Texnologiyalari» fanining predmeti, asosiy maqsad va vazifalari. Reja: Kirish. «Informatika va axborot texnologiyalari»


Download 107.92 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi107.92 Kb.
#190906
Bog'liq
1-maruza 92eea1377715e6c5726d3517883fdcae


1-mavzu: «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining predmeti, asosiy maqsad va vazifalari.
Reja:

  1. Kirish.

  2. «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsad va vazifalari.

  3. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati.

  4. Axborot -kommunikatsion texnologiyalarni O`zbekistonda joriy etish.

  5. Axbortlarni o‘lchash.

  6. Sanoq sistemalari.

Kirish
Biz yashayotgan davrning xarakterli xususiyatlaridan biri inson faoliyatining barcha sohalarida kompyuter texnologiyalarining keng qo’llanilishi bo’lib, bu jarayonda informatika fani muhim o’rin tutmoqda.

"Informatika" fani XX asrining 50 yillari boshlarida paydo bo’ldi. Informatsiya so’zi lotincha "information" so’zidan olingan bo’lib, "tushuntirish", "tasvirlash" degan ma’noni anglatadi. Biz uni axborot deb qabul qilamiz.

Informatika fanining kelib chiqishi hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u dasturiy vositalar yordamida axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish jarayonlari bilan bog’lik sohadir.

1.«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsad va vazifalari.

Insoniyat harakat va raqobat orqali tumush tarzini rivojlantiradi va yangi kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo’ladi. Azaldan insoniyat o’z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug’ullangan. Kompyuter texnikasi XX asrnig buyuk kashfiyotlaridan biri bo’ldi. «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi.

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi.Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o’z ichiga oladi:

1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish.

2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.

3. Ma’lumotlarni kodlashtirish.

4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash.

5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.

6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.

7. Qapop qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. Ma’lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo’ladi. SHu o’rinda ba’zi jarayonlar qaytarilishi mumkin.

Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko’p jihatdan iqtisodiy ob’ektga bog’liq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:

1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo’jaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.

2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.

Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi:

elektron tashuvchilarda

2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiriladi.

3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina tashuvchilariga axborotni EHMda qabul qilingan kodlarda yozish jarayonidir.

4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish - axborotlardan ko’p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo’llash, boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlashgacha ularni to’plash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi.

Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jaayonlarini bajaradi.

Axborot texnologiyalarini o’rganish uch qismdan iborat:

1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o’rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.

2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta’minotlarni o’rganadi.

3. Boshqarish sub’ekti faoliyatiga taalluqli bo’lgan iqtisodiy masalalarni yechish yo’llari o’rganiladi.

Tashkiliy va uslubiy ta’minot o’zida izlanayotgan natijani olish uchun kompyuter va dasturiy ta’minotni faoliyat yuritishiga yo’naltirilgan tadbirlar majmuasidir.

Quyidagilar axborot texnologiyalarini asosiy xususiyatlari hisoblanadi:

1. Maqsadga muvofiqlik,

2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi,

3. Tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik,

4. Bir butunlik,

5. Vaqt bo’yicha rivojlanib borishi.

1. Maqsadga muvofiqlik – axborot texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadi zamonaviy kompyuterlar, axborotlarga taqsimlangan ishlov berish, taqsimlangan ma’lumotlar bazasi, turli axborot hisoblash tizimlari asosida axborotlar aylanmasi va ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.

2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi:

funksional komponentlar - axborotlar aylanmasi va ishlov berish jarayonlarining asosiy mazmuni;

axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi:

Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi – bu uni tashkil qiluvchi komponentlarni o’zarobog’liqligini ifoda qiluvchi, ikkita katta tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasi guruhlariga birlashtirilgan ichki tashkillashtirishdir.

Tizimli va instrumental vositalar:

1) Apparat vositalar;

2) Tizimli dasturiy ta’minot (OT, SUBD);

3) Instrumental dasturiy ta’minot (algoritmik tillar, dasturlashtirish tizimlari, dasturlashtirish texnologiyalari).

3. Tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik – boshqarilayotgan ob’ekt bilan axborot texnologiyalarining o’zaro hamkorligi, avtomatlashtirishning korxona va tizimlar, fan, sanoat bilan o’zaro hamkorlik qilayotgan texnik va dasturiy vositalari.

4. Bir butunlik - axborot texnologiyalari o’ning bironta alohida komponentiga xos bo’lmagan masalalarni yecha olish xususiyatiga ega bo’lgan bir butun tizim hisoblanadi.

5. Vaqt bo’yicha rivojlanib borishi – axborot texnologiyalarini dinamik rivojlanishini, uning modifikasiyasini, tuzilishini o’zgartirish, yangi komponentlar kiritilishini ta’minlash.

2. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati. Axborot -kommunikatsion texnologiyalarni O`zbekistonda joriy etish.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning xozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalardan foydalanishga bo’lgan talabi kun sayin ortib bormoqda, chunki butun dunyoda XXI asr – axborot asri deb tan olingan. Axborot asrida kata xajmdagi ma’lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelmoqda. Hozirda istalgan har qanday sohada kompyuter texnikasining imkoniyatian foydalanib kelmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samaali foydalanish jarayonini samarali ketishi uchun xukumatimiz tomonidan bir qator chora tadbirlar ishlab chiqilgan.


Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida (2011 y.)

Elektron to’lovlar to’g’risida (2005 y.)

Elektron tijorat to’g’risida (2004 y.)

Elektron hujjat aylanishi to’g’risida (2004 y.)

Axborotlashtirish to’g’risida (2003 y.)

Elektron raqamli imzo to’g’risida (2003 y.)

Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida (2002 y.)

Telekommunikatsiyalar to’g’risida (1999 y.)

Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy

himoyasi to’g’risida (1994 y.)



XX asrga kelib axborot texnologiyalari fani vujudga keldi.

Axborot texnologiyasi bu aniq texnik va dasturiy vositalarning majmui bulib ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz.

Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni kayta ishlashning yangi texnologiyalarini yaratishdir.

Informatika - Ma’lumotlarni xosil qilish saqlash, uzatish va qayta ishlah usullarini hisoblash texnikasi vositalari yordamida tizimlashtiruvchi, aloqadorligini o’rnatuvchi va ularni boshqaruvchi inson faoliyatining aniq sohasidir.

Informatika inson faoliyatining turli jabhalardagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, uzatish, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug’ullanadigan fandir. U axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, hamda dasturiy vositalarga asoslanadi.

Informatika fani o’rganadigan uchta asosiy tushuncha bor:

-axborot;

-kompyuter;

-algoritm va dastur.

Axborot tushunchasida axborotlar va ularni qayta ishlash masalalari o’rganiladi. Kompyuter tushunchasida esa kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari o’rganiladi. Algoritm va dastur tushunchasida masalalarni algoritmlashtirish va dasturlash texnologiyalari o’rganiladi.

4.AXBOROT O‘LCHOV BIRLIKLARI.

Axborot ham, boshqa ko’pgina tushunchalar (masalan, vaqt, ish, harorat, masofa va h.k.) kabi o’lchanadi. Axborotni o’lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat son bilan almashtiriladi.

Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida BIT qabul qilingan.

Masalan: 100 101 101 da 9 ta BIT bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.

Bir bayt nafaqat axborot birligi, balki EHMlar xotirasining elementar yacheykasi hamdir. EHM xotirasi shunday yacheykalarning ketma-ketligidan tashkil topgan. hotira hajmini o‘lchashda baytdan kattaroq birliklardan kilobayt (Kbayt) va Megobayt (Mbayt)lardan ko‘p foydalaniladi.

1 BAYT  8 BIT

Masalan, 11 011 011 da 1 BAYT axborot bor, chunki unda 8 ta BIT (raqam) qatnashmoqda.

BAYTdan katta o’lchov birligi mavjud. U KILOBAYT (Kbt) deb nomlanadi va 210 BAYT ga teng:

1 Kbt  210 BAYT  1024 BAYT

Kbayt dan katta o’lchov birligi ham qabul kilingan bo’lib, u Mbaytdir (Mbt):

1 Mbt  210 Kbt  1024 Kbt  1048576 BAYT

Mbaytdan ham katta o’lchov birligi qabul kilingan va u Gbayt (Gbt) deb nomlanadi:

1 Gbt  210 Mbt  1024 Mbt yoki

1 Gbt  1024 Mbt  1048576 Kbt  10741824 BAYT

4. Sanoq sistemalari

Pozision va nopozision sanoq sistemalari


EHM ─ bu elektron raqamli qurilmadir. Elektron qurilma deyilishiga sabab har qanday ma’lumotlar EHM da elektr signallari orqali qayta ishlanadi. Raqamli deyilishiga sabab EHM da har qanday ma’lumot sonlar yordamida tasvirlanadi.

Sonlarni yozish usuliga sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistemasida o‘ziga xos turli belgilar to‘plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to‘plamdagi belgilar ularning soni, sanoq sistemasini xarakterlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistemasida foydalaniladigan belgilar soni sanoq sistemasining asosini tashkil etadi. Berilgan sanoq sistemasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan belgilar soniga qarab, o‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga sanoq sistemalarini pozision va nopozision turlarga ajratish mumkin. Pozitsion sanoq sistemasida berilgan sonning qiymati sonni tasvirlovchi raqamlarning egallagan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Misol sifatida, 0,1,2,3,. . . ,9 arab raqamlaridan tashkil topgan o‘nlik sanoq sistemani qarash mumkin. Nopozitsion sanoq sistemalarida, belgining qiymati uning egallagan o‘rniga bog‘liq emas. Misol sifatida rim raqamlari sanoq sistemasini keltirish mumkin. Masalan, XX sonida X raqami, qayerda joylashganiga qaramasdan o‘nlik sanoq sistemasidagi 10 qiymatini anglatadi.



Quyidagi jadvalda o‘nlik sanoq sistemasida berilgan 1 dan 16 gacha sonlarning ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalaridagi ko‘rinishi keltirilgan.

Sakkizlik sanoq sistemasida qo’shish amalining jadvali



+

0

1

2

3

4

5

6

7

0

0

1

2

3

4

5

6

7

1

1

2

3

4

5

6

7

10

2

2

3

4

5

6

7

10

11

3

3

4

5

6

7

10

11

12

4

4

5

6

7

10

11

12

13

5

5

6

7

10

11

12

13

14

6

6

7

10

11

12

13

14

15

7

7

10

11

12

13

14

15

16

Sakkizlik sanoq sistemasida ko’paytirish amalining jadvali:



X

0

1`

2

3

4

5

6

7

0

0

0

0

0

0

0

0

0

1

0

1

2

3

4

5

6

7

2

0

2

4

6

10

12

14

16

3

0

3

6

11

14

17

22

25

4

0

4

10

14

20

24

30




5

0

5

12

17

24







43

6

0

6

14

22

30




44

52

7

0

7

16

25




43

52

61

+

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

1

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

2

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

11

3

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

11

12

4

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

11

12

13

5

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

11

12

13

14

6

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

10

11

12

13

14

15

7

7

9

A

A

B

C

D

E

F

10

11

12

13

14

15

16

8

8

A

B

B

C

D

E

F

10

11

12

13

14

15

16

17

9

9

B

C

C

D

E

F

10

11

12

13

14

15

16

17

18

A

A

C

D

D

E

F

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

B

B

D

E

E

F

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1A

C

C

E

F

F

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1A

1B

D

D

F

10

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1A

1B

1C

E

E

11

0

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1A

1B

1C

1D

F

F

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1A

1B

1C

1D

1E

O’n oltilik sanoq sistemasining qo’shish jadvali:



O’n oltilik sanoq sistemasida ko’paytirish jadvali:

X

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

1

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

2

2

4

6

8

A

C

E

10

12

14

16

18

1A

1C

1E

3

3

6

9

C

F

12

15

18

1E

1B

21

24

27

2A

2B

4

4

8

C

10

14

18

1C

20

24

28

2C

30




38

3C

5

5

A

F

14

19

1E

23

28

2D

32




3C

41

46

4B

6

6

C

12

18

1E

24

2A

30




3C

42

4B

4E

54

5A

7

7

E

15

1C

23

2A




38

3F

46

4D

54

5B

62

69

8

8

10

18

20

28

30

38

40

48

50

58

60

68

70

78

9

9

12

18

24

2D




3F

48

51

5A

63

6C

75

7E

87

A

A

14

1E

28

32

3C

46

50

5A

64

6E

78

82

8C

96

B

B

16

21

2C




42

4D

58

63

6E

79

84

8F

9A

A5

C

C

18

24

30

3C

48

54

60

6C

78

84

90

9C

A8

B4

D

D

1A

27




41

4E

5B

68

75

82

8F

9C

A9

B6

C3

E

E

1C

2A

38

46

54

62

70

7E

8C

9A

A8

B6

C4

D2

F

F

1A

2B

3C

4B

5A

69

78

87

96

A5

B4

C3

D2

E1

Bu jadval bo‘yicha bir sanoq sistamasidan ikkinchisiga o‘tish masalasini ko‘rib o‘taylik. Masalan: 10 lik sanoq sistemasidagi 13 soniga 8 lik sanoq sistemasida 15 soni mos keladi va u 13 ni 8 ga bo‘linganda hosil bo‘lgan butun son 1 va qoldiq 5 lardan tashkil topgan. Xuddi shuningdek 13 ni 6 ga bo‘lganda hosil bo‘luvchi butun son 2 va qoldiq 1 lar 21 sonini hosil qiladi. Bu son 13 sonining 6 lik sanoq sistemasidagi qiymatidir.

Odatda biror X sonining qaysi sanoq sistemasiga tegishliligini ko‘rsatish uchun uning pastida indeks sifatida zarur sanoq sistemasining asosi ko‘rsatiladi.

Masalan, X6 – X sonining 6 lik sanoq sitemasiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.



O‘nlik sanoq sistemasida berilgan sonlarning ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalaridagi ko‘rinishi.
sonining X2-ikkilik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini topaylik. Yuqoridagidek, 13 ni ketma-ket 2 ga bo‘lamiz va bo‘lishni to butun qismida nol hosil bo‘lguncha davom ettiramiz.




O‘ngdan chapga tartibida yozilgan qoldiqlar, ya’ni 1101 soni sonining ikkilik sanoq sistemasidagi ko‘rinishi bo‘ladi.

Bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o’tish
Endi 8 lik sanoq sistemasidan 10 lik sanoq sistemasiga bo‘lish yo‘li bilan o‘tishga doir misollar ko‘raylik. Masalan, jadval bo‘yicha 158 ga 10 mos keladi. Endi uni topib kuraylik, buning uchun 158 ni 10 lik sanoq sistemasining asosi–10 ning 8 lik sanoq sistemasidagi ko‘rinish – 12 ga bo‘lish kerak bo‘ladi. 158 ni 128 ga bo‘lsa butun qismida 1 va qoldiqda 3, ya’ni 10 – hosil bo‘ladi. Bunga jadval orqali ishonch hosil qilish ham mumkin.

Ikkinchi misol: 1758 sonini 10 lik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini topish talab qilingan bo‘lsin. Xuddi yuqoridagidek 1758 ni 128 ga ketma-ket bo‘lamiz. Eslatib o‘tamiz, bo‘lish amali 8 sonlik sanoq sistemasida olib boriladi. (Jadvalga qaralsin)






R sanoq sistemasida berilgan sonni Q sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun, R sanoq sistemasidagi X soni Q sanoq sistemasining asosiga, ya’ni Q ga ketma-ket, to butun qismida 0 hosil bo‘lguncha davom ettirish kerak. Qoldiqlar o‘ngdan chapga karab ketma-ket yozilsa, R sanoq sistemasida berilgan Xr sonining Q sanoq sistemasidagi Xq ko‘rinishi hosil bo‘ladi. Bo‘lish amali berilgan R sanoq sistemasida amalga oshiriladi.

Ba’zi bir sanoq sistemalaridan ikkinchisiga qulayroq, osonroq holda o‘tish imkoniyatlari mavjud. Xususiy holda, 2 ga karrali sonlarning biridan 2 ikkinchisiga o‘tish qoidasini ko‘rib o‘tamiz.

Masalan, 8 lik sanoq sistemasida berilgan sonidan X2 ga bo‘lish uchun, X8 ning har bir raqamini 2 likdagi ko‘rinishi-triadalar () bilan almashtirib chiqamiz:





ni 2 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uning har bir raqamini 2 lik sanoq sistemasidagi to‘rtliklar-tetradalar bilan almashtiramiz:

Ikkilik sanoq sistemasida berilgan sondan 8 lik sanoq sistemasiga o‘tish uchun, uning o‘ng tomonidan boshlab har bir uchliklarni (triadalarni) 8 likdagi mos raqamlar bilan almashtiramiz. Masalan



Yuqoridagi X2 sonini 16 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun X2 ni o‘ng tomondan boshlab to‘rtliklar (tetradalar) bilan almashtiramiz.



Endi, ixtiyoriy sanoq sistemasidan o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tishning xususiy qoidasini ko‘rib o‘tamiz.

Sakkizlik sanoq sistemasida berilgan sonning 1758 o‘nlik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini X10 topish talab etilsin. Buning uchun berilgan sonning 8 lik sanoq sistemasidagi yoyilmasini yozib olamiz.

va 8 lik sanoq sistemasida ekanligini hisobga olib topamiz.



Xuddi yuqoridagilardek, quyidagi misollarni ham qurish mumkin:





Shu paytgacha biz butun sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish bilan shug‘ullandik. Kasr sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‘tkazish uchun, uning butun qismi yuqorida keltirilgan qoida, ya’ni bo‘lish asosida amalga oshiriladi. Kasr qismini R sanoq sistemasidan Q sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun kasr sonni Q ga ketma-ket ko‘paytirishda hosil bo‘lgan sonning butun qismlari ketma-ketligi, berilgan son kasr qismining Q sanoq sistemasidagi ko‘rinishini hosil qiladi. Misol sifatida o‘nlik sanoq sistemasida berilgan sonini 8 lik sanoq sistemasiga o‘tkazaylik. Berilgan sonning butun qismi-2510 sakkizlik sanoq sistemasida 418 ga teng. Endi kasr qismi 0,205 ni 8 lik sanoq sistemasiga o‘tkazamiz. Buning uchun uni ketma-ket 8 ga ko‘paytiramiz va hosil bo‘lgan butun qismini chiziqning chap tomoniga o‘tkazamiz.



0,205 ni 8 ga ko‘paytirganimizda 1,640 hosil bo‘ladi va uning butun qismini chiziqning chap tomoniga o‘tkazamiz. Keyin 0,640 yana 8 ga ko‘paytiramiz va hosil bo‘lgan 5,040 sonining butun qismini chiziqning chap tomoniga o‘tkazamiz. Ko‘paytirishni shu tarzda davom ettiramiz natijada 0,15028 sonini hosil qilamiz va butun qismini 418 ni hisobga olib, berilgan sonining 8 lik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini topamiz:

Shunday qilib, kasr sonni biror R sanoq sistemasidan ikkinchi Q sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun kasr qismini Q sanoq sistemasining asosiga ketma-ket ko‘paytirish kerak va butun qismida paydo bo‘lgan raqamlar ketma-ketligi berilgan son kasr qismining Q sanoq sistemasidagi ko‘rinishini hosil qiladi. Butun qismi, yuqorida zikr etilganidek, bo‘lish yordamida hosil qilinadi.

Sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish

Sanoq sistemalarida arifmetik amallarga doir misollar keltiramiz.

Qo‘shish va ayirish



Ko‘paytirish


Bo‘lish



Nazorat uchun savollar:


1.Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini joriy qilinishining hozirgi holatini izohlab bering?

2.Axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

3.Informatika faniga qachon asos solingan ?

4. Pozision va nopozision sanoq sistemalari haqida ma’lumot bering ?



5. .Axborot o‘lchov birliklari haqida nimalarni bilasiz ?
Download 107.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling