Tirik organizmlar xilma-xil bolishiga qaramay, ularning barchasi
Download 17.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-sinf
I-variant 1.Tirik organizmlar xilma-xil bolishiga qaramay, ularning barchasi... A) hujayraviy tuzilishga ega B) o’xshash kimyoviy elementlar va moddalardan iborat C) to‘qima va organlardan tuzilgan D) A va В javob to’g’ri. 2.Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning... ta’minlaydi? A) tiklanishi B) o’sishi C) ishlashini D) barcha javoblar to’g’ri. 3.Moddalar va energiya manbai nima? A)o‘sish B) oziqlanish C)rivojlanish D)harakatlanish. 4. 0‘sish organizmlar tomonidan nima hisobiga amalga oshadi? A) qo‘zg‘aluvchanlik B) ko’payish C) ozuqa moddalarni o‘zlashtirish D) harakatlanish. 5.Qo‘zg‘aluvchanlik nima? A) o‘zini –o’zi idora etish B) gomeostaz C) o’z- o’zini tiklash D) organizmning tashqi muhit munosabatlariga sezgirlik. 6. Organizmning tashqi muhit ta’sirlariga sezgirligi nima deyiladi? A} qo’zg’aluvchanlik B) gomeostaz C) o’zini – o’zi idora etish D) o’zini – o’zi tiklash. 7.Moddalar va energiya almashinuvi qanday sodir bo’ladi? A) organizm bilan ichki muhit o’rtasida B) organizm bilan tashqi muhit o’rtasida C) tirik organizmlar o’rtasida D) A va В javob to’g’ri. 8.Tiriklikning organizmdan yuqori darajasini aniqlang. A) populatsiya, biogeotsenoz, ekotizim B) biogeotsenoz, populatsiya, ekotizim C) populatsiya, biogeotsenoz, biosfera D) ekotizim, populatsiya, biogeotsenoz 9.Biologik tizimning organizmgacha bo’lgan darajasini tartib bo‘yicha aniqlang. A) molekula, hujayra, to‘qima, organ B) hujayra, molekula, to‘qima, organ C) to‘qima, molekula, hujayra, organ D) organ, molekula, hujayra, to‘qima 10.Barcha tirik organizmlarning tuzilish, funksional va rivojlanish birligi nima? A) molekula B) organ C) hujayra D) organizm 11.Barcha biogeotsenozlar yig‘indisi hayotning qaysi darajasini hosil qiladi? A) biotsenoz B) populyatsiya C) biogeotsenoz D) biosfera 12.Nima uchun barcha tirik organizmlar ochiq sistema hisoblanadi? A) tashqi muhitdan modda almashinadi B) energiya almashinuviga ega C) axborot almashinuviga ega D) yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri 13...... -mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit ,bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. A) hujayra B) organ C) organizm D) organoid 14.Tiriklikning organizmdan yuqori darajasi. A) populyatsiya B) biotsenoz C) biogeotsenoz D) biosfera 15.To‘qima nima ekanligini aniqlang. A) mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. B) tuzilishi jihatdan o'xshash hujayralar va hujayralararo modda yiglndisidan tashkil topgan bolib, malum bir umumiy vazifani bajaradi. C) turlar tarkibi bo‘yicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bogliq holda bir- lashtiradi. D) turlar tarkibi bo‘yicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bogliq holda bir- lashtiradi. 16.Viruslarni birinchi bolib kim aniqladi? A) 1665 yil shved olimi Robert Guk B) 1892 yil rus olimi D.LIvanovskiy C) 1900 yil F.Liffler va P.Frosh D) 1917 yil qanadiyalik Fde Errel 17. Yer yuzida hayot qachon paydo bolgan? A) 3,5 mlrd yil avval B) 2,5 mlrd yil avval C) 1,5 mlrd yil avval D) 4,5 mlrd yil avval 18.Hayotning hujayrasiz shakliga nima deyiladi? A) virus B) zamburug’ C) bakteriya D) adenovirus. 19.Zamburug’larning vegetativ tanasiga nima deyiladi? A) mitseliy B) gifa C)tallom D)qattana 20.Hujayra tarkibida kimyoviy elementlarning qancha turi uchraydi ? A) 70 ga yaqin turi B) 90 ga yaqin turi turi C) 40 ga yaqin turi turi D) 50 ga yaqin turi turi 21.Qanday elementlar biogen elementlar deyiladi? A) tirik hujayra tarkibida uchravchi kimyoviy elementlar B) hujayra tarkibiga kiruvchi oz miqdorda uchrovchi elementlar C) mikro elementlar D) makroelementlar 22. H, О, С va N elementlari hujayra massasining necha % ini tashkil etadi? A) 70% B) 98 % C) 85% D) 58 % 23.Hujayra tarkibida birmun- cha kam miqdorda uchraydigan elemenlarni toping. A) H,0,C,N B) P,S,K,Na,Ca,Mg,Cl,Fe, C) Zn,Cu,J,F,Co,Mo,Mn,Cr,B D) Na,K,Ca,Mg,Fe,Cl 24.Juda oz (0,02 %ga yaqin) uchrovci elementlar qaysi qatorda berilgan? A) N,K,Na,P,J B) Ca,P,S,Na C) Zn, Cu, J, F, Co, Mn, Mo, В D) Cu,Ca,Na,K 25.Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda necha bosqichga bo’linadi ? A)1. B)2. C)3. D)4 II-variant 1.Achish jarayonida energiya almashinuvi bosqichlarini aniqlang. 1) tayyorgarlik bosqichi 2) kislorodsiz parchalanish 3)kislorodli parchalanish 4) anaerob 5) aerob A)1,3,5 B)1,2,3 C)2,3,4 D)1,2,4 2. .Hayotning hujayrasiz shakliga nima deyiladi? A) virus B) zamburug’ C) bakteriya D) adenovirus. 3.Energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichi reaksiyalarida ajralgan kam miqdordagi energiya nimalarga sarflanadi? A) yorug'lik energiyasi sifatida tarqalib ketadi B) kimyoviy energiyasi sifatida sarflanib ketadi C) issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi D) ATF energiyasi sifatida to’planadi Download 17.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling