Time n [Автосохраненный]


Download 1.62 Mb.
Sana04.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1078503
Bog'liq
DAVLAT BUDJETI


Davlat budjeti to’g’risidagi qonun
Tayyorladi: Xolmurodov.J
REJA:
1. Ayrim to‘lovlar stavkalari
2. 2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
tht.
3. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
1.Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);
2.Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;
3.Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4.O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan 2022 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozlari hamda 2023 – 2024 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilanmoqda.
Qonunda 2022 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari 6 foizni, shu jumladan, sanoatda 7 foizni, qurilish sohasida 8,1 foizni, qishloq xo‘jaligi sohasida 3,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 2022 yil uchun yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilanmoqda. Bunda budjet taqchilligining cheklangan miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar faqatgina qo‘shimcha daromad manbayi mavjud bo‘lganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Qonunda inflatsiya darajasi pasayishi tendensiyasi davom etishi va kelgusi yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qonun bilan birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi quyi tashkilotlarga o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarining 10 foizgacha qismini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli ekani belgilanmoqda.
2022 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 254,6 trln so‘m yoki YaIMning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti daromadlari 199,5 trln so‘m, xarajatlari esa 215 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi belgilanmoqda.
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 31,9 trln so‘m, xarajatlari esa 58,7 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim sohasi xarajatlariga 46,9 trln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlariga 22,8 trln so‘m, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln so‘m va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trln so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Tumanlarda (shaharlarda) tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi, budjet qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilanmoqda
2022 йил учун Давлат бюджети даромадлари 200 трлн сўм ёки ялпи ички маҳсулотнинг 23,8 фоизи миқдорида бўлиши прогноз қилинмоқда. Бу кўрсаткич 2021 йилда 170,9 трлн сўм ёки ЯИМнинг 23,6 фоизи миқдорида бўлиши белгиланганди. Келаётган йилда Давлат бюджети харажатлари 214,8 трлн сўмни ёки ЯИМга нисбатан 25,6 фоизни (2021 йилда 190,8 трлн сўм ёки ЯИМга нисбатан 26,4 фоиз ҳисобида бўлиши кутилмоқда) ташкил этиши режалаштирилган.
Бюджет даромадлари кўп жиҳатдан йирик солиқ тўловчи корхоналар иқтисодий ҳолатига боғлиқ бўлади ва 2022 йилда уларнинг энг йирикларининг давлат бюджети тушумларидаги улуши қуйидагича:
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling