Tilshunoslik asoslari


Download 26.42 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2022
Hajmi26.42 Kb.
#279100
  1   2
Bog'liq
1-mavzu.Maruza (1)
Turistlarga ekskursiya xizmati ko‘rsatish, abu ali ibn sino i ego meditsinskie mysli i vrachebnaya deyatelnost. , balandlikka sakrashni rivojlanishi va maxsus mashqlari, abu ali ibn sino i ego meditsinskie mysli i vrachebnaya deyatelnost. , Мустақил иш мавзулари (физик кимё), 2 5278419548704343726, 09-vaziyatli-masala-uz-1, 2 5260220333457147767, B.shoira falsafa, фарма узбек 300 талик-converted, aptis grammar and vocabulary demo test pp, 01, O.Sh, O.Sh, O.Sh

1-MA’RUZA

TILSHUNOSLIK ASOSLARI” FANINING O‘RGANISH OBYEKTI, MAQSAD VA VAZIFASI. TIL MURAKKAB MOHIYAT SIFATIDA



Reja:

  1. “Tilshunoslik asoslari” mutaxassislikka kirish fani sifatida.

  2. “Tilshunoslik asoslari” fanida o‘rganiladigan asosiy masalalar.

  3. Tilshunoslik asoslarining fan sifatida rivojlanishidagi asosiy qarashlar.


Kalit so‘zlar: tilshunoslik, tilshunoslik asoslari, tilshunoslik nazariyasi, til va jamiyat, umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, fonetika, fonologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis, qadimiy til, proto til, sinxroniya, diaxroniya.
Tilshunoslik (grekcha lingua - til, logos - fan so‘zlaridan “lingvistika”) murakkab va ko‘p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tilni ilmiy va amaliy o‘rganuvchi fandir.

Til inson va xalqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo‘lmaydi. Til jamiyat uchun xizmat qiladi va uning a’zolari muloqot qilishini ta’minlaydi.

Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo‘lib, insonning ma’naviy va ma’rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va jamiyat bir-birisiz bo‘lmaydi. Til inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va xususiy bo‘lishi mumkin. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik, grammatik (morfologik va sintaktik), leksik-semantik, stilistik jihatlarini ilmiy o‘rganadi. Bu alomatlarning aniq bir tildagi izohini xususiy tilshunoslik o‘rganadi (masalan, o‘zbek tili yoki boshqa tillardagi izohi).

Tilshunoslik nazariyasini o‘rganishdan avval dastlabki til bilimiga tegishli bo‘lgan tilshunoslik debochasi, ya’ni tilshunoslikka kirish hisoblanadi. Bu “tilshunoslik fanining alifbosi” turli tillarni amaliy o‘rganuvchi va ilmiy tadqiq etuvchilar uchun zarurdir.

Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama chuqur o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Sh111u sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy (ingliz tilida applied) va amaliyot uchun kerakli, ya’ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq darkor. Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:


  • tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berish;

  • tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish;

  • tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi, leksika va semantikasi (so‘zlarning yasalishi va ma’nolari), stilistikasini o‘rganish asoslarini belgilab berish;

  • til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til va semiotika (ramziy belgilarni o‘rganuvchi fan) kabi tilga bog‘liq masalalarni tadqiq qilish;

  • tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‘rganish;

  • tarixiy yozma manbalarni ilmiy o‘rganish asoslarini ishlab chiqish;

  • eng qadimiy til, proto til (“bobo til”) va uning boshqa tillar va shevalarga munosabatini o‘rganish;

  • tilning hozirgi (“sinxroniya”) holati bilan tarixiy rivojlanish bosqichlarini (“diaxroniya”) ilmiy tadqiq qilish;

  • qadimiy yozuvlarni o‘rganish yo‘li bilan eng qadimiy tillarni tiklash yoki ulardagi turli alomatlarni aniqlash.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, tilshunoslik fani avvalo nazariy va ikkinchi navbatda tatbiqiy-amaliy fandir. Bu fanning aniq chegarasi yo‘q, u ko‘p qamrovli, ko‘p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ularning sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan fandir. Tilning o‘zi esa juda murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u belgilar tizimi sifatida insonlarning muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘rinda til va nutqni farqlash zarur bo‘ladi. Nutq – bu tilning va undagi belgilarning barcha qo‘llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma shaklda o‘qib berish uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir. Lekin ulardagi, ya’ni nutqda doimiy qo‘llanuvchi va ustuvor bo‘lib qolgan jamiyat a’zolari tomonidan e’tirof etilib qabul qilingan nutqdagi unsurlar majmui til deb yuritiladi. Til jamiyatimiz a’zolarining buyuk vositasi bo‘lsa, nutq bu vositaning qo‘llanishidir. Yozilgan yoki aytilgan nutqning bo‘lagi matn deb yuritiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og‘zaki (monolog, dialog kabi) matn ham farqlanadi. Tildagi jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan ustuvor bo‘lgan xususiyatlar davr o‘tishi bilan turli o‘zgarishlarga duchor bo‘lishi mumkin. Tildagi o‘zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniyada (ya’ni hozirgi va tarixiy holati) ilmiy tadqiq etish zarur.

“Tilshunoslik asoslari” fani tilshunoslikning asosiy masallarini, tilning paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o‘rganadi.

Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi.

Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash prinsiplari kabi muhim masalalarni ilmiy o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi.




Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling