Tilning ijtimoiy hodisa


Download 27.83 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1381855
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu ona tili


TILNING IJTIMOIY HODISA

  1. Tilning ijtimoiy tabiati

  2. Dunyo tillari va tillar tasnifi

Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi.


Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi. Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Til paydo bo’lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Tilning paydo bo’lishi. Insonning o’zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo’lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo’lgan. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida aniqrog’i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o’z fikrlarini his-tuyg’ularini bayon qilish istagi tug’ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo’lishiga turtki bo’lgan. Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo’shadigan hodialar bo’lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o’zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir. Bu o’zgarishlar hammadan ko’proq tilning lug’at boyligida, ya’ni so’zlarida o’z ifodasini topadi.Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi, ya’ni gap bo’laklarining joylashuvi so’z turkumlari tizimi uzoq vaqtgacha o’zgarmasligi mumkin. Ammo tildagi so’zlar tez-tez o’zgarib turadi.Buni biz mustaqillikka chiqqan davr mobaynida o’zbek tilidagi ayrim so’zlarning (oblast,rayon,xirurg,ekspress va h.k.) chiqib ketishi ayrim so’zlarning esa (marketing,menejment,kompyuter,diler va h.k.) tilimizga kirib kelishi misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda , «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“ o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“ o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin.

Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling