Tezkor savollar Biz qaysi shaharda yashaymiz?


Download 0.53 Mb.
Sana03.10.2020
Hajmi0.53 Mb.
#132249
Bog'liq
тиш гигиенаси

  • Biz qaysi shaharda yashaymiz?
  • Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
  • Bahor fasli necha oydan iborat? Sanab bering.
  • Bahor faslida qanday bayramlar nishonlanadi?
  • Hafta kunlarini sanab bering
  • Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?
  • O`zbekistonning poytaxti qayer?
  • TISH GIGIYENASI
  • Tish odamga butun umri davomida xizmat qiladi. Ovqatni hazm qilishda tishlarning o'rni katta.
  • Tish yordamida ovqat maydalanadi va chay-naladi. Agarda ovqat maydalanib, yaxshi chay-nalmasa, oshqozonda hazm bo'lmay, qorinni og'ritadi.
  • Katta yoshdagi odamda 32 ta tish bo'ladi. Bolalar 6 oyga to'lgandan so'ng sut tishlar chiqa boshlaydi. 6 yoshdan boshlab esa sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqadi.
  • Tish suyakdan iborat. U emal bilan qoplangan. Emal juda qattiq modda. Lekin tish ehtiyot qilinmasa, uning emal qoplami teshiladi, keyin tish chiriy boshlaydi. Tishni saqlash uchun uni doim toza tutish kerak. Tishda danak chaqish, suyak tozalash uning emal qoplamiga shikast yet-kazishi mumkin.
  • Tishning to'g'ri o'sishi va chiroyli ko'rinishi tilga ham bog'liq. Endi chiqayotgan tishga hadeb tilingizni tekkizaversangiz u qiyshiq o'sadi.
  • Tish sog'lom bo'lishi uchun har doim ov-qatlangandan so'ng og'izni iliq suv bilan chayish kerak.
  • Har kuni yotish oldidan tishni pasta va tish cho'tkasi yordamida yuvish juda zarur.
  • Ho'l meva va sabzavotlarni ko'p yeyish ham tishning sog'lom bo'lishi uchun foydali.
  • Ular tishni tozalab, milkni mustahkamlaydi.
  • Tishni yuvish, tish cho'tkasi, pasta.

  • Tayanch so'zlar: tish, sut tishlari, emal qoplami, pasta, tish cho'tkasi, sabzavot, meva.
  • Savollar
  • 1. Tish nima uchun kerak?
  • 2. Odamda nechta tish bo'ladi? Ular qachon chiqadi?
  • 3. Tishni toza va sog'lom saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling