Til va tafakkur


Download 102.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.05.2022
Hajmi102.34 Kb.
#677583
Bog'liq
Til va tafakkur
Евросиё ТГР Арктика, Bemor ornini tayyorlash va oqliklarni almashtirish, Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari Reja, устама-хужжатлари-2019-yangi, 3-var, IBRAGIMOV -2014 RECCA (1), Kombinatsiyalashgan agregatlar, PYTHON O\'ZBEK TILDA MARUZA, Родовая неопределенность имен существительных, 7-mavzu Mol-mulk sol, rus o\'zb, So\'rovnoma, buying-a-home, Gapning ikkinchi darajali bo’laklari


Til va tafakkur 
Maktabgacha va boshlanģich ta’lim fakulteti 
Boshlanģich ta’lim yònalishi 2-bosqich 812_20-
guruh talabasi Mahramova Durdonaning, Til va 
tafakkurni 
asosidagi 
Eng 
yaxshi 
maqola
nominatsiyasi uchun yozgan maqolasi 
Annotation 
Thinking and language are closely related social phenomena. Without 
speech and language, human beings are unlikely to be able to think. Thinking 
and language are not exactly the same phenomenon. Contemplation is a 
generalized perception of the external world in the human brain. Language is a 
way of expressing an idea. In other words, language is an existential form of 
thinking. 
Аннотации 
Мышление и язык являются тесно связанными социальными 
явлениями. Без речи и языка люди вряд ли смогут мыслить. Мышление и 
язык — не совсем одно и то же явление. Созерцание – это обобщенное 
восприятие внешнего мира в мозгу человека. Язык – это способ 
выражения идеи. Другими словами, язык — это форма бытия. 
Annotatsiya 
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisalardir. 
Inson nutqi, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo lishi gumon. Tafakkur va til 
aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida 
umumlashgan.til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli.uni 
qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha 
aytganda.til — tafakkurning borliq shakli.
Keywords: Concepts of language and thinking, language and speech, their 
difference, specific aspects of language, word concept, character, speech 
activity, simple spoken speech, literary colloquial speech, oral speech, written 
speech, sources , monologue speech, dialogic speech, polylogic speech, 
methodological types of written speech - scientific, artistic, journalistic, formal 
– administrative 
Ключевые слова: Понятия о языке и мышлении, язык и речь, их 
различия, особенности языка, словесное понятие, характер, речевая 


деятельность, простая разговорная речь, литературно-разговорная речь, 
устная речь, письменная речь, источники, 
Kalit so’zlar: Til va tafakkur tushunchalari, til va nutq, ularning farqi, 
tilning o’ziga xos jihatlari, so’z tushunchasi, belgi, nutqiy faoliyat, oddiy 
so’zlashuv nutqi, adabiy so’zlashuv nutqi, og’zaki nutq, yozma nutq, manbalar, 
monologik nutq, dialogik nutq, polilogik nutq, yozma nutqning uslubiy turlari – 
ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy – idoraviy.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va 
ma'naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini 
taqozo qiladi.bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati 
bilan bog'liq holda mayjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning 
natijalari tilda qayd etiladi.
Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat 
bo'lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon 
bo'ladi.Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon 
tug'diradi. 
l.Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va 
adabiyotdir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir (A. Avloniy). 
2.Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining 
natijasidir, o'sha tafakkur va tuyg'ular orqali so'z yordamida mamlakat tabiati va 
xalq tarixi ifoda etilgan (K. D. Ushinskiy). 
3.Ki har neni bilmish odamizot Tafakkur birla qilmish odamizot (A. 
Navoiy). 
4.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining 
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir (I. A. Karimov). 
5.Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N. Bnalo).
6.Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni 
tashkil etadi (V.fon Gumboldt). 
7.So'zlash qobiliyati — hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho 
vositasi (L. N. Tolstoy). 
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini 
bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg'arilgan bilimlar nainki qayd 
etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi. 
Til millat ruhining ko'zgusidir.Tilda millatning boryo'g'i, o'yfikri, 
dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks etadi. Tildagi har bir 
so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasi bo'lib, uning 
yordamida bu tafakkur va tuyg'ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi. 


Ona tiliga hurmat va uning bebaho so'z xazinasidan o'rinli foydalanish, til 
vositasida ravshan va ta'sirchan so'zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka 
erishish shu til vakili bo'lgan har bir shaxsning burchidir. 
So'zda ikki jihatni – tashqi va ichki, belgi va ma'noni ajratish mumkin.
Belgi— bu aytilgan so'zning yozuvdagi ifodasi yoki tovush qobig'i.Har 
bir belgi nimanidir anglatadi. So'z belgi va ma'noning birligidir. Masalan, 
bayroq so 'zini tashkil etgan harflar, tovushlar (bayroq) kabi ongimizda tasavvur 
etilgan moddiy belgi bo'lib, o'zbek tilida muayyan ma'noni ifodalaydiki, u 
hissiy-ruhiy, g'oyaviy jihati bilan boshqa belgilardan farq qiladi. Bunda tashqi 
— moddiy belgi (harf, tovush) va ichki belgi — yozilgan yoki aytilgan so'zning 
hissiy-ruhiy timsoli farqlanadi. 
Biz muayyan nutq jarayonida u yoki bu so 'zni eshitmasakda, shu so 
'zning qanday yozilishi va aytilishini tasavvur qila olamiz.Xuddi ana shu holat 
so 'zning ichki, hissiy-ruhiy belgisidirki, u tashqi belgi va shunga mos ma'no 
bilan chambarchas bog'liq. 
Ichki belgilar va ularning ma'nolari orqali biz o'z fikrimizni 
shakllantiramiz, o 'ylaymiz, mushohada yuritamiz. Tashqi belgilar orqali esa 
fikrlarimizni (og'zaki, yozma) nutqqa ko'chiramiz, ularni boshqalarga 
yetkazishga harakat qilamiz, nutqiy aloqa uchun zarur sharoit yaratamiz. 
Ifodalanayotgan narsa, tushuncha, ma'no va belgi o'zaro bog'liqdir. 
Ularning munosabatini quyidagi to'rtburchak shaklida ifodalash tushunarliroq 
bo 'ladi: 
Til bilan nutqni farqlash lozim. 
Til so'zlashish vositasi, ya'ni nutq sifatida namoyon bo'lgandagina ma'lum 
vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat 
natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til mate-riallari faoliyati uchun xizmat qiladi. 
Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini 
ajratish mumkin: 
1.Til aloqa materiali bo'lsa, nutq aloqa shaklidir.
2.Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog'liq holda uzoq bo'ladi,
nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og'izaki nutq so'zlangan paytdagina 
mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin. 
4.Til nisbatan turg'un, barqaror bo'lsa, nutq doim harakatda bo'lib, 
o'zgaruvchan hodisa sanaladi.
5.Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, 
matn shaklida bo'lishi mumkin.
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og'iz orasidagi tilni 
ham saqlamak lozimdur. Chunki so'z insonning daraja va kamolini, Urn va 
fazlini o'Icliab ko'rsatadurg'on tarozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi flkr 
va niyatini, Urn va quwatini, qadr va qimmatini so'zlagan so'zidan bilurlar. 
«Quruq so'z quloqqa yoqmas», — demishlar. 


Agar so'z aql va hikmatga muvoflq bo'lib, o'zigayoki eshituvchiga 
birfoyda chiqadurg'on bo'lmasa, asalarilar orasida g'o'ng'irlabyurgan qovoqari 
kabi quruq g'o'ng'irlamoq faqat bosh og'rig'idan boshqa bir narsa emasdur. 
Boshimizga keladurg'on qattiq kulfatlarning ko'pi yumshoq tilimizdan keladur. 
Shuning uchun: «Ko'p o'yla, oz so'yla», — demishlar. 
Tillarning eng yaxshisi so'zga usta til, so'zla ming eng yaxshisi bilib va 
oxirini o'ylab so'ylangan so'zdir. (A.Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq 
»dan) 
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya'ni nutq sifatida kishilar 
o'rtasida 
aloqa, 
fikrlashish, 
so'zlashishni 
amalga 
oshirishda 
yaqqol 
ko'rinadi.Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo'lgan til 
vositasida o'zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon 
ikki shaklda amalga oshadi: og'izaki va yozma tarzda. 
Og'zaki nutqning ikki turi mayjud: oddiy so'zlashuv nutqi va adabiy 
so'zlashuv nutqi. Oddiy so'zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo'lib, 
sheva ta'sirida bo'lgan kundalik so'zlashuv nutqining turli ko'rinishlaridan 
iborat.Adabiy so'zlashuv nutqi esa adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda 
gapirishni taqozo etadi. 
Yozma nutq og'zaki nutqdan so'ng yozuv ta'sirida paydo bo'lgan bo'lib, 
adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo'ysunuvchi 
grafik shakldagi nutqdir. 
Yozma nutqning mazmuniy bo'laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil 
tinish belgilari orqali ajratib ko'rsatiladi. Yozma nutq og'izaki nutq kabi kishilar 
o'rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi 
davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog'lash vositasidir. Yozma manbalar 
orqali biz o'tmish tariximizni o'rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini 
ta'minlaymiz. 
Nutqning bu shakllari turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Nutq ayrim 
shaxsga tegishli bo'lishi (monoiogik), ikki kishi o'rtasida yuz berishi (dialogik) 
va bir necha shaxslar orasida bo'lishi (polilogik) mumkin. Nutq ko'rinishlari 
ifoda maqsadi, qurilishi, hissiy-ta'siriy vositalari bilan farqlanadi.Yozma nutq 
uslubiy turlari (ilmiy, badiiy, pubiitsistik, rasmiy-idoraviy) bilan o'ziga xos nutq 
ko'rinishlarini yaratadi.To'g'ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi 
va jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan 
tasdiqlanadi.Kishilar o'zaro yozish-malarida, rasmiy ish yuritishda.ta'lim 
jarayonida, madaniy-ma'rifiy faoliyatda tilning imlo qoidalariga amal qilishga 
majburdirlar. 
So'z va qo'shimchalarning yozilishi ma'lum bir qoidalarga asoslanmasa, 
yozuvda har xillik yuzaga keladi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati 
yo'qoladi. Shuning uchun ham o'zbek tilining imlo qoidalarini puxta 
o'zlashtirish lozim. 


Talaffuz bilan imlo bir-biriga chambarchas bog'liqdir. Adabiy til 
qonuniyati asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz qilish 
ham shunchalik zarur. Ammo so'zning talafluzi bilan yozilishi doim mos 
kelavermaydi. Buni tovushlar-ning so'zdagi o'rni va o'zaro ta'siri bilan izohlash 
mumkin. Tilshunoslikda to'g'ri talaffuz qoidalari to'plami orfoepiya, to'g'ri 
yozuv qoidalari to'plami esa orfografiya deyiladi. 
Unli tovushlar ovoz paylarining o'pkadan chiqayotgan havo oqimi 
ta'sirida tebranib, og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramay o'tishi 
natijasida hosil bo'ladi» Ovoz (un) paychalarining titrashidan bo*g'iz 
bo'shlig'ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilarni talaffuz qilganda og'iz bo'shlig'i 
ochiq bo'ladi, asosiy vazifani esa ovoz paychalari, til va lablar bajaradi. Ovoz 
paychalarining harakati musiqiy ohangni vujudga keltiradi.Shuning uchun unli 
tovushlarda musiqiylik.ohangdorlik kuchli bo'ladi.Ularni nutq talabiga ko'ra 
istagancha cho'zib talaffuz etish mumkin. 
ONA DEGAN NOM
Deydilar, qahrli bahodirlar ham 
Janglarda jon berar chog'i mardona,
Behad adazoblarga chidab so'nggi dam,
Bitta so 'z dermishlar shivirlab: Ona 
Ulug' bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini. 
Zabon baxsh etganga ehtirom saqlab, 
Ona, deb atabdi ilk bor tilini. 
Dunyo shoirlari Vatan sha'niga 
Sifat axtarmishlar qator va qator
Nihoyat, kelmishlar bitta ma 'niga: 
Ona Vatan deya bitmishlar ash 'or. 
Bisyor bo'lsa agar bol ham beqadr, 
Takror aytitganda rangsizdir kalom. 
Bu yorug' olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom! 


Download 102.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling