Test savollari Begali Qosimovning "Jadid adabiyoti haqida ayrim qaydlar" haqida maqolasi asosida


Download 30.09 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi30.09 Kb.
#138712
Bog'liq
Test O'AT


Test savollari Begali Qosimovning “Jadid adabiyoti haqida ayrim qaydlar” haqida maqolasi asosida

1. Kim Fikriy bir she’rida “yo‘lni qorong‘u bosayotgani” dan, yo‘l ko‘rsatadigan “chiroq” yo‘qligidan noliydi deya ta’kidlagan?



  1. Mirmuhsin

  2. Fitrat

  3. Avloniy

  4. Behbudiy

2. Siddiqiy – Ajziyning qaysi dostonida asosiy pafos – mavjud jamiyatni inkor etish, jaholat va zulmga chulg‘angan Vatanni ozod qilish hisoblanadi?

  1. “Mir’oti ibrat”

  2. “Ro‘yo”

  3. “Tarixi qadam”

  4. “Turkiston tufrog‘ina hitob”

3. Qaysi gazeta “Jadidning ma’nosi dinga rivoj bermoq va millati islomni taraqqiy qildirmoq usulidir” deb yozgan?

  1. “Sadoyi Turkiston”

  2. “Turkiston viloyatining gazeti”

  3. “Sadoyi Farg‘ona”

  4. “Shuhrat”

4. 1917-yilda Azmiy –Aziziyning “Yangi shugufa yohud milliy adabiyot” kitobidagi hse’rlarida birinchi navbatda nima haqida aytiladi?

  1. Millatning o‘z huquqini anglashi va talab qilishi lozimligi aytiladi

  2. Millat ma’naviyatga intilishi haqida aytiladi

  3. Xalq bilimli bo‘lishi kerakligi aytiladi

  4. Millatning istiqboli yoshlar qo‘lida ekanligi aytiladi

5. “Dinsiz dunyoda yashamoq insoniyat va madaniyatdan emas, hayvonliqdur. Dinsiz mutamaddun (madaniyatli) bo‘lmoq maholdur”. Ushbu fikrlar kimning asarida aytilgan?

  1. Behbudiy “Kitobi muntaxabi jug‘rofiyai umumiy”

  2. Avloniy “Ikkinchi muallim”

  3. Siddiqiy – Ajziy “Mir’oti ibrat”

  4. Tavfiq Fikrat “Tarixi qadam”

6. “Bobolarimizning “bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketar” zamonlari o‘tub o‘rniga “bilsa bilar, bilmagan yitar” zamoni keldi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda aytilgan?

  1. “Turkiy guliston”

  2. “Kitobi muntaxabi jug‘rofiyai umumiy”

  3. “Mir’oti ibrat”

  4. “Tarixi qadam”

7. “Mir’oti ibrat” asarida Sidiqqiy – Ajziy hayoliy bir voqea (fasona) vositasida qayerning o‘sha kunlardagi realiktik manzarasini chizib beradi?

  1. Samarqand

  2. Turkiston

  3. Farg‘ona

  4. Toshkent

8. Inson nafas olma-vermasi bor

Tamsili tijoratdir bu kirdor

Dunmazsa nafas chiqub badandan,

Ummidi hayot uzildi tandan.

Ushbu misralarda Siddiqiy nimani nazarda tutgan?


  1. Iqtisod hamma narsaning asosi

  2. Najot yo‘li bitta – kurash

  3. Adolatni pdshoh berolmaydi

  4. Millat mablag‘ bilan ozod va mustaqil bo‘lishi kerak

9. Kimlar xotin-qizlarni parda saqlashini himoya qilgan?

  1. Barcha javob to‘g‘ri

  2. Karimbek Kamiy

  3. Saidahmad Vasiliy

  4. Sharafiddin Xurshid

10. Xarobotxonada yotsang, bizim-chun kim qilur ta’mir,

Buzulsin, qadriketsun deb qilur hamsoyamiz tadbir.

Ad ila turtmasang, qilmas qalam o‘zdin-o‘zi tahrir

Qilib izhori hasrat, har kima yolboradur “Shuhrat”.



Ushbu she’r muallifi kim?

  1. Avloniy

  2. Mirmuhsin

  3. Fitrat

  4. Behbudiy

Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling