Til va nutq antinomiyasi


Download 92.43 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2022
Hajmi92.43 Kb.
#830435
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza
4-mashg\'ulot

1-mavzu
TIL VA NUTQ ANTINOMIYASI
Reja:

  1. Til va nutqning o‘zaro qaramaqarshiligi.

  2. Til, lison, me’yor va nutq munosabati.

  3. Lison va nutq birliklar dialektika kategoriyalari sifatida.

Tayanch tushunchalar: Til va nutq. Til-lison-nutq. Til birliklari. Nutq birliklari. UMIS va AHVO.
Dialektika har qanday o‘rganish manbaida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli kategoriyalar asosida sistemalashtiradi:
Umumiylik – alohidalik;
Mohiyat – hodisa;
Imkoniyat – voqelik;
Sabab – oqibat.
Birinchi jihat (uni tegishli kategoriyalarning bosh harflari asosida qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning bevosita kuzatishda berilmagan substansiyasi bo‘lib, aqliy, idrokiy usul bilan anglanadi.
Ikkinchi jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari yordamida his qila oladi.
Har bir narsada UMIS turlari (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) yaxlit holda mavjud bo‘ladi va AHVO turlari birgalikda (alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) yaxlit holda voqelanadi. Masala mohiyatini yaqqolroq tasavvur qilish uchun hammaga tushunarli bo‘lgan hayotiy bir dalilga murojaat qilamiz.
Hovlida beshta har xil o‘rik daraxti bo‘lib, ular bevosita kuzatishda berilgan, sezgi a’zolari yordamida ularni his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit o‘rik tushunchasi mavjud. U bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, aqliy yo‘l bilan tiklangan. Falsafada ana shu «umuman o‘rik»ka nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z oldimizda turgan o‘rikka nisbatan AHVO atamasini qo‘llash mumkin. Bevosita kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan AHVOning biri ikkinchisisiz bo‘lmaydi. Masalan, «umuman o‘rik» tushunchasi xususiy, yakka, alohida o‘riklar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka o‘rik «umuman o‘rik»ning voqelanishi, muayyanlashuvi. UMIS va AHVOni farqli belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval):


1-jadval

UMIS

AHVO

Moddiylikdan xoli

Moddiylikka ega

Takrorlanuvchan

Betakror

Cheklangan

Cheksiz

va h.
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
1. «Umuman o‘rik» UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U o‘zida yakka, alohida o‘riklarning barcha umumiy belgilarini mujassamlashtirib, farqli jihatini chetda qoldiradi. Masalan, bir o‘rik – daraxti erta, ikkinchisi esa kech pishadi, uchinchisi achchiq danakli, to‘rtinchisi esa kam hosillidir. Bu farqli jihatlar «o‘rik» UMISida aks etmaydi. Ular AHVOlarda namoyon bo‘ladi. AHVO moddiy tarzda bo‘lib, sezgi uzvlariga ta’sir qiladi.
2. «Umuman o‘rik» UMISi har bir o‘rik AHVOsida takrorlanadi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham, har birida UMIS o‘zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi muayyan o‘riklar takrorlanmaydi. Кesilgan bir o‘rikni qayta ekishning iloji yo‘q. Ammo qancha o‘rik kesilgani-yu ekilgani bilan umuman o‘rik UMISi o‘zgarmasdan turaveradi. UMIS barqaror, AHVO o‘tkinchidir.
3. UMIS sifatida «umuman o‘rik» bitta. Ammo o‘rik AHVOlari cheksiz. Shu kungacha mavjud bo‘lgan va kelajakda ekib, o‘stiriladigan o‘riklar sonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo UMIS bittaligicha turaveradi.
UMIS va AHVO munosabati falsafada substansiya va aksidensiya, tasavvufda zot va tajalli sifatida qaraladi.
Xo‘sh, falsafiy UMIS va AHVO til hodisalariga nisbatan qanday tatbiq etiladi?

Download 92.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling