Test nomi. M 2
Download 83.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq5. Mexanika 2.2
Test nomi. M-2.2 1. Avtomobil yo‘lning yarmini 60 km/soat tezlikda bosib o‘tdi. Qolgan vaqtning yarmini 15 km/soat tezlikda harakatlanib, yo‘lning oxirgi qismini 45 km/soat tezlikda bosib o‘tgan bo‘lsa, avtomobilning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini necha km/soat ni tashkil etadi? A) 40 B) 30 C) 43,5 D) 37 2. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism dastlabki ikkita 4 s dan bo‘lgan ketma-ket vaqt oralig‘ida s1=24 m va s2=64 m yo‘llarni mos ravishda bosib o‘tgan bo‘lsa, jismning tezlanishini toping (m/s2). A) 1 B) 3 C) 2,5 D) 5 3. Jism uzunligi 8 m bo’lgan tepalikdan 1 m/s2 tezlanish bilan sirg’anib tushadi va gorizontal yo’lda 4 m masofa bosib o’tib, to’xtaydi. Butun harakat vaqti (s) topilsin. A) 6 B) 5,5 C) 2 D) 8 4. Erkin tushayotgan jism qandaydir nuqtada 20 m/s, boshqa bir nuqtada esa 40 m/s tezliklarga ega bo‘lsa, shu nuqtalar orasidagi masofani (m) toping. g=10 m/s2. A) 60 B) 50 C) 80 D) 40 5. Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati davomida qaysi kattalik doimiy emas? Havoning qarshiligini hisobga olmang. A) jismning vertikal tezligi B) jismning vertikal tezlanishi C) jismning gorizontal tezlanishi D) jismning gorizontal tezligi 6. Ikkita tosh bitta vertikalda bir-biridan 10 m masofada turibdi. Biron vaqt momentida yuqoridagi tosh 20 m/s tezlik bilan tashlanadi, pastdagi tosh esa erkin tushirib yuborildi. Toshlar qancha vaqtdan so’ng (s) to’qnashadilar? A) 0,2 B) 0,4 C) 0,5 D) 0,7 7. Jism 𝐯0 boshlang’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan. Yarim yo’lni o’tgandan keyin uning tezligi necha foizga kamayadi? A) 71 B) 36 C) 29 D) 74 8. Bolalar karuseli (ot o’yini) 0,5 s davomida 90° burchakka buriladi. Chastotani (Hz) aniqlang. A) 2,5 B) 0,5 C) 2 D) 1 9. Bir nuqtaga ta’sir etuvchi 21 va 36 N kuchlarning teng ta’sir etuvchisi … bo’lishi mumkin. A) 62,3 N va 60,5 N B) 14,9 N va 57,1 N C) 12 N va 13 N D) 21 N va 36 N 10. Katerga ta’sir etuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi quyidagi grafikda tasvirlangan. Vaqtning qanday oraliqlarida (s) kater tekis harakatlangan? A) 2-4 B) 2-4 va 6-8 C) 0-2 va 4-6 D) 6-8 11. m1=1 kg va m2=3 kg masali jismlar qo’zg’almas vaznsiz blok orqali rasmdagidek ipga bog’langan. Tizimning tezlanishini (m/s2) aniqlang. Ishqalanishlarni hisobga olmang. A) 3,75 B) 7,5 C) 1,25 D) 2,5 12. m massali brusokka va kuchlar rasmda ko’rsatilgandek ta’sir qilmoqda. Agar brusok mutloq silliq sirt ustida joylashgan bo’lsa, shu sirtning brusokka ko’satadigan reaksiya kuchini (N) aniqlang. g=10 m/s2 deb oling. A) 24,5 B) 64 C) 41,5 D) 38,5 13. Yuqoriga qarab v0=20 m/s tezlik bilan otilgan jism Yerga =18 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Jismnnig massasi 4 kg ga teng bo’lsa, havoning qarshilik kuchi bu vaqt ichida qancha ish (J) bajargan? A) 120 B) -152 C) 152 D) 138 14. Yuqoriga qarab v0=32 m/s tezlik bilan otilgan jism Yerga =30 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Jismnnig massasi 0,5 kg ga teng bo’lsa, bunda og’irlik kuchi qancha ish (J) bajaradi? A) 31 B) -31 C) 64 D) 0 15. Qotishma 100 gr oltin va 100 sm3 misdan iborat. Qotishmaning zichligini aniqlang? Oltining zichligi 19,3 g/sm3, misning zichligi 8,9 g/sm3 ga teng. A) 14,1 B) 12,1 C) 10,6 D) 9,4 16. Massasi 75 kg bo’lgan odamni suvda ko’tarib turish uchun qalinligi 25 sm bo’lgan muz bo’lagining yuzasi (m2) qanday bo’lishi kerak? A) 7,5 B) 30 C) 9 D) 3 17. Yerning tortish kuchi 9 marta kamayishi uchun kosmik kema Yerdan qanday balandlikda bo'lishi kerak? Yerning radiusi R ga teng. A).9R. B) 8R. C) 2R. D) 3R. E) 4R 18. Ot chanani tepalikka tortmoqda. Agar tepa- likning qiyaligi 6:10, chananing og'irligi 400 N bo'lsa, otning tortish kuchi necha nyuton? Isnqalanish kuchini hisobga olmang. A) 240. B) 260. С) 300. D) 320. E) 340. 19. Qiya tekislikning balandligi 1,2 m, uzunligi 10,8 m. Massasi 180 kg yukni bu qiya tekislikda tekis ko'tarish uchun 250 N kuch kerak bo'lsa, ishqalanish kuchi necha nyuton? A) 100. B) 75. C) 50. D) 250. E) 180. 20. Qiya tekislikning uzunligi 6 , balandligi 1,5 m. Bu qiya tekislikda biror yukni ко tarishda kucndan necha marta yutiladi? Ishqalanishni hisobga olmang. A) 2. B) 3. C) 4. D) 4,5. E) yutilmaydi. 21. Vodrodning zichligi geliyning zichligidan 2 marta kam. Vodorod to'ldinlgan aerostatning ko'tarish kuchi geliy to'ldirilgan xuadi shunday aerostatning ko'tarish kuchidan necha marta katta bo'ladi? ρh=1,3 kg/m 3, ρv=0,09 kg/m 3. A) 8. B) 2. C) 4. D) 1,5. E) 1,08. 22. Dengizda suzib yurgan muzning suv usti qis- mining hajmi 300 m3. Agar suv va muzning zichliklari mos ravishda 1000 va 900 kg/m 3 bo'lsa, muzning hajmi qanday (m3)? A) 300. B) 1500. С) 2700. D) 3000. E) 1350. 23. Tosh 20 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) toshning tezligi 2 marta kamayadi? A) 2,5 B) 5 C) 10 D) 15 24. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog`lanishi υ = 5 + 4t (m/s) ko`rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o`tilgan yo`lni (m) da aniqlang A) 7 B) 5 C) 6 D) 15 25. Massalari 200 va 600 g bo‘lgan ikki shar o‘zaro tik yo‘nalishlarda 4 va 1 m/s tezliklar bilan harakatlanmoqda. Bu sistema impulsining modulini aniqlang (kg¢m/s). A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 26. Kinetik energiyasi 100 J bo‘lgan 2 kg massali jismning impulsi qanday (kg¢m/s)? A) 10 B) 20 C) 40 D) 60 27. x = 3t2+ 4t - 8 (m) tenglamaga muvofiq harakatlanayotgan 2,5 kg massali jism impulsining 3 s davomidagi o‘zgarishini (kg∙m/s) aniqlang. A) 30 B) 45 C) 60 D) 90 28. Futbolchi 400 g massali to‘pni tik yuqoriga tepib, unga 30 m/s tezlik berdi. Agar bunda to‘p 40 m balandlikka ko‘tarilgan bo‘lsa, havoning qarshiligini yengishga qancha energiya (J) sarflangan? A) 10 B) 20 C) 40 D) 80 29. Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan vaznsiz va cho‘zilmas ipga massalari 2 va 3 kg bo‘lgan ikki yuk osilgan. Bu yuklar qanday (m/s2) tezlanish bilan harakatlanadi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 30. Balandligi 80 m bo‘lgan joyda kamondan gorizontal yo‘nalishda 30 m/s tezlik bilan o‘q otildi. O‘q yerga qanday tezlik (m/s) bilan tushadi? g=10 m/s2 .A) 50 B) 70 C) 90 D) 110 31. Gorizontal sirtda yotgan 3 kg massali brusokka gorizont bilan 30o burchak tashkil etib, yuqoriga yo‘nalgan 20 N kuch ta’sir qiladi. Bunda brusok qanday tezlanish bilan (m/s2) harakat qiladi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,25 ga teng. g=10 m/s2, sin30 o =0,5, cos30 o =0,87. A) 2,4 B) 3,3 C) 4,1 D) 4,9 32. Jism havoda tushmoqda. U tushgani sari havoning qarshiligi qanday o‘zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) ortadi C) kamayadi D) aniqlab bo‘lmaydi 33. Gorizontal sirtda 50 kg massali quti turibdi. Quti va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,6 ga teng. Qutini 25 N gorizontal kuch yordamida surishmoqchi. Bu holda qutiga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchi qanday (N) bo‘ladi? A) 20 B) 30 C) 25 D) 300 34. Tosh 30 m/s tezlik bilan gorizontga 30o burchak ostida otildi. Toshning eng yuqori nuqtaga chiqish vaqti qanday (s)? A) 0,5 B) 4 C) 3 D) 1,5 35. Agar Yer sun’iy yo‘ldoshi aylana orbitasining radiusi 4 marta ortsa, yo‘ldoshning tezligi qanday o‘zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 4 marta ortadi C) 2 marta kamayadi D) 2 marta ortadi 36. Yer sirtidan 80 m balandlikda gorizontal yo‘nalishda kamondan 40 m/s tezlik bilan o‘q uzildi. 3 sekunddan so‘ng o‘qning tezligi qanday (m/s) bo‘ladi? A) 30 B) 80 C) 50 D) 70 Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling