Test 2008 bo’yicha 8-sinf savollari


Download 88 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi88 Kb.
#548175
Bog'liq
Test-2008-bo
Test-2008-bo, 1 Янги Ўзбекистон интервью 2021 й 17 авг , index, 1.09-одам-анатомияси-ва-физиологияси-2018, 5-amaliy, 3-amaliy, gimnstika adabiyot, 3-seminar mavzusi matni, Taqdimot 7-ma`ruza, QONNING shaklli elementlari

Test 2008 bo’yicha 8-sinf savollari

1.Mirzo Ulug’bek vafotidan so’ng o’zaro kurashlarda g’alaba qozonib taxtni egallagan hukmdorni aniqlang. A) Sulton Ali Mirzo B) Sulton Boysung’ur Mirzo ibn Maxmud

C) Sulton Badiuzzamon ibn Muzaffariddin D) Abu Said ibn Sulton Muhammad

2.Ma’lumki, 1500-yilda Bobur Mirzo bilan uning ukasi Jahongir Mirzo o’rtasida sulh imzolandi. Bu sulhga ko’ra Jahongir Mirzoga qaysi yerlar berilgan edi? A) Andijon shahri bilan Sirdaryoning janubiy tomoni B) Axsi shahri bilan Sirdaryoning shimoliy tarafi C) Koson shahri bilan Norin daryosining o’rta oqimi D) Axsikent va Roson bekliklari

3.1446-yilda Dashti Qipchoq hukmdori Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta oqimidagi shaharlarni bosib olib o’z davlati poytaxtini qayerga ko’chirgan eda? A) Arqoqqa B) Turaga C) Sig’noqqa D) So’zoqqa


  1. XVI asrning boshlarida Safaviylar davlatining ikkinchi poytaxtiga aylantirilgan shaharni aniqlang.

A) Hirot B) Marv C) Balx D) Nishopur

5. 1512-yilda Boburga qarshi qo’shin tortib uni mag’lub etgan shayboniylarni aniqlang.

A) Ubaydulla Sulton va Sulton Ahmad B) Sulton Uvays va Sulton Maxmud

C) Sulton Ali Mirzo va Abdullaxon D) Ubaydulla Sulton va Muhammad Temur

6. Quyidagi qaysi davlat 332yil hukm surgan?

A) Boburiylar saltanati B) Kushon saltanati C) Anushteginlar davlati D) Arab xalifaligi

7. Shayboniy Abdullaxon II ga hokimiyatni egallashda juda katta madad bo’lgan shayxni aniqlang.

A) shayx Abu Bakr Said Islom B) shayx Muhammad Islom

C) shayx Muhammad Alixonto’ra D) shayx Sulton Xo’jabuzrug

8. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda shayxul islom lavozimida bo’lgan shaxslarni aniqlang.

A) Abu Said va Muhammad Temur B) Muhammad Alixonto’ra va Abusaid

C) Muhammad Islom va Abubakr Sa’d D) Sulton Xo’jabuzrug va shayx Said Islom

9. “Hamma bir-biridan qo’rqar edi. O’zlaricha sho’xlik talab qilib mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar. Toj-u taxt uchun kurash ketayotgan davr haqidagi ushbu ma’lumot qaysi muarrix qalamiga mansub”?

A) Xoja Hasan Nisoriy B) Muhammad Solix

C) Xofiz Ko’xakiy D) Zaxiriddin Muhammad Bobur

10. Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turuvchi tabiiy chegarani aniqlang.

A) Volga daryosi B) Sirdaryoning yuqori oqimi C) Norin daryosi D) Ural daryosi

11. Boburning qaysi asarida o’sha zamon soliq tizimi soliq yig’ishning qonun qoidalari bayon etilgan?

A) “Mubayyin” B) “Turkiy devon” C) “Boburnoma” D) “Arqoni devon”

12. O’zbek tilida 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat devon tuzgan xonni aniqlang.

A) Muhammad Shayboniyxon B) Abdullaxon II C) Ubaydullaxon D) Umarxon

13. “Xoqonga foydali maslahatlar” asari kimning qalamiga mansub?

A) Muhammad Sharif Buxoriy B) Muhammad Yusuf Munshiy

C) Boboxo’ja ibn Xoja Orif Samarqandiy D) Muhammad Amin Buxoriy

14. Mardona bu - … . A) Qo’qon xonligida oddiy aholining hasharga safarbar etilishi B) Xiva xonligida 12kunlik davlat majburiyat C) bo’yoq olinadigan o’simlik D) 8,33 sotixga teng bo’lgan yer o’lchovi birligi

15. Buxoro amirligi savdogarlari qarorgohi Rossiyaning qaysi shahrida joylashgan?

A) Orsk B) Orenburg C) Omsk D) Orlovsk

16. Qaysi hukumdor tomonidan Xiva xonligi poytaxti Urganch shahriga ko’chirildi?

A) Arab Muhammadxon B) Elbars Sulton C) Elbarsxon D) Hojimxon

17. Hattot Hamadoniy tomonidan EshMuhammadxon uchun ko’chirib berilgan asar nomini aniqlang.

A) “Zafarnoma” B) “Boburnoma” C) “Shoxnoma” D) “Abdullanoma”

18. Quyidagi shaxslardan qaysi biri XIX asr o’rtalarida o’ymakori eshik va ustunlar ustasi sifatida shuhrat qozongan? A) Muhammad Rizo Oxund B) Mir Ma’sum Olamiyon

C) Muhammadniyoz Nishotiy D) Polvon Abdusattor o’g’li

19. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biriga “Xazrati Eshon” unvoni berilgan?

A) Shoxruhbiyga B) Yunusxo’jaga C) Sultonxo’jaga D) Madalixonga

20. Quyidagi asarlardan qaysi biri Abdulkarim Fazliy Namangoniy qalamiga mansub?

A) “Shoxnomai Umarxon” B) “Muntaxab ut-tavorix”

C) “Tavorixi manzuma” D) “Majmuayi shoiron”

21. Umarshayx Mirzo Farg’onaga hukmdor bo’lishidan oldin qayerda hokim bo’lgan?

A) Qobulda B) Buxoroda C) Toshkentda D) Samarqandda

22. Qaysi qatordagi javobda Muhammad Shayboniyxonning taxallusi to’g’ri berilgan?

A) Shoxbaxt, Shoyboq B) Shoybek, Sherbek

C) Jonibek, Subutoy D) Julqunboy, Shayboniy

23. Qaysi qatordagi javobda Muhammad Shayboniyxonning taxallusi to’g’ri berilgan?

A) Shoxdor Xoni B) Shaybaki Siban

C) Shayboniy, Savdoyi D) Shoxibek, Shayboniy

24. Quyidagi asarlardan qaysi biri Xiva shahrini 2500yilligi yubileyi munosabati bilan chop etilgan?

A) “O’zbeklar Xorazmda” B) “Xorazmning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi”

C) “Xiva ming gumbaz shahri” D) “Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari savdo-sotig’i va sanoati”

25. XV asrdan boshlab Farg’ona vodiysining markazi bo’lgan shaharni aniqlang.

A) Marg’ilon B) Andijon C) Qo’qon D) Namangan

26. Quyidagi shaharlardan qaysi biriga bundan ikki ming yil avval asos solingan?

A) Marg’ilonga B) Shaxrisabzga C) Buxoroga D) Qarshiga

27. Xiva xonligida bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun qanday soliq turi olingan?

A) ushr B) tagjoy C) tarozuyona D) qo’riqbon puli

28. Arab geograflari asarlarida qaysi shahar “Jurjoniya” nomi ostida qayd etiladi?

A) Urganch B) Kat C) Ko’hna Urganch D) Xiva

29. Shayboniylar davlatida dargoh xavfsizligi kimning zimmasiga yuklangandi?

A) ko’rchiboshi B) eshik og’aboshi C) tug’begi D) mirshabboshi

30. Xivaning kichik halqali qal’a-devori bilan o’ralgan qismi deb ataladi.

A) Dishan qal’a B) Ichan qala C) Rabot D) Shahriston

31. Baroqxon madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) Samarqand B) Buxoro C) Toshkent D) Imomqulixon

32. Xudoyorxon dastlab Qo’qon taxtiga o’tirgunga qadar qanday lavozimni egallagan?

A) Namangan shahri hokimi edi B) Andijon shahri hokimi edi

C) poytaxtda harbiy tarbiya olayotgan edi D) Marg’ilon shahri hokimi edi

33. 1501-yilda Shayboniyxon… .

A) Xurosonni katta qo’shin bilan zabt etdi B) Samarqandda uzil kesil o’rnashib oldi

C) Movarounnahr yerlarini bosib olishga kirishdi D) Safaviylar bilan yarash bitimini imzoladi

34. 1504-yilda Bobur Mirzo… .

A) Shayboniyxon bilan kurashda yengildi B) Samarqandni so’nggi bor qamal qildi

C) Qobulda hokimiyatni qo’lga kiritdi D) “Boburnoma” asarini yaratdi

35. Qaysi dostonda qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib suv inshoatlari qurib, yer haydab, g’alla yetishtirilganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan?

A) “Qirqqiz”da B) “Edigey”da C) “Kublan”da D) “Mastposhsho”da

36. Orol va Xiva oralig’idagi bojxona qaysi shaharda joylashgan?

A) Qo’ng’irot B) Chimboy C) Xo’jayli D) Janaqal’a

37. Qaysi daryo Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turadi?

A) Volga daryosi B) Dnepr daryosi C) Yoyiq daryosi D) Oka daryosi

38. Ulug’bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o’g’illari qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Abu Saidxon, Boysung’ur Mirzo B) Ko’chkunchi Sulton, Suyunxo’ja

C) Sulton Ali Mirzo, Umarshayx D) Yunus Xo’ja, Burunduk Sulton

39. Sunniylikning ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) odat, an’ana, hatti-harakat tarzi B) muammolar yechimi, hisob-kitob

C) yangilanish, taqvo, saxiylik D) xayr-saxovat, oxirat, imomat

40. Boburiylarning Hindistondagi hukmronlik yillari qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) 1523-1855yy. B) 1524-1856yy. C) 1525-1857yy. D) 1526-1858yy.

41. Bedilning “Irfon” dostonida … . A) falsafa, tarix, ilohiyotning xilma-xil masalalari bayon etiladi

B) Samarqandlik va Buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumot berilgan C) Oliy janob insonlar xususida so’z yuritiladi D) hajviy mazmundagi she’rlar o’rin olgan

42. Umarxon Turkiston va uning atroflarini Oroldan Yettisuvgacha egallab olgan hududlarda barpo etgan qal’alarni aniqlng. A) Avliyoota, Pishpak B) Suzoq, Kopal

C) Raim, O’zgan D) Darboz, Qorategin

43. Qo’qon xonligida hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz tabaqa…

A) mardikorlar deb atalardi B) korandalar deb atalardi

C) chorikorlar deb atalardi D) qo’shchilar deb atalardi

44. “Eshon” diniy unvoni qaysi hukmdor tomonidan bekor qilingan?

A) Amir Nasrullo B) Xudoyorxon C) Avaneshxon D) Olimxon

45. Arslon-Sarvinoz-Oltinoy obrazlari qaysi dostonda uchraydi?

A) “Edigey” B) “Manas” C) “Qirqqiz” D) “Mastposhsho”

46. Amudaryo quyi tarmoqlarida XVIII asr oxirlarida vujudga kelgan dehqonchilik vohalari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Chimboy va Qo’ng’irot B) Kaliko’l va Kegayli

C) Mo’ynoq va Xo’jayli D) Qo’ng’irot va Kaliko’l

47. Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixi kimning asarida bayon etilgan?

A) Yusufbek Bayoniy B) Ogahiy C) Hasanbek Rumlu D) Avaz Muhammad

48. O’rta Osiyo me’morchiligidagi “qo’sh” usuli… . A) binolarni alohida ansambl holida qurish usulidir B) binolarni yonma-yon holida qurish usulidir C) inshootlarni ro’parma-ro’para qurish usulidir

D) inshootlarni alohida-alohida bunyod etish usulidir

49. Ichan qala darvozalari nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. A) Polvon, Tosh, Dishan, Bog’

B) Bog’cha, Tosh, Ota, Polvon C) Polvontosh, Ota, Ichan, Bog’cha D) Bog’cha, Tosh, Ota, Dishan

50. Xiva xonligida otlanuv-… . A) har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati

B) butun qishloq aholisini katta va kichik C) Xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish majburiyati

D) himoya dambalarini qurish va ularni mustahkamlashda qatnashish majburiyati

51. Mushrifnoma qanday soliq turi bo’lgan? A) hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga haq to’lash B) begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan soliq C) soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to’lash D) ruhoniylarga to’lanadigan soliq

52. Xurosonga 5 marta yurish qilgan Xiva xonini toping.

A) Muhammad Aminxon B) Elto’zarxon C) Olloqulixon D) Avazxon

53. Vazir shahriga qachon va kim tomonidan asos solingan? A) XV asr o’rtalarida, Mustafoxon tomonidan B) XV asr oxirida, Shayboniyxon tomonidan C) XVI asr o’rtalarida, Hojimxon tomonidan

D) XVI asr ikkinchi choragida, Avaneshxon tomonidan

54. Qo’shin tarkibida Askar lavozimi qaysi hukmdor tomonidan joriy qilindi?

A) Amir Nasrullo B) Amir Shohmurod C) Abulg’ozixon D) Umarxon

55. Labihovuz atrofida bunyod etilgan me’morchilik obidalari nomlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko’kaldosh va Ernazar elchi madrasalari B) Xo’ja Qurboniy madrasasi, Muhammad Raxim madrasasi C) Daxman jahon ansambil, Modarixon daxmasi, Nodirdevonbegi madrasasi D) Oxun devonbegi madrasasi, Norbo’tabiy daxmasi, Nodirdevonbegi xonaqohi

56. “Qipchoqxon tarixi” asari muallifini aniqlang. A) Abduraxmon Tole B) Muhammad Yusuf Munshiy C) Xojamqulixon Balxiy D) Muhammad Zamon Buxoriy

57. Qaysi hukmdor davrida Qashqadaryodan Qarshi cho’liga suv chiqarish maqsadida kanal qazilgan?

A) Subxonqulixon B) Imomqulixon C) Abdullaxon II D) ubaydullaxon

58. Shayboniylar tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotning o’tkazilishiga sabab bo’lgan zaruriyatni aniqlang. A) xalq ommasi ongini rivojlantirish B) dunyoviy bilimlar o’qitilishini chuqurlashtirish C) amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish D) davlat boshqaruvidagi mansabdorlar savodxonligini tekshirish

59. 1446-yilda Abulxayrxon tomonidan bosib olingan shaharlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Sig’noq, Jand, Arko’k, O’sh, Suzoq B) Oqqo’rg’on, Farg’ona, O’zgan, Sig’noq

C) Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arko’k, O’zgan, Suzoq D) Arko’k, O’sh, O’zgan, Oqqo’rg’on, Suzoq

60. “Qaroqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar”. Ushbu so’zlar muallifi ko’rsatilgan javobni toping. A) Berdimurod Qarg’a boy o’g’li

B) Ajiniyoz Kosiboy o’g’li C) Cho’qon Valixonov D) Kaipbergan Tulepbergenov

61. “Xon yonida to’ralar” hajviy she’ri muallifini toping.

A) Kunxo’ja B) Jien Jirov C) Ajiniyoz Kosiboy o’g’li D) Berdaq

62. Qo’qon xonlaridan qaysi biri Qorategin, Darboz va Kulobga yurish qilib, u yerlarni egallaydi?

A) Norbo’tabek B) Olimxon C) Umarxon D) Muhammad Alixon

63. Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’liga olgan Shoxruhbiy qayerni o’zi uchun qarorgoh qilib belgilaydi? A) Qo’qonni B) Tepaqo’rg’onni C) Cho’dakni D) Qizil O’rdani

64. Quyidagi qaysi dostonda Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon aks ettirilgan?

A) “Buzatov” B) “Omongeldi” C) “Ernazarbiy” D) “Xalq uchun”

65. 1740-yilda Nodirshox bilan Abulfayzxon o’rtasida Buxoro xonligining taslim bo’lishi tog’risidagi shartnoma imzolangan joyni aniqlang. A) Ko’li Malikda B) Zarafshon daryosi bo’yidagi Chorbakrda

C) Sirdaryo bo’yidagi Gurumsaroyda D) Samarqand atrofidagi Oq daryo va Qoradaryo oralig’idagi hududda

66. O’rta asrlar Buxoroda qaysi sulola vakillari diniy hukmdor hisoblangan…

A) inoqlar B) Shayboniylar C) Mang’itlar D) Ashtarxoniylar

67. Buxoro amirlaridan qaysi biri ham otaliq mansabini ham amaldagi hukmronlikni o’z qo’lida saqlab qolgan? A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo C) Muhammad Raximbiy D) Amir Doniyolbiy

68. Abulg’ozini hokimiyatdan chetlashtirib o’zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan hukmdorni aniqlang.

A) Amir Shohmurod B) Amir Doniyorbiy C) Amir Nasrullo D) Amir Haydar

69. O’rta Osiyoda XI-XVIII asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida “maslahatchi”, “vazir” ma’nolarini anglatuvchi tarixiy atamani aniqlang. A) Inoq B) Otaliq C) Dodxoh D) Muhtasib

70. O’rta asrlarda ekin maydonini o’lchash uchun qo’llaniladigan yuza o’lchov birligini aniqlang.

A) Tanobona B) Tanho C) Tanob D) Tanobchi

71. O’rta asrlarda xarbor-… A) ekin maydonining o’lchov birligi B) bir eshakka yuk bo’ladigan og’irlik o’lchovi C) urushda jasorat ko’rsatgan shaxslarga beriladigan D) ziroatchidan olinadigan qo’sh puli

72. “Tarixi Toshkand” “Tarixi ul Chingiz” asarlarining muallifini aniqlang.

A) Mirzo Muhammad Haydar B) Mullo Shodiy C) Hofiz Ko’xakiy D) Tursun Zominiy

73. Qachon Samarqandda qo’zg’olon ko’tarilib, xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenegas qabilasidan qo’yilgan sulton Tuksoba shahardan haydaldi? A) 1708y B) 1712y C) 1728y D) 1735y

74. Turkistonda “Abulma oniy” (Ma’nolar otasi) degan nom olgan shoirni belgilang.

A) Bedil B) Sayido Nasafiy C) Turdi D) So’fi Olloyor

75. “Axloqi Muxsiniy” kitobini hamda Sa’diyning sheriy asarlarini rasm bilan bezagan rassomni toping.

A) Mirzo Sodiq Jondoriy B) Mir Ma’sum Olamiyon C) Ahmad Donish D) Mujrim Obid

76. 1842-yil dekabrda “Majburiyatlar akti”deb ataluvchi shartnoma qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?

A) Qo’qon va Rossiya B) Buxoro va Orenburg C) Xiva va Rossiya D) Toshkent va Orenburg

77. O’rta asrlarda Qoraqalpoq shaharlaridan qaysi biri Orol va Xiva oralig’ida savdo markazi hisoblangan?

A) Chimboy B) Qo’ng’irot C) Xo’jayli D) Janaqal’a

78. XIX asrning 50-yillarida qaysi shaharda Xiva xonligi zulmga qarshi xalq tomonidan ikki marta qo’zg’olon ko’tarilganligi manbalarda eslab o’tiladi?

A) Qo’ng’irot B) Xo’jayli C) Oydo’stqal’ada D) Emarzarqal’ada

79. VIII-X asrlarda Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi negizida boshlangan…

A) o’g’izlar B) bijanaklar C) qarluqlar D) qipchoqlar

80. Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida 6250metrli devor barpo etgan hukmdorni aniqlang. A) Olloqulixon B) Arab Muhammadxon C) Abulg’ozi Bahodirxon D) Muhammad Aminxon

81. 1839-yilda inglizlar O’rta Osiyo xonliklariga o’z ayg’ochilarini yuborib turish maqsadida qayerda o’z qarorgohini vujudga keltirdi? A) Hirotda B) Qobulda C) Balxda D) Qunduzda

82. XIX asrning 30yillarida ingliz josuslaridan kim “tadbirkor” sifatida Buxoro qushbegisi bilan til biriktira oldi? A) Jeyms Abbot B) Charls Stoddart C) Aleksandr Byorns D) Richard Shekspir

83. Impreriya tomonidan kimga “Orol dengizida Rossiya bayrog’ini ko’tarish”vazifasi yuklatildi?

A) I.Krilovga B) A. Byornsga C) U. Murkfordga D) J.Abbotga

84. Quyidagi qaysi shoir g’animlarning ig’vosi bilan Balx hokimi tomonidan qatl ettirildi?

A) Muhammad Sharif B) Maxmur C) Mashrab D) Mushrif

85. 1895-yilda Bibixonim masjidi va Go’ri Amirda ilmiy tadqiqot olib borgan olimni aniqlang.

A) V.l.Vyatkin B) N.I.Veselovskiy C) V.V. Bartold D) V.N. Nalivkin

86. Nurillaboy saroyi qayerda joylashgan?

A) Dishan qal’ada B) Ichan qal’a C) Ichan qal’aning g’arbiy qismida D) Polvon darvoza mahallasida

87. Subxonqulixon tashabbusi bilan qurilgan “Do rush-shifo” qayerda joylashgan?

A) Samarqandda B) Toshkentda C) Qarshida D) Buxoroda

88. “Muhabbatnoma” asarining muallifini aniqlang. A) Muhammad Yusuf Munshiy

B) Xojamqulixon Balxiy C) Maxmud ibn Vali D) Abduraxmon To’ra

89. Qo’qon xonligida bir gektar yeri bor kishi… . A) “tutun haqi”zakotidan ozod etilgan B) “yig’im” solig’idan ozod etilgan C) boy hisoblangan D) shahar hokimligiga nomzod etib ko’rsatilgan

90. Yunusxoja qo’shinida asosiy kuchni tashkil qilgan qabilani aniqlang.

A) Katta juz B) Ming C) Kenagas D) Qipchoq

91. Toshkent hokimligida shahar savdosi ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo’lgan mansabni aniqlang.

A) rais va shayxulislom B) qozi va devonbegi C) daftordor va sarkor D) shig’ovul va muhtasib

92. Rossiya podsholigi tomonidan bosib olingan hududni aniqlang.

A) Xojitarxon xonligi B) Volga Bo’ylari C) G’arbiy Sibir D) Qozon xonligi

93. Qaysi Shayboniy hukmdor buyrug’iga ko’ra Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari o’zbek tiliga o’girilgan? A) Abdullaxon II B) Muhammad Shayboniy C) Iskandar Sulton D) Ko’chkunchixon

94. Ashtarxoniy Abulfayzxon davrida Shaxrisabz hokimi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Muhammad Hakimxon B) Maxmud Qatag’on C) Ibrohimbiy D) Abdulkarimbiy

95. Tarkibida 9% kumush bo’lgan tanga pul zarb ettirgan hukmdorni aniqlang.

A) Ubaydullaxon II B) Muhammad Shayboniy C) Subxonqulixon D) Amir Shohmurod

96. Muhammad Sharif Buxoriy qalamiga mansub asar nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.

A) “Ubaydullanoma” B) “Muhit ut-tavorih” C) “Xoqonga foydali maslahatlar” D) “Qipchoqlar tarixi”

97. “Baxr ul-asror” asari nechanchi yilda yozilgan? A) 1636y B) 1686y C) 1656y D) 1556y

98. “Hayvonotnoma” asari muallifini aniqlang. A) So’fi Olloyor B) Sayido Nasafiy C) Gulhaniy D) Uvaysiy

99. Buxoro amirligida soliq tushumlarini yozib boorish qaysi amaldor zimmasiga yuklatilgan?

A) devonbegi B) kitobdor C) mushrif D) muhtasib

100. Zarafshon daryosidan 3 chaqirim uzunlikda chiqarilgan sug’orish tarmog’i nomini aniqlang.

A) To’g’uzariq B) Sarazm C) Xonobod D) Xurmo

101. 1864-yilda Buxoro amirligining O’rta Osiyo-Rossiya savdo munosabatlaridagi ulushi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. A) 41% B) 42% C) 24% D) 44%

102. Amir Haydar hukmronligi davrida dastlabki qo’zg’olon qayerda ko’tarilgan?

A) Marvda B) Qarshida C) Kattaqo’rg’onda D) Samarqandda

103. Amir Nasrullo qo’shinida askarga to’lagan maosh miqdorini aniqlang.

A) 5kumush B) 2,5dinor C) 3so’m kumush tanga D) 10tanga

104. Xiva tarixshunosligi maktabiga kim tomonidan asos solindi?

A) Munis B) Abulg’ozixon C) Ogahiy D) Muhammad Rizo Ogahiy

105. Muzaxxib bu-… . A) ekin dalalarini sug’oruvchi B) xumdonda g’isht pishiruvchi C) oltin suvini yorituvchi D) imorat peshtoqiga bo’yoq bilan bezak soluvchi

106. 1822-yilda Xiva xonligiga qo’shib olingan hududni aniqlang.

A) Shimoliy Xuroson B) Kichik juz xonligi C) O’rta juz xonligi D) Marv shahri

107. Qaysi hukmdor davrida Xiva xonligida nufuzli amaldordan iborat devon tuzilgan?

A) Olloqulixon B) Raximqulixon C) Muhammad Raximxon D) Elto’zarxon

108. Chibik puli bu-… . A) begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan soliq

B) yaylov nazoratchisiga to’lanadigan haq C) xazinagacha to’lanadigan haq D) ommaviy ishlarda qatnashishdan ozod etilgan uchun to’lanadigan haq

109. XIX asr birinchi yarmida Xivada faoliyat yuritgan masjidlar miqdorini toping. A) 22 B) 19 C) 17 D) 34

110. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga bo’ysundirishi nechanchi yillarda amalga oshirildi?

A) 1715-1735 B) 1805-1812 C) 1735-1811 D) 1792-1810

111. Amir Temur bilan To’xtamish to’g’risidagi voqealar bayon etilgan dostonni aniqlang.

A) “Kublan” B) “Edigey” C) Husni dil D) “Mastposhsho”

112. “Unutmasman” hajviy she’ri muallifini aniqlang.

A) J.Jirov B) Turdi Farog’iy C) Kunxo’ja Ibrohim D) Ajiniyoz

113. Berdaq qaysi she’rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka da’vat etadi?

A) “Yordam ber” B) “Avlodlar” C) “Fidoyi bo’l” D) “Xalq uchun”

114. Mahmud Hoji alamiga mansub asar nomini aniqlang.

A) “Shohidi iqbol” B) “Turkiston tarixi” C) “Dil g’aroyib” D) “Tarixi oli Chingiz”

115. Qo’qon xonligida bosh vazir hisoblangan mansabdor qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) mingboshi B) otalik C) inoq D) mextar

116. Olimxon hukmronligi davrida Andijon hokimi bo’lga shaxsni aniqlang.

A) Umarxon B) Muhammad Alixon C) Rahmonqulibiy D) Musulmonqul

117. Nodiraning Maknuna taxallusida yozilgan g’azallari miqdorini aniqlang. A) 180 B) 333 C) 232 D) 19

118. Abdullaxon II tomonidan 1585-yilda Hind sultoni Akbarshoh huzuriga yuborilgan elchilikdan maqsad nima edi? A) Usmoniy turklarga qarshi ittifoq tuzish B) Eronni kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik C) Ikki davlat o’rtasidagi chegaralarni belgilab olish D) Badaxshonning fath etilish sabablarini Akbarshohga tushuntirish

119. Qo’qon xonligida davlat xazinasiga tushadigan mahsulotlarni saqlovchi amaldorni aniqlang.

A) sarkor B) daftardor C) inoq D) dodxoh

120. Quyidagi javoblarning qaysi birida tarixiy xatolik mavjud? A) 1451-1469yy – Abu Said Sulton Muhammad g’alaba qozonishi va Movarounnahr taxtini egallashi B) 1469-1494yy – Sulton Ahmadning hokimiyati davri C) 1494-1495yy – Sulton Mahmudning hukmronligi D) 1433-1498yy – Boysung’ur Mirzoning hukmronligi davri






Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling