Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
Download 5.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: AYOLLAR KO‘YLAGI ASOS CHIZMASINI KONSTRUKSIYALASH VA TEXNOLOGIK XARITA YARATISH. RAHBAR : M U N D A R I J A Kirish
- II.BOB. AYOLLAR KO’YLAKLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI
- Kurs ishining dоlzаrbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 9 - 2 TEX S -19 guruh talabasi Rustamova Nodiraning “TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH” (Tikuvchilik) FANIDAN MAVZU: AYOLLAR KO‘YLAGI ASOS CHIZMASINI KONSTRUKSIYALASH VA TEXNOLOGIK XARITA YARATISH. RAHBAR : M U N D A R I J A Kirish I.BOB. AYOLLAR KIYIMLARI TO’G’RISIDA MA’LIMOT 1.1. Ayollar kiyimlari va gavdadan o’lchov olish 1.2. Ayollar kiyimlari va matolarga qo’yiladigan talablar II.BOB. AYOLLAR KO’YLAKLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI 2.1. Ayollar ko’ylagini loyihalash va modellashtirish andazalar tayyorlash 2.2. Asos konstruksiyasini qurish va hisoblashning texnologik xaritasini tuzish 2.3. Ayollar ko’ylagini bichib tikish Xulosa Foydalangan adabiyotlar KIRISH Yuqori sifatli tikuv buyumlarini loyihalashtirib, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy iqtisodiy xususiyatlariga to‘g‘ri yondashib, mutaxassislikka oid murakkab masalalarni yechishga qodir va estetik qonuniyatlarni mukammal egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifadir. Texnologik ta'lim o‘qituvchisining darsdagi, to‘garakdagi ishlarida olgan chuqur bilimlari mustaqil ishlashlarida, izlanishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kiyimlarni loyihalash, ya’ni asos chizmasini tuzish, to'r qismidan boshlab, keyin konstruktiv nuqtalar va chiziqlar o'rnini aniqlashgacha bo‘lgan jarayon bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Ayollar yengil kiyimini texnik modellash bosqichma-bosqich ko’rib chiqilgan. Ko’ylak, yubka, yeng, yoqa konstruksiyasi asosini modelga muvofiq yangi bichim konstruksiyasiga aylantirish usullari keltirilgan. Kurs ishining dоlzаrbligi: O‘zbekcha kiyimning ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoiti turmush tarzi ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. A. Makedonskiy yurishlari, mo‘g‘ullar bochqinchiligi, Temuriylar yurishlari va hukmronligi, nihoyat mustabitlik davri-bularning hammasi kiyimda o‘z aksini topdi. Shundan kelib chiqib turli bichimdagi kiyimlar asos konstruktsiyasini chizish va ularni tahlil qila olish, kiyim eskizlarini yuqori did bilan tasvirlay olish uni texnik modellash, buyutrmachi gavdasidan o‘lchov olish va ularni to‘g‘ri belgilay olish, buyum andozasini buyurtmachi gavda tuzilishiga qarab tayyorlash va uni to‘g‘ri rasm joylashtira olish malakasiga ega bo‘lishi kerak:Kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, modellashtirish, bichish va tikish texnologiyasi, tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi, yengil kiyimlarga ishlov berish texnologiyasi, sodda bichimli kiyim turlarini loyihalash asoslari, maishiy tikuvchilik asbob – uskunalari va jihozlari, qo‘l va mashina ishlari, namlik – issiqlik ishlov berish o‘rinlarini tashkil etishi kiyimlarni boshlang‘ich chizmalarini qurish usullari, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarini konstruktsiyalash, zamonaviy moda yo‘nalishi asosida kiyimlarni texnik modellash asoslarini o‘rganish biz uchun dolzarb masala. Download 5.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling