Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik dеgan ma'noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta'rif kеltiramiz. Tizim


Download 25.75 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi25.75 Kb.
#161175
Bog'liq
4 javob AT


1. Hozirgi davr iqtisodiyotining murakkabligi va jo‘shqinligi uning tuzilmasini unsurlarining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini, unsurlar ishlashi optimal tartiblarini belgilashni o‘rganishni, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit tizim nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutadi.

Tizim so‘zi rus tilidagi sistema so‘zining tarjimasi bo‘lib, oxirgisi yunoncha so‘zi bo‘lmish ―systema‖ so‘zidan olingan. Systema so‘zining asl ma‘nosi – bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qismlar va elementlar to‘plamining yaxlit butun ob‘ekti tushuniladi.

Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi.

Hozirgi kunda fan va tеxnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik dеgan ma'noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta'rif kеltiramiz.

Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin.

Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo`lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli).

Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.

Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotеzalardan iborat. Yangi axborot tеxnologiyasi ham moddiy tizim elеmеntlarini (kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson bilimlari va hokazo) o`z ichiga oladi.

Shu orada axborot tеxnologiyasiga ta'rif bеrib o`tish maqsadga muvofiqdir.

Tizimlar tuzilishi bo`yicha oddiy yoki murakkab bo`lishi mumkin.

Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elеmеntlar soni kam bo`lib, sodda tuzilishga ega bo`ladi.

2. Xususiyatlar –bu ob'еktning sifatini ifodalovchi paramеtrlardir. Xususiyat tizimning ma'lum bir o`lchamga ega ob'еktlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini bеradi. Ob'еktlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o`zgarishi mumkin.



Aloqalar ob'еktlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elеmеntlarining kеnja tizimlari va tizimlar o`rtasida aloqa bo`lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o`rtasida aloqaning mavjud bo`lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo`lmagan elеmеnt ko`rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elеmеntlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turlitumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo`linishligidir. Demak, tizim ta‘rifini quyidagicha berish mumkin.

Tizim – bu bir-biri bilan va tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘langan qismlar va elementlar to‘plami, va u aniq foydali natija olish uchun yo‘naltirilgan.

"Tizim" tushunchasining ko‘p ta‘riflari ma‘lum, lekin umumiy qilib aytganda tizim - bu o‘zaro hamda tashqi muhit bilan aloqada bo‘lgan ayrim elementlar majmuidir. Hozirgi vaqtda tizimlar umumiy nazariyasi, masalan, ko‘p darajali iyerarxik tizimlar nazariyasi, faol tizimlar nazariyasi singari bir qancha ilmiy yo‘nalishlarda rivojlanmoqda.



3. Barcha Iqtisodiy tizimlar dinamik murakkab tizimlardir. Iqtisodiy tizim Jamiyatning moddiy boyliklarini ishlab chigaruvchi, taqsimlovchi va isse'mol qilishini ta'minloychi tizimchasi hisoblanadi.
Iqtisodiy tizimlarda ijtimoiy mehnat sarti natijasida tabily resursiar jamiyat iste mol qiladigan moddiy boylikka aylantiriladi. Shunday qilib, Jamiyat bir tarafdan resurslarni qayta ishlash (ishlab chiqarish tizimi) orqali iqtisodiy tizimchaga nisbatan ishlab chiquvchilar birlashmasi sifatida bo'isa, ikkinchi tarafdan moddiy boyliklaming assortimentiga, miqdoriga va sifatiga bildirgan talablari orqali iste'molchilar birlashmasi si fatida bo'ladi.

Ijtimoiy talablar va amalda yaratilgan moddiy taqqoslash, tahlil qilish boshqacha aytganda ijtimoiy talablar va ulami qondirish darajalari o'rtasidagi farqlar iqtisodi yotni boshqarishning ya'ni uning boshqaruvining asosini tashkil qiladi.

1)Umuman barcha Iqtisodiyot tizimlar quyidagi o'ziga xus xususiyatlar bilan
ajralib turadi:

2)tizimchalari va elementlari o'rtasidagi murakkab va kuchli moddiy va axborot bog'liklari bilan;

3)doimiy, dinamik, keng masshtablarda va takrorlanmas o'zgarishlarda bo'lishlari bilan.

Iqtisodiy tizimchalarga uzluksiz tabiiy va ijtimoiy omillar, ta'sir o'tkazib turishadi. Bu ta'sirlar doimiy ba'lmasdan stoxastik xarakterlarga ega bo'ladi. Masalan, tabily resurslaming taqsimoti, ob-havo, jamiyat iste'mol talablarining xillari va miqdorlari, demografik holatlar, mehnat resurslari miqdorlari, fanning rivojlanishi, yangi rexnika va texnologiya va h.k. Albatta, iqtisodiy boshqaruvda bu holatlar e'tiborga olinishi zarur.
Har qanday iqtisodiy tizimning asosiy faoliyatlaridan biri moddiy boyliklami ishlab chiqarishdir va uning asosiy tizimchalaridan biri ishlab chiqarish tizimi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish tizimi xo'jalikning ishlab chiqarish-texnologik tuzilishiga mos ravishda lerarxik ko'rinishda bo'ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish tizimi boshqaruvini tashkil qilishda bu tizim tuzilishining barcha vertikal va gorizontal jihat (aspekt)larini e'tiborga olishimiz zarur. Bunda ierarxiyaning eng quyi darajasi elementlari texnologik operatsiya hisoblanadi. Sexlar, korxonalar,
Ishlab chiqarish komplekslar va h.k. n'z (masshath)lariga qarah lerarxik darajalarni egallaydi.
Ierarxik ishlab chiqarish tizimlarining tizimchalari o'zaro birinchi navbatida materiallar (xomashyo, yarim fabrikatlar, ehtiyat qismlar, tayyor mahsulotlar va h.k.) orqali bog'langan bo'ladi. Bunda har bir material oqimiga ma'lum axborot oqimi yo'ldosh bo'ladi. Masalan, lerarxiyaning eng quyi darajasi, ishlab chiqarishning boshlang'ich joyi tegishli axborotlar tegishli darajalar orqali yuqoriga jo'natiladi. Bu axborotlar tegishli darajalarda taqqoslanib va tahlil qilinib ma'muriy-direktiv ko'rsatmalar sifatida ishlab chiqarish joyiga (yacheyka)ga qaytariladi. Bu ierarxik ishlab chiqarish tizimlari boshqaruvining umumiytuzilishidir.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlarining tuzil ishlarini yaratishdan tashqari ularning infrastrukturalarini yaratish ham katta ahamiyatga egadir. Infrastruktura ishlab chiqarish siklidan tashqaridagi tarmoq bo lib, iqtisodiyotda ishlab va noishlab chiqarish sohalariga xizmat ko'rsatish orqali moddiy ishlab chiqarish sohasining mu'tadil (normal) ishlashini ta'minlaydi. Infrastrukturaga transport va aloqa, tashkilotlar va o'quv yurtlari, kommunal xo'jalikiar, madaniy muassasalari va h.k. kiradi. Iqtisodiy tizimlami boshqarishga yuqoridagi barcha omillarni hisobga olgan holda kompleks yondashuv zarur.

4. Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyusiyasi.

Menejerlarning faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan bog’liq (masalan, firmani rivojlantirish yo’nalishini tanlash, kompaniya faoliyatini avtomatlashtirish variantlari, ofis uchun binoni tanlash, filiallarni joylashtirish variantlarini belgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan tovarlar turlari, asbob-uskuna turlari, kreditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga nomzodlardan birini tayinlash). Bu birinchi galda axborot qarorlarni qabul qilish uchun talab etiladigan yig’in zaruriyati bilan bog’liq. Axborotlarga ega bo’lish zarur, biroq to’g’ri qaror qabul qilish uchun bu yetarli emas. Buning uchun predmet sohasini yaxshi bilish, qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo’lishi lozim.

Shuning uchun ham ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspert-mutaxassislarni jalb etish kerak bo’ladi. Biroq, ekspertlar bilimidan samarali foydalanish uchun, birinchidan, qanday ekspertlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga qanday masalalarni qo’yishni va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan qanday foydalanishni bilish kerak bo’ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish vazifasi baribir menejer zimmasida qoladi. Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa – bu alternativ (muqobil) variantlarni tanlash yoki ularning bir nechtasini maqsadga yetishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko’ra qatorlashtirib chiqish. Axborotlashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy maqsadi sifatida firma rentabelligini oshirishni ko’rsatish mumkin. Variantlarni baholash mezonlari sifatida esa axborotlashtirishga ketgan harajatlar, boshqa faoliyat turiga moslashish imkoniyati, axborotlarni himoyalash imkoniyati, so’rovga javob berish tezligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va hokazo omillarni qo’llash mumkin.Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal etishning ko’plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot tizimlari – qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) orqali amalga oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan bo’lib vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi. Mazkur tizimdialog ko’rinishidagi avtomatlashtirilgan tizimdir. U boshqaruvning axborot tizimlaridagi muhim darajalardan(kategoriya) biri sanaladi. So’ngi paytlarda QQQT kichik biznesda ham (masalan, savdo nuqtalarini joylashtirish variantlarini tanlash) qo’llanila boshlandi. Umuman olganda, ular alohida yakka uslubni qo’llab-quvvatlash va menejerning shaxsiy talablariga mos kelish imkoniyatiga ega. Katta tijorat va davlat tashkilotlarida murakkab muammolarni hal etish uchun yaratilgan tizimlar ham mavjud.


13. Axborot tizimlari evolyusiyasi axborotlarni qayta ishlashning texnik vositasi

rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr-qimmati bilan bog’liq. 1-jadvalda

axborot tizimlaridan foydalanishga nisbatan yondoshuvning o’zgarishi keltirilgan.

1-bosqich (60-yillar oxirigacha) apparat vositalarining imkoniyatlari

cheklangan sharoitda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan

farqlanadi.

2-bosqich (70-yillar oxirigacha) IBM/360 seriyasidagi EHMning tarqalishi

bilan bog’liq. Dastur ta’minotining apparat vositalari rivojlanish darajasidan

orqada qolishi – mazkur bosqich muammosi sanaladi.

1-va 2-bosqichlar hisoblash markazlari resurslaridan markazlashgan holda

jamoa bo’lib foydalanishga mo’ljallanib eski operasiyalarni bajarishda axborotlarni

samarali qayta ishlashi bilan ajralib turadi. Tuziladigan axborot tizimining

samaradorligini baholashdagi asosiy o’lchov – bu ishlanmaga sarflangan va uni

joriy etish natijasida iqtisod qilingan mablag’ o’rtasidagi farq bo’lgan. Mazkur

bosqichdagi asosiy muammo – psixologik sabablar bilan bog’liq bo’lib, bu –

foydalanuvchilar va tizimlarni ishlab chiquvchi mutaxassislar o’rtasidagi o’zaro

aloqaning yo-monligida edi. Buning natijasida katta imkoniyatlarga ega tizimlar

yaratilsada, foydalanuvchilar undan to’liq foydalana bilishmadi.

3-bosqich (80-yillar boshlaridan). Bu davrda kompyuter professional

foydalanuvchining quroliga, axborot tizimlari esa – uning qarorlarni qabul qilishini

qo’llab-quvvatlash vositasiga aylandi. Asosiy muammo foydalanuvchining

talablarini maksimal qondirish va kompyuter muhitida shaxsiy interfeys ishini

yaratish edi. Shu bilan birga axborot tizimlarini yaratishga nisbatan yondoshuv

o’zgardi. Endi mo’ljal yakka tartibdagi foydalanuvchi tomonga o’zgardi.

Foydalanuvchi mazkur ishlanmadan manfaatdor, u mutaxassislar bilan aloqani

yo’lga qo’ydi, mutaxassislarning har ikki guruhi o’rtasida o’zaro tushunish yuzaga

keldi. Bu bosqichda ma’lumotlarni ham markazlashtirilgan holda, ham aksincha

holatda ishlash uslubidan foydalanila boshlandi.

4-bosqich (90-yillar boshlaridan) – tashkilotlararo aloqalar va axborot

tizimlarining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich

biznesdagi strategik afzalliklarni tahlil qilish tushunchasi bilan bog’liq va

telekommunikasiya texnologiyalari yutuqlari hamda axborotlarni qayta

taqsimlashga asoslangan edi. Axborot tizimlari o’z oldiga ma’lumotlarni qayta

ishlash samaradorligini oshirishnigina emas, balki boshqaruvga ham yordam

berishni maqsad qilib qo’ygan edi. Tegishli axborot-kommunikasiya

texnologiyalari raqobatchilik kurashiga dosh berishni tashkil qilishga va ustunlikka

erishishga yordam berishi lozim. Bu bosqichdagi muammolar juda ko’p. Ulardan

asosiylari quyidagilar:

- Kompyuter tarmog’i uchun protokollar, standartlarni belgilash va kelishuvlarni

ishlab chiqish;

- Strategik axborotlarga kirishni tashkil etish;

- Axborotlarni himoya qilish va uning havfsizligini tashkil qilish.



14.
Download 25.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling