The department of public education of shurchi district


Download 423.21 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi423.21 Kb.
#1005050
  1   2
Bog'liq
17,09,2021 йил баҳолаш мезони




SHO‘RCHI TUMANI
XALQ TA’LIMI
BO‘LIMI





THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF SHURCHI DISTRICT



191500, Sho‘rchi shahri, Mustaqillik-86,
Tel:(76) 45-74-349, fax:(76) 45-74-264
Web site: http//Shurchixtv.uz, E-mail: Shurchi_txtb@xtv.uz





191500, Shurchi city, Mustakillik-86,
Tel:(76) 45-74-349, fax:(76) 45-74-264
Web site: http//Shurchixtv.uz, E-mail: Shurchi_txtb@xtv.uz

2021-y. «____» _____________



№_______


«___»______________ 2021 г.





Tumandagi barcha umumiy o‘rta va ixtisoslashtirilgan maktab internatlari direktorlariga

Sho‘rchi tumani xalq ta’lim bo‘limi, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 01-5/890-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 02-02/3-2914-sonli xatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 17 oktyabrdagi 08-3018-sonli xatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 8 oktyabr kuni Termiz shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktabga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash vazifasi berilgan.
Mazkur topshiriqning 6 bandida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat isnpeksiyasi bilan hamkorlikda 2021 yil yakuniga qadar o‘qituvchilarning toifasini oshirishga imkoniyatini yaratish uchun qo‘shimcha malaka toifasini berish imtixonlari tashkil etish belgilangan.
Shuningdek, topshiriqlarning 7 bandida, Davlat test markazi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yili yakuniga qadar Surxondaryo viloyatida pedagoglarning sifat tarkibini yaxshilash maqsadida o‘rta maxsus ma’lumotli va toifasiz (mutaxassis) oliy ma’lumotli fan o‘qituvchilarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi hamda uning natijalariga ko‘ra ularning uzluksiz malaka oshirish kurslariga jalb etish, qonikarsiz natija ko‘rsatgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar o‘rnini malakali pedagoglar bilan to‘ldirish choralari ko‘rish belgilangan.
Shu munosabat bilan, navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etiladigan o‘qituvchilar hamda test jarayoniga jalb qilinishi rejalashtirilgan o‘rta maxsus ma’lumotli va toifasiz (mutaxassis) oliy ma’lumotli pedagog kadrlar ro‘yxatlarini va ma’lumotni shakllantirgan, tasdiklangan va elektron nusxalarini jiddiy yondoshgan holda taklab borish so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida pedagoglarning faoliyati baholanadi.
pedagog kadrlarning o‘z fanini bilishi, faoliyati samaradorligi, pedagogik mahorati, psixologik tayyorgarligini o‘rganish va xolisona baho berish hamda ularni rag‘batlantirish;
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
Birinchi bosqichda pedagog kadrlarning p;edagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganiladi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi.

Shu bois pedagogning birinchi bosqichdagi va ikkinchi bosqichdagi to‘plagan ballari yig‘indisiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tdi yoki o‘tmadi kabi tegishli malaka toifalari belgilanadi.


Malaka toifalari muddatlari tugashidan olti oy oldin pedagoglarni ogohlantirish va majburiy attestatsiyaga jalb qilish maktab direktorining zimmasida ekanligi va shaxsan javobgar ekanligi, pedagogning faoliyatini kuzatuv kengashi tomonidan o‘rganilishi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur nizom bandiga xilof ravishda ish olib borgan maktab rahbarlari va tegishli xodimlar yoki maksimal darajadagi ballar ko‘tarib qo‘yilgan taqdirda javob berishingizni eslatib o‘tamiz.
Mazkur vazifa va majburiyatlarni to‘g‘ri va xolisona tashkil etib ilovaga muvofiq pedagoglarning faoliyatini dekabr oyida baholab tasdiqlab olishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu topshiriq bajarilgan taqdirda tuman xalq ta’limi bo‘limi TSM bo‘linmasiga bir nusxada pedagoglarning baholash mezonlarini topshirishingiz so‘raladi.

Download 423.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling