«tikuvchilik» fanidan Sotivoldiyeva Gulbahorning uychi-2020 yil


Download 174.5 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi174.5 Kb.
#132296
Bog'liq
Tikuvchilik dars ishlanma





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI

UYCHI ТUMANI 1-SON KASB- HUNAR MAKTABI

« T I K U V C H I L I K » fanidan
Sotivoldiyeva Gulbahorning



UYCHI-2020 yil

Mavzu:

O’quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalari




Vaqt: _____ minut

Talabalar soni:____ nafar

O`quv mashg`uloti shakli

Amaliy – yangi bilimlarni egallash bo`yicha o`quv mashg`uloti

Ma`ruza rejasi


1.O’quv ustaxonasida mexnatni muxofaza qilish;

2. O’quv ustaxonasida texnika xavfsizligi qoidalari;





Amaliy mashg`ulotning maqsadi: O’quv amaliyoti xonasida ishni tashkil qilish. Mehnat muhofazasi talabi bo’yicha tushuntirish daftarini yuritish.

Pedagogik vazifalar:

1.Mavzu bilan tanishtirish;


2.O’quv ustaxonasida mexnatni muxofaza qilish;
3.O’quv ustaxonasida texnika xavfsizligi qoidalari;


O`quv faoliyatining natijalari:

1.Mavzu bilan tanishadilar;


2.O’quvchilarga o’quv ustaxonasida mexnatni muxofaza qilish to’g’risida tushunchalar berish;
3.Texnika xavfsizligi qoidalarini tushuntiriladi;

O`qitish usullari:

Kichik axborotli ma’ruza, tushuntirish, ko’rsatma berish, suhbat

O`quv faoliyatini tashkil

etish shakli:

Ommaviy, jamoaviy, guruhli



O’quv ko’nikmalari:

  • o’quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

  • qo’lda bajariladigan ishlarda ish o’rnini tashkil etish;

  • qo’lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalarni to’g’ri tanlash;

  • qo’lda bajariladigan ishlarni texnik shartlarga binoan bajarish;

  • mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o’rnini tashkil etish;

  • maxsus va universal mashinalarga ip o’tkazish, tikishda sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf etish;

  • mashina chok turlarini texnik shartlarga binoan tikish;

  • namlab issiqlik ishlov (n.i.i.) berish asbob va moslamalaridan to’g’ri foydalanish;

kiyim mayda detallarini bichish va tikish

O`qitish vositalari:

Jixozlar, inventarlar.

Didaktik materiallar va texnik vositalar:

— televizor;

— ekran;


— shaxsiy kompьyuter;

— STX displey sistemasi kompyuter uchun va multimediya, skaner;

— mavzu bo’yicha disketlar;

kodoskop;

— slaydlar;

— kartochka-topshiriqlar va dasturlashtirilgan topshiriqlar.

O’quv ko’rgazmali qurollar, o’quv dasturlari bo’yicha plakatlar.


O`qitish shart sharoiti:

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

O’quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalari mavzusidagi o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi


Faoliyat bosqichlari va vaqti

O’qituvchi

O’quvchilar

O`quv mashg`ulotiga kirish(___)

1.1.O`quv mashg`uloti nomini aytib, mashg`ulotning uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi(1-ilova).

Tinglaydilar

1.2.Yangi mavzuni e`lon qiladi.

Yozib oladlar

1.3. Mavzu bo`yicha amaliy mashg`ulotining tayanch iboralari va amaliy rejasiga izoh beradi.

Tinglaydilar, o`z fikrini bayon etadi

1.4. O`tgan mavzuda berilgan topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha nazorat o`tkazadi.

Tinglaydilar, savollarga javob beradilar

Asosiy qism

(___)


2.1. O`quv mashg`ulotini reja bo`yicha ma`ruza qiladi..

Tinglaydilar

2.2. Mavzuni tushuntirishda quyidagi savollarni yoritadi

1) Mexnatni muxofaza qilish deganda nmani tushunasiz?



2) texnika xavfsizligining asosiy qoidalariga nimalar kiradi?

Tinglaydilar, yozib oladilar, savollarga javob beradilar

2.3. Har rejani umumlashtirib yakuniy xulosa chiqaradi.

Tinglaydilar

Yakuniy qism(___)

3.1. Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning fikrlarini eshitadi va o`quvchilarning tushunmagan savollariga javob beradi.

O`z fikrlarini aytadilar va tushunmagan savollarini beradilar

3.2. O`quvchilarni o`tgan va yangi mavzu bo`yicha aytib o`tgan javoblari va fikrlariga asosan baholaydi.

O`z-o`zini baholash

3.3. Yangi mavzu bo`yicha xulosa qilib uyga vazifa beriladi

Topshiriqlarni yozib oladilar


Ta’lim texnologiyasi bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash mezoni


Ko’rsatkichlar


Baholalash

Maksimal ball

1-guruh

2-guruh

3-guruh

4-guruh

5-guruh

Guruhning tayanch bilimlar yuzasidan savol-javoblarga tayyorgarlik darajasi

1
















Guruhning texnologiya usullari bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarishi

2
















Ma’lumotlarning to’liqligi va faollik darajasi

1














Guruh o’quvchilarning yangi mavzu yuzasidan nazorat savolarida ishtirok eishlari

1
















Baholarning maksimal hajmi

5








































O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

1

86-100 % 5 baho “a`lo”

2

71 - 85% 4 baho “yaxshi”

3

55 – 70% 3 baho «qoniqarli»



Havfsizlik texnikasi qoidalari
Havfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun havfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora tadbirlar sistemasidan iborat.

Tikuvchilik darslarida mashinalarni, dazmollar va qo‘1 asboblarini ishlatayotganda qolga igna kirib ketishi. qoMni nim adir kesib olishi,mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o'rab kctishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin.

Havfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalaming oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo‘linadi:

1. Qo’l va mashina operasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:

— mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya g‘iloflari bor - yo‘qligini tekshiriladi va hokazo;

elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektrom ontyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak;

— narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas;

— elektr dvigatelni o ‘chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.

— ish o ‘rnida asboblar sochilib yotm asligi, qaychi v a ip la r mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;

— ish o ‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.

2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak.

— elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko‘rilishi lozim;

— dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas;

— dazmolning tuzukligiga ahamiyat berish zamr (korpusda qisk,a tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek boladi);

— ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;

— dazmolning o ‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;



— dazmol, shtepsel rezetkasi, vilka buzuq bo'lsa, ishni to ‘xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.
Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling