Tibbiyot, meditsina, tabobat


Download 84.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.01.2022
Hajmi84.75 Kb.
#400741
  1   2
Bog'liq
Tibbiyot - Vikipediya
1571215772 (1), 1571215772 (1), begimov, 11, Diagnosis, Qobiliyatlar, 2 5373142106070059396, Iqtisodiyot nazariyasi buyicha namuna reja, 11-maruza EHTIMOLLIKLARNI QO’SHISH TEOREMASI (2), fizikadan Mustaqil ishi, fizikadan Mustaqil ishi, elementar funksiyalarni klaster usuli yordamida oqitish metodikasi. , elementar funksiyalarni klaster usuli yordamida oqitish metodikasi. , I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish, 6-7-8-9-10-sinf Fizika Subxonova M.


Tibbiyot

aperatsiya



Tibbiyotmeditsinatabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni

uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy

tadbirlar majmui.

Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik

fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya;

organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz

beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va

biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini

urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va

parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va

oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga koʻra, terapiya va xirurgiyaga

boʻlinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oʻz navbatida, maʼlum organ, sistemalar

kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Mac, terapiyada

kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya,

ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya,

fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan

tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya,

anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinolaringologiya,

oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik

belgilari semiotikaschni aniqlash usullari boʻlimi bor.

Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish tadbirlarini

oʻrganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻliqni sakdashni

tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena,



ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot

geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.

Tibbiyotning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga,

shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti

va boshqalar)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli boʻlgan

eksperimental usul esa klinik va gigiyenik Tibbiyot sohasiga xam keng kirib bormoqda.

Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan

chambarchas bogʻlangan.

Zamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi

dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish

haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.

Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti,

Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va

faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va

davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan

shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda

funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning

anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.

Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va

boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning koʻpchiligi, jumladan,

Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima

qilindi. Galenning "Qivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning

"AlAbdal aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor

mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi.

Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 yil tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar qaqida

kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon

Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr

Tibbiyotining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos

boʻldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining

rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi

xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" ("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta

toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat

kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.

Tarixi





Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun

fittib" (qarang 

"Tib qonunlari"

) asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib

keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya,

dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi

yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr

yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni

davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan

yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan

(oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.

Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar

haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida

risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar

yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar

va davolash usullari bayon etilgan.

Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi,

sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.

Oʻsha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom

Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab koʻrgan.

13-asrning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin

Samarqandiy "Agʻziyat almarzo" ("Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar") nomli kitobida har bir

kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi,

shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.

40 yildan ortik, tabobat ilmi bilan shugʻullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15—16-asr) oʻz

tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri "Dastur aliloj" ("Kasallarni davolash boʻyicha

qoʻllanma")dir. 15— 16-asrlarda Hindistonda yashab ijod etgan xirotlik tabib Yusuf ibn

Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alHiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan Oʻrta Osiyo,

Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari,

jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan "Manofiʼ alinson" ("Inson uchun foydali dorilar") nomli

asari bilan mashhur.

18-asrning 2yarmi va 19-asrning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi

Jaʼfarxuja ibn Nasruddinxoʻja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan

"Multaqiy attib" ("Tibbiy maʼlumotlar toʻplami") asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda

asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon

kilingan.



Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoʻqandiy (1851 yilda tugʻilgan) umrining

koʻp qismini tabobatni oʻrganishga va kishilar sogʻligʻini saqlashga sarfladi. U oʻz davrigacha

boʻlgan sharq tabobati qoʻlga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan

boyitgan qolda "Qonun aliloj" ("Davolash krnuni") va "Tariq aliloj" ("Davolash usuli") kitoblarini

yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida oʻpka, yurak, sut bezi, meʼda, jigar, ichak, buyrak, qovuq

va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moʻy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar;

suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va baʼzi ruscha

nomdagi dorilar keltirilgan.

Bositxon Zohidxon oʻgʻli oʻz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va

Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning oʻzbek tilida yozilgan 3

asari yetib kelgan.

Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning

kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida astasekin

Tibbiyotga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar

yaratishda muqim manbalardan biri boʻlgan.

Yevropada Uygʻonish davrida Tibbiyot yangidan ravnaq topdi. 16-asrda koʻpgina fanlar,

ayniqsa, Tibbiyot, fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu

fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni

davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib

tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq

asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, Tibbiyotda

yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda

mikroskop kashf etiddi va undan Tibbiyotda foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni

Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining

shakllanishiga sabab boʻldi.

17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga

keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, Tibbiyotga yangi — kasb

kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika

soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari Tibbiyot

taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obʼyektiv tekshirish usullari (palpatsiya,

perkussiya va boshqalar) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv

natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli (A.I.

Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqalar) kasallik belgilari organ va toʻqima

hamda hujayralarning tuzilishidagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligini isbotlashga imkon berdi,

bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik Tibbiyotning yana bir yangi boʻlimi — patologik

anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.




Energiyaning saklanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi,

oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va Tibbiyotning taraqqiyotida muhim

bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga

asoslandi.

19-asrning 2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik

kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak

mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar

yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi

turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi,

quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish

imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama

terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov

immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani

shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning —

havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mehnat, turmush

tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy

gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.

19-asrning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik

holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida

kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va Tibbiyotga yangi, yuqori

informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va

harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining

ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari

oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv

sistemasi va butun organizmning faoliyat qonunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab

berildi.


Umuman bu davrda eksperimental Tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va

rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya

(keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan

sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni

chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.

20-asrda Tibbiyotda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen

iksnurlarni kashf etdi va Tibbiyotda rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning

kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga

taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar

davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan




foydalanish imkonini berdi. Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. Tibbiyotga elektronika

yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq

belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop

endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda

zarur qurol boʻlib qoldi. Tibbiyot kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay

protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini

meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz

navbatida, Tibbiyotga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va

organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani Tibbiyotning rivojiga

katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib

keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan

kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning

izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan

4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) Tibbiyot amaliyotida qon quyishdan keng

foydalanishga imkon berdi. Bu davrda Tibbiyotga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan

allergik reaksiyasi (qarang 

Pirke reaksiyasi

) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda

mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi

va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya

bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u

rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi.

Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning

qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik Tibbiyotni tubdan

oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak

faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida

kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard

infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya

muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam

oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush

xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli

travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi

ishlari jahon Tibbiyotida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing , rus olimlari A.L.

Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi.

Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya

sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy

novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy

narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl

ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar

tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroglari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak

transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).



20-asr boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda

oʻsmalarning , chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi.

Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet

va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion

kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar

haqidagi taʼlimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892)

va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan

sifatida shakllanishiga olib keldi.

Zamonaviy tibbiyotning baʼzi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish va

muvaffaqiyatlar tufayli aholi sogʻligʻini saklashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy

oʻzgarishlar roʻy berdi, oʻlim kamaydi, uzoq umr koʻruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan

rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan oʻta xavfli epidemik kasalliklar

(vabo, oʻlat, chechak va boshqalar) ga barham berildi. Kishilar sogligiga va xalq xoʻjaligiga

katta zarar yetkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va boshqa virusli

kasalliklarga qarshi kurash shu kunning muhim tibbiy muammolaridan boʻlib qolmoqsa.

Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi (qarang 

Infarkt

), ateroskleroz,

gipertoniya kasalligi va boshqalarning oldini olish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Asabbuzarlik, tamaki chekish, jismoniy mehnat bilan kam shugʻullanish, meʼyoridan koʻp

ovqat yeyish, spirtli ichimliklarga ruju kilish, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning

koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Lekin bu kasalliklarni oʻz vaqtida aniqdash va davolashda

zamonaviy Tibbiyot anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xavfli oʻsmalarning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va davolash Tibbiyotning eng dolzarb

masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning taʼsirini kamaytirish, oʻsmalar

paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini oʻrganish muhim

masalalardandir. Bu borada Oʻzbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.

Zamonaviy Tibbiyotning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy oʻzgarishlarni

oʻrganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogʻliqni saqlashning birinchi masalasi

deb qarashmoqda.

Tashqi muhitni muhofaza qilish va sogʻlomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy

ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning

buzilishi kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat

chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish oʻta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni

sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik boʻlib

qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va

maxsus i.t. institutlari jamoalari koʻpgina arzigulik ishlar qilishdi. Hozirgi zamon Tibbiyoti

oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor oʻrtasidagi




munosabatlarning (qarang 

Tibbiyot deontologiyasi

) samaradorligiga erishishdir. Organ va

toʻqimalarni koʻchirib oʻtqazishdagi donorlik, toʻqimalar moye kelmasligini bartaraf qilish va

ushbu muammoga bogʻliq bir qancha masalalar, mas., oʻzak hujayralardan davolash

maqsadida foydalanish Tibbiyotda muhim oʻrin tutmoqda.

Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti taʼsis etilishi va uning

tarkibida tibbiyot ftining ochilishi Oʻzbekistonda Tibbiyotning rivojlanishidagi mugʻim sanadir.

Bu ft keyin (1931 yil) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.

1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t.

instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semashko

nomidagi fizioterapiya instituti (hozirgi Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti), 1924 yilda

Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak instituti (keyinchalik Samarqandga koʻchirilgan)

tashkil etildi. Tibbiyot xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va

rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isayev, A.A. Askarov, T.X.

Najmiddinov, I.K,.Musaboyev, G.N. Terexov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.

Oʻzbekiston Sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi (Sh.A.

Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish

masalalarini yoritib berishdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxoʻjayeva,

X.I. Yanbayeva va boshqalarning ishtiroki hamda rahbarligida Oʻzbekiston iqlimining

yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almashinuviga va jigar xastaliklariga taʼsiri

oʻrganildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga taʼsirini aniklashda N.V. Danilov,

A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, A.H. Hoshimov, Z.R. Yunusovlar katta i.t. ishlari olib bordilar.

Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmush xususiyatlari

va immun holatiga bogʻlab oʻrganildi, bu sohada respublikamiz olimlari A.A. Asqarov, E.I.

Otaxonov, N.I. Ismoilov, E.Y. Qosimov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb

etdi. K.A. Zufarov rahbarligida meʼdaichak yoʻlini elektron mikroskopda oʻrganish ishlari olib

borildi va bu soha boʻyicha noyob atlas yaratildi.

Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish gʻamda biokimyosi sohasida

katta tadqiqotlar olib borildi (S.A. Masumov, Yo.H. Toʻraqulov va boshqalar). Keyingi vaqtda

nazariy va eksperimental Tibbiyotning asosiy fanlaridan biri — patologik fiziologiya sohasida,

chunonchi uning ovqat hazm qilish organlari, moddalar almashinuvi patologyaisi va

allergologiya boʻlimlari boʻyicha ilmiyamaliy ahamiyatga ega boʻlgan bir qator tadqiqotlar olib

borildi (N.H. Abdullayev, H.Yo. Karimov, M.M. Haqberdiyev).

Issiq iqlim sharoitida bolalarda x,azm aʼzolari kasalliklarining turli jihatlari oʻrganildi.

Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida

tadqiqot ishlari olib borildi (S.Sh. Shamshiyev, S.N. Yoʻldoshevavab.).



Oʻzbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.Gʻ. Gʻofurov, V.V.

Vohidov, Oʻ.O. Oripov, SM. Aʼzamxoʻjayev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov

va boshqa katta hissa qoʻshishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari:

neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya (N.M. Shomatov, O.Sh. Shokirov, M.H. Qoriyev,

Sh.Sh. Hamrayev va boshqalar), urologiya (O.M. Muxtorov va boshqalar), bolalar xirurgiyasi

(K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov); bolalar yuqumli kasalliklari (Sh.H. Xoʻjayev, O.S. Maxmudov,

T.O. Daminov) boʻyicha ham oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada

otorinolaringologiya fani Q.J. Mirazizov va boshqa tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Koʻz

kasalliklarini aniklash va davolash masalalari (M.K. Komilov), nafas organlarining

profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qoʻlga kiritildi (A. M.

Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev). Gematologiya va qon quyish soqalarida kamqonliklarni

barvaqt aniklash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish buyicha ham

muhim i.t. ishlari oʻtkazildi (X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va boshqalar). Nafas, hazm va

yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib

beriddi (J.M. Abdurasulov, J.N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Sh. Mirgʻaniyev). Nerv

sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar oʻtkaziddi (A.R. Rahimjonov,

X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning

buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini oʻrganishdi (X. Olimov). Revmatizm

va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash (R.A.

Qoraboyeva, T.S. Soliyev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq

shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi

(A.A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R.A. Kapkayev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini

oʻrganishdi.

Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi

dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, Oʻ.B. Zokirov va b .).

Tibbiyotning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni oʻrganish, aholi yashaydigan joylarni

sogʻlomlashtirish, sanitariyagigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi

sohasida ham koʻp ishlar qilindi ( A3. Zohidov, Gʻ.M.Maqkamov, B.X. Maʼzumov, T.I.

Iskanderov).

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi tizimida koʻplab ilmiy tadqiqot intlari,

tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, jumladan, Toshkenpg farmatsevtika instituti va Toshkent vrachlar

malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan

nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi (2004).

Saidjshol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Shomirzayev.

Havolalar




Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling