Test Botanika Saidaxmatov Alisher


Download 38.46 Kb.
Sana02.03.2022
Hajmi38.46 Kb.
#595507
Bog'liq
6 blok 2 ta variant
9-sinf, zoo testi yangi, 6 14-18, 9 1 5

Test Botanika Saidaxmatov Alisher

1-variant
1.Botanika so’zi qaysi tildan olingan?
A)lotincha B)fransuzcha
C)yunoncha D)inglizcha

2. Qirqquloqlarning murtagi (1) nimadan rivojlanadi, murtagidan (2) nima rivojlanadi?


a) urug'langan tuxum hujayra; b) spora; c) yangi qirqquloq; d) gametofit.
A) la, 2 c B) lb,2c C) 1 b, 2 d D) 1 c, 2 a

3. O’simliklar geobatanikasi nima o’rganadi.


A)o’simliklarni yer sharida tarqalish
qonuniyatlarini
B)o’simliklarni kelib chiqishi va belgilari asosida
klassifikatsiyalashni
C)o’simliklarni tashqi muhit bilan bo’lgan
munosabatlaridagi qonuniyatlarini va tashqi
muhit omillarining o’simlikk ta’sirini
D)o’simliklardagi hayotiy jarayonlarni:nafas olish,
fotosintez, suv bug’latish jarayonlarini

4.Ermon shuvog’ini sistematik birliklari(turkum, oilacha, oila, sinf, bo’lim) to’g’ri berilgan qatorni aniqlang


A)Ermon, moychechakdoshlar, qoqio’tdoshlar, bir urug’pallalilar, yopiq urug’lilar
B) Ermon, suttikandoshchalar, murakkabguldoshlar, ikki urug’pallalilar, yopiq urug’lilar
C) Ermon, moychechakdoshlar, sho’radoshlar, ikki urug’pallalilar, gulli o’simliklar
D) Ermon, moychechakdoshlar, murakkabguldoshlar, ikki urug’pallalilar, gulli o’simliklar

5.Yovvoyi yem –xashak o’simliklarni aniqlang?


A)burchoq,sebarga,shuvoq
B)yalpiz,ravoch,isiriq
C)sebarga,kiyiko’t,sutlama
D)shuvoq,kiyiko’t,sallagul

6.O’simliklar fiziologiyasi nimani o’rganadi.


A)o’simliklarniyer sharida tarqalish
qonuniyatlarini
B)o’simliklarni kelib chiqishi va belgilari asosida
klassifikatsiyalashni
C)o’simliklarni tashqi muhit bilan bo’lgan
munosabatlaridagi qonuniyatlarini va tashqi
muhit omillarining o’simlikk ta’sirini
D)o’simliklardagi hayotiy jarayonlarni:nafas olish,
fotosintez, suv bug’latish jarayonlarini

7. Anteridiy bu — ...


A) ko'p hujayrali urg'ochi jinsiy a'zo
B) ko'p hujayrali erkak jinsiy a'zo
C) erkak gametasi
D) urg'ochi gametasi

8.Gledichiya qaysi o'simlikning ikkinchi nomi?


A)Holmon B)Tikan daraxt
C)Yapon saforasi D)Tuxumak

9.Tabiat ko'rki bo'lgan o'simliklar?


A)Qizil lola,ko'zagul,sallagul
B)Chinnigul,jumagul,sachratqi
C)Pista,bodom,safsan
D)Gulxayri,qoqio't,xolmon

10.Gulli o'simliklar qachon,qaysi o'simliklardan


kelib chiqqan?
A)140mln yil ilgari ochiq urug’lilardan
B)140mln yiloldin,urug’li qirqquloqlar
C)200mln yil ilgari urug’li qirquloqlardan
D)140mln yil ilgari qirqbo’g’imlardan

11.O’simliklar ekologiyasi nima o’rganadi.


A)o’simliklarniyer sharida tarqalish
qonuniyatlarini
B)o’simliklarni kelib chiqishi va belgilari asosida
klassifikatsiyalashni
C)o’simliklarni tashqi muhit bilan bo’lgan
munosabatlaridagi qonuniyatlarini va tashqi
muhit omillarining o’simlikk ta’sirini
D)o’simliklardagi hayotiy jarayonlarni:nafas olish,
fotosintez, suv bug’latish jarayonlarini

12.Sumatrada orolida o'suvchi eng yirik gul?


A)Gulsafsar B)Volfiya
C)Rafleziya D)Ko’zagul

13. Piyozning xushmanzara turlarini aniqlang.


a) pskom piyozi; b) Oshanin; c) qum piyozi;
d) Suvorov; e) norpiyoz; f) qo'shbarg piyoz.
A) a, b, c B) d,e,f C) a, d, f D) b, c, e

14.Noyob mevali o'simliklar?


A)chakanda,isiriq,na’matak
B)pista,bodom,safsan
C)suvqalampir,jumagul,nilufar
D)qizillola,sallagul,ko’zagul

15. Bir yillik (I), ko’p yillik (II) va buta (III) larga


tegishli o’simliklarni juftlang.
1.oq sho’ra 2. baliqko’z 3. shashir 4. kiyiko’t
5. ligistirum 6. singirtak
a) I-1.3 II- 2.4 III-5.6
b) I-1.2 II-3.5 III-4.6
c) I-2.3 II-1.4 III-6.5
d) I-1.2 II-3.4 III-5.6
ko’payish bilan bog’liq jarayonlarni

16.Ilmiy faoliyatini asosiy qismini yashil o’simliklarda fotosintez jarayonini o’rganishga bag’ishlagan Timiryazev qaysi kitobni yozgan?


A) “Quyosh, havo, xlorofil”
B) “Quyosh, havo leykoplast”
C) “Quyosh, hayot, xloroplast”
D) “Quyosh, havot, xlorofil”

7.Guli suv yuzasida ochiladigan o'simlik?


A)nastarin B)dastargul
C)qo’qongul D)nilufar

18.Tanasida 200 litr gacha suv saqlaydigan


o’simlik
A)Seyshel palmasi B)Meksika kaktuslari
C)Ajdar daraxti D)Makkajo’xori

19.Gulli o’simliklarning o’ziga xos belgilari…


hisoblanadi.
1)ildiz 2)meva 3)umrboqiyligi 4)barg
5)salobatlishox-shabbasi 6)urug’ 7)hayotiy
shakllari 8)gul
A)1,2,4,5,8 B)1,2,3,4,5,6,7,8
C)3,5,7,8 D)1,2,4,6,8

20. Dala qirqbo’g’imiga xos bеlgilarni ko’rsating.


1) poyasi bo’g’imlarga bo’lingan; 2) yozgi spora hosil
qiluvchi boshoq hosil bo’lmaydi; 3) bargi halqasimon joylashgan; 4) ildizpoyali, ko’p yillik o’simlik; 5)
poyasi sеrshox, unda gamеtalar hosil bo’ladi; 6) yozgi poyasi shoxlanmagan bo’ladi; 7) bahorgi poyasi "mеvali poya" dеyiladi; 8) bargi ingichka mayda tangachalarga o’xshash; 9) sporofillari bargdan hosil bo’ladi
A)9, 1, 8, 4, 6, 3 B)7, 3, 9, 1, 8, 4
C)1, 4, 3, 5, 7, 2 D)8, 3, 6, 5,9, 1

21.Qum uyumlarida o’sadigan o’simlikni


belgilang?
A)chinnigul, iloq B)qandim, saksovul
C)nilufar, kovrak D)jumagul, izen

22.Gul qismlarini joylashish ketma-ketligi


to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
a)yashil rangli gulkosacha barg b)urug’chi
c)turli rangli gultoj barg d)changchi
A)a-b-c-d B)a-c-b-d
C)a-c-d-b D)c-a-d-b

23. Funariya yo'siniga xos belgilar keltirilgan qatorni aniqlang.


a) poya-bargli; b) bargchalari oddiy, ketma-ket joylashgan; c) rizoid mavjud; d) barglari bir qavat hujayralardan iborat; e) zigotadan sporangiyband va sporangiy rivojlanadi; f) sporadan yashil o'simtalar rivojlanadi; j) ildizpoyaga ega; k) barglari patsimon; h) sporalar soruslarda yetiladi.
A) a, b, c, d, e, f B) j, k, h
C) a, b, f, j, h D) a, b, c, d, e, f, j, k, h

24.Dorivor o’simliklarni aniqlang


A)burchoq,sebarga,shuvoq
B)rovoch,qizildo’lana,ukrop
C)izen,keyreuk,saksovul
D)isiriq,chakanda,zubturum

25. Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3)


o`simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi
guruhlarga mansub?a) yarim buta b) buta c) bir
yillik o`t d) ko`p yillik o`t e) daraxt
a) 1-b, 2-d, 3-c
b) 1-b, 2-c, 3-d
c) 1-a, 2-d, 3-c
d) 1-e, 2-a, 3-c

26.O’simliklar morfologiyasi nimani o’rganadi


A)o’simliklar tashqi tuzilishini
B)o’simliklardagi hayotiy jarayonlarni:nafas olish,
fotosintez,suv bug’latish jarayonlarini
C)o’simliklar ichki tuzilishini
D)o’simliklarning ko’payish a’zolarini tuzilishi,
ko’payish bilan bog’liq jarayonlarni

27.O’simliklar ikkinchi nomlari bilan juftlang


a)tuxumak b)qora jusan c)albitsiya d)Meksika go’zasi
1) Tikan daraxt 2) yapon saforasi 3)ermon shuvog’i 4)oq akatsiya 5)Barbados g’o’zasi 6)Oddiy go’za 7)turon shuvog’i
A)a-2, b-3, c-4, d-6 B) a-1, b-7, c-4, d-6
C) a-1, b-3, c-4, d-5 D) a-2, b-7, c-4, d-6

28. Qaysi o'simliklarning urug'i mevaning ichki bosimi yoki pallalarning chatnashi, buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi?


1) shumtol; 2) yorongul; 3) burchoq; 4) baliqko'z; 5) boyalich; 6) xina; 7) cherkez; 8) o'qotar bodring
A) 2, 3, 6, 8 B) I, 4, 5, 7
C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 5, 7, 8

29.Gulli o’simliklarning xilma-xil bo’lishiga


sabab nima?
A)tuproq tarkibi C)yashash sharoiti
D)iqlimi D)ekologik sharoit

30.Quyidagi o’simliklarningqaysi biri hasharotlar bilan oziqlanadi?


1)nepentes 2)xolmon 3)drosera 4)safsan 5)rafleziya 6)suvqaroqchisi
A)1,3,5 B)1,4,6 C)1,3,6 D)1,2,3,6

31.Geobotanika…o’rganadi.


A)o’simliklarniyer sharida tarqalish
qonuniyatlarini
B)o’simliklarni kelib chiqishi va belgilari asosida
klassifikatsiyalashni
C)o’simliklarni tashqi muhit bilan bo’lgan
munosabatlaridagi qonuniyatlarini va tashqi
muhit omillarining o’simlikk ta’sirini
D)o’simliklardagi hayotiy jarayonlarni:nafas olish,
fotosintez, suv bug’latish jarayonlarini

32. Bir jinsli (1) va ikki jinsli (2) gulga ega bo'lgan o'simliklarni aniqlang.


a) tut; b) tol; c) Turkiston ismalog'i; d) shaftoli;
e) gladiolus; f) na'matak
A) 1-b, c, d; 2-a, e, f B) l~d, e, f; 2-a, b, c
C) 2-a, d, f; 2-b, c, e D) 1-a, b, c; 2-d, e, f

33. Ko'p hujayrali suvo'tlarga xos belgilar


nimadan iborat?
A)tallomining doim o'sib, kattalashib borishi
B)xramatoforining doimo yumaloq bo'lishi
C)faqat jinssiz yo'l b-n ko'payadi
D)zoosporalar hosil qilishi

34. Qaysi o’simlikning to’pguli boshoqqa o’xshaydi, lekin asosiy gulpoyasining osilib


turishi bilan farq qiladi? 1) sholi; 2) yong'oq; 3) qamish;
4) otquloq; 5) oq qayin; 6) ukrop; 7) tol.
A)2, 4, 7 B)1,2, 7 C) 3, 5, 7 D) 2, 5, 7

35. Ulotriksni jinsiy ko`payishida 512 ta


gameta hosil bo`lgan bo`lsa shu gametaning
25% dan zigota hosil bo`lgan, zigotaning 50%
dan ulotriks iplari hosil bo`ldi.
Qanacha ulotriks iplari hosil bo`lgan?
A)64 B)128 C)32 D)16

36.Vegetativ(1) va generativ(2) organlarni juftlang.


a-gul; b-ildiz; c-barg; d-urug’; f-meva; g-poya;
A)1-a,c,g;2-b,d,f B)1-b,c,g;2-a,d,f
C)1-a,d,f;2-b,c,g D)1-b,d,g;2-a,c,f

2-variant


1.Daraxtlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
1)guli va mevasi 2)ildizi 3)poyasining bo’yi,
Eni 4)to’pguli 5)shox-shabbasi 6)bargi
A)1,3,5 B)2,3,4,5 C)1,2,3 D)1,3,5,6

2.Madaniy holda o’sadigan butalarga misol keltiring?


1)anor 2)na’matak 3)ligistrum 4)singirtak 5)
zirk 6)limon 7)bodomcha 8)qoraqat 9)irg’ay 10)nastarin 11)uchqat 12)sarsazan
A)1,3,6,8,10,11,12 B)1,3,6,8,10
C)2,4,5,6,7,9,11,12 D)4,5,6,7,8,10,12

3.Pastki shoxlaridagi ko’saklari yetilib,uchki


shoxlaridagi gullari ochilib turadigan o’simlik?
A)ituzum B)g’o’za C)mingdevona D)gulxayri

4.Havo iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda


davom etadigan yovvoyi o’simliklarni belgilang?
A)zubturum,qoqio’t,kartoshkagul
B)atirgul,zubturum,qo’ypechak,
C)atirgul,xrizantema,kartoshkagul
D)zubturum,qo’ypechak,sachratqi

5.O’zbekistondauchaydiganbiryillikyovvoyi


o’simliklar?
1)jag’-jag’ 2)machine 3)arpa 4)zig’ir
5)baliqko’z 6)oqsho’ra 7)sholi 8)qoraituzum
A)1,2,3,4 B)2,3,4,6 C)4,5,6,7 D)1,2,5,6,8

6. Asosiy (I) va mexanik (II) to'qima xillarini ajrating.


a. yog'ochlik tolalari; b. jamg'aruvchi; c. uchki;
d. assimlyatsion; e. lub tolalari; g. yon
A) I-b,e II-a, e,
B) I-b, d, II-a,e
C) I-a,d II-e,g
D) I-a,e II-d,g

7. Oksitrops va tangao't o'simliklari qaysi oilaga mansub?


A) burchoqdoshlar B) murakkabdoshlar
C) ituzumdoshlar D) tokdoshlar

8. Rizoidni asosiy vazifasini belgilang?


A)barglarni hosil qilish
B)kurtakchalarni hosil qilish
C)tanani suv tagidagi narsalarga biriktirib
turish
D)zoosporalarni hosil qilish

9.Yovvoyi holda o’sadigan butalarga misol


keltiring?
1)anor2)na’matak 3)ligistrum 4)singirtak
5)zirk6)limon7)bodomcha 8)qoraqat9)
irg’ay10)nastarin11)uchqat12)sarsazan
A)1,3,6,8,10,11,12
B)1,4,5,7,8,9,10,11
C)2,4,5,7,9,11
D)4,5,6,7,8,10,12

10.Qaysi o’simliklarning bargi qishda ham to’kilmay turaveradi?


A)nastarin,atirgulB)shamshod,ligistrum
C)archa,zarang D)qoqio’t,gulxayri

11.Poyasining yer ustki qismi qishda qurib,


o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan
o’simliklar?
1)izen 2)sigirquyruq 3)andiz 4)kovrak 5)machin 6)iloq 7)sarsazan 8)sachratqi 9)zirk
A)4,3,1,7 B)3,2,1,9 C)3,4,6,8 D)5,4,1,8

12.Quyidagi o’simliklardan qaysi biri


barglarini ancha barvaqt to’kadi?
1)zarang2)saksovul3)jiyda 4)bodom
5)qoqio’t6)terak7)akatsiya 8)achambiti9)
tikandaraxt10)aylant
A)1,2,4,6,7,9,10 B)1,2,4,6,7,9
C)3,4,5,6,8,10 D)1,3,4,6,7,9,10

13.Bo'yi bir metrga yetadigan bir yillik


o'simliklar?
A)zubturum, qoqio't, sachratqi
B)kanakunjut, makkajo'xori, kanop
C)sabzi, sholg'om, karam
D)qora, ituzum, baliqko'z

14.Shox-shabbasi sharsimon bo’lgan o’simliklar?


A)sadaqayrag’och va majnuntol B)terak va qayrag’och C)olma va o’rik D)nastarin va nok

15.Ikki yillik o’tlar birinchi yili nima hosil qiladi?


A)poya chiqaradi, gullab meva tugadi.
B)to’pbarg hosil qiladi, ildizi va barglarida oziq moddalar to’playdi
C)to’pbar va gul hosil qiladi
D)poya va ildiz hosil qiladi

16.Ko'p yillik o'tlarni belgilang?


1)shuvoq 2)beda 3)ajriq 4)baliqko’z 5)g'umay 6)sachratqi 7)piskom piyozi 8)machin 9)kiyiko't 10)sallagul 11)qoqio't 12)shirinmiya 13)iloq 14)jo’xori 15)lola 16) qamish
17)andiz 18)yalpiz 19)nastarin 20)shashir
A)1,2,4,5,6,8,15,16,17,20
B)2,3,6,7,9,11,13,1,6,17,19
C)3,5,7,8,10,13,15,17,18,19
D)1,2,3,5,6,7,9,10,11,12,13,15,16

17. Qoqio'tdoshlarga mansub madaniy manzarali o'simliklarni aniqlang.


a) qashqargul; b) xrizantema; c) qo'qongul;
d) bo'znoch; e) bo'yimodaron; f) kartoshkagul.
A) d, e, f B) b, c, d, e C) a, b, e, f D) a, b, c, f

18.Bir turga mansub daraxtlar shimoldagilari janubdagilardan nimasi bilan farq qiladi?


A)Shoh-shabbasiningko’pligi,kengligiva
balandligi
B)Mevasining shakli, tuzilishi, shohshabbasining ko’pligi
C)Bargi va to’pguli, shoh-shabbasining,
balandligi
D)Shox-shabbasini ko’pligi, qisqaligi, torligi

19. Gullab qolgan suv to’plamini mikraskopda qaralsa nimani ko’rish mumkin?


A)xara B)laminariya
C)xlomidamanada D)ulotriks

20. Meksika g'o'zasining sistematik birliklari to'g'ri berilgan javobni aniqlang.


bo'lim (tip) (1), sinf (2), oila (3), turkum (4)
a) ochiq urug'lilar; b) gulli o'simliklar; c) bir
urug'pallalilar; d) ikki urug'pallalilar;
e) gubcayridoshlar; f) g'o'zadoshlar; g) g'o'za;
h) gulxayri
A) 1-b, 2-d, 3-e, 4-g B) 1-a, 2-d, 3-f, 4-h
C) 1-a, 2-c, 3-e, 4-h D) 1-b, 2-d, 3-e, 4-h

21. Tamaki turkumi qaysi oilaga mansub?


A)karamdoshlar B)ra'noguldoshlar
C)ituzumdoshlar D)burchoqdoshlar

22. Gultojibarglari yelkacha, eshkakcha, qayiqcha deb ataladigan o'simliklar guruhini toping?


A) astragal, qizilmiya, gledichiya
B) no'xat, yantoq, maymunjon
C) yantoq, g'ozpanja, quyonsuyak
D) bo'ritaroq, no'xat, mosh, loviya

23. Sharq sauri qaysi bеlgilari bilan archadan farq qiladi?


1)oziqlanishi, yosh novdalarining
2)tana, bargining tuzilishi,
3) yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi,
4)tana va bargining tuzilishi,
5)pishgan gubbalarini notekis choklar bilan ochilishi
A)1,2 B)3, 5 C)3,4 D)2,4
24. Urug’ida oqsil moddasi ko’p bo’lgan o’simliklarni bеlgilang. 1)bug’doy; 2)makkajo’xori; 3)yasmiq; 4)mosh; 5)kungaboqar; 6)no’xat; 7)g’o’za; 8)yong’oq; 9)sholi.
A)1, 2, 9 B)2, 3, 5
C)5, 7, 8 D)3, 4, 6

25. Bo'ritaroq turkumi qaysi oila va sinfga mansub?


A) gulxayridoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi
B) burchoqdoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi
C) gulxayridoshlar oilasi, bir urug'pallalilar sinfi
D) ituzumdoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi

26.Ikki yillik o'simliklarni ko'rsating?


A)lavlagi,sabzi,sholg'om,karam
B)iloq,ajriq,machin,shashir
C)zirk,bodomcha,kiyiko’t,qoqio’t
D)kanop, baliqko’z,karam,turp

27.Shoh-shabbasi yoyiq o’simliklar?


A)qarag’ay,olma,o’rik
B)olma,o’rik,shaftoli,gilos
C)qayrag’och,behi,shaftoli
D)majnuntol,sadaqayrag’och,behi

28. Qirqquloqlarning ko’payishi va


rivojlanishi tartibini aniqlang.
1)qirqquloq o’simligi; 2)yuraksimon yashil
plastinka; 3)soruslar; 4)spora; 5)jinsiy
hujayralar; 6)murtak; 7)zigota
A)1,3,4,2,5,7,6 B)1,2,3,4,5,6,7
C)2,3,4,5,6,7,1 D)3,4,5,6,7,1,2

29. Saksovul qaysi oilaga mansub?


A) sho'radoshlar B) ra'nodoshlar
C) dukkakdoshlar D) burchoqdoshlar

30.Quyidagi o’simliklardan qaysi birining bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi?


A)archa,qayrag’och,terak
B)shamshod,atirgul,akatsiya
C)jiyda,tikandaraxt,bodom
D)nastarin,ligustrum,atirgul

31.Ikki yillik o’tlar ikkinchi yili nima hosil


qiladi?
A)poya chiqaradi,gullab meva tugadi
B)to’pbarg hosil qiladi,ildiz iva barglarida oziq
Moddalar to’playdi
C)to’pbar va gul hosil qiladi
D)poya va ildiz hosil qiladi

32. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi


natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa
ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni
umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu
zigotani hosil qilgan gameta umumiy
gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy
gametalar sonini aniqlang.
A)128 B)256 C)512 D)64

33. Archa (I) va qarag'ayga (II) xos belgilar to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang.


1) ikki uyli; 2) bir uyli; 3) barglari tangachasimon; 4) barglari ikkitadan o'rnashgan, uzun; 5) urug'dan sekin o'sadi; 6) urug'dan yaxshi o'sadi; 7) umg'chi qubbasi rezavor mevaga o'xshaydi; 8) urug'chi mevasi qubba meva deyiladi; 9) urug'chi qubbalari 2 yilda yetiladi; 10) urug'chi qubbasi ikkinchi va uchinchi yilda pishadi
A) 1-2, 4, 6, 9; II-1, 3, 5, 7, 8, 10
B) 1-1,3, 5, 7, 8, 10; II - 2, 4, 6, 9
C) 1-1,3,6,9-11-2,4, 7,8, 10
D) 1-2, 3, 5, 9; II - 1, 4, 6, 7, 8, 10

34. Qirqbo'g'imlarning yozgi poyasi bahorgi poyasidan nima bilan farqlanadi?


A) nozik, qo'ng'ir rangli, shoxlanmagan
B) qo'ng'ir rangli, shoxlanmagan, boshoq hosil qiladi
C) nozik, yashil, shoxlangan
D) spora va urug'lar hosil qiladi

35.Tinim davrida o’simliklarda qanaqa


jarayonlar bo’ladi.
1)oziq moddalar hosil bo’lishi kuchayadi
2)oziq moddalar hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi
3)hujayradagi shira harakati ham deyarli to’xtaydi
4)nafas olishi to’xtaydi 5)nafas olishi
sekinlashadi
A)1,3,5 B)2,3,5 C)2,3,4 D)1,3,4

36. Jag'-jag'ning ildiz bo'g'izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi?


a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan
A) 1-a, b; 2-c, d B) 1-c, d; 2-a, b
C) 1-a, d; 2-b, c D) 1-b, c; 2-a, d



Download 38.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling