Test savollari Farmoyish deb ?


Download 15.44 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi15.44 Kb.
#1101805
Bog'liq
3-mavzu Ferangiz


Test savollari
1. Farmoyish deb……..?

A) bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir


B) Ularning asosiy vazifasi Ayni bir mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir
C) muassasa ma’muriyati, shuningdek bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir.*
2. Bildirishnomaga berilgan izoh qaysi javobda ko’rsatilgan?
A) Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan alohador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va xodisa haqida habardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborotdir.*
B) Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir.
C) Mazkur xuquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi.
3. Boshqaruvning muay’n bir vaziyatlari bilan bog‘liq bir-biriga o’xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan xujjatlar qanday hujjat deyiladi?
A) Xususiy hujjat
B) Namunaviy hujjat*
C) Qolipli hujjat
4. Ko’chirma nusxa deb nimaga aytiladi?
A) hujjatda axborot to‘la ifodalansa-da, u asliga muvofiq kelmaydi
B) ba’zan muay’yan hujjatga emas, uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi, bunda ko‘chirma olinadi.*
C) asl nusxa yo‘qolgan hollarda xujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi va u asl nusxa bilan teng huquqlidir.

5. Tashqi hujjatga izoh berilgan javobni ko’rsating?
A) muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan xujjatlardir.
B) bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir.
C) korxonaga, boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan xujjatlardir.*
6. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv nima deyiladi?

A) Tarjimai hol*


B) Tavsifnoma
C) Ma’limotnoma
7. Hujjatlar yaratilish o’rniga ko’ra nechi qismga bo’linadi?
A) 4
B) 3
C) 2*
8. Hujjatlar mazmun bayoniga ko’ra nechchiga bo’linadi?
A) 3*
B) 2
C) 4
9. Me’yoriy – tashkiliy hujjatlarga nimalar kiradi?
A) shartnomalar, bayonnomalar, xatlar
B) dalolatnoma, bildirishnoma, ariza
C) Qonunlar, qarorlar, kodekslar. Nizom va yo’riqnomalar*

10. Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat nima deyiladi?


  1. Tilxat*

  2. Kafolat xati

C) tushuntirish xati
Download 15.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling