Texnologiyalari universiteti audio-video montaj


Download 155.45 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi155.45 Kb.
#153785
Bog'liq
avm bobur


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH  VAZIRLIGI 
MUXAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

                                                                                                                                              

AUDIO-VIDEO MONTAJ fani  bo’yicha 

 

 

 



Oraliq nazorat ishi        

  

 



 

Guruh : 512-18 

BajardiNorxo’jayev Boburxo’ja

Tekshirdi

 

 



2020 yil

Variant – 10:

Savollar:

  1. Videomontaj dasturlari.

  2. Adobe Premiero Pro dasturining asosiy menyu oynasi.

Javoblar:

  1. Videomontaj uchun ishlatiladigan ommabop va qulay dasturlarni sanab o’tishga harakat qilaman:



  1. Adobe Premiere Pro – dunyodagi video tahrirlash va unga ishlov berish bo’yicha dasturlar ichidan liderlarning biridir. Buni yordamida, chigal videolarni tahrir qilishingiz, turli xil effektlar, animatsiyalar, musiqa, matn va boshqa narsalar qo’shishingiz mumkin.

  2. Vegas Pro – Qisqa video va filmlar avtorlari va yaratuvchilari o’rtasida keng miqyosda ishlatiladigan video tahrirlovchi dastur.

  3. Edius Pro – tahrir qilish, tez ishlov berish va roliklarni ma’lum holatha tushurish uchun professional programma. Programmada birga jipslashtirilishi mumkin bo’lgan barcha video fayllarni qo’llab-quvvatlaydi.

  4. Final Cut Pro X – Apple-ning OS X operatsion sistemasi uchun ajoyib programma. U faqat OS-ning kontroli ostida ishlaydi. Juda qulay va ishlatish uchun oson, qulay interfeysga ega.

  5. Movavi video editor – TOP o’rinlarni da’vo qiladigan juda ajoyib video tahrirlovchi programma. Microsoft windows XP/Vista/7/8/10 da ishlaydi.

  6. Avid Media Composer – Transformerlar, Temir odam, Avatar kabi mashhur ilmiy fantastik filmlarni jamlash uchun ishlatiladigan yana bir professional tahrirlovchi programma.

  7. Video montaj – Videoni tez montaj qilish uchun oson va qulay programma. Oddiy interfeysga ega. Professional funksiyalari yo’q, montaj qilish beshta bosqishdan iborat: video fayllarni yuklash, ramkalarni joylash, o’zgarishlarni va effektlarni bajarish, ovoz qo’shish va tayyor videoni chiqarish.

  8. Pinnacle studio – professional darajadagi video montajchi, u aslahaxonasida ko’p miqdordagi effektlarga ega. Foydalanish uchun oddiy va oson. Funksiyalari boshqalarnikidan yomonmas.

  9. Corel VideoStudio Pro – Corel kompaniyasiga tegishli juda yaxshi montajchi. Siz ma’lumotlarni kiritish, montaj qilish, HD-sifatidagi materiyallarni yaratishingiz mumkin yoki uni darhol YouTube, Vimeo yoki Facebookda chop qilishingiz mumkin.

  10. VideoPad Video Editor – bepul programma, lekin ko’plab tahrirlovchi xususiyatlari bor. U barcha mashhur formatlarni qo’llaydi va ajoyib effektlarga ega. Interfeysi boshlang’ichlar uchun butunlay oddiy va qulay.

  11. Avidemux – yozib olingan videolardan videolar yaratish uchun boshqa bir bepul top bepul programma. Video montajni kesib olishlar, masshtab qilish, o’zgarishlar, filterlar va effektlar qo’shish bilan mukammal darajada ado etadi.







Adobe Premiere Pro dasturi quyidagi asosiy menyulardan tashkil topgan: File, Edit, Project, Clip, Sequence, Marker, Title, Window, Help.

  1. File – fayl menyusi yangi proekt yaratish, oldindan saqlab qo‘yilgan proektni ochish, ishlangan proektlarni saqlash, fayllarni Import qilish, tayyor mahsulotni Yexport qilish imkonini beradi.

  2. Edit – tahrir qilish menyusi. Unda Duplicate yaratish, qatlamdagi faylni o‘chirish, undan nusxa olish mumkin.

  3. Project – bu menyuda proekt sozlamalarini amalga oshirish mumkin.

  4. Clip – videoning o‘ziga alohida ishlov berish menyusi. Bu menyuda yuklangan fayl nomini, uning namoyish yetish tezligini va boshqa parametrlarni o‘zgartirish mumkin.

  5. Sequence – faylni render qilish, qilingan renderni o‘chrish imkoniyatiga yega. Qolaversa, Timelinedagi faylni bizga qulay bo‘lishi uchun uni cho‘zish va siqish mumkin.

  6. Marker – bu Timelinedagi faylning ma’lum oralig‘ini belgilab olish uchun ishlatiladi. Bu bizga ancha qulayliklar olib keladi.

  7. Title – titr menyusi. Bu yerdan qilayotgan ishimiz uchun har xil titrlar yozishimiz mumkin.

  8. Window – “Oyna” deb nomlanuvchi bu menyu bizga katta qulayliklarni yaratib beradi. Bu yerdan bizga kerakli oynalarni ochishimiz va keraksiz oynalarni yopib qo‘yishimiz mumkin.

  9. Help – “Yordam” menyusi. Bu menyu Adobe Premiere Pro dasturi haqida ma’lumotlar kiritilgan. Qolaversa, bizda paydo bo‘ladigan ba’zi savollarga shu yerdan javob olishimiz mumkin.

Download 155.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling