Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o‘zgarishlari
Assimilyasiya - nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri, birining ikkinchisini o‘ziga moslashtirishi: ket-di-ketti, aytti, uch-so‘m-usso‘m, tuz-sin-tussin.
Dissimilyasiya- ikkita bir xil (o‘xshash) tovushdan birining boshqa (noo‘xshash) tovushga aylanishi: zarar-zaral; zarur-zaril, birorta-bironta; kissa-kista; koridor-kolidor.
Metateza -undosh tovushlarning o‘rin almashish hodisasi: daryo-dayro; yomg‘ir-yog‘mir; tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq-yalmamoq; tuproq-turpoq; o‘rganmoq-o‘granmoq; to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq.
Proteza- so‘z boshida bir unlining orttirilishi: ro‘mol-o‘ramol; stol-istol; shtraf-ishtaraf.
Epenteza-ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda i yoki u orttiriladi: fikr-fikir; hukm-hukum.
Prokopa-so‘z boshida undoshning tushishi: yiroq-iroq; yigina-igna; yag‘och-ag‘och.
Sinkopa-unlilarning qisqa talaffuz etilishi: direktor-direktir.
Apakopa-o‘zak oxiridagi tovush tushishi: do‘st-do‘s; xursand-xursan.
Eliziya-unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida tovushlardan birining tushishi: bora oladi-boroladi; qora ot-qorot; borar ekan-borarkan.
Tovush moslashuvi: bir tovush boshqa tovushni o‘ziga moslashtiradi: manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh, sunbula-sumbula, tanbur-tambur.
Do'stlaringiz bilan baham: |