Tibbiy biologiya


Download 71.44 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi71.44 Kb.
#1778929
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Tibbiy biologiya

84-b guruh talabasi

Turg’unboyev Sarvarbek

Moddalar almashinuvi yoki metabolizm

  • Moddalar almashinuvi yoki metabolizm — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxminan 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi. Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan Moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalizatorlar — fermentlar ishtirokida amalga oshadi.

Anabolizm va Katabolizm

  • Anabolizm (yun. anabole — koʻtarilish) — hujayralar va toʻqimalar tarkibiy qismlarining hosil boʻlishi va yangilanishida tirik organizmlarda kechadigan barcha kimyoviy jarayonlar majmui. A.ning aksi boʻlgan katabo-lizmda esa birmuncha oddiy moddalardan murakkab moddalar sintezlanib, ener-giya jamgariladi. Biosintez uchun zarur boʻlgan energiya (asosan ATF shaklida) biologik oksidlanish katabolitik re-aksiyalarida yetkazib beriladi. A. orga-nizmlarning oʻsish davrida (hayvonlarda yoshlik davrida, oʻsimliklarda — umr boʻyi) jadal kechadi. Fotosintez plane-tar ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim A. jarayoni hisoblanadi.
  • Katabolizm (grekchaκαταβολή - katabole — olib tashlash, buzish) — tirik organizmlarda murakkab organik birikmalarning parchalanishidan iborat moddalar almashinuvi reaksiyalarining majmui, anabolizmta qarama-qarshi jarayon. Katabolizmda odatda, energiya ajraladi.

Gameostaz

  • Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish xususiyati. Gomeostaz tushunchasini amerikalik fiziolog U.Kennon (1929) taklif etgan. Gomeostaz biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi.
  • Fiziologik Gomeostaz Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan, chunki bir hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan maxsus fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi.

Xulosa

  • Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi Moddalar almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yoʻnaltirilganligi fer-mentlar faolligiga taʼsir koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda Moddalar almashinuvi qoʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv sistemasi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib turiladi.
  • Etiboringiz uchun rahmat

Download 71.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling