Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yo’nalishi Mavzu: Vertual muzeyga sayohat “ Luvr muzeyi”


Download 0.64 Mb.
Sana17.04.2020
Hajmi0.64 Mb.
#99848
Bog'liq
Karantin vaqtida talaba yoshlarni vaqtini mazmunli o[1]


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yo’nalishi

Mavzu: Vertual muzeyga sayohat “ Luvr muzeyi”

Bajardi: 406 guruh talabasi Abdidjalilov Sh.

Tekshirdi: Abdullayeva D.

Karantin vaqtida talaba yoshlarni vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Oliy ta’lim vazrirligi va vazirlik qoshidagi Institut xodimlari kechani kecha kunduzni kun demay ishlashmoqda. Bunga misol qilib dunyoning mashxur muzeylari va gallereyalariga uydan chiqmay turib sayoxat qilish imkoniyati yaratildi. Bu san’at shaydolari uchun qulay imkoniyatdir, chunki ushbu davlatga borish, kirish uchun navbat kutish mablag’ni tejash va eng asosiysi san’at asarlarini uydan chiqmay ko’rish imkonini berdi. Men o’zim uchun qiziq bo’lgan dunyoga mashxur Fransiyaning Parij shaxridagi Luvr muzeyiga virtual tarzda sayoxat qildim. Majmua hududi Ludovik XIVning otliq haykali turgan joydan boshlanadi. Maydoni bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinda turadigan muzey 160 ming kvadrat metr maydonni egallagan. Muzey ziyoratchilar soni bo‘yicha ham jahonda yetakchilik qiladi. Luvrga har yili 8,5 million sayyohlar keladi.Ushbu maskanda dunyoga mashxur rassomlar, haykaltaroshlarning san’at namoyondalari bilan to’la. Luvr muzeyida islom madaniyati va san’atiga bag‘ishlab 2003 yili ochilgan sakkizinchi bo‘lim menda iliq taasurotlar uyg’otdi. Ushbu bo’limda islom ma’daniyatiga oid rassomlar ijodi, haykaltaroshlik namunalari, kulollik ,zargarlik buyumlari tashrif buyuruvchi sayyohlar qalbidan ham joy egallab kelmoqda. Dunyoga mashxur rassom Leonardo da vinchining o’lmas durdona asarlari ham ushbu muzeydan joy olgan. Bu muzeyga tashrif buyuruvchilar barcha bo’linmalarga kira olmay yana qaytishadi. Chunki bu muzey eksponatlarga boy va u vaqti vaqti bilan o’z kolleksiyasini yangilab turadi.



Xulosa o’rnida ushbu ko’xna asarlarni bizga ko’rishni taqdim etganlarga rahmat aytaman va karantindagi boshqa talaba do’stlarimga bu imkoniyatlardan foydalanib muzeylarga virtual sayoxat qilishlikni tavsiya qilaman.






Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling