Tik turib yuruvchi odam


Download 26.91 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi26.91 Kb.
#545321
Bog'liq
Test 6-7-8
8-savolga javob, zebra, DIPLOM ISHI TITUL, ҚАРАНГ 3 курс АМАЛИЁТ ДАСТУРИ 2020 май, ҚАРАНГ 3 курс АМАЛИЁТ ДАСТУРИ 2020 май, Soda - Vikipediya, 10-sinf informatika imtihon Delphilari, 10-sinf informatika imtihon Delphilari, foydali-fayllar uz avtomashinalar malumotlar bazasini yaratish va boshqarish, 7, Fermentlar metodichka, Cover page GISCA, Cover page GISCA, Tarjimaiy hoi, План кружковых занятий

Test

1.Antropologiya fanida “tik turib yuruvchi odam”lar qaysi hududlardan topilganligi to`liq berilgan qatorni toping?

a) Sharqiy Afrika; b) Janubiy Afrika; c) G`arbiy Afrika; d) Indoneziya; e) Germaniya

A) a,b,c B) a,d C) a,b,d D) b,e

2. Qadimgi dunyo xalqlaridan qaysi birining aholisining asosiy mashg`ulotlari dehqonchilik va chorvachilik bo`lmagan?

A) yunonlar B) hindlar C) xettlar D) rimliklar

3. Shayboniylar davrida qaysi fanlar boshqalariga qaraganda ildamroq rivojlandi?

A) tibbiyot, matematika, astronomiya

B) tarix, tibbiyot

C) tarix, matematika, tibbiyot

D) tibbiyot va astronomiya

4. Quyidagi davlatlarni o`z ravnaqining cho`qqisiga erishgan davriga qarab to`g`ri ketma-ketlikda belgilang.

1) Kushon; 2) Yangi Bobil; 3) Urartu; 4) Maurya davlati; 5) Rim imperiyasi; 6) Qang` davlati;

7) Dovon davlati

A) 2,3,4,5,1,6,7 B) 3,2,4,7,6,1,5 C) 3,2,4,6,7,1,5 D) 3,2,4,6,1,7,5

5. Ilk o`rta asrlarda deyarli barcha ang-saks qirolliklari qaysi xalq tomonidan bo`ysundiriladi?

A) normannlar B) daniyaliklar C) yutlar

D) normandlar

6. Quyidagi voqealardan keyinroq yuz berganini aniqlang.

A) sopol idishlar yasashning boshlanishi

B) odamlarning ekin maydonlarini kengaytirish imkoniyatini qo`lga kiritishi

C) hunarmandchilikning vujudga kelishi

D) qabila ittifoqlarining paydo bo`lishi

7. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyish marosimi bo`lib o`tadigan shahar joylashgan graflik qaysi qirol tomonidan egallanadi?

A) Filipp IV B) Lyudovik VI C) Filipp II

D) Lyudovik XI

8. Quyidagi qaysi voqea so`nggi salib yurishini uyushtirgan qirol hukmdorligiga to`g`ri keladi?

A) qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi

B) Fransiyada toifaviy monarxiya shakllanadi

C) butun Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo`ysundiriladi

D) Fransiya markazlashgan davlatga aylanadi

9. Turkiy qabilalarning o`troqlikka ko`chish jarayoni boshlangan davrda sodir bo`lgan voqeani aniqlang.

A) o`g`uzlar Kichik Osiyoni deyarli to`liq bosib oladilar

B) mo`g`ullarda mulkiy tabaqalanish kuchaya boradi

C) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati o`rnatiladi

D) Innokentiy III yangi salib yurishini tashkil qilishga urinib ko`rdi

10. Qaysi voqea natijasida Yevropada kitob ishlab chiqarish qulaylashadi?

A) maktab va universitetlarning taraqqiyoti

B) kitoblarni hunarmandlar ishlab chiqara boshlashi

C) kitob ishlab chiqarishda qog`ozdan keng foydalanish

D) kitob bosish dastgohining ixtiro qilinishi

11. Ilk o`rta asrlarda isloh qilingan alifbodan hozirgi kunga qadar foydalanib kelayotgan davlatni aniqlang.

A) Xitoy B) Rossiya C) Efiopiya D) Hindiston

12. Fridrix II faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan javobni belgilang.

A) u qator maktablar asoschisi hisoblanadi

B) uning asari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan

C) u arab va yunon tillarini bilgan

D) uning saroyida arab, yahudiy va hind olimlari to`plangan

13. Qaysi xalq tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o`tkazib, turli o`simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar?

A) xitoyliklar B) hindlar C) inklar

D) vizantiyaliklar

14. Mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan inshoot qaysi hukmdor davrida qurilgan?

A) Imomqulixon B) Abdullaxon II

C) Abdulazizxon D) Ubaydullaxon

15. Qaysi qo`zg`olonda aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi?

A) Jakeriya B) Oq kiyimlilar C) Bobak

D) Uot Tayler

16. Alisher Navoiyning kutubxonasiga boshchilik qilgan shaxsning asari qaysi davr haqida ma’lumot beradi?

A) dunyo yaratilishidan 1523-yilgacha

B) islom tarqalishidan 1231-yilgacha

C) XV asr o`rtalari va XVI asr birinchi yarmi

D) XV asr oxiri va XVI asr birinchi choragi

17. Qaysi omil rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir ko`rsatib, uning taraqqiyotini susaytiradi?

A) o`zaro ichki nizolar B) mo`g`ullar istilosi

C) iqtisodiy-siyosiy inqiroz D) knyazlarning markaziy hokimiyatga bo`ysunmasligi

18. Qaysi davlat savdosida suv yo`llari alohida ahamiyat kasb etgan?

A) Yaponiya B) Italiya C) Xitoy D) Vizantiya

19. Qaysi shayboniy hukmdor o`tkazgan pul islohoti hokimiyatning yanada markazlashuviga, xazinaga katta miqdorda daromad tushishiga olib kelgan?

A) Muhammad Shayboniyxon B) Ko`chkunchixon

C) Abdullaxon II D) Ubaydullaxon

20. Qaysi sulola hukmronligi davrida shaharlar endilikda o`ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi?

A) Arab xalifaligi B) Somoniylar C) Qoraxoniylar D) Temuriylar

21. Qaysi alloma qoldirgan meros faqat Sharqda emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o`tkazdi?

A) al-Farg`oniy B) Beruniy C) Naqshbandiy

D) Farobiy

22. Kimning asari shayboniylar va Eron safaviylari o`rtasidagi munosabatlar haqida ma’lumotlar beradi?

A) K.Binoiy B) Hofiz Tanish Buxoriy

C) Muhammad Solih D) Mushfiqiy

23. Bir yilda yubileylari nishonlangan mutafakkirlarni aniqlang.

1) Moturudiy; 2) Kubro; 3) Marg`inoniy;

4) Zamaxshariy; 5) Farg`oniy; 6) Kamoliddin Behzod; 7) Imom Buxoriy

A) 1,3,4 B) 2,5,7 C) 1,3,6 D) 2,4,6

24. Tarixdagi birinchi ko`p tilli lug`at asoschisiga oid bo`lmagan voqeani toping.

A) mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlar to`playdi

B) diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf odatlarini chuqur o`rgangan

C) ko`plab asarlarini Makkada yozgan

D) o`z asariga dunyo xaritasini ilova qilgan

25. Qaysi hukmdor mamlakat jipsligini mustahkamlashga, boshqaruv tizimini izga solishga ko`p urinadi?

A) Abdullaxon II B) Imomqulixon

C) Ubaydullaxon II D) Boqi Muhammad

26. Qaysi hududning egallanishi oqibatida uning qo`shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi?

A) Xorazm B) Poykand C) Buxoro D) Sug`d

27. “Oq kiyimlilar” qo`zg`olonining yengilish sabablaridan biri bo`lgan mahalliy mulkdorlarning birin-ketin arablar tomoniga o`tib ketishi qaysi omil natijasida ro`y bergan?

A) ularning mol-mulkiga qilinadigan tajovuzdan qo`rqishi

B) ularning xalq harakati ommaviylashib ketishidan qo`rqishi

C) ularning o`z imtiyozlaridan mahrum bo`lishidan qo`rqishi

D) ularning xalq harakatini tez mag`lubiyatga uchrashidan qo`rqishi

28. Qaysi hukmdor davrida mamlakatda yagona pul joriy qilinadi?

A) I.Somoniy B) Ma’sudbek C) Mahmud G`aznaviy D) Kebekxon

29. Abdullaxon II ning Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirishdan maqsadi nima edi?

A) ikki mamlakat o`rtasidagi bahsli muammolarga barham berish

B) mamlakat iqtisodiy qudratini oshirish

C) mamlakat siyosiy ahvolini mustahkamlash

D) tashqi dushmanga qarshi tayanch yaratish

30. Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlangan yilda vafot etgan shaxsni aniqlang.

A) Abu Said B) Xondamir



C) Kamoliddin Behzod D) S.Mashhadiy

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling