Test savollari


Download 363.95 Kb.
bet1/8
Sana16.04.2020
Hajmi363.95 Kb.
#99653
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
тест саволлари (1)



NAZARIY MEXANIKA FANINI O’RGANISH BO’YICHA

TEST SAVOLLARI

NAZARIY MEXANIKA FANI BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

  1. Nazariy mexanika nimani o’rgatadi?

A. Harakat qonunlarini o’rgatuvchi fanga nazariy mexanika fani deyiladi.

B. Harakat turlari va ularning traektoriyalarini o’rgatuvchi fanga nazariy mexanika deyiladi.

S*. Material jismlar harakatining umumiy qonunlari va ularning muvozanatlari, shuningdek jismlarning bir – biri bilan o’zaro ta’sirini o’rganadigan fanga nazariy mexanika deyiladi.

D. Material jismlarining fizik xususiyatlarini o’rganadigan fanga nazariy mexanika fani deyiladi.



  1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?

A. Tekislikda jismlarning bir –biriga nisbatan vaziyatining o’zgarishiga aytiladi.

B. Jismning vaqtga bog’liq holatining o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi.

S. Jism bo’laklarini vaqtga bog’liq holatining o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi.

D*. Jismlarning fazoda vaqtga bog’liq bir –biriga nisbatan vaziyatini o’zgartirishiga mexanik harakat deyiladi.



  1. Statika deb nimaga aytiladi?

A*. Kuchlar to’g’risida umumiy bilim beruvchi va kuchlar ta’siridagi material jismlarning muvozanatini o’rgatuvchi nazariy mexanikaning bo’limiga statika deyiladi.

B. Jismlarning kuchlar ta’siridagi harakatini o’rgatuvchi nazariy mexanikaning bo’limiga aytiladi.

S. Jismlarning muvozanat shartlarini o’rgatadigan nazariy mexanikaning bo’limiga aytiladi.

D. Jismlarga ta’sir etuvchi kuchlar haqida bilim beruvchi nazariy mexanikaning bo’limiga aytiladi.



  1. Kuch deb nimaga aytiladi?

A. Moddiy nuqtalarning o’zaro ta’sirini xarakterlovchi kattalikka kuch deb ataladi.

B*. Moddiy nuqtalarning o’zaro ta’sirlarining miqdoriy o’lchoviga kuch deb aytiladi.

S. Moddiy nuqtalarning o’zaro vaziyatini xarakterlovchi kattalikka kuch deb aytiladi.

D. Moddiy nuqtalarni o’zaro ta’sirlarini xarakterlovchi kattalikka kuch deb ataladi.



  1. Erkin jism deb nimaga aytiladi?

A. Jism fazoda harakatlana olsa, bunday jismga erkin jism deyiladi.

B*. Jism fazoda ixtiyoriy tomonga harakatlana olsa, bunday jism erkin jism deyiladi.

S. Jism fazoda ixtiyoriy yo’nalishda tebrana olsa, bunday jism erkin jism deyiladi.

D. Jismning tekislikdagi muvozanat holatiga erkin jism deyiladi.



  1. Statikaning birinchi aksiomasini aniqlang.

A. Erkin bo’lmagan jismning istalgan nuqtasiga miqdorlari teng, yo’nalishi esa shu nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikkita kuch ta’sir etsa, bunday kuchlar ta’sirida jism muvozanatda bo’ladi.

B. Bog’langan jismning istalgan ikki nuqtasiga miqdorlari teng, yo’nalishi esa shu nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan kuch ta’sir etsa, bunday kuchlar ta’sirida jism muvozanatda bo’ladi.

S. Erkin jismning istalgan ikki nuqtasiga miqdorlari teng bo’lmagan, yo’nalishi esa shu nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikkita kuch ta’sir etsa bunday kuchlar ta’sirida jism muvozanatda bo’ladi.

D*. Erkin jismning istalgan ikki nuqtasiga miqdorlari teng, yo’nalishi esa shu nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikkita kuch ta’sir etsa, bunday kuchlar ta’sirida jism muvozanatda bo’ladi.

7. Statikaning ikkinchi aksiomasini aniqlang.

A. Nol sistemani jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasiga qo’shish bilan kuchlar sistemasining jismga ta’sir o’zgarmaydi.

B*. Nolga ekvivalent sistemani jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasiga qo’shish yoki undan ayirish bilan kuchlar sistemasining jismga ta’siri o’zgarmaydi.

S. Nolga ekvivalent bo’lmagan sistemani jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasidan ayrimi bilan kuchlar sistemasining jismga t’siri o’zgarmaydi.

D. Nolga ekvivalet sistemani jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasiga jismga ta’siri o’zgarmaydi.


  1. Statikaning uchinchi aksiomasini aniqlang.

A. Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan turli yo’nalishdagi ikki kuchning teng ta’siri etuvchisi miqdor jihatdan shu kuchlarga qurilgan parallelogramning ular qo’yilmagan nuqtasidan o’tuvchi dioganaliga teng bo’lib, shu dioganal bo’ylab yo’nalishi.

B*. Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan turli yo’nalishdagi ikki kuchning teng ta’siri etuvchisi miqdor jihatdan shu kuchlarga qurilgan parallelogramning ular qo’yilgan nuqtasidan o’tuvchi dioganaliga teng bo’lib shu dioganal bo’ylab yo’naladi.

S. Jismning turli nuqtasiga qo’yilgan to’g’ri yo’nalishdagi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi miqdor jihatdan shu kuchlarga qurilgan parollelogramning ular nuqtasidagi o’tuvchi dioganaliga teng bo’lib, shu dioganal bo’ylab yo’naladi.

D. Jismning uch nuqtasiga qo’yilgan turli yo’nalishdagi ikki kuchning ta’sir etuvchisi miqdor jihatdan shu kuchlarga qo’yilgan parollelogramning ular qo’yilgan nuqtasidan o’tuvchi dioganaliga teng bo’lib, shu dioganal bo’ylab yo’naladi.



  1. Statikaning to’rtinchi aksiomasini ko’rsating.

A*. Ikki muvozanatdagi jism bir – biri bilan o’zaro teng va bir to’g’ri chiziq bo’ylab qarama –qarshi tomonga yo’nalgan kuchlar bilan ta’sirlashadi.

B. Jismlarning aks ta’siri teng va to’g’ri chiziq bo’ylab qarama –qarshi tomonga yo’naladi.

S. Jismlarning bir biriga ta’siri o’zaro teng va bir to’g’ri chiziq bo’ylab bir tomonga yo’naladi.

D. Jismlarning bir –biriga ta’siri qarama –qarshi yo’naladi.



  1. Statikaning beshinchi aksiomasini aniqlang.

A. Berilgan kuchlar ta’sirida deformatsiyalanmaydigan jism muvozanat holatida absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi.

B. Kuchlar ta’sirida deformatsiyalanadigan jism vaznsiz jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi.

S*. Berilgan kuchlar ta’sirida deformatsiyalanadigan jism muvozanat holatiga absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgaradi.

D. Berilgan kuchlar ta’sirida jism absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi.



  1. Bog’langan jism deb nimaga aytiladi?

A. Jismning harakati yoki biror sabab bilan chegaralanmagan bo’lsa, unga bog’langan jism deyiladi.

B*. Jismning harakati yoki holati biror sabab bilan chegaralangan bo’lsa, unga bog’langan jism deyiladi.

S. Jismning o’lchamlari chegaralangan bo’lsa, unga bog’langan jism deyiladi.

D. Jismning harakati yoki holati ixtiyoriy bo’lsa unga bog’langan jism deyiladi.



  1. Bog’lanish deb nimaga aytiladi?

A. Jismning harakati yoki holatiga ta’sir etmaydigan sabab bog’lanish deyiladi.

B. Jismning holatiga ta’sir etmaydigan sabab bog’lanish deyiladi.

S.* Jismning holati yoki harakatini cheklovchi sababga bog’lanish deyiladi.

D. Fazoda jism istalgan holatini olishiga imkon beruvchi sababga bog’lanish deyiladi.



  1. Kuchning markaziga (nuqtaga) nisbatan momenti qanday formula bilan ifodalanadi ?

A. ; B*. ;

S. ; D. ;

  1. Kuchni analitik usulda aniqlash formulasini toping.

A. ; B.

S. ; D*.



  1. Kuchni o’qqa nisbatan momenti bilan shu o’qdagi nuqtaga nisbatan momenti orasidagi munosabatni ko’rsating.

A. ; B.

S. ; D*.

  1. Kuchning koordinata o’qlariga nisbatan momentlarini analitik berilishi qanday ifodalanadi ?

A.

B*.

S.

D.

  1. Download 363.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling