezlanuvchan harakatni organish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI  
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Fizika-matematika fakulteti 
Fizika kafedrasi 
5140200-fizika yo’nalishi 4F2 guruh talabasi 
 
TESHABOEVA DILDORA 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
MAVZU: “TEKIS TEZLANUVCHAN 
HARAKATNI O’RGANISH  
 
Ilmiy rahbar                           dotsent A.Xakimov 
 

  M U N D A R I J A. 
 
       K 
 

 

 
I  
SH......................................................................................3 
 
 
      I-BOB.  Fizika      ta’limining      maqsadi      va   
vazifalari.......................6   
 
      1.1.Fizik    ta’limda    yangi    innovatsion    ta’lim  
texnologiyalaridan  foydalanish 
               
istiqbollari……………………………………………………………….9 
      1.2.Fizika        o’qitishda    pedagogik    texnologiyalardan  
foydalanish…............13   
      1.3.Fizika 
o’qitishda 
kompyuter 
va 
axborot 
texnologiyalaridan  foydalanish..17 

      1.4.  Fizika    o’qitishda    laboratoriya    mashg’ulotlarining  
o’rni 
 
va  
ahamiyati................................................................................
.................................24 
      1.5. 
 
Fizika 
 
o’qitishda 
 
o’quvchilarning  
dunyoqarashlarini  shakllantirish….27  
     1.6.  Fizika    o’qitishda    o’quvchlarning    fanni    bilishga  
bo’lgan  qiziqishlarini      
             
rivojlantirish……………………………………………………………..30 
      
II-BOB.  Umumta’lim  maktablarida  ,,Tekis  tezlanuvchan 
harakat  qilayotgan    jism    tezlanishini    aniqlash’’  mavzusini 
o’qitish usullari. 
 
2.1.Fizika    o’qitish    metodikasi    fanining    umumiy  
qoidalari  va  tamoyillari..33 

 
    2.2.Fizika  o’qitishda    ,,Yangi    materialni    bayon    etish’’  
darsi……………….39 
 
2.3.,,  Tekis  tezlanuvchan  harakat  qilayotgan  jism 
tezlanishini 
aniqlash’’ 
mavzusida 
laboratoriya 
ishi…………………………………………………….41 
2.4.  ,,Tekis  tezlanuvchan  harakat  qilayotgan  jism 
tezlanishini  aniqlash’’  mavzusi  bo’yicha    nazorat    darsi  
o’tkazish  uchun testlar………………………………43  
2.5.    Fizika      o’qitishda      og’zaki      bayon    
uslublari…………………………..47  
  
2.6    .  Fizika      o’qitishda      muammoli      o’qitish    
uslubi……………………...50 
  

2.7  .  Fizikadan    o’quv  mashg’ulotlarining    shakllari    va 
dars  turlari………...53 
2.8. 
Fizikadan 
o’quv 
mashg’ulotlarining 
turlari……………………………...56 
 
III-BOB.  Dars    samaradorligini    oshirishda    pedagogik    
texnologiyaning  
   joriy 
 
etish  
muammolari.......................................................................
.........60 
 
3.1          Dars    samaradorligini    oshirishda    pedagogik  
texnologiyaning  
        tafsifiy  
jihatlari……………………………………………………………62 
 

3.2.Dars    samaradorligini    oshirishda    ilmiy-texnik  
taraqqiyot    va    ta’lim      jarayonini        texnologiyalashtirish    
vazifalari………………………………......72 
 
IV.       
Xulosa.....................................................................................
...................77 
 
V. 
 
 
 
 
 
Foydalanilgan 
 
adabiyotlar  
ro’yhati..............................................................81 
 
                                 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
                                     K  I  R  I  SH. 
        Mamlakatimizda    ,,Kadrlar    tayyorlash    milliy  
dasturi’’ni    bosqichma-bosqich  va    muvaffaqiyatli    amalga  
oshirish  ko’p  jihatdan  o’qituvchi  faoliyati,  uning  kasbiy  
nufuzini    oshirish    bilan    bog’liqdir.    Shunday    ekan,  
sog’lom    va    har    tomonlama    barkamol    avlodni  
yetishtirish  uzluksiz  ta’lim  tizimida  mehnat   
qilayotgan  pedagogning  saviyasiga,  tayyorgarligiga  uning  
yosh  avlodni   
o’qitish    va    tarbiyalash    ishiga    bo’lgan    munosabatiga  
bog’liqdir. 

       O’qituvchi  jamiyatning  ijtimoiy  topshirig’ini  bajaradi,  
har  tomonlama 
yetuk    mutaxasislarni    tayyorlashda    o’qituvchi    muayyan  
ijtimoiy-siyosiy  pedagogik    va    shaxsiy    talablarga    javob  
berishi    lozim.    Shunday    ekan,      o’qituvchi    mustaqillik  
g’oyasiga  e’tiqodli,  har  tomonlama  ilmiy  tafakkurga ega,  
kasbiga    tegishli    ma’lumoti    bor,    ya’ni      o’z    fanining  
chuqur  bilimdoni, pedagogik  muloqot  ustasi,  pedagogik,  
psixologik  va  uslubiy  bilim  hamda malakalarni  egallagan  
bo’lishi  va  turli  pedagogik  masalalarni  tezda  yechishi, 
har-xil   vaziyatlarni  sezishi,  o’rganishi  va  baholay  olishi  
kerak.  U  pedagogik 
ta’sir    ko’rsatishning    eng    maqbul    usul    va    vositalarini  
tanlay  olish  qobiliyatiga 
ham  ega  bo’lishi  lozim.  
           Hamma    sohada    bo’lgani    kabi    fizika    fanini  
o’qitishda    ham      o’quvchilarda    bilim,  ko’nikma  va 
malakalarni shakllantirish, tizimli va 

mustahkam  bilim  berish,  mantiqiy  fikrlash  va  ijodiy 
qobilyatni  rivojlantirishda  maktabda  fizika  o’qitish 
uslubining ro’li yanada oshdi. O’zbekiston Respublikasining 
“Ta’lim  to’g’risida”  gi  qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”  masala  yechishning    va  laboratoriya  ishlari, 
praktikum  mashg’ulotlarini dolzarbligini yanada oshirdi. 
 
Maktab,  kollej,  akademik  litseylarda  fizika  kursining 
alohida  bo’limlari  bo’yicha  darslar  uyushtirish  va 
o’tkazishda  o’quv  materialini  tizimga  solish,  o’qitish 
jarayonini  maqbul  usul  va  yo’llar  bilan  boyitish,  maktab 
o’quvchilariga  nazariy  asoslangan  va  tajribada  isbotlangan 
fizika  o’qitishni  havola  etish  shu  kunning  eng  dolzarb 
masalasidir.  
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  1997-yil  29-avgustda 
O’zbekiston Oliy majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida 
bu  masalaga  o’z  munosabatini  bildirib,  yo’l  qo’yilgan 
kamchiliklarga    alohida    e’tibor    berdi.  Asosiy  masalalar 
zamon  talab  qilayotgan  butunlay  yangi  tarkibdagi  va 
yagona uslubdagi o’rta umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim va 
oliy  o’quv  yurtlari  islohotini  o’tkazishdan  iboratdir.  Shu 

sababli  ham  oliy  majlisning  IX  sessiyasida  “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinib, unda ta’lim sohasida 
tub o’zgarishlar qilish vazifasi qo’yildi. 
 
  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  fizika  o’qitish 
uslubiyoti oldiga qator muammolarni qo’ydi: 
1. O’rta  umumta’lim  va  o’rta  maxsus  ta’lim  soxalarida 
ta’lim mazmunini aniqlashtirish; 
2. Mazmunan  yangi  va  mukammal,  eksperimental  va 
barqaror dasturlarni yaratish
3.  Fizika  tushunchalarini  shakllantirishning  psixologik-
didaktik asoslarini ishlab chiqish; 
4. Fizika  o’qitishning  eksperimental  asoslarini  qayta 
o’rganib chiqish va takomillashtirish; 
5. O’quv 
jarayonida  zamonaviy  texnik  kompyuter 
jihozlaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish; 
6.  O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat 
qilishning  zamonaviy  usullarini  qo’llash,  uning 
me’yorlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  tadbiq  etish  kabi 
muammolar qo’yildi.  
 
Mazkur bitiruv  malaka   ishi   3 ta  bob ,  hulosalar, 
foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhatidan  iborat  .Bitiruv  

malaka  ishi  mundarijasida    “Kirish”  qismidan  so’ng      3  ta 
bob:   I-bob: Fizika  ta’limining  maqsadi  va  vazifalari;  
 II-bob:  Umumta’lim    maktablarida  ,,Tekis  tezlanuvchan 
harakatlanayotgan  jism  tezlanishini  aniqlash’’  mavzusini 
o’qitish usullari ;  
 III-bob:  Dars    samaradorligini    oshirishda    pedagogik  
texnologiyaning  joriy  etish  muammolari;  deb  nomlangan  
boblar    keltirilgan.  Bitiruv  malaka  ish  jami    81      sahifadan 
iborat.  Ulardan    mundarija,  kirish,    xulosa    va  31      nomda 
keltirilgan  adabiyotlar  ro’yhatidan  iborat.  Har  bir  bo’limda 
o’qitishni 
innovatsion 
ped. 
tehnologiyalardan, 
kompyuterlardan,  slaydlardan,  plakatlardan  foydalanish, 
dars o’tish   turlari   haqida   malumotlari  berilgan. 
  
 
  
   
 

 
 
  
 
  
 
  
 
 
 
     
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
               I-bob. Fizika ta’limining maqsadi va vazifalari.       
 
       Umumiy  o'rta  ta’lim  maktablarida  fizika  ta’limining 
ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida. ishlab chiqarish 
sohalarida  va  kundalik  hayotda  tutgan  o'rni  bilan 
belgilanadi.  Maktabda  fizika  o'qitish  ta’limning  umumiy 
maqsadlariga  xizmat  qilishi,  ya’ni  o'quvchilarning  ilmiy 
dunyoqarashini,  mantiqiy  tafakkur  qila  olish  qobiliyatini, 
aqliy 
rivojlanishini, 
o‘z-o'zini 
anglash 
salohiyatini 

shakllantirishi  va  o'stirishi,  ularda  milliy  va  umumin-  soniy 
qadriyatlami  tarkib  toptirishi  hamda  ijtimoiy  hayotlari  va 
ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlar 
bilan qurollantirishi lozim. 
       Umumiy  o'rta  ta’lim  maktablarida  fizika  ta’limining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-  o'quvchilarni  fizik  hodisalar.  tushunchalar,  kattaliklar. 
modellar,  qonunlar,  o'lchashJar.  fizikaning  amaldagi 
tatbiqlari,  olamning  fizik  manza-  rasiga  oid  bilimlar  bilan 
tanishtirish; 
-  fizikadan  masalalarni  mustaqil  ishlash,  fizik  hodisalami 
kuzatish  va  ulami  tushuntira  bilish  ko'nikmalarini 
shakllantirish; 
-  fizikaga  oid  asbob  va  uskunalardan  foydalanish,  sodda 
o'lchov  va  tajriba  ishlarini  bajarish,  ulaming  natijalari 
asosida  xulosalar  chiqarish,  asbob  va  uskunalardan 
foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini 
shakllantirish; 


o'quvchilarni 
fan-texnika 
taraqqiyoti, 
fizika 
qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish; 
-  qadimda  va  o'tgan  asrlarda  yashab  ijod  etgan  buyuk 
mutafakkirlar  hamda  hozirgi  davr  Vatanimiz  fizik 
olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini 
tevarak-atrofdagi  mahalliy  va  tarixiy  materiallar  bilan 
bog‘lash orqali o'quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash; 

ta’lim  mazmunini  ijtimoiy  hayot  va  texnika 
taraqqiyoti bilan bog'lash orqali  
o'quvchilarni  ongli  ravishda  kasbga  yo'naltirish,  o'rta 
maxsus (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta’lim 
muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin 
tayyorlash. 
Umumiy  o‘rta  maktab  fizika  ta'limi  oldiga  qo‘yilgan 
vazifalarning bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish ushbu 
davlat  ta’lim  standarti  orqali  amalga  oshiriladi.  U  umumiy 
o‘rta  maktabda  beriladigan  fizika  ta'limi  ma/.munining 
majhuriy  minimumini  hamda  o‘quvchilarning  fizikadan 

tayyorgarlik  darajasiga  qo“yiladigan  minimal  talablar 
majmuasini ifodalaydi.  
       Fizika  ta’limi  mazmunining  majburiy  minimumi 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  o‘quvchilarga 
fizikadan  berilishi  zarur  bo'lgan  ta’lim  mazmunining 
minimumini 
ifodalaydi. 
Maktab 
fizika 
ta’limi 
mazmunini  belgilashda  to‘qqizinchi  sinfni  tugatgan 
yoshlar  umumiy  fizika  kursining  barcha  bo’limlaridan, 
chunonchi, 
mexanika, 
molekulyar 
fizika 
va 
termodinamika,  elektrodinamika,  optika,  atom  va 
yadro fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimga 
ega  bo'lishlari  zarur  ekanligi  inobatga  olingan.  Ta'lim 
mazmunining  majburiy  minimumi  quyidagi  shaklda 
keltirilgan:  fizik  bodisa  va  faktlar,  tushuncha  va 
kattaliklar, modellar hamda qonunlar. 
     Bitiruvchilarning  tayyorgarlik  darajasiga  qo'yiladigan 
talablar  o'quvchilarning  fizikadan  majburiy  tayyorgarlik 
darajasiga,  ya’ni  ulaming  umumiy  o'rta  maktabda  fizika 
ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalariga 
qo'yiladigan 

minimal  talablami  aks  ettiradi.  Umumiy  o'rta  ta’lim 
maktablari 
o‘quvchilarining 
fizikadan 
tayyorgarlik 
darajasiga  qo‘yiladigan  talablar  uning  asosiy  mazmunining 
yo'nalishlari — bilish vositalari, harakat va kuchlar, modda, 
maydon, ish va energiya bo'yicha belgilandi. 
     Bilish  vositalari.  O'quvcliilarni  fizik  hodisalarni 
o'rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar o'tkazish, 
tajriba  natijalarini  umumlashtirish  hamda  darsliklar,  o'quv 
qo'llanmalari  va  boshqa  qo'shimcha  adabiyotlardan 
foydalana olishga o‘rgatish muhim o'rin tutadi. 
     Harakat va kuchlar. Inson harakatda va o'zaro ta’sirda 
bo'lgan  jismlar  qurshovida  yashaydi.  Shu  munosabat  bilan 
jismlar  harakati  va  o'zaro  ta’sir  qonuniyatlarini  o'rganish 
o'quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashini  shakl-  lantirishda 
muhim  o‘rin  tutadi.  Bu  esa  fizika  ta’Iimining  asosiy  maq- 
sadlaridan biri hisoblanadi. 
     Modda.  O'quvchilarning  tevarak-atrofdagi  moddalar, 
ulaming  tuzilishi  va  xususiyati,  modda  tuzilishining 
diskretligi  haqidagi  ta'limot  evolyusiyasi  yuzasidan 

tasavvurga  ega  bo'lishlari,  moddaning  turli  agregat 
holatlari,  har  bir  agregat  holatdagi  moddaning  xossalari. 
berilgan  xossaga  ko'ra  yangi  materiallar  hosil  qilish  kabilar 
bilan  tanishishlari  o'zlarini  o'rab  turgan  olam  tuzilishini 
anglashlarida muhim bosqich hisoblanadi. 
     Maydon. 
Fizik 
maydon 
tabiatni 
oTganishdagi 
fundamental  tushun-  chalar  qatoriga  kiradi.  Maydon 
tushunchasini  o’zlashtirib  olish  o'quvchilarda  ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Maydon bilan tanishtirish o'quvchilarning elektr, magnit va 
yoruglik  hodisalarini,  teleko'rsatuv  va  radio  aloqa 
tamoyillarini, turli  chastotalar diapazonidagi elektromagnit 
toMqinlar xususiyatini tushunishlari uchun zarur bo'ladi. 
 
     Ish  va  energiya.  Ish  va  energiya  asosiy  fizik 
tushunchalardan 
bo'lib, 

o'quvchilarda 
ilmiy 
dunyoqarashning  asosi  bo'lgan  olamning  fizik  nianzarasini 
ochib  berishda  hal  etuvchi  ahamiyatga  ega.  O'quvchilar 
energiya  tushunchasini  o'zlashtirib  olishlari,  energiyaning 

bir  turdan  boshqa  turga  aylanishi  va  undan  foydalanish, 
energiya  manbalari  va  bu  borada  mavjud  bo'lgan 
muammolami tushunishlari lozim. 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1.  Fizik  ta’limda  yangi   innovatsion  ta’lim  
texnologiyalaridan 
foydalanish   istiqbollari. 
 

       Jamiyatning    bugungi    taraqqiyoti    darajasini    sanoat  
rivoji  bilan  emas,  balki 
axbototlarning    ko’lami    va    tez    almashinuvi    bilan  
belgilash  odat  tusiga  kirib 
bormoqda.  Yangi  axborot  texnologiyalarining  rivojlanib,  
barcha  sohalarga   
kirib    borishi    esa,    jamiyatda    yangi    sanoat    ishlab  
chiqarish  texnologiyalari   
kabi    ,,Yangi    ta’lim    texnologiyalarining’’    yaratilishi    va  
rivojlanishiga  olib   
kelmoqda.    Insoniyat    oldida    cheksiz    taraqqiyot  
imkoniyatlari  ochilmoqda. 
Bu    imkoniyatlardan    foydalanish    uchun    yangi  
informatsion  va  kommunikasion 
texnologiyalardan    unumli    foydalanishni    bilish    talab  
etiladi. Ayniqsa,  ta’lim   

samaradorligini    oshirishda    yangi,    information    ta’lim  
texnologiyalaridan   
foydalanish    haqida    mulohazalar    bayon    etilgan.  Unda  
yangi  pedagogik  va  
informatsion    texnologiyalarga,    ularning    paydo    bo’lishi  
mohiyati  va   
ahamiyatiga  to’xtalib  o’tilgan. 
        Yangi    XXI-  asr    esa    information    texnologiyalarning  
shiddatli  va  keng   
masshtabli  rivojlanishi  bilan  boshlandi. Bu  borada  yetuk  
mutaxasislar  va 
ayniqsa,    yangi    boshlovchi    tadqiqotchilar    va    axborot  
texnologiyalarini   
o’rganuvchilar    ham,    uning    taraqqiyotiga    va  
imkoniyatlariga  yetib  olish   
mushkul  ekanligini  his  etmoqdalar. 

       Axborot    texnologiyalari    texnik    imkoniyatlari, 
intelektual  salohiyati  va  
texnologik  ko’p  qirraliligi  bilan  lokal  rivojlanishda   jahon  
fani  taraqqiyotiga 
katta    hissa    qo’shib    kelmoqda.  Lokal,    ya’ni    alohida  
davlatlar  va  ilmiy   
markazlarda  raqobatli  rivojlanish  o’sha  davlatning  yoki  
markazning  tom   
ma’nodagi    gegemonligiga    olib    kelmoqda.    Bunday  
taraqqiyot  har  bir  davlat  
va    hatto    har    bir    mutaxasisdan    doimo    izlanishda  
bo’lishga  va  shu  taraqqiyot 
o’sish    poygasida    o’z    o’rnini    topa    bilishni    taqozo  
etmoqda. Bunday  raqobatni 
axborot    texnologiyalarining    barcha    sohalarida  
kuzatilmoqda. Kompyuter  

texnikasi  va  uning  imkoniyatlarini,  tezligini, xotirasini  va  
mobilligini  doimo 
takomillashtirish    borasida    rivojlangan    davlatlarning  shu  
soha  mutaxasislari 
to’xtovsiz    ish    olib    borib,    kutilmagan    natijalarga,  
yutuqlarga  ham   
erishmoqdalar. 
             Ikkinchi    tomondan    dasturlash    muammolarini  hal  
etish  va  bu  sohaning 
  cheksiz    imkoniyatlari    yanada    chuqurroq    o’rganilib,  
informatsion  
bozorda    nihoyatda    samarali    yangi    biznesning  
rivojlanishiga  ham  olib  keldi. 
     Uchinchi    tomondan    internet    xizmati    turlarining  
kengayishi,  rivojlanishi   
va    mobillashuvi    jahonda    fan    va    texnika    hamda  
biznesning  rivojlanishiga 

katta  turtki  bo’ldi.  
    Bu    yutuqlarning    barchasi    sanab    o’tilgan    sohalarda  
ko’zga  ko’rinib  turgan 
muvaffaqiyatlarga    olib    kelishi    bilan    ta’lim    va    tarbiya  
sohasida  ham  keng 
imkoniyatlarni    yaratdi.  Ta’lim    va    tarbiya    jarayonini  
amalgam  oshirishda  
dastavval      EHM    ning    qo’llanilishi    qiyin    va    juda    sekin  
sodir  bo’lgan   
bo’lsada,  keyingi  yillar  ichida  axborot  texnologiyalarining  
ta’limga   
interigasiyasi    keskin    kuchaydi.    Buning    natijasida  
ta’limning  yangi  formalari, 
usullari  va  shakllari  vujudga  keldi.  Masofadan  o’qitish,  
ta’limda  kredit 
texnologiyalari  va  boshqalar  shular  jumlasidandir. 

     Ta’limning    prinsiplari    saqlangani    holda    uning    yangi  
texnologiyalari 
yaratildi.    Bugun    ,,  yangi    informatsion    ta’lim  
texnologiyalari’’  deb  ataluvchi 
qator  ta’lim  texnologiyalari  pedagog  va  texnolog  olimlar  
tomonidan  taklif 
etila    boshlandi.    Ammo,  informatsion    ta’lim  
texnologiyalari  amaliyotga  texnik 
jarayonlar    texnologiyalariga    qaraganda    qiyinroq  
qo’llanilmoqda. Buning   
didaktik,  psixologik  va  pedagogik  asoslari  va  sabablari  
mavjudligi  bugun 
sir    bo’lmay    qoldi.  Bu    texnologiyalarni    aslida    barcha  
pedagoglar  bir  xil   
muvaffaqiyat    bilan    ta’lim    jarayoniga    qo’llay    bilishlari  
mumkin  edi,  ammo   
bunday  jarayon  ancha  qiyin  kechmoqda. 

     Tabiiyki,    ,,Nega    shunday    bo’ldi  ?’’---    degan    savol  
tug’iladi. 
Haqiqatdan    ham    qator    informatsion    ta’lim  
texnologiyalarini  batafsil   
tavsiflari    bosqichma—bosqich,  izchil    o’rganilib,    ta’lim  
jarayoniga  qo’llashga 
harakat  qilinsada,  barcha  pedagoglarning  bu    boradagi  
yutuqlari   bir   xil 
bo’lmayapdi.  Keyingi  yillarda  pedagogik   adabiyotlar  va  
maqolalarda  ,,pedagogik   texnologiyalar’’,   ,,informatsion  
pedagogik  va  ta’lim  
texnologiyalari’’,  ,,Yangi  pedagogik  va  information  ta’lim  
texnologiyalari’’, 
,,Ilg’or  informatsion  ta’lim  texnologiyalari’’,  ,,Progressiv  
informatsion ta’lim 
texnologiyalari’’  kabi  iboralar  ko’p  qo’llanila  boshlandi.  

      Ta’limning    bu    metodlari    va    texnologiyalari    qanday  
paydo  bo’ldi  va  u 
o’zi  nima?---- degan   savol  tug’iladi.   
      Ta’lim    samaradorligini    oshirish    borasida    klassik  
pedagoglar  juda   
qadimdanoq    o’z    fikrlarini    bayon    etganlar.      Buyuk  
mutafakkirlar:    
Yusuf   Hos   Hojib,   Alisher   Navoiy,  A. Beruniy,    Ibn    Sino,  
Al-Xorazmiy, 
Imom    Buxoriy,    Imom  at-  Termiziylar    shular  
jumlasidandir. A. Navoiy  
o’zining  ,,Xamsa’’si  bilan  avom  halqni  3 ta  tilga:  turkey,  
arabiy va  forsiyga 
o’rgata    olganligi,    oddiy    halqni    firqalardan    qaytara  
olganligi  va  vatanparvarlik 
ruhini    singdira    olganini    o’ziyoq    yuksak        pedagogik    
mahorat    egasi   

bo’lganligidan   dalolat  emas-mi? 
    Temur    tuzuklarining    barcha    rivojlangan    davlatlarning    
Xarbiy   
akademiyalarida  batafsil  o’rganilishini   ham  izohlari  bu  
mo’jazgina   
bitiruv  malakaviy  ishimizga  sig’armikan? 
     Yuqorida    zikr    etilgan    allomalarimizning    barchalari  
qilgan  buyuk  ishlarni 
bunday    kichik    bitiruv    malakaviy    ishda    sanab    o’tishga  
ham  imkonimiz   
yetmaydi.      
     
 
 
 
 

 
 
 
 
  1.2.    Fizika    o’qitishda    pedagogik    texnologoyalardan 
                           foyfalanish. 
 
       O’zining    mustaqil    ijtimoiy—iqtisodiy    rivojlanish  
yo’lini  tanlab  olgan  
O’zbekiston    Respublikasi    ta’lim    sohasini    ham  
sobitqadamlik  bilan  isloh  qilib   
bermoqda.    Ayniqsa,    ,,Ta’lim    to’g’risidagi’’    qonun    va  
,,Kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi’’  qabul  qilingach,  bu  boradagi  ishlar  keng  
ko’lamga  erishdi. 

     Ushbu  hujjatlarning   talablari  asosida  bilim  va  kasb-  
hunar  egallashga   
bo’lgan    e’tibor    kuchayib    ketdi.    Shu    tufayli,  ta’lim—
tarbiya  tizimiga  yangicha 
ilmiy-    uslubiy    yondashuvlar    kirib    kela    boshladi.    Bu  
yondashuvlar  o’z   
navbatida  o’quv  jarayonining  turli  tashkiliy  va  metodik  
jamg’armalarida 
muayyan    ijobiy    o’zgarishlarni    sodir    etadi,    albatta.  
Ularning  ko’pchiligi 
pedagogik  texnologiyalar  va  pedagogik    mahorat   bilan  
uzviy  bog’liq   
o’zgarishlardir. 
      O’quv    jarayoni  ----    bu    keng    ma’noda    inson  
faoliyatining  muayyan   
maqsadlar    yo’nalishida    namoyon    bo’lishidadir.  Bu  
faoliyat  faqat  insoniyat 

jamiyatida  amalga  oshirilishi  sababli,  u  nafaqat  har  bir  
insonning  balki, 
butun  jamiyatning  manfaatlari  va  maqsadlariga  xizmat  
qiladi. 
     Bizga    ma’lumki,    1960-  yillardan    so’ng    dunyo  
pedagoglarining  diqqati 
Pedagogik    texnologiya    bo’yicha    izlanish    va  
muhokamalarga  qaratildi. 
     ,,Pedagogik  texnologiya’’  jurnali  AQSH da  1961-yilda,        
Angliyada  
1965-  yilda,    Italiyada    1971-yilda    chiqa    boshladi.  
Angliyada  1964- yilda 
,,Pedagogik  texnologiya  va  dasturli  ta’lim’’  jurnali  chop  
etila  boshladi. 
Keyinchalik,    1977-  yilda    Vengriyaning    Budapesht  
shahrida  o’tkazilgan   

,,O’qitish    texnologiyasi’’    bo’yicha    Xalqaro    seminarda  
ta’limni   
texnologiyalashtirish    jarayoni    bilan    bog’liq    masalalar  
qaraldi.  Seminarda   
pedagogik      texnologiyaning    ikki    alohida    jihatiga  
ahamiyat  berildi: 
1. O’quv  jarayoniga  texnika  vositalarini  joriy  etish; 
2.  Amaliy    masalalar    yechimini    topishda    bilimlar  
tizimidan  foydalanish. 
               70-yillarda    Yaponiya    va    qator    mamlakatlarda    1-  
masala, 
 
       80-  yillarda    esa,    AQSH    va    Angliyada    2-    masala  
izlanish  ob’ektiga   
aylandi.  80-yillarda  V.P.Bespalko  boshchiligida  Rossiyada  
pedagogik   

texnologiyaning    ilmiy    maktabi    yaratildi    va    unda  
pedagogiл  texnologiyaning   
,,nazariy  va  amaliy  jihatlarini  tadqiq  qilish’’ boshlangan  
edi. V.P.Bespalkoning 
g’oyasida    ---,,Pedagogik    texnologiya    amaliyotga    joriy  
etiladigan   ma’lum   
pedagogik      tizim    loyihasidir.’’  Bu    g’oya    dunyo  
pedagoglari  tomonidan   
tan   olindi. 
     O’zbekistonda  1993-yili  ,,Xalq  ta’limi’’  jurnalida  chop  
etilgan  maqolada   
1--marta    pedagogik    texnologiya    tushunchasi,    mohiyati,  
uning  ta’rifi  va   
ma’lum  pedagogik  tizim  doirasidagi  talqini  yoritildi. 
    ,,Ta’lim  muammolari’’  jurnalida ,  ,,Ma’rifat’’  gazetasida 
,  Respublikada 

o’tkazilgan    turli    anjuman    materiallarida    pedagogik  
texnologiyaga  oid   chop 
etilgan  maqola  va  tezislar  soni  ortib  bormoqda. 
       1997-yildagi    O’zbekiston    Respublikasining    ,,Kadrlar  
tayyorlash  Milliy  
Dasturi’’    qarori    pedagogik    texnologiya    sohasidagi  
izlanish  ishlarini  dolzarb 
tatqiqot  ob’ekti  darajasiga  ko’tardi.  
    O’zbekistondagi    ta’lim    muassasalari    o’qituvchilari  ,  
ilmiy-tekshirish   
Institutlari    xodimlari    turli    anjuman    materiallarida  
pedagogik  texnologiya   
bo’yicha    izlanish    ishlari    natijalarini:    fikr-mulohazalarini  
e’lon  qilmoqdalar, 
uni  dolzarb  masala  sifatida  o’rganmoqdalar. 
    Pedagogik    texnologiyaning    hayotga    tatbiq    etish  
natijasida  ta’lim  sohasida 

ijobiy  o’zgarishlar  yuz  berishi,  o’qituvchilarning  faoliyati  
yaxshilanishi  talaba 
yoshlarda  bilimga  qiziqishlarini   oshirish,  ijodiy  fikrlilik,  
Vatanga    mehr- 
muhabbat  ,    insonparvarlik    tuyg’ulari    tizimli    ravishda  
shakllantirib  borilishi 
kutilmoqda. 
    ,,Texnologiya’’    so’zi    1872-yili    yunoncha    ikki    so’zdan  
,,texnos’’- hunar  yoki 
san’at,    ,,logos’’-fan    so’zidan    olinib,      ,,hunar    fani’’  
ma’nosoni  anglatadi. Bu   
atama    zamonaviy    texnologik    jarayonni    to’la  
ta’riflamaydi.  Zamonaviy 
texnologik    jarayon    bu    mehnat    qurollari    bilan    mehnat  
ob’ektlarida  (xom  
 

ashyoda)    bosqichma-bosqich    ta’sir    etish    natijasida  
,,mahsulot  yaratish’’ 
borasidagi  ishchi  (yoki  ishchi  mashina) ning  faoliyatidir.  
Bu  ta’rifni 
pedagogika    sohasiga    ko’chirsak,    quyidagi    ta’rifni    olish  
mumkin: Pedagogik 
texnologiya    o’qituvchi  (tarbiyachi)ning    o’qitish  (tarbiya  ) 
vositalari  yordamida 
o’quvchilarga  muayyan  sharoitda  ta’sir  ko’rsatish  va  bu  
faoliyat  mahsuli   
sifatida    ularda    oldindan    belgilangan    shaxs    sifatlarini  
intensiv  shakllantirish 
jarayonidir. 
    Pedagogik  texnologiya  ma’lumot  texnologiyasini  joriy  
etish  taktikasini 
Ifodalaydi    va    o’qituvchi    pedagogik      jarayon-  o’quvchi  
funksional  tizim 

qonuniyatlariga  tegishli  bilimlar  asosida  quriladi. 
    Metodika  o’quv   jarayonini  tashkil  etish  va  o’tkazish  
bo’yicha  tavsiyalar 
majmuasidan 
 
iborat. 
Pedagogik 
 
texnologiya  
o’qituvchining  kasbiy  faoliyatini 
yangilovchi  va  ta’limda  yakuniy  natijani  kafolatlaydigan  
loyihalar   
yig’indisidir. Agar  fizika  o’qitish  metodikasining  maqsadi  
nazariy  qoidalarni 
aniq    hodisalar    tekisligiga    o’tkazish    bo’lsa,  pedagogik  
texnologiyaning  maqsadi 
ta’lim  jarayonining  aloqali  tomonlarini  tashkiliy  jihatdan  
tartibga  keltirish 
bosqichlarining      ketma-ketligini    tuzish,    ularni    amalga  
oshirish  shartlarini 
aniqlash    va    yakunida    oldindan    sifati    ma’lum    bo’lgan  
mahsulot  yaratish  shaxs 

kamolotini  tarkib  toptirishdir. 
      Pedagogik    texnologiya    mohiyat    jihatidan    boshqa  
texnologiyalar  bilan  teng 
mavqeda  turadi,  chunki  ular  ham  boshqalari  qatori  o’z  
xususiy  sohasiga , 
metodlari ( fizika  o’qitish)   va  vositalariga  egadir. 
      O’quv-    tarbiyaviy    jarayonni    texnologiyalashtirish  
tarixiy  voqelik  va   
jarayondir.  Axborotlashtirish    bu    jarayondagi    inqilobiy  
burilish  uning  muhim 
bosqichidir.  Ta’limdagi  axborot  texnologiyasi,,  o’quvchi—
kompyuter’’   
o’rtasidagi   muloqotdir. 
 
 
 

1.3.        Fizika    o’qitishda    kompyuter    va    axborot   
texnologiyalaridan 
                            foydalanish. 
 
     Ekspermental  o’qituvning  muammolari  o’rta  va  oliy 
o’quv yuriida umumiylari va o’ziga xos alohidalari mavjud. 
     Eksperimental  o’qituv  o’quv  eksperimenti  vositasida 
amalga  oshiriladi.  O’quv  eksperimentining  har  bir 
turlarining: 
1.  Namoyish eksperimenti, 
2.  Frontal va oddiy laboratoriyalari, 
3.  Praktikum (amaliyot), 
4.  O’quvchilaming mustaqil kuzatish va tajribasi. 
o’zlariga xos muammolari bo’ladi. 
     O’quv 
eksperimenti 
turlari 
alohida 
mashg’ulot, 
mashg’ulotning  biror  qismi,  darsning  biror  bo’Iimi  uchun 
ko’rgazmalilik  (turi  yoki)  usuli,  bilim  manbai  yoki  o’qitish 

usuli  sifatida  qo’llanilganda  ham  o’ziga  xos  muammolar 
kelib chiqadi. 
     O’quv  eksperimentini  tashkil  etish  usullari  va  texnikasi 
bo’yicha ham ma’lum muammolar kelib chiqadi. 
     O’rta  va  oliy  o’quv  yurti  fizika  kursi  mazmuni 
farqlanganligi  bois  (o’rta  maktabda  elementar  fizika,  oliy 
o’quv  yurtida  Umumiy  fizika,  nazariy  fizika,  fizika  tarixi, 
fizika o’qitish usuliyoti) ularda o’quv eksperimentini amalga 
oshirishda  tashkil  etish  usuli,  mashg’ulotni  o’tkazish, 
yakunlash va o’quv eksperimenti asbob, qurol va vositalari 
ham  farqlanadilar.  Bu  omil  ham  o’ziga  xos  muammoni 
keltirib chiqaradi. 
     Biror  narsani  yuzaga  chiqarish,  amalga  oshirish  yo’llari, 
harakat  tarzi,  xili,  tartibi,  yo’li  usuldir.  Tabiat  hodisalarini 
bilish, tadqiq qilish usuli (yo’llari), 
o’quvchilami      o’qitish  va  uqdirish  eksperiment  orqali 
uyushtirilganda 
eksperimental usul deyiladi. 

     Fizika  ta’limining  amaliy  masalalari,  asosan,  o’quv 
eksperimentida  amalga  oshiriladi.  O’quv  eksperimentining 
barcha ko’rinishlardagi asosiy usul eksperimental usuldir. 
     Fizika  kursi  mazmuni  asosan  besh  bo’lim  mexanika, 
molekulyar  fizika,  elektr  va  magnetizm,  optika,  atom  va 
yadro  fizikasi  bo’limlaridan  iborat.  Наг  bir  bo’limda 
o’rganiladigan  qonuniyat,  qoida,  hodisa,  jarayonlar 
farqlidirlar. 
     Mexanik  hodisalar  kuzatish  va  o’lchashda  yaqqolroq 
bo’lsa,  molekulyar  fizikadagi  hodisalar  atom  va  molekula 
sohasidagi  jarayonlarga  bog’liq  ekanidan  ularni  bevosita 
yaqqol  kuzatish  murakkablashadi,  bu  holat  atom  va  yadro 
fizikasi bo’limida yanada og’irlashadi. 
     Bu  hollarda  hodisalar  va  jarayonlami  qo’shimcha 
vositalardan,  modellashtirish,  ideallashtirish  va  murakkab 
fizika-texnik qurilmalardan foydalanib o’rganiladi. Tajribani 
tayyorlash,  amalga  oshirish,  yakunlashda  absrakt  fikrlash, 
EHM,  kompyuter  va  murakkab  qurilmalarda  qayta  ishlash 
qo’shib olib boriladi. 

1.  Mexanika. 
Mexanikada 
harakatning 
ma’lum 
ondagi 
holatini 
ifodalovchi  fazasini  yaqqol  ko’rsatishda,  energiya  va 
quwatini,  bajargan  ishini  ko’rsatishda  ma’lum  muammolar 
mavjud. 
2.  Molekulyar tlzika. 
Atom  va  molekulalar  darajasidagi  hodisalar,  issiqlik 
hodisalar,  qaynash,  erish,  buglanish,  sublimatsiya  va 
adsorbtsiya hodisalaradagi zarrala harakati, ularning 
 tezligi, 
energiyasi, 
yo’nalishini 
ko’rsatishda 
ham 
muammolar mavjud. 
3.  Elektr va magnetizm. 
Elektr  hodisaiarda  zaryadli  zarrani,  uning  maydonini 
kuzatish,  zaryadli  zarra  harakati,  uni  ko’rinarli  qilish, 
tuzilishi  va  uning  hossalarini  ko’rsatish  muammolari 
mavjud. 
4.  Optika. 
Yorug’lik hodisalari atom darajasidagi harakat bo’lgani bois, 
uni  vizual  kuzatish  mumkin  emas.  SHu  bois  yoruglik 

nurlanish  jarayoni,  yoruglik  tarqalish  jarayoni,  yoruglik 
ta’siri  jarayoni  murakkab  jarayon  ekanidan  undagi 
muammolar ham etarli. 
5.  Atom va yadro fizikasi. 
Atom tarkibidagi elektron harakati, elektron tuzilishi, yadro 
tuzilishi,  elementar  zarralar  va  uning  tarkibiy  qismlari, 
harakterlovchi  qonun  va  kattaliklami  o’rganishda  ham 
o’ziga xos muammolar mavjud. 
     Bu  bo’limlarga  oid  o’quv  eksperimentini  amalga 
oshirishda  eksperimental  o’qituv  usuli  va  texnikasida  ham 
o’ziga xos muammolar mavjud. 
     O’quv  muassasalarida  o’qitishning  eng  samarali 
usullaridan  bin  o’qitishning  texnik  vositalaridan  keng 
foydalanib o’qitishdir. 
     Fotografiya, 
o’qitishning 
statik 
ekran 
vositalari 
diaproektor, 
epiproektor 
va 
universal 
proektsion 
apparatlar,  o’quv  kinosi,  televidenie,  programmali 
eshittiruv,  o’rgatuvchi  programmali  mashinalardan  unumli 
foydalanish  o’qituvchining  o’quvchiga  ta’sirini  kuchaytiradi 

va  o’qitish  jarayoni  samarali  bo’ladi.  O’quv-tarbiya 
jarayonida  O’TVdan  keng  foydalanish  quyidagilami  keltirib 
chiqaradi: 
a)  o’qitishning  ko’rgazmaliligini  oshiradi,  materialni  oson 
o’zlashtirish omili bo’ladi; 
b)  o’rganilayotgan  hodisa,  jarayon  yoki  ixtiyoriy  mazmun 
haqida  aniqroq  va  to’laroq  ma’lumot  berishga  imkon 
beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi; 
v)  bilim  berishning  Yangi  va  takomillashgan  shakllarini 
topish  va  ma’lumlarini  takomillashtirish  va  rivojlantirishda 
o’qituvchi imkoniyatini kengaytiradi. 
     O’quv-tarbiya  ishlarida  vazifasi,  didaktik  ahamiyati, 
mashg’ulotlaming  maqsadi  va  xiliga  bog’liq  holda  turli 
ko’rgazmali vositalar qo’llaniladi. 
     O’quv 
muassasalarida 
o’qitiladigan 
fanlarning 
muvaffaqiyatli 
o’qitilishi 
o’qituvchining 
materialni 
ko’rgazmali  va  obrazli,  ta’sirli  bayon  qilishiga,  o’qitishning 
tasviriy  va  ovozli  texnikaviy  vositalaridan  foydalanib,  jonli 
obrazlar  yarata  olishiga  bog’liq  bo’ladi.  O’qituvchi  haqiqiy 

manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko’rgazmali vositalardan 
foydalanishni  obrazli  nutqi  bilan  uygunlashtirib  olib  borsa, 
o’quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi. 
     O’qitish  va  tarbiya  vositalari  ekran  vositalari,  ovozli 
vositalar  va  ovozli  ekran  vositalariga  ajratilishi  mumkin. 
Ovozsiz  kinofilmlar,  diafilmlar,  diapozitivlar,  slaydlar, 
ovozsiz  videofilmlar,  ovozsiz  disketdagi  tasvirlar  ekran 
vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, 
gramplastinkalar,  disketlarga  yozish  va  qayta  eshittirish 
ovozli  vositalarga  kiradi.  Ovozli  kinofilmlar,  videofilmlar, 
disketlar,  diapozitiv  va  diafilmlar,  o’quv  teleshittirishlari 
ovozli  ekran  vositalariga  kiradi.  Bu  vositalar  audiovizual 
o'qituv va tarbiya vositalar (AVO’TV) ovozli ko’rish vositalari 
deyiladi. Ularni namoyish etishda o’ziga xos texnik vositalar 
(apparatlar)dan foydalaniladi. 
     Fotorasm,  diapozitiv,  slayd,  diafilmlar  tayyorlashda 
fotoapparatlardan, ularni 

namoyish  etishda  esa  diaproektor,  epiproektor,  universal 
proektsion  apparatlardan,  kodoskop  (grafoproektor)lardan 
foydalaniladi. 
     Ovozli  vositalami  namoyish  etishda  esa  patefon, 
proigrivatel  (gramplastinka),  magnitofon  (magnit  lentalar), 
kompyuter  (disketdagi  ovoz)dan  foydalaniladi.  Ovozli 
tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar)ni esa 
kinoapparatlar.  videomagnitofonlar  va  kompyuterlardan 
foydalanib namoyish etiladi. 
     Audiovizual  qo’llanmalaming  didaktik  funktsiyalari 
turlicha bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
1.  materialni  qabul  qilish  va  o’zlashtirish  uchun  hamda 
ko’rish-eshitish  printsipidagi  bilimlar  va  tasawurlar 
manbai; 
2.  mustaqil  ishlami  tashkil  qilish  uchun  qo’llanmalar, 
mashqlar; 
3.  bilimlami  namoyish  qilish,  tashkil  qilish,  qaytarish, 
umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo’lib xizmat 
qiladi; 

     Audiovizual o’quv-tarbiya vositalari (O’TV) quyidagilarga 
imkon beradi: 
1.  ravon,  ta’sirli  namoyish  qilish  hisobiga  absrakt 
materialni  bayon  qilishda  o’quvchilaming  fazoviy 
tasavvurlarini aniqlashtirishga; 
2.  predmetning  xossalari,  turi,  strukturasi,  tuzilishi  va 
asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga
3.  murakkab 
bo’lgan 
o’quv 
materialining 
asosiy 
masalalariga  kino  materiallarini  fragment  qilib  ko’rsatish 
bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga; 
4.  kam  uchraydigan  va  xavfli  hodisalami,  asosiy  tajribalar 
va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga; 
5.  u  yoki  bu  fizik  hodisaning  jarayon  mexanizmini 
molekula, 
atom, 
yadro 
yoki 
elektron 
darajasida 
o’rganishiga; 
6.  mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming 
detal  va  qismlarining  tuzilishi  hamda  ishlash  printsipini 
tushuntirishga; 

7.  transport,  qurilish,  aloqa,  sanoat  va  qishloq  xo’jaiik 
ishlab chiqarishda asosiy fizik  hodisalaming ko’rinishlari 
bilan tanishishiga; 
8.  maktab fizika kursining bo’limlari bilan bevosita aloqasi 
bo’lgan  fan-  texnika  programmasining  yo’nalishlari 
bilan,  xususan,  mexanizatsiyalash,  issiqlik  texnikasi  va 
energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash 
texnologiyasi,  elektrlashtirish  va  radiolashtirish,  atom 
energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga; 
9.  fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga; 
10. fan-texnika  kashfiyotlarining  ochilishiga  to’g’ri  kelgan 
davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga. 
     Bundan  tashqari  AVO’TV  emotsional  ta’sir  qilish  orqali 
o’rganilayotgan  masalaga  tinglovchilarning  qiziqishini 
uyg’otadi,  diqqatini,  ijodiy  fikrlashini,  kuzatuvchanligini, 
xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi. 
     O’quv  muassasalarda  AVO’TV  va  o’qitishning  texnik 
vositalari  (apparaturalari)  talab  darajasida  ta’min  etilgan 
bo’lsa,  o’qituvchi  ulardan  to’g’ri  va  unumli  foydalansa, 
o’qitish samarali bo’ladi. Keyingi yillarda ushbu ta’minotda 

kamchiliklar  paydo  bo’ldi  va  u  ma’lum  muammolami 
keltirib chiqardi: 
a)  O’zbekistondagi  bu  sohadagi  isMab  chiqarish  jahon 
talabi  darajasiga  etmadi  va  u  O’zbekiston  o’quv 
muassasalarini ta’minlay olmaydi; 
b)  horijdan  katta  mablag  hisobiga  olanayotgan  (Koreya, 
Xitoy,  .  )  zamonaviy  qurollar  va  vositalaming  oz  qismigina 
ishlatilmoqda; 
v)  o’quv  muassasalari  Yangicha  jixozlanmagan  holda  sobiq 
ittifoq davridagi jixozlardan foydalanish keskin susaydi; 
g)  sanab  o’tilgan  omillar  o’quvchi  va  talabalarda  bilim 
olishga  intilishni  susayishiga,  o’qitish  samaradorligi 
pasayishiga olib keldi. 
       Kompyuter  bankida  ko’p  miqdorda  va  katta  hajmda 
turli  ma’lumotlarni  jamg’arish  mumkin.  Fizika  o’qitish 
metodikasiga  oid  nazariy  materiallami,  masalalar  va 
ulaming  echimlarini,  laboratoriya  va  amaliyot  ishlari 
qurilmalarini  o’rganish  bo’yicha,  ularda  lajriba  o’tkazish 
usullari  va  yo’l-yo’riqlari  haqidagi  elektron  qo’llanmalar, 

namoyish tajribalarini amalga oshirish jarayoni bo’yicha, uy 
tajriba  va  kuzatishlari,  mustaqil  tajribalar  bo’yicha  turli 
ma’lumotlami  kompyuter  bankiga  kiritish  va  disketlarga 
yozib olish murnkin. Ular ovozli, ovoz va tasvirli, tasvirli oq-
qora va rangli tasvirda yozilgan bo’lishi mumkin. 
     Mazkur  ta’lim-tarbiya  va  texnik  vositalardan  fizika 
o’qitishda  barcha  mashg’ulotlarda  bilim  berishda,  olingan 
bilimni  mustahkamlashda,  olingan  bilimni  hisobga  olish  va 
nazorat  etishda  foydalanish  mumkin.  Bayon  etiigan 
fikrlarning  amalga  oshirilishi  fizika  o’qitish  samaradorligini 
keskin oshiradi. 
     Fizika  o’qitishda  kompyuter  imkoniyatlaridan  to’la 
foydalanishda  o’quv  muassasalarini  kompyuter  qurilmalari 
bilan  talab  darajasida  ta’min  etilmaganlik  va  undan 
foylanuvchilaming  «kompyuter  savodxonligi»ning  pastligi 
muammolari  mavjud  bo’lib,  ushbu  muammolar  yaqin 
yillarda hal etiladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling