Teshik dalachoy qaynatmasining foydalari


Download 16.5 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi16.5 Kb.
#641345
Bog'liq
Dalachoy
Эшмуродов М. мақола2

Dalachoy (Hypericum L.) — dalachoydoshlar oilasiga mansub oʻt yoki chala butalardan iborat oʻsimliklar turkumi. Bu o’simlik yo’l yoqalarida, ariq bo’ylarida, o’tloqlarda, bog’ va bedazorlarda, sug’oriladigan yerlarda, tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Bo’yi 30-35 santimetr, ba’zan 1 metrga yetadi. 15-20 santimetr uzunlikda qirqib olingan poyasi quritilib yanchiladi, so’ngra g’alvirdan o’tkaziladi. Yirik poyalari tashlab yuboriladi. Dalachoy giyohining tarkibida flanoidlar, efir moyi, vitaminlar, smola, qand, bo’yoq, oshlovchi va S vitamin bor. Xalq meditsinasida dalachoy dimlamasi buyrak, qovuq, meda-ichak kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Abu Ali ibn Sino bu o’simlikdan siydik haydovchi dori sifatida foydalangan. Uning 200 ga yaqin turi bor, koʻpchiligi Oʻrta dengiz hududlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda 3 turi bor. Ular choychoʻp, dalachoy, choyoʻt, qizilpoycha deb yuritiladi. D.larning barglari oddiy, yaxlit, koʻpchiligi qaramaqarshi joylashgan. Guli — roʻvaksimon toʻpgul, sariq, ikki jinsli. Kosachabarglari koʻpincha yarmisigacha qoʻshilgan. Changchilari koʻp, oʻzaro tutashgan. Urugʻchisi bitta, 3—5 uyali. Mevasi koʻsakcha. Oʻzbekistonning adir va togʻli xududlarida D.ning N. perforatum L. degan turi koʻp tarqalgan. Iyun—sent.da gullab urugʻlaydi. Tarkibida oshlovchi moddalar, efir moylari va S vitamin bor. Xalq tabobatida (meʼda-ichak kasalliklarida va qon aralash ich ketganda) ishlatiladi.
Teshik dalachoy (dalachoy) o‘simligi sariq, yulduz shaklida bo‘lib, yuz yillardan buyon shifobaxsh giyoh sifatida foydalaniladi. Dalachoy yog‘i terini tozalashda juda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, uning qaynatmasidan depressiyani yo‘qotish va bir qator kasalliklarni davolashda foydalansa bo‘ladi.
Teshik dalachoy qaynatmasining foydalari:
– asablarni tinchlantirib, psixologik buzilishlarning oldini olishda qo‘l keladi;
stressdan chiqishda, stress ta'siridagi uyqu buzilishlarini yaxshilashda yordamlashib, uyqusizlikni yo‘qotadi;
– teri hujayralarini tiklashga yordam beradi, yuz va teridagi husnbuzarlardan qolgan dog‘larni ketkazishda ham qo‘l keladi:
– tanadagi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashib, tanada uchraydigan turli yallig‘lanishlarning yo‘qolishini ta'minlaydi;
– hazm tizimini me'yorga solib, ishtahani ochishda yordamlashadi;
– qalqonsimon bez gormonlarini me'yorga soladi;
– dalachoy tabiiy og‘riq qoldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Mushaklar og‘rig‘ini qoldiradi;
– saraton hujayralarining ko‘payib ketmasligini ta'minlaydi;
– gripp va shamollashda balg‘am tez ajralishiga yordam beradi;
– bosh og‘rig‘ini pasaytirib, isitma tushirishda qo‘l keladi.
Download 16.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling