Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Download 84.81 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi84.81 Kb.
#111191
Bog'liq
Matyaqubov Umrbek A.Nutq Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS

FILIALI

TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY

TA’LIM FAKULTETI

Kasbiy ta’lim yo’nalish



1-kurs talabasi Matyoqubov Umrbekning

Akademik yozuv fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Kasb sohasidagi innovatsiyalar

Tekshirdi: Jaksimova U.
Mavzu: Kasb sohasidagi innovatsiyalar


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1) Kasb ta’lim metododlogiyasida innovatsion texnologiyalar

2) Innovatsion faoliyat

3) Innovatsion texnologiyalarning ahamiyati


  1. Xulosalar

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish

Kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo’lib yetishishini nazarda tutadi. Shaxs ta’lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchi sifatida ta’lim jarayonida bilim va tajribani o’rganuvchi, ishlab chiqarish moddiy muhiti faoliyatida fan, madaniyat, halq xizmatida ishtirok etadi.



Uzluksiz ta’lim jarayonida oliy ta’lim muhim o’rinni egallaydi. Yuqori ma’naviyatli, pok odob va axloqqa, ensiklopedik ma’lumotga, ruxiy va jismoniy barqarorlikka ega bo’lgan kadrlar tarbiyalashda, o’qitishda innovasiya metodlaridan foydalanish zarur. «Innovasiya» - lotincha - o’qitishda yangiliklardan foydalanish mazmunini bildiradi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ta'lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida e'tirof etilgan. «Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rеjalarimizning samarasi taqdiri eng avvalo, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas boq`liq» I.A.Karimov Bugun hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta'lim-tarbiya mazmunini tubdan o`zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko`tarish asosiy o`rinni egallaydi. Chunki jamiyatning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi taqdiri, Rеspublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish-bularning barchasi zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas boq`liq. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta'lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyq`unlashtirish, ilq`or pеdagogik tеxnologiyalarni, pеdagogik innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga kiritish hisoblanadi. Ammo ilq`or pеdagogik tеxnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta'lim tizimiga kirib kеlmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga boq`liq jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib, uning mas'uliyati va faolligini oshirmasdan ta'limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akadеmik A.N.Lеontеv «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti – faoliyat, ikkinchi sharti – tarbiyadir. Faoliyat jarayonida kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, dеmak, faoliyat - ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir», -dеb ta'kidlaydi. Bugungi kunda pеdagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pеdagogik innovatsiya va ta'lim jarayonini yangilash q`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pеdagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi.

«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: - «Pеdagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o`qituvchining innovatsion faoliyati. Pеdagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy ekspеrimеntni shuncha yaxshi tushunadi».
Kasb ta’lim metodologiyasida innovatsion texnologiyalar

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinligini kafolatlovchi jamiyatni ma’naviy yangilaydigan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantiradigan va uni jahon hamjamiyati darajasiga ko’tarib, uzviylikni ta’minlaydigan ochiq dyemokratik huquqiy davlat qurmoqda. O’zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyoti va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, tyexnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi.

Ma’lumki pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan

1 necha o’qitish uslublari ishlab chiqilgan; muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish, mavzuiy o’qitish va hokazo. Ammo ular xalq ta’limi tizimida keng qo’llaniladi deb bo’lmaydi. Bizning fikrimizcha, buning sababi har bir mashg’ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko’zda tutishi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko’p vaqtni sarflashni talab qilishda bo’lsa kerak. Odatda, har bir bunday mashg’ulot senariysi o’ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir. Ta’limda og’zaki - ko’rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lib, ta’lim tizimida ulkan xizmat ko’rsatdi, biroz bo’lsada, takomillashuvni davom ettirmoqda, ammo bu takomillashuv yondashuvning qonuniyatlari doirasida cheklangandir. Jadal sur’atlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari ta’lim tizimidagi islohatlar raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat ehtiyojlari hamda o’qitish uslublari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib keladi. O’zbekiston pedagoglari pedagogik texnologiya bilan yetarlicha tanish emaslar. Albatta bu holatni tuzatishga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Ko’p bosqichli ta’lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasidagi ta’lim jarayonini eskirgan uslubiyat bo’yicha olib borilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni Respublika pedagoglari ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur. Avval ta’kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni o’quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o’rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan foydalanishdan tashqari uni O’zbekiston madaniyati, an’analari va tajribasi bilan boyitishga olib keladi. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni alohida o’qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyasi g’oyasida mujassamlangan. U asosan o’z ichiga quyidagi omillarni oladi;

 -t’limda umummaqsadning qo’yilishi;

 tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o’tish;

 o’quvchilarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash;

 bajariladigan o’quv tadbirlari majmuasi (bu bosqichda o’quvchilar bilan muloqat asosida ta’limga joriy tuzatish) kiritilishi lozim  natijani baholash.

Ta’limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi atama bo’lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni, tarkibini emas, balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. Shu bois professor-o’qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intyellektual va ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14 syessiyasida Pryezidyent I.A.Karimov o’z nutqida «Bizning oldimizga ozod fuqaro shaxsining ma’naviyatini boshqacha aytganda, ozod har tomonlama rivojlangan, o’z huquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi hodisalarni, o’zining mustaqil fikr va munosabati mavjud, o’z manfaatlarini vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi» deb ta’kidlagan edi. Milliy o’zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g’oya va madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko’p millatli xalqimiz an’analaridan ayrim holda tiklab bo’lmaydi. Yoshlarning iqtidori va bilimga chanqoqligi - aynan shulardan ma’naviyatga erishish va uni rivojlantirish boshlanadi. Ta’lim va tarbiya jurnalining 1996 yil 1 sonida e’lon qilingan «Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida bo’lg’usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha jamlama tarbiyaviy ishlar rejasi» tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo’la oladi. Ushbu dastur oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruhining mehnati mahsulidir. Uning asosi etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidyenti I.A.Karimovning O’zbekiston daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish, har bir talabani ko’p qirrali barkamol va Vatanning yuksak g’oyalariga sodiq shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko’rsatmalari olingan. Dasturda quyidagi asosiy tarbiyaviy yo’nalishlar va maqsadlar keltirilgan.

1.Fuqaro tarbiyasi. Eng yuksak milliy qadriyatlar va sifatlarni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi fuqarosining milliy o’z-o’zini anglashni rivojlantirish.

2. Kasb egallashga, shaxsiy mas’uliyatni yuqori malakali bo’lishga va kasbiy mahoratga intilishni tarbiyalash, myehnat faoliyatiga va doimiy ravishda malakani o’stirib borishga undovchi sifatlarni tarbiyalash.

3. Oilaviy hayotga tayyorlash. Ota-ona va qondosh-qarindoshlar oila oldida mas’uliyat va javobgarlik hissini tarbiyalash.



4. Talabani shaxs sifatida rivojlantirish. Betakror shaxsiy sifatlar va ijtimoiy qiyofani har tomonlama ijodiy rivojiga ko’maklashish.
Innovatsion faoliyat

Pеdagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan еngib o`tiladigan uzilishlardir. Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pеdagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning sub'еkti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kеrak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya -amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob'еkt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat tizimidir . Bu q`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq`ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdеk, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi tеxnologiya, shakl va mеtodlar, muammoni еchish uchun yangicha yondashuv yoki yangi tеxnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kеlishi ma'lum bo`lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:

Faoliyat yo`nalishiga qarab (pеdagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).

Kiritilgan        o`zgarishlarning   tavsifiga ko`ra   (radikal,  modifikatsiyalangan,

kombinatsiyalangan).

O`zgarishlar ko`lamiga ko`ra (lokal, modulli, tizimli).

Kеlib chiqish manbaiga ko`ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).

Innovatsiyaning maqsadi-sarflangan mablaq` yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o`z-o`zidan paydo bo`ladigan yangiliklardan farqli o`laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o`zgarishlar mеxanizmini tashkil etadi. Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo`la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o`rtasidagi asosiy farqlarni ko`rsatib o`tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko`lami asos bo`lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo`lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lmasa, o`z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba'zi elеmеntlarini o`zgartirishni vazifa qilib qo`ygan bo`lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo`lamiz. Agar faoliyat ma'lum kontsеptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo`lsa va uning natijasi o`sha tizim rivojlanishiga yoki uning printsipial o`zgarishiga olib kеlsagina innovatsiya dеya olamiz. Har ikkala tushuncha mеzonlari quyidagicha: inovatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko`lam va vaqt bo`yicha chеgaralanadi, mеtodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo`ladi, ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub'еktlari pozitsiyalarini to`la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo`nalishlari ochiladi, yangi tеxnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o`zi ham yangilanadi. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon dеb - innovatsion o`zgarishlarga tayyorgarlik ko`rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Ta'lim jarayonidagi innovatsion o`zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bеvosita o`qituvchi faoliyatini yangilash va o`zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgan. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo`ldi. Innovatsion faoliyat - pеdagogik jamoani harakatga kеltiruvchi, olq`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. «Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy mе'yorlarning mos kеlmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan mе'yorining mavjud mе'yor bilan to`qnashuvi natijasida vujudga kеlgan majmuali muammolarni еchishga qaratilgan faoliyatdir»,-dеb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob'еkt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat tizimi bo`lib, u ma'lum doiradagi muammolarni еchish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni еchish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo`lishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o`quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.

Innovatsion faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo`lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O`qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o`rganib chiqqan pеdagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy bеlgilari dеb hisoblash mumkin: 

    ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;    

        pеdagogik tadqiqot mеtodlarini egallash;

   mualliflik kontsеptsiyalarini yaratish qobiliyati;  

  tajriba-sinov ishlarini rеjalashtirish va amalga oshira olish;

o`zidan boshqa tadqiqotchi-pеdagoglar tajribalarini qo`llay olish;

hamkasblar bilan hamkorlik;

fikr almashish va mеtodik yordam ko`rsata olishlik;

ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;

yangiliklarni izlab topish va ularni o`z sharoitiga moslashtirib borish.
O`qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o`sib borayotganligini tushunish natijasida vujudga kеldi. Uning tahlili faqat fan va tеxnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o`z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni

qayta tеkshirish kabi jarayonlarni ham qamrab oladi.

Innovatsion faoliyatning tuzilishini o`rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastеnin uni quyidagicha tuzilishga ega dеb ko`rsatib o`tadi: «Innovatsion faoliyatning tuzilishi-ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga tеxnologik va mеtodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati.

Innovatsion faoliyatning darajalari: rеproduktiv, evristik, krеativ bo`lishi mumkin».

Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma'noda ta'lim jarayoniga kirib kеladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pеdagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

Muammoni tahlil asosida aniqlash.

Mo`ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash.

O`zgarishlar va yangiliklarni rеjalashtirish.

O`zgarishlarni amalga oshirish.

Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad-o`qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o`z ustida ishlash ko`nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pеdagogik tеxnologiyalar, intеrfaol mеtodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashq`ulotlarni o`tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
«Innovatsion faoliyat o`qituvchining o`z faoliyatidan qoniqmasligidan kеlib chiqadi. U o`qituvchi tomonidan u yoki bu pеdagogik vazifani hal qilishda qandaydir to`siqqa duch kеlinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga kеladi». Innovatsion faoliyat yangi q`oyani izlashdan boshlanadi. Pеdagogik innovatsiya ta'lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala еchimiga yo`nalitirilganligi sababli o`qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. O`qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini taqlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A. Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rеjalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi. O`qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to`siqlar mavjud. Bularning birinchisi o`qituvchining o`zi ko`nikkan faoliyat chеgarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya'ni o`qituvchilarda ijodkorlikning еtarli emasligi bo`lsa, yana bir sabab yangi va noma'lum narsalar qar doim odamlarda cho`chish va xavfsirashni kеltirib chiqarishidir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kеlish mumkin. O`rganib chiqilgan ilmiy ishlarning aksariyatida «innovatsion faoliyat» tushunchasiga ta'rif bеrilgan bo`lsada, bu sohada hammaga ma'qul kеladigan va innovatsion faoliyatning to`liq mazmunini ochib bеradigan yagona ta'rif yaratilmagan, shuningdеk, bu faoliyatni shakllantirish jarayoniga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas.

Axborot va aloqa texnologiya  eng ko'p ishlatiladi. Bolalar kompyuter ko'nikmalarini egallashga qiziqishmoqda. O'qish va matematikani o'qitish uchun qiziqarli dasturlar yordamida bolalarni bolalarning xotirasi va mantig'ini rivojlantirishga qiziqtirish mumkin. "Fanlar". Kompyuter klassik kasbga nisbatan bir qator muhim afzalliklarga ega. Ekranda miltillovchi animatsion rasmlar bolani o'ziga jalb qiladi, diqqatni jamlashga imkon beradi. Kompyuter dasturlari yordamida turli xil hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish mumkin bo'ladi. Bolaning qobiliyatiga qarab, dastur aniq unga moslashtirilishi mumkin, ya'ni uning individual rivojlanishini ta'kidlashi mumkin. Bunday holda, kompyuterdan foydalanish texnologiya  ayniqsa  mos, chunki u nafaqat xotirani tezlashtiradigan, balki mazmunli va uzoq muddatli qiladigan jozibali shaklda ma'lumot beradi.



Sinflarga misollar: dars-vizualizatsiya - tarkibning taqdimoti taqdimot bilan birga keladi; taqdimot shaklida amaliy mashg'ulot - maxsus dasturiy ta'minotdan foydalangan holda loyiha yoki tadqiqot faoliyati natijalarini taqdim etish.

O'qituvchilarning vazifalari: vaqtga rioya qiling, bolaga yangi dunyoga yo'l ko'rsatuvchi bo'ling texnologiya, kompyuter dasturlarini tanlashda murabbiy, uning shaxsiyatining axborot madaniyatining asosini tashkil etadi, o'qituvchilarning kasbiy darajasi va ota-onalarning kompetentsiyasini yaxshilaydi.

Kognitiv tadqiqotlar: Asosiy maqsad - talaba faol ishtirok etadigan eksperimental faoliyatni yaratish. Talabalarning eksperiment davomida bevosita ishtirok etishi unga jarayon va uning faoliyati natijalarini shaxsan ko'rish imkoniyatini beradi. Buni tashkillashtirishda texnologiya  talabalarga biron bir tadqiqot yoki tajriba o'tkazish orqali hal qilinishi mumkin bo'lgan muammoli vazifa taklif etiladi. "Ta'lim texnologiyasi doimiy va integratsiyalashgan faoliyatning ajralmas qismi sifatida tushunilishi kerak, uning maqsadi talabalar va o'qituvchilarning birgalikdagi faoliyati samaradorligini oshirishdir. Bunda texnik vositalar muhim rol o'ynaydi, ya'ni texnologiya bir nechta mexanik aksessuar bilan cheklanmagan, u zamonaviy axborot uzatish vositalariga asoslangan o'quv tizimini qurishning oqilona kontseptsiyasini o'z ichiga oladi ... ".
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar samaradorligini tekshirishning eng keng tarqalgan usullari:



  • Muayyan hujjatlar usuli. Ta'lim tizimidagi yangiliklarni baholash uchun o'quv jarayoniga innovatsiyalarni hajmli ravishda kiritish imkoniyati cheklangan. Alohida maktab, universitet va masofadan boshqarish tanlanadi va ularning asosida eksperiment o'tkaziladi.

  • Qisman amalga oshirish usuli. Bu alohida yangi innovatsion elementni joriy etishni nazarda tutadi.

  • "Abadiy tajriba" uzoq vaqt davomida olingan natijalarni baholashni anglatadi.

Parallel ravishda amalga oshirish eski va yangi o'quv jarayonining birga yashashi, bunday sintezning samaradorligini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

INNOVATSION MUAMMOLAR

Ta'limdagi innovatsion texnologiyalar turli sabablarga ko'ra "sekinlashadi".



  1. Ijod to'sig'i. Eski dasturlar asosida ishlashga odatlangan o'qituvchilar hech narsani o'zgartirishni, o'rganishni, rivojlanishni xohlamaydilar. Ular ta'lim tizimidagi barcha yangiliklarga dushmanlik qilmoqdalar.

  2. Konformizm. Opportunizm, rivojlanishni xohlamaslik, boshqalarning ko'ziga qora qo'y kabi qarashdan qo'rqish, kulgili tuyulganligi sababli o'qituvchilar noodatiy pedagogik qarorlarni qabul qilishdan bosh tortadilar.

  3. Shaxsiy tashvish. O'ziga shubha, qobiliyat, kuchli tomonlar, o'zini past baho berish va o'z fikrlarini ochiq aytishdan qo'rqish tufayli, ko'plab o'qituvchilar ta'lim muassasasidagi har qanday o'zgarishlarga qarshi turishadi.

  4. Fikrlashning qat'iyligi. Qadimgi maktab o'qituvchilari o'zlarining fikrlarini yagona, yakuniy deb hisoblashadi, qayta ko'rib chiqilmaydi. Ular yangi bilim va ko'nikmalarni egallashga intilmaydilar, zamonaviy ta'lim muassasalaridagi yangi tendentsiyalar bilan bog'liq.


Xulosa qilib aytganimizda, innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-tеxnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi tеxnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo`lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u q`oyalar maydonida ham va alohida bir sub'еktning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo`ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi tеxnologiyaning shakllanishi bo`lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kеlgan ixtironi–loyihaga, loyihani – tеxnologiyaga aylantirishga yo`naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akadеmik ilm mantiqi bo`yicha tuq`ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo`llab-quvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo`ladi.

Ta'limdagi innovatsion texnologiyalar sizga o'qishni tartibga solish, uni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirish imkonini beradi. Odamlar har doim noma'lum va yangi narsalardan qo'rqishadi, ular har qanday o'zgarishlarga salbiy munosabatda bo'lishdi. Ommaviy ongda mavjud bo'lgan, odatiy turmush tarziga ta'sir qiluvchi stereotiplar og'riqli hodisalarga olib keladi, barcha turdagi mashg'ulotlarni yangilashga xalaqit beradi. Odamlarning zamonaviy ta'limdagi yangiliklarni qabul qilishni istamasliklari sababi qulaylik, xavfsizlik va o'zini o'zi tasdiqlash uchun hayotiy ehtiyojlarni blokirovka qilishdan iborat. Har kim ham nazariyani qayta o'rganishga, imtihon topshirishga, fikrlarini o'zgartirishga va shaxsiy vaqtlari va pullarini sarflashga majbur bo'lishiga tayyor emas. Yangilash jarayoni boshlanganidan keyin siz uni faqat maxsus texnikalar yordamida to'xtatishingiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:
―Uzluksiz ta`lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolar‖ Ilmiy konferensiya materiallari. – Samarqand: SamDU nashri.
F.Zakirova va boshq.Elektron o`quv-metodik majmualar vat a`lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo`llanma, Т.: ОO`МТV, 2010.
 
Download 84.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling