- 1.Tilshunoslik va geografiya. Dialektologiya.
- 2.Areal lingvistika (Lingvogeografiya).
Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e’tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga keldi. Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida XIX asr oxirlarida dialektologiyadan o’sib chiqdi.Turli tillarda dialektal farqlanishlar haqidagi materiallarning yig’ilishi bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini yuzaga chiqaradi. Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi. - Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e’tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga keldi. Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida XIX asr oxirlarida dialektologiyadan o’sib chiqdi.Turli tillarda dialektal farqlanishlar haqidagi materiallarning yig’ilishi bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini yuzaga chiqaradi. Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi.
-
- Dialektologiyada ma’lum bir tilning dialektal xususiyatlarini aniqlash, mazkur xususiyatlarni aks ettiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o’rganiladi. Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o’tish davri hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga asoslanadi.
Lingvistik geografiya XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo’ldi. Bu bilan bog’liq ravishda dialektal chegaralarning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P.Meyer, G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar. - Lingvistik geografiya XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo’ldi. Bu bilan bog’liq ravishda dialektal chegaralarning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P.Meyer, G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar.
- Bu xulosa esa mutaxassislarda e’tiroz tug’dirdi. Munozara faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligina hal qilinishi lozim bo’lib qoldi. 1876 yili Germaniyada G.Venker nemis tilining lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to’play boshladi.
- Areal lingvistika atamasi tilshunoslikka M.J.Bartoli va J.Viddassi tomonidan 1943 yili olib kirildi.
- Uning asosiy tamoyillari 1925 yiliyoq M.Bartoli tomonidan olg’a surilgan.
- Turkiy tillarni areal nuqtai nazardan o’rganishda N.Z.Gadjiyeva, A.B.Jo’rayev singari olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa, A.B.Jo’rayevning o’zbek tilini areal o’rganishning nazariy asoslarini belgilab berishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |