Test qaysi nazariyada “tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o„lchanadi”, deyiladi?


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi0.64 Mb.

TEST 

1.  Qaysi  nazariyada  “tovarning  qiymati  unga  sarflangan  ijtimoiy 

zaruriy mehnat xarajatlari bilan o„lchanadi”, deyiladi? 

a)  marjinal nazariyada; 

b) klassik nazariyada; 

c) ratsionalistik nazariyasida; 

d) institutsional nazariyada;  

e) neoliberalizm nazariyasida. 



2.  Qaysi  nazariyada  tovarning  qimmati  uning  naf  keltirishiga  qarab, 

xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi? 

a) marjinal nazariyada; 

b) klassik nazariyada; 

c) ratsionalistik nazariyada; 

d) institutsional nazariyada;  

e) neoliberalizm nazariyasida. 



3.  Naflilikning  pasayib  borishi  qonuni  amal  qilishini  izohlashda 

quyidagilardan qaysi biri to„g„ri kelmaydi? 

a)  qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos; 

b) universal qonun bo„lib, doimo amal qiladi; 

c) amal qilish doirasi cheklangan bo„lib, shaxsiy ehtiyojni qondiradigan, eng 

avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi; 

d) ko„plab tovarlarga nisbatan qo„llab bo„lmaydi; 

e) naflilikni baholovchi yagona o„lchov, ko„rsatkich yo„q. 

4.  Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati nima bilan o„lchanadi? 

a) undagi oltin miqdori bilan; 

b) narxlar darajasi bilan; 

c) mutloq likvidliligi bilan; 

d) muomaladagi pul miqdori bilan; 

e) mamlakatning oltin zaxirasi bilan. 



5. Pul agregatlari, bu... 

a) likvidlik darajasi turlicha bo„lgan barcha pul turlarining muayyan  

nisbatlardagi yaxlit massasi; 

b) naqd pullar va elektron pullarning ma‟lum nisbatdagi pul massasi; 

c) cheklar, qimmatli qog„ozlar jamlanmasi; 

d) naqd bo„lmagan pullarning ma‟lum nisbatdagi massasi; 

e) naqd pullar va qimmatli qog„ozlarning ma‟lum nisbatdagi massasi. 



6. Demonitizatsiya deganda nima tushuniladi? 

a) qog„oz pullarning qadrsizlanishi; 

b) pulni yaroqsiz holga kelishi; 

c) qog„oz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish; 

d) pulning baho masshtabini almashtirish; 

e) oltinning pul funksiyasini bajarishini to„xtatishi. 



7.  Klassik  iqtisod  vakillari  tovar  qiymati  qanday  mehnat  sarflarini 

ifodalaydi deb ko„rsatishgan? 

a) individual;          

b) zaruriy; 

c) qo„shimcha; 

d) ijtimoiy-zaruriy; 

e) ortiqcha sarflarini. 



8. Mehnat intensivligi nima? 

a) mehnatning aniq turining mahsuldorligi; 

b) mehnatning sarflanish tezligi va jadalligi; 

c) qo„llaniladigan mehnat hajmining ortishi; 

d) qo„llaniladigan mehnat hajmining qisqarishi; 

e) mehnatning unumdorligi. 



9. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog„liq? 

a) muomala vositasi; 

b) to„lov vositasi; 

c) qiymat o„lchovi; 

d) jamg„arma vositasi; 

e) jahon puli. 



10. Natural xo„jaligi nima? 

a) jamiyat uchun mahsulotni natural holda ishlab chiqaruvchi xo„jalik; 

b)  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  mashina  va  texnikalarga  emas,  qo„l 

mehnatiga asoslangan xo„jalik; 



c)  bozorda  sotish  uchun  emas,  balki  xo„jalikning  o„z  xodimlari  va  ishlab 

chiqaruvchilarning iste‟moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo„jalik; 

d) aholi va tashkilotlarga sotish uchun iste‟mol buyumlari ishlab chiqaruvchi 

xo„jalik; 

e) oilaviy xo„jalik. 

11. Pulning vazifasi nimadan iborat? 

a) pul iste‟mol bilan ijtimoiy talabga bo„lgan investitsiya omili; 

b)  ijtimoiy taklif  va  almashuv  uchun  zarur  bo„lgan  miqdorni  belgilaydigan 

kapital qo„yilmalar omili; 

c) daromadlar va xarajatlarni hisobga olish tizimi; 

d)  yagona  hisob-kitob  yurgizish,  jamg„arma,  muomala,  to„lov  vositasi 

vazifasini bajaradi; 

e) boylik to„plash vositasi. 



12.  Jamiyat  taraqqiyotining  alohida  uzoq  davrlari  davomida  ishlab 

chiqarishning  maqsadini  ancha  to„liq  ifodalab  qoladigan,  barqaror  umumiy 

belgilarga  ega  bo„lgan  va  rivojlanishida  ma‟lum  bir  qonuniyatlarga 

asoslangan xo„jalik yuritish shakllari qanday nomlanadi? 

a) natural xo„jalik; 

b) tovar xo„jaligi; 

c) ijtimoiy xo„jalik; 

d) bozor xo„jaligi; 

e) jamoa xo„jaligi. 



13.  Mahsulot  ishlab  chiqaruvchilarning  o„z  iste‟molini  qondirish  va 

ichki xo„jalik ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilsa ijtimoiy xo„jalikning qanday 

shakli mavjud bo„ladi? 

a) tovar xo„jaligi; 

b) natural xo„jalik; 

c) bozor xo„jaligi; 

d) ijara xo„jaligi; 

e) jamoa xo„jaligi. 



14.  Mahsulotning  bozor  uchun,  ayriboshlash  orqali  boshqalarning 

ehtiyojini  qondirish  maqsadini  ko„zlab  ishlab  chiqarilishi  ijtimoiy 

xo„jalikning qanday shaklini tashkil qiladi? 

a) natural xo„jalik; 

b) tovar xo„jaligi; 

c) davlat xo„jaligi; 

d) jamoa xo„jaligi; 

e) shaxsiy xo„jalik shaklini. 



15.  Natural  xo„jalikning  quyidagi  belgilaridan  qaysi  biri  unda  ishlab 

chiqaruvchilarning ixtisoslashuvi mavjud emasligini bildiradi? 

a) mehnat taqsimotining yetarlicha rivojlanmaganligi; 

b)  ishlab  chiqarishning  maqsadi,  o„z  ehtiyojlarini  qondirishga 

bo„ysundirilganligi; 

c)  ishlab  chiqarish  bilan  iste‟mol  miqdoran  mos  kelib,  bevosita  xo„jalik 

ichida bir-biri bilan bog„lanishi; 



d) mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo„lishi; 

e) ishchi kuchi harakatchanligi cheklanganligi. 



16. Natural xo„jalikning qaysi belgisi uning maqsadini ifodalaydi? 

a) mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi; 

b) ishlab chiqarishning o„z ehtiyojlarini qondirishga bo„ysundirilganligi; 

c)  ishlab  chiqarish  bilan  iste‟mol  bevosita  xo„jalik  ichida  bir-biri  bilan 

bog„lanishi; 

d) mehnat tor doirada bir-biri bilan bog„lanishi; 

e) ishchi kuchi harakatchanligi cheklanganligi. 

17.  Tovar  xo„jaligining  belgilaridan  qaysi  biri  uning  maqsadini 

ifodalaydi? 

a) ijtimoiy mehnat taqsimoti mavjud bo„lishi; 

b) mulk egalarining alohidalashuvi; 

c)  mahsulotlarning  bozor  uchun,  erkin  ayriboshlash  orqali  iste‟molchi 

ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqarilishi; 

d) ishlab chiqaruvchi va iste‟molchi bozor orqali bog„lanishi; 

e) ishchi kuchining erkin harakati ta‟minlanishi. 

18.  Mehnatning  bir  turidan  boshqa  turlarining  ajralib  chiqishi,  ya‟ni 

ishlab  chiqaruvchilarning  biron–bir  mahsulot  turini  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashuvi nimani anglatadi? 

a) iqtisodiy integratsiyani; 

b) mehnat taqsimotini; 

c) mehnat kooperatsiyasini; 

d) mehnat migratsiyasini; 

e) mulkiy alohidalashuvni. 



19. Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma‟lum bir naflilikka 

ega bo„lgan iqtisodiy faoliyat mahsuli – bu: 

a) mahsulot; 

b) tovar; 

c) ne‟mat; 

d) boylik; 

e) iqtisodiy ne‟mat. 



20. Ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi tovarga aylanmaydi? 

a) zaxirada turgan qismi; 

b) ichki iste‟mol uchun foydalaniladigan qismi; 

c) qaytadan ishlab chiqarishga jalb qilinadigan qismi; 

d)  zaxirada  turgan,  o„z  iste‟moli  uchun  foydalaniladigan  va  qayta  ishlab 

chiqarishga jalb qilingan qismi; 

e) tugallanmagan ishlab chiqarishda bo„lgan qismi. 


SAVOLLAR

 

1. 


Iqtisodiy ne‟mat”, “mahsulot”, “tovar” va “xizmat” tushunchalari 

mazmuni.


 

2. 


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini 

amalga oshirish bosqichlari.

 

3. 


Neoliberalizmning paydo bo„lishi va uning o„ziga xos xususiyati, 

belgilari.

 

4. 


Ishlab   chiqarish   funksiyasi. 

 

5. 



Keyingi qo„shilgan omil unumdorligi

 

6. 



Valter Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to„g„risida

 

 



KEYS STADY

 

O‟zbekiston  YaIM  mahsulotida  qishloq  xo‟jaligining  hissa  salmoqlidir. 

Innovatsion  iqtisodiyot  haqida gapirar ekanmiz albatta qishloq  xo‟jaligi  va undagi 

amalga oshirilayotgan innovatsiyalar ham alohida o‟rin tutadi. 

Iqtisodiyotning  agrar  sektorida  tarkibiy  o‟zgarishlar  va  diversifikatsiyalash, 

shuningdek,  resurslardan  oqilona  foydalanishga  qaratilgan  kompleks  chora-

tadbirlarni  amalga  oshirish  evaziga  2002-2018  yillarda  qishloq  xo‟jaligi  yalpi 

mahsuloti o‟sib borish dinamikasiga ega bo‟ldi (1-rasm).  

Qishloq  xo‟jaligi  yalpi  mahsulotining  tarkibi  ham o‟zgardi. Dehqonchilikda 

oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishga  ustuvorlik  berilishi  natijasida  ularga 

ajratilayotgan  ekin  maydonlarining  kengaytirilishi  va  hosildorligini  oshirishga  oid 

agrotexnologik  tadbirlarni  amalga  oshirish  evaziga  dehqonchilik  ulushi  2002 

yildagi  50,6  foizdan  2018  yilda  53,2  foizgacha  oshishiga  erishilgan  bo‟lsa, 

chorvachilik ulushi esa 49,4 foizdan 46,8 foizgacha kamaydi (2 – rasm). 



 

1 – rasm. O‟zbekiston Respublikasida qishloq xo‟jaligi mahsuloti 

 ishlab chiqarish dinamikasining o‟sishi, %

1

 

 

 

2 - rasm. O‟zbekiston Respublikasida qishloq xo‟jaligining rivojlanish 



holati tahlili

2

 

Agrar  tarmoqdagi  iqtisodiy  islohotlar  jarayonida  fermerlik  harakatiga 

ustunlik  berilganligi  natijasida  yalpi  qishloq  xo‟jaligi  mahsuloti  ishlab 

                                                             

1

  Ўзбекистон  Республикаси  Давлат  статистика  қўмитаси  маълумотлари  асосида  муаллиф  томонидан 



тузилган 

2

 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида  муаллиф томонидан 



тузилган 

chiqarishidagi  uning  ulushi 2002  yildagi  10  foizdan 2018  yilda 27,3  foizga oshdi, 

ammo shu bilan birga  yalpi qishloq  xo‟jaligi  mahsuloti  ishlab chiqarishda dehqon 

xo‟jaliklari  mahsulotlari  asosiy  qismni  tashkil  etadi.  2002  yilda  yalpi  qishloq 

xo‟jaligi mahsulotida ularning ulushi 64 foizni, 2018 yilda - 70 foizni tashkil etgan. 

Qishloq  xo‟jaligida  amalga  oshirilgan  tarkibiy  o‟zgarishlar  natijasida  qishloq 

xo‟jaligi  korxonalarining  ulushi  2002  yilda  26  foizdan  2018  yilda  2,7  foizgacha 

kamayishiga olib keldi, (3 – rasm).  

 

 



3 – rasm. Xo‟jalik shakllari bo‟yicha yalpi qishloq xo‟jaligi 

mahsulotining taqsimlanishi, %

3

 

Shuni  ham  ta‟kidlab  o‟tishimiz  lozimki,  O‟zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2015  yil 29 dekabrdagi  PQ-260- sonli “2016-2020  yillarda qishloq 

xo‟jaligini  yanada  isloh  qilish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‟g‟risida”gi 

Qarori  bu  borada  amalga  oshirilgan  ishlarning  uzviy  davomi  bo‟lib,  keyingi  besh 

yil  mobaynida  qishloq  xo‟jaligi  mahsulotlari  etishtirish  hajmini  oshirib,  sohani 

yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi. 

Tadqiqot  davomida  Qashqadaryo  viloyati  Mirishkor  tumani  fermer 

xo‟jaliklari,  MMTP,  SIU  va  mineral  o‟g‟it  bilan  ta‟minlash  shoxobchalarining 

rahbarlari o‟rtasida so‟rovnoma o‟tkazildi.  

I.  Fermer  xo‟jaliklari  rahbarlari  o‟rtasida  o‟tkazilgan  so‟rov-anketa 

natijalariga ko‟ra: 

                                                             

3

 Ўзбекистон Республика Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган. 



-  “muqobil  mashina  traktor  parkining  barcha  xizmat  turlari  mavjudmi?” 

degan savolga “barcha xizmat turlari mavjud” deb 58%, “ba‟zi xizmat turlari yo‟q” 

deb  35%i,  “ba‟zi  xizmat  turlarini  joriy  etish  zarur”  va  “kerakli  bo‟lgan  texnikalar 

xo‟jalikda mavjud” deb 3,5%dan respondentlar javob berishdi. 

- “MMTPda texnikalarni ta‟mirlash  va servis  xizmatini  rivojlantirish zarur” 

deb  83%  va  17%i  “chorvachilik  tarmog‟ini  mexanizatsiyalashtirishga  oid 

xizmatlar”ni MMTPlarda rivojlantirish zarur deb hisoblashadi; 

-  “MMTPda  mavjud  texnikalar  holati  qanday?”  degan  savolga 

respondentlarning 83 % i MMTP mavjud texnikalar eskirgan, 4% ayrim texnikalar 

eskirgan va 3%i “parkda kerakli texnikalar yo‟q” deb javob berishgan; 

-  fermer  xo‟jaliklariga  xizmat  ko‟rsatayotgan  “SIUlarning  texnika,  jihoz, 

uskuna  va  inshootlarning  holati  qanday?”  degan  savolga  89%  “barcha  texnika  va 

inshootlari eski” va 11%i “qisman eskirgan, remont talab” deb javob berishgan. 

- “respublikada o‟tkaziladigan innovatsion yarmarkada ishtirok etganmisiz?” 

degan savolga respondetlarning 3%i “ha” deb javob berishdi; 

-  “fermer  xo‟jaligingizda  oxirgi  5  yilda  o‟simlikchilikning  qaysi  sohasi 

bo‟yicha  yangi  navlar  kiritilgan”ligi  so‟ralganda  fermer  xo‟jaligi  rahbarlarining 

45%  paxtachilik  va  g‟allachilik  bo‟yicha,  20%  paxtachilikka,    10%i  g‟allachilik 

bo‟yicha va 25%i paxta, g‟alla va mevasabzavotchilik sohalariga yangi navlar joriy 

etishganligini qayd etishdi; 

-  yangi  nav  hisobiga  o‟simliklarning  hosildorligi  so‟rovnomada  ishtirok 

etgan  fermer  xo‟jaliklarining  32  %ida  juda  kam  oshgan  va  68%ida    5-10%gacha 

oshgan; 

- so‟rov-anketada ishtirok etanlarning 7%i fermer xo‟jaligiga “oxirgi 5 yilda 

zotdor chorva mol olib kelganmisiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan; 

- respondentlar naslli mol hisobiga chorva mollarning  mahsuldorlik darajasi 

10-20%gacha,  olinadigan  daromad  va  rentabellik  darajasi  esa  5-10%gacha 

oshganligini qayd etishgan; 

-  “oxirgi  5  yilda  yangi  texnika  sotib  oldingizmi?”  deb  so‟ralganda 

respondentlarning 10 %i “ha” va 90% “yo‟q” deb javob berishgan. 



-  respondentlarning  34%i  istiqbolda  fermer  xo‟jaliklarini  rivojlantirishda 

texnika,  mexanizmlar,  uskunalar  va  resurstejovchi  texnologiyalarning  yangi 

avlodiga,  21%i  o‟simliklarni  himoya  qilishga,  14%i  chorva  mollarning  yangi  zoti 

va  sun‟iy  urug‟lantirishga,  chorva  mollarni  parvarishlash  jarayonida  yangicha 

yondashuv  va  qishloq  xo‟jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlash  jarayonida, 

shuningdek,  3%i  o‟simliklarning  yangi  nav  va  duragaylarini  joriy  etishga  talab 

yuqoriligini bildirishdi; 

-  respondentlarning  86%i  innovatsiyalarni  joriy  etishdagi  asosiy  tusiq 

sifatida  mablag‟ning  etishmasiligini  qayd  etishgan  bo‟lsa,  10%i  shu  sohada  ilmiy 

ish  olib  borayotgan  olim  mutaxassislar  bilan  hamkorlik  yo‟lga  quyilmaganligi 

e‟tirof etishgan; 

- respondentlarning 20%i oliy ma‟lumotli ekanligini aytib o‟tishgan. 

II.  Muqobil  MTP  rahbarlari  o‟rtasida  o‟tkazilgan  so‟rov-anketa  natijalariga 

ko‟ra: 


-  “nechta  fermer  xo‟jaligiga  xizmat  ko‟rsatasiz?”  degan  savolga 

respondentlarning 88%i “50-100tagacha”, xizmat ko‟rsatiladigan maydon bo‟yicha 

“500-1000gektargacha” deb javob berishdi; 

-  fermer  xo‟jaliklaridan  tashqari  muqobil  MTP  rahbarlarining  13%i  dehqon 

xo‟jaliklariga  va  qishloq  xo‟jaliklari  korxonalariga  ham  xizmat  qilishini 

ta‟kidlashgan; 

-  anketa  so‟rov  natijalariga  ko‟ra,  respondentlar  tomonidan  oxirgi  5  yilda 

muqobil  MTPlarga  yangi  texnikalar  xarid  qilinmagan  va  investitsiya  jalb 

qilinmagan; 

- respondentlarning  63%i “fermer  xo‟jaliklarining  muqobil MTPida  mavjud 

texnikalarga  bo‟lgan  talabi  qondirilayapti?”  degan  savolga  “yo‟q”  va  37%i  “ha” 

deb javob berishdi; 

-  muqobil  MTPlar  “oliy  ta‟lim  muassasasi  yoki  ilmiy  tadqiqot  muassasasi 

bilan  hamkorlik  yo‟lga  qo‟yilganmi?”  degan  savolga  barcha  respondentlar  “yo‟q” 

deb  javob  berishdi  va  barcha  respondentlar  “muqobil  MTP  faoliyatiga  yangilik 

kiritishda asosiy tusqinlik” sifatida “mablag‟ning yo‟qligi” deb javob berishdi; 



- respondentlarning 75%i oliy ma‟lumotli. 

III.  Mineral  o‟g‟it  bilan  ta‟minlash  shoxobcha  rahbarlari  o‟rtasida 

o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga ko‟ra: 

-  “nechta  fermer  xo‟jaligiga  xizmat  ko‟rsatasiz?”  degan  savolga 

respondentlarning 47%i “100tadan ziyod” deb va “xizmat ko‟rsatiladigan maydon” 

bo‟yicha respondentlarning 82% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi; 

-  anketa-so‟rovda  ishtirok  etgan  mineral  o‟g‟it  bilan  ta‟minlash 

shoxobchalari  rahbarlarining  94%i  fermer  xo‟jaliklaridan  tashqari    dehqon 

xo‟jaliklariga ham xizmat qilishini ta‟kidlashgan; 

-  respondentlarning  100%i  “oxirgi  5  yilda  necha  so‟mlik  investitsiya  jalb 

qilgansiz” hamda “oliy ta‟lim muassasasi yoki ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan 

hamkorlikda loyihalar amalga oshirganmisiz?” degan savollarga “yo‟q” deb javob 

berishgan; 

- respondentlarning 100%i “mablag‟ning etishmasligi shoxobchaga yangilik 

kiritishga to‟sqinlik bo‟lmoqda” deb javob berishdi. 

IY.  Suv  iste‟molchilari  uyushmasi  rahbarlari  o‟rtasida  o‟tkazilgan  so‟rov-

anketa natijalariga ko‟ra: 

-  “nechta  fermer  xo‟jaligiga  xizmat  ko‟rsatasiz?”  degan  savolga 

respondentlarning 40%i “50tagacha”, qolgan 60%i teng miqdorda “50-100 tagacha 

”  va  “100tadan  ziyod”  deb  hamda  “xizmat  ko‟rsatiladigan  maydon”  bo‟yicha 

respondentlarning 60% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi; 

-  fermer  xo‟jaliklaridan  tashqari  respondentlarning  50%i  dehqon 

xo‟jaliklariga, 20%  dehqon hamda qishloq xo‟jaligi korxonalariga va 10%qishloq 

xo‟jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini aytib o‟tishgan; 

- respondentlarning birontasi ham oxirgi 5 yilda texnikalar xarid qilmagan; 

-  respondentlarning  20%  (50-110  mln.so‟mgacha)  uyushmaga  investitsiya 

jalb qilganliklarini aytib o‟tishdi; 

-  SIUda  mavjud  texnikalarning  muddati  bo‟yicha  savolga  berilgandan, 

respondentlarning 40% mavjud texnikalar muddati 10 yildan ziyod, 35%ida SIUda 

“umuman texnikalar yo‟q” deb javob berishdi; 



- “suv resurslarini tejash  maqsadida qanday yangiliklarni kiritish zarur” deb 

savol  berilganda  respondentlarning  20%i  “suv  resurslariga  haq  to‟lashda  bozor 

mexanizmini joriy etish” va 80%i “suv inshootlarini to‟liq yangilash, yangi texnika 

va uskunalarini olib kelish” deb javob berishdi;  

-  ushbu  respondentlar  ham  yangilik  kiritishda  eng  katta  to‟sqinlik  sifatida 

(90%) “mablag‟ning etishmasligi” deb javob berishdi; 

- respondentlarning 20%i  oliy  ma‟lumotli, 70%i o‟rta  maxsus  va 10% o‟rta 

ma‟lumotli. 

O‟tkazilgan  so‟rov  –  anketa  natijalariga  ko‟ra,  fermer  xo‟jaliklari  hamda 

unga  xizmat  ko‟rsatuvchi  infratuzilma  ob‟ektlar  o‟z  korxonalariga  yangilik 

kiritishda  eng  katta  muammo  sifatida  pul  mablag‟larning  etishmasligini  e‟tirof 

etishgan, (1-jadval), shuningdek, respondentlar ko‟rsatilgan xizmatlar uchun to‟lov 

o‟z  vaqtida  amalga  oshirilmayotganligi  ta‟kidlab  o‟tishgan.  Ushbu  muammoni 

bartaraf  etishda  fermer  xo‟jaliklari  va  unga  xizmat  ko‟rsatuvchi  infratuzilma 

ob‟ektlari o‟rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni bozor mexanizmlari asosida amalga 

oshirish maqsadga muvofiq bo‟lar edi.  



1-jadval 

Fermer xo‟jaliklari va unga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob‟ektlari 

o‟rtasidagi so‟rovnoma natijalari, %

4

 

Xo’jalik yurituvchi 



sub’ektlar 

Innovatsiyalarni kiritishga tusqinlik qilayotgan muammolar, shu 

jumladan 

Mablag’ etarli 

emasligi 

Shu sohada ilmiy 

ish olib borayotgan 

olim mutaxassislar 

bilan hamkorlik 

yo’lga 

quyilmaganligi 

Fermer xo’jaligi 

uchun kerakli 

yangiliklar 

to’g’risidagi 

ma’lumotga ega 

emasligi 

Boshqa 

sabablar 

Fermer xo’jaliklari 

86 


10 



Muqobil MTP 

95 




Mineral o’g’it bilan 

ta’minlash 

shoxobchalar 

100 




Suv iste’molchilari 

90 




                                                             

4

 Анкета сўров натижалари асосида ишлаб чиқилди 



uyushmasi 

 

Keys bo„yicha savol va topshiriqlar: 

1. 

 “2019-2021 



yillarda 

O‟zbekiston  Respublikasini  innovatsion 

rivojlantirish  strategiyasini  tasdiqlash  to‟g‟risida”gi  Farmonining  mazmuni  va 

mohiyatini yoritib bering. 

2. 

Qishloq  xo‟jaligini  innovatsion  rivojlantirishga  ijobiy  va  salbiy  ta‟sir 



etuvchi omillarni yoritib bering. 

3. 


 Rivojlangan 

mamlakatlarda 

qishloq 

xo‟jaligini 

innovatsion 

rivojlantirish tajribalarini keltiring. 

4. 

“Nima uchun?” va “Baliq skeleti” organayzerlari orqali O‟zbekistonda 



qishloq  xo‟jaligi  tarmog‟ida  innovatsion  faoliyatning  rivojlanishiga  salbiy  ta‟sir 

etuvchi omillarni aniqlang.  

5. 

“Qanday?”  ierarxik  diagrammasi  orqali  muammoni  echish  yo‟llarini 



aniqlang. 

6. 


Olingan  anketa  so‟rovnoma  va  statistik  ma‟lumotlardan  foydalangan 

holda  O‟zbekistonda  qishloq  xo‟jaligini  innovatsion  rivojlantishning  SWOT  – 



tahlili o‟tkazing. 

 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling