9-bilet “Tilning vazifalari”
Tilning asosiy vazifasi odamlar orasida fikr almashinuvini taʼminlashdir.
Binobarin, mazkur farazni qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy
hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo
ham jamiyatning boʼlishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va
rivojlanishi jamiyat bilan uzviy bogʼliq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda
jamiyat bor.
Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Аloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa –
munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy
vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa – munosabatning boshqa vositalaridan
farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi. Til aloqa –
munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati,
turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bogʼliq.
Kishilar oʼz fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir –birlariga taʼsir
koʼrsatadilar.
2. Tilning hissiy taʼsir vazifasi. Tilning muayyan maʼlumotni ifoda etib,
tinglovchiga taʼsir koʼrsatishi uning hissiy -taʼsiriy vazifasi hisoblanadi. Xabar,
sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy taʼsir vazifasining asosini tashkil etadi.
Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal soʼzlar, javob talab
qilmaydigan soʼroq, tartibni oʼzgartirish kabilardan foydalaniladi.
3. Tilning toʼplash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy taʼsir ifodasi
boʼlib qolmay, toʼplash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til
millatlararo aloqa – munosabat vositasi, toʼplangan bilim va tajribalarni
avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish
jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Bevosita aloqa – munosabat
davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon boʼladi. Mustaqil
soʼzlar, qoʼshma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap
koʼrinishlari fikr fodalovchi birlik hisoblanadi.
Tilning kishilik jamiyatidagi oʼrnini, madaniy – maʼnaviy soha taraqqiyotidagi
ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini toʼgʼri taʼriflashga asoslanadi.
Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari
namoyon boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |