Tizimlar va signallarni qayta ishlash


Download 0.64 Mb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi0.64 Mb.
  1   2

Mavzu:“Tizimlar va signallarni qayta ishlash” faniga kirish.Telekommunikasiya tizimlari va signallari xaqida umumiy ma'lumotlar. Elektraloqa tizimining funksional sxemasi. Elektraloqa fanining vazifasi. Xabar va signallarning klassifikasiyasi. Signal va aloqa kanallarining parametrlari

  • Hozirgi zamon telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa qurilmalari murakkab radioelektron tizimlar sirasiga kiradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanida telekommunikasiya qurilmalarida va tizimlaridagi asosiy funksional qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalari; aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi.
  • Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani axborotlar, signallar bilan tanishtirish; signallarning asosiy turlari va asosiy xarakteristikalari; turli radiotexnik signallarni shakllantirish va ular radiotexnik qurilmalardan o‘tish jarayonlari va o‘zgarishlar (modulyatorlar, detektorlar, signallarni integrallash va differensiallash, signal chastotasini o‘zgartirish va h.k.) raqamli signallar; turli xildagi halaqitlarning matematik modellari; radioqurilmalar halaqitbardoshligi va axborot uzatish qobiliyati; halaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; analog va raqamli fil'trlash; turli modulyasiyalangan signallar halaqitbardoshligini solishtirish o‘rganiladi.
  • Axborot – bu xar xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik xodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotdir.
  • Informasiyani uzatish uchun uni ma'lum bir shaklga keltirish lozim (tekst, jadval, grafik, rasm, xarakatdagi tasvir, va boshqalar). Bunday shakillanish natijasida informasiya xabarga aylanadi. Xabarni fazoniy bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatish uchun xabarni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz ya'ni uni signalga aylantirishimiz lozim.
  • Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki nechta parametlarini xabarga mos ravishta o‘zgarishiga aytiladi.
  • Belgilangan chegaralar ichida har qanday qiymatga ega bo'lishi mumkin bo'lsa, signal uzluksiz hisoblanadi . Matematik nuqtai nazardan, uzluksiz signal doimiy funktsiya sifatida ifodalanishi mumkinligini anglatadi. Mikrofondan tovush to'lqinining membranasidagi bosimi yoki termojuftdan o'lchangan harorat haqidagi signal bu kabi signallarga misol bo'ladi.
  • Uzluksiz signal
  • Aksariyat signallar tabiatda uzluksiz (analog) signallar. Ular vaqt o'tishi bilan uzluksiz ravishda o'zgarib turadi va ma'lum bir oraliqda har qanday qiymatni qabul qilishi mumkin. Kompyuterga bunday signalni kiritish va uni qayta ishlash mumkin emas, chunki u har qanday vaqt oralig'ida cheksiz ko'p qiymatlarga ega. Shu sababli, raqamli ishlov berish tizimlarida signal alohida diskret vaqt momentlarida olingan signal qiymatlari bilan ifodalanadi. Ushbu qiymatlarga signalning oniy qiymati deyiladi. Bunday signallarga satx bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha esa diskret signal deb ataladi.
  • Satx bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha esa diskret signal
  • Xozirgi zamon raqamli telekommunikasiya, mobil aloqa va rompyuterda uzluksiz signalga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqamli ishlov berib bo‘lmaydi. Shuning uchun uzluksiz signal ham vaqt va sath buyicha diskretlanadiv. Bunday signallarga satx va vaqt bo‘yicha diskret signal signal deb ataladi.
  • Raqamli ishlov berish tizimlarining raqamli uzluksiz aylantirgich qurilmalarining chiqishidagi past chastotali filtrgacha bo‘lgan nuqtagacha signal satx bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha esa uzluksiz signal deb ataladi.
  • Satx bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha esa uzluksiz signal
  • Xozirgi zamon raqamli simli va simsiz aloqa tizimlarida keng ravishda raqamli signallar ishlatiladi. Raqamli signallar unipolyar (bir qutbli) va bipolyar (ikki qutbli) ko‘rinishida bo‘ladi.
  • Raqamli signallarning turlari: a) – unipolyar (bir qutbli); b) – bipolyar (ikki qutbli)
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling