TIL DIL KO‘ZGUSI Yer yuzida 5000 dan ziyod til bo‘lib, ularning orasida qadimiy tillardan bo‘lmish, bizning ona tilimiz o‘zbek tilidir. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub hisoblanadi.
Har bir xalq, har bir elat o‘zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo‘lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko‘p yoki oz sonli ekanligiga bog‘liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamon- da, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Har bir xalq, har bir elat o‘zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo‘lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko‘p yoki oz sonli ekanligiga bog‘liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamon- da, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lib kelgan. Inson tug‘ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo‘ladi va singib boradi. Milliy istiqlolning birinchi sharti milliy til – ona tilining mustaqilligidir. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi.
Til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganib, shu tilda yerli aholi bilan muloqotda bo‘lishi, madaniyatni, urf-odatni, an’analarni hurmat qilishi, yurt egalariga bo‘lgan ularning ehtiromi, baynalminalligining ifodasidir. Til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganib, shu tilda yerli aholi bilan muloqotda bo‘lishi, madaniyatni, urf-odatni, an’analarni hurmat qilishi, yurt egalariga bo‘lgan ularning ehtiromi, baynalminalligining ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonunini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish madaniyat, tilni rivojlantirishda, o‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligini saqlab qolishda, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash printsipini ijtimoiy hayotning eng muhim sohalarida qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbek tili haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilishda «Davlat tili haqida»gi qonunni yaxshi bilish zarur.
O‘ZBEKISTON SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 11-sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan, 30-moddadan iborat.) Ushbu Qonun o‘zbek tilining O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining butun hududi (maydoni)da davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi o‘z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir. O‘zbekiston SSR hududida yashovchi barcha grajdan- lar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qat’iy nazar, tengdirlar. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tillarini qo‘llashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik qilmaydi. Ushbu Qonun norasmiy muomalada, harbiy qismlarda va diniy marosimlarda qo‘llanadigan tillarga tatbiq etilmaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929 – 1940 - yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilsin: 2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini joriy etish bilan O‘zbekiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri,1993 yil 2 sentyabr,№ 931-XII Ushbu qonunga 1995 yil 6 mayda o‘zgartishlar kiritildi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI DAVLAT TILI HAQIDA (yangi tahrirda) 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan, 24-moddadan iborat. Yangi tahrirdagi davlat tili qonunining afzal tomonlari juda ko‘p bo‘lib u quyidagilarda o‘z ifodasini topgan: u milliy istiqlol g‘oyalaridan kelib chiqqan holda shakl va mohiyat jihatdan yangilangan; xalqimizning xohish-istaklarini hisobga olib, tushunish va talqin qilishga qulay bo‘lishi uchun til hamda uslub jihatdan soddalashtirilgan; uning huquqiy asoslari aniqroq, qat’iyroq va amaliyotga joriy qilishga muvofiq darajada bayon qilingan.
Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish nazariyalari bilan bog‘liq. Platon «til tabiiy suratda kelib chiqqan» deb da’vat qilsa, Demokrit «o‘zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‘zlari yaratgan, u xudoningmas, balki odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi. Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish nazariyalari bilan bog‘liq. Platon «til tabiiy suratda kelib chiqqan» deb da’vat qilsa, Demokrit «o‘zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‘zlari yaratgan, u xudoningmas, balki odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi. Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, tilsiz tafakkur bo‘lmaydi, ular o‘zlarining yuzaga kelishida ham, rivojlanishida ham bir-biridan ajralmasdir. Barcha xalqlarning ma’naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, urf-odatlarida va ruhiyatida o‘z ifodasini topadi. O‘zbek tilini rivojlantirishda buyuk olimlarimiz Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur vatandoshlarimizning o‘rni beqiyosdir. Bizning ona tilimiz – o‘zbek tili qadimiy tillardan bo‘lib, dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga to‘g‘ri keladi (Urxun-Yenisey yozuvlari).
O‘zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo‘lmish “Javohurun nag‘hv fi lug‘ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug‘otit turk» asarlaridir. O‘zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo‘lmish “Javohurun nag‘hv fi lug‘ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug‘otit turk» asarlaridir. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari muqaddima va lug‘atdan iborat. Muqaddimada olim so‘zlar- ning tuzilishi, turk qabilalari tabaqalarining nomini, turk tillarining bayonini beradi. Bu asar o‘sha davrdagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmushi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyotini o‘rganishda eng noyob manbadir. “Devonu lug‘otit turk”da turkiy xalqlardan tashqari arab, fors, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor. “Devonu lug‘otit turk” asarida turkiy xalqlar og‘zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ziyod she’riy parchalar, maqollar, hikmatli so‘zlar va lavhalar berilgan. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (ba’zi manbalarda 3000-7000 oralig‘ida) jonli til borligi ma’lum.
O‘zbek tili uzoq va boy tarixga, shuningdek, eski yozuvga ega bo‘lgan tillardan biridir. Uni ilk marta asosli tekshirgan olim Alisher Navoiydir. U o‘zining «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida lug‘at tili, ya’ni eski o‘zbek tilining leksik boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. O‘zbek tili uzoq va boy tarixga, shuningdek, eski yozuvga ega bo‘lgan tillardan biridir. Uni ilk marta asosli tekshirgan olim Alisher Navoiydir. U o‘zining «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida lug‘at tili, ya’ni eski o‘zbek tilining leksik boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Navoiy asarlarining tilini o‘rganish u hayotligidayoq boshlangan edi. Ammo o‘sha davrdagi manbalarning oz qismi bizgacha yetib kelgan. Turkiy xalqlar boy milliy madaniyatga va adabiyotga ega. Turkiy til jahondagi eng qadimiy adabiy tillardan hisoblanadi, unda lug‘at boyligi ham beqiyos hisoblanib, ko‘p asrli tarixga ega. Bu tilda har qanday murakkab va nozik tushunchalarni ham ifodalay olish mumkinligini XV asrdayoq buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining butun ijodi bilan isbotlab va turkiy dunyoni adabiy til darajasida «yakqalam» qilib shunday degan edi: - Turk nazmida chu men tortib alam
- Ayladim ul mamlakatni yakqalam
(“Lisonut-tayr”)
Xushlamaydur olimlar sizni oyg‘on turkiyni, Xushlamaydur olimlar sizni oyg‘on turkiyni, Oriflardin eshitsang, ochar ko‘ngil mulkini. Oyat, hadis ma’nosi turkiy bo‘lsa muvofiq, Ma’nosiga yetganlar yerga qo‘yar bo‘rkini. Orif oshiq olibdur tariqatni arkini. Amal qilgan olimlar dinimizni chirog‘i, Biroq, minar mahsharda egri qo‘yor bo‘rkini. Amal qilsa olimlar dinu oyin yoruqi, Ko‘rsa bo‘lur alarni rangi-ro‘yi ko‘rkini. Miskin zaif Xoja Ahmad, yetti pushtingga rahmat, Forsiy tilni bilibon aytadur turkiyni.
Do'stlaringiz bilan baham: |