Til -millatning ruhi


Download 0.91 Mb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1183087
  1   2   3   4
Bog'liq
2476 TIL-MILLATNING


TIL -MILLATNING RUHI



Til – insonlar o`rtasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa, fikr ifodalash va jamiyat a’zolarining bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi.
Bugungi yer yuzidagi tillar ko`p asrlar mobaynida murakkab tarixiy jarayonlarni kechirish natijasida vujudga kelgan. Shulardan biri tillarning ajralish (differentsiatsiya) jarayonidir.
Masalan, hozirgi turkiy tillar qadimda bir til bo`lib, ular umumturk tilining bo`linishi natijasida vujudga kelgan.
Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish nazariyalari bilan bog`liq. Platon «til tabiiy suratda kelib chiqqan» deb da’vat qilsa, Demokrit «o`zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o`zlari yaratgan, u xudoningmas, balki odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi.
Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog`liq, tilsiz tafakkur bo`lmaydi, ular o`zlarining yuzaga kelishida ham, rivojlanishida ham bir-biridan ajralmasdir. Barcha xalqlarning ma’naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, urf-odatlarida va ruhiyatida o`z ifodasini topadi.
O`zbek tilini rivojlantirishda buyuk olimlarimiz Maxmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur vatandoshlarimizning o`rni beqiyosdir.
Bizning ona tilimiz – o`zbek tili qadimiy tillardan bo`lib, dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga to`g`ri keladi (Urxun-Enisey yozuvlari).
O`zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg`ariy-ning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo`lmish “Javohurun nag`hv fi lug`ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug`otit turk» asarlaridir.
Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari muqaddima va lug`atdan iborat. Muqaddimada olim so`zlar-ning tuzilishi, turk qabilalari tabaqalarining nomini, turk tillarining bayonini beradi. Bu asar o`sha davrdagi O`rta Osiyo xalqlari tarixi, turmushi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyotini o`rganishda eng noyob manbadir. “Devonu lug`otit turk”da turkiy xalqlardan tashqari arab, fors, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Devonu lug`otit turk” asarida turkiy xalqlar og`zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ziyod she’riy parchalar, maqollar, hikmatli so`zlar va lavhalar berilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling