Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va


Download 19.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.5 Kb.
#191378
Bog'liq
1-amaliy mashgʻulot


1-amaliy

Savod o'rgatish davridayoq bolalar grammatika va im lodan ayrim materiallarni amaliy o'zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushun￾tirilmaydi, nazariy m a’lumot berilmaydi. Bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o'quv yilining ikkinchi yarm ida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan mavzulari o'zlashtirishga tayyorlanadilar.

Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib,Lola, Naim a kabi juda ko'p ism lam i o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh h arf bilan yozilishini amaliy o'zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozi￾lishiga doir im lo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar.

Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va

jarangsiz undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon￾gulzor, b o g ‘-bog‘bon kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalami „O 'zakdosh so'zlar" mavzusini o'zlashtirishga tayyorlaydi.

Propedevtik m ashqlar tizim i boshlang'ich sinflar gram m atika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda m a’lum nutq tajribasi, til qoidalarini, so‘zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so‘zlar bilan bogManganda o‘zgarishini kuzatish tajribasi to ‘plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o ‘quvchilar nazariy um um lashm alarni o‘zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi.

Gap yuzasidan quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:

1. O'qituvchi yoki o'quvchilardan biri aytgan gapni o'quvchilarning xattaxtada chizma shaklida tasvirlashi va tushuntirishi (bunda gap rasm asosida tuziladi).

2. O'qituvchi tavsiya qilgan gap chizmasini o'quvchilam ing izoh￾lashi va unga mos gap tuzishi. Bunda o'qituvchi tuzadigan gap alifbe va yozuv daftaridagi rasmlar asosida bo'ladi.

3. Berilgan mazmunli rasm asosida tuzilgan hikoyadan o'rga￾nilayotgan tovush-harf qatnasngan so'z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi xattaxtada chizdiriladi. Shundan so'ng o'sha so'z bo'g'in￾tovush jihatdan tahlil qilinadi.

4. Rasm asosida tuzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini xattaxtada ifodalash. Bunda o'quvchilam ing gapni bir butun holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlami ongli o'zlashtirgani aniq￾lanadi. Bu jarayonda bir necha o'quvchiga bir nechta gap chizmasi chizdirilishi m um kin.

5. Hikoyadan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish va boshqalar.



"Tugallanmagan gap"mashqi tavsi.

O'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan qog'ozda gaplar berilgan bo'ladi.Bunda 3-4 gap berilgan bo'lib,ular faqat boshlangan,lekin tugallanmagan bo'lari.Har bir gaplarga har xil gaplar beriladi.Har xil gaplar berilishi asosida bir vaqtda bir qancha ish(masalan) hal qilinadi.Uni o'quvchilar belgilagan vaqt ichida tugallaydi.Gaplar aniq,to'g'ri bo'lib,so'zlar mazmunan bir-biriga bog'lanishli bo'lishi uqtiriladi.Ushbu mashq o'tilgan va o'tilishi kerak bo'lgan mavzular bo'yicha kichik bo'lib erkin fikrlash,xotirlash orqali avval og'zaki,keyin yozma fikrlari ifodalaniladi.Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda tugallanadi.Guruhdan bir o'quvchi taqdimot qiladi.
Download 19.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling