Test iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?


Download 17.75 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi17.75 Kb.
#143069
Bog'liq
VE13VPhpBXaDsqeVdtLCZqwUABR4HG8C (1)(1)


2-MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQ
TEST
1.8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;

d) marksistik nazariya;

e) marjinalizmda.



1.9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?

a) keynschilar;

b) monetarizm;

c) institutsionalizm;

d) liberalizm;

e) yangi iqtisodiy oqimlarda.



1.17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan?

a) merkantilistlar;

b) fiziokratlar;

c) klassik siyosiy iqtisodchilar;

d) keynschilar;

e) marjinalistlar.



1.19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan?

a) U. Petti;

b) F. Kene;

c) A. Smit;

d) K. Marks;

e) A. Tyurgo.



1.20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi?

a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;

b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;

c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;

d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;

e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni.



1.21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?

a) ayriboshlash sohasi;

b) ishlab chiqarish sohasi;

c) taqsimlash sohasi;

d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;

e) takror ishlab chiqarish sohasi.



1.22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?

a) ayriboshlash sohasi;

b) ishlab chiqarish sohasi;

c) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;

d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;

e) ijtimoiy sohalar.



1.23. F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi?

a) savdoda;

b) qishloq xo‘jaligida;

c) sanoatda;

d) ijtimoiy sohada;

e) qurilishda



1. 24. Bozor munosabatlarigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy qarashlarda qanday soha yoki munosabatlar ideallashtirilgan?

a) bozor munosabatlari;

b) natural-xo‘jalik sohalari;

c) savdo-sotiq bitimlari;

d) sudxo‘rlik;

e) agrar munosabatlar.



1. 25. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?

a) Aristotel;

b) F. Akvinskiy;

c) A. Monkreten;

d) A. Smit;

e) K. Marks.



1. 26. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning oqibati?

a) xorijiy investitsiyalar o‘sishi;

b) importning eksportdan ortib ketishi;

c) eksportning importdan ortib ketishi;

d) investitsion faollikning ortishi;

e) iqtisodiy faollikning o‘sishi.



1.48. Quyidagi mutafakkirlardan kim pulning kelib chiqish sa­bab­lariga o‘z qarashlarini bayon qilgan?

a) Ibn Sino;

b) Farobiy;

c) Abu Rayhon Beruniy;

d) A. Navoiy;

e) Ibn Xoldun.



1. 49. Jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususi­yat­­lari, pul va uning vazifalari kabi masalalar qaysi mutafakkir qarashlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan?

a) Farobiy;

b) Yusuf Xos Hojib;

c) A. Navoiy;

d) Ibn Sino;

e) Abu Rayhon Beruniy.



1.50. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, so­liq­­larni belgilash tartibi kabi masalalar qaysi alloma qarashlariga tegishli?

a) Ibn Sino;

b) A. Navoiy;

c) Farobiy;

d) Abu Rayhon Beruniy;

e) Yusuf Xos Hojib.



1. 54. “Jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqim vakillariga tegishli?

a) merkantilizm;

b) fiziokratlar;

c) marjinalizm;

d) keynschilik;

e) klassik siyosiy iqtisod.



1.55. Boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga taalluqli?

a) merkantilizm;

b) klassik siyosiy iqtisod;

c) fiziokratlar;

d) marjinalizm;

e) keynschilik.



1.56. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli?

a) U. Petti;

b) A. Smit;

c) D. Rikardo;

d) F. Kene;

e) T. Man.



1.58. Qiymat va foydaning hamda turli sinf daromadlarining yagona manbai mehnat ekanligi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?

a) A. Smit;

b) U. Petti;

c) F. Kene;

d) Sismondi;

e) D. Rikardo.



1.62. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini kim ilgari surgan?

a) M. Keyns;

b) M. Fridman;

c) D. Rikardo;

d) A. Marshall;

e) K. Menger.



1.64. Iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini kim asoslagan?

a) A. Marshall;

b) M. Keyns;

c) L. Valras;

d) F. Xayek;

e) M. Fridman.


QUYIDAGI SAVOLLARGA QISQA IZOH YOZING


  1. Қадимги шарқдаги иқтисодий фикрлар

  2. Қадимги Хидистондаги иқтисодий ғоялар

  3. Зардуштизм (Авесто) даги иқтисодий ғоялар.

Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling