To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
100002

S a i d   R h m o d
QORAKO‘Z 
MAJNUN
TO SH K EN T
« 0 ‘Z B E K ISTO N »

U O ‘K:  8 2 1 .5 1 2 .1 3 3 -3   r  
К В К  
8 4 (5 Q ‘)6  -
S-12 
и
S o‘zboshi  muallifi: 
filologiya  fanlari  doktori,  professor 
Umarali Normatov
S aid   A h m a d
S-12 
Q o rak o ‘z  m ajnun:  hikoyalar/A .  Said;  so ‘zboshi  muallifi 
U.  Norm atov.  -   Toshkent:  0 ‘zbekiston,  2013.  -   232  b.
U O ‘K:  821.512.133-3 
K B K  
8 4 (5 0 ‘)6
ISBN  978-9943-01-985-0
©   «O 'ZBEK ISTO N »  NM IU,  2013.
nomidagi
Alisher  Navoiy
£4^
  O ’abekision  MK

I S T I Q L O L   I L H O M L A R I
(So'zboshi  o'rnida)
O na  yurtim izda  istiqlol  e ’lon  qilinganda  atoqli  adibimiz 
Said  A hmad  72  yoshda  edi.  Keksa  boNishiga  qaramay,  u 
hammani  lol  qoldirib,  xuddi  yoshlardek  yeng  shimarib, 
g ‘ayrat-shijoat  bilan  ijodiy  ham da  ijtim oiy  faoliyatini 
davom   ettirdi.  Chin  badiiy  iste’dod  keksalikni  tan  olmaydi, 
degan  naqlni  adibim iz  am alda  isbot  etayotir.  Istiqlol 
arafasidagi  Shinjon  safarini  m ustasno  etganda  Vatanidan 
tashqariga  chiqm agan  adib  Hindiston,  A m erikaga  safarlar 
qildi,  odatdagidek,  ona  yurtini  kezishda  davom   etdi,  safar 
taassurotlari,  istiqlol  yillaridagi  o ‘zgarishlar  haqida  k o ‘plab 
maqolalar,  ocherklar  yozdi.  M ustaqillikning  quvonchli 
kunlarida  ham,  g ‘anim lar  qutqusi  tufayli  yurt  boshiga 
tushgan  qayg‘uli  dam larda  ham  ham isha  q a t’iyat  bilan 
bugungi  istiqlol  fidoyilarining  oldingi  safida  turdi.  Oqsoqol 
adibning  turli  anjum anlarda,  radio  va  televideniyedagi 
chiqishlarida  topib  aytgan  har  bir  obrazli  dono  so‘zi  xalq 
qalbiga  yetib  borgani,  o g ‘izga  tushganiga  o ‘zim iz  guvoh...
Adib  avvalgidek  quvnoq,  j o ‘shqin  hajviyalar,  o ‘ychan, 
g ‘amgin, 
fojeiy, 
ayni 
paytda, 
dilbar 
lirik 
hikoyalar 
yaratishda  davom  etdi.  Birin-ketin  «Xandon  pista»,  «Bir 
o ‘pichning  bahosi», 
«Yo‘qotganlarim   va 
topganlarim» 
kabi  kitoblari,  yangi  saylanm a  asarlari  chop  etildi.  Ustozi 
A bdulla  Qahhordan  meros  qolgan  D o‘rmondagi  bog‘  hovlisi 
tengdosh  qalamkash  d o ‘stlari, 
son-sanoqsiz  shogirdlari

uchun  allaqachon  o ‘ziga  xos  «majolis-un  nafois»  —  adabiy, 
hayotiy,  dilkash  m uloqotlar  dargohiga  aylangan.
A dibning  1979-yildan  beri  bu  dargohda  qishin-yozin 
tanholikda  kechirayotgan  hayoti  g ‘aroyib  jum boqdir.  Butun 
vujudi,  tani  joni  adabiy  iste’dod  ziyosi  bilan  yo‘g ‘rilgan, 
faqat  adabiyot,  ijod  uchun  tug‘ilgan,  botiniy  dunyosi  o ‘zida 
ham  fojeiy, 
ham  quvnoq,  hayotbaxsh 
hazil-mutoyiba, 
xalqona  kulgini  mujassam  etgan,  uzoq  yillik  mashaqqatli 
umri  davom ida  boshiga  tushgan  o g ‘ir  ko‘rgulik  asoratlarini, 
mislsiz  fojialam i,  judolik,  yolg‘izlik  iztiroblarini  hazil-kulgi 
bilan  yengib  o ‘tayotgan,  keksalik  yoshida  ham  bir  daqiqa 
o ‘ylashdan,  ijodiy  m ehnatdan  to ‘xtamayotgan  bu  alom at  zot 
XX  asr  o ‘zbek  adabiyotida  noyob  hodisadir.  U  asrlardan 
asrlarga o ‘tib  kelayotgan  buyuk  Nasriddin Afandi  timsolining 
bizga  zam ondosh  tirik  siymosidir.  Yaratgan  yetuk  asarlari 
qahram onlari  kabi  uning  o ‘zi,  shaxsiyati,  suhbatlari  ham 
g ‘oyat  qiziqarli  va  ardoqlidir.
Istiqlol yillarida yaratgan asarlari orasida, ayniqsa, xotiralar 
kitobi,  «Ot  bilan  suhbat»,  «Q orako‘z  majnun»,  «Azroil 
o ‘tgan  y o ‘llarda»,  shuningdek,  lager  hayoti  xotiralari  bilan 
bog‘liq  turkum   hikoyalari  alohida  ajralib  turadi.  Ular,  dadil 
aytish  mumkinki,  respublika  adabiy-madaniy  hayotida jiddiy 
hodisa bo‘ldi.  XX  asr yakunida chop  etilgan  «Yo‘qotganlarim 
va  topganlarim»  kitobi  sal  burunroq  maydonga  kelgan 
K.  Qahhorovaning  «Chorak  asr  ham nafas»,  H.  Qodiriyning 
«Abdulla  Qodiriyning  so‘nggi  kunlari»,  Z.  Saidnosirovaning 
«Oybegim  mening»  asarlari  bilan  birgalikda  XX  asr  o‘zbek 
adabiyotining yorqin, o ‘ziga xos jonli  lavhalarini tashkil etadi. 
Ulami  bem alol  jahon  adabiyotining  m ashhur  nam oyandalari 
haqida  bitilgan  shu  xildagi  esse-xotiralar  qatoriga  q o ‘yish 
mumkin.  «Yo‘qotganlarim  va  topganlarim »  turidagi  kitobni 
faqat  Said  Ahmadgina  yozishi  mumkin  edi.  Bu  kitob 
adabiyotim izning  m ash’urn  totalitar  rejim  zam onlarida  bosib 
o ‘tgan  mashaqqatli  va  ziddiyatli  y o ‘li -  adiblarim iz  qanday

o g ‘ir  sharoit,  vaziyatlarda  yashab  ijod  etgani,  o ‘shanday 
zamonlarda  ham  asl  insoniy  fazilatlarini  saqlab  qolgani,  noyob 
badiiy  durdonalar  yaratishga  erishgani  to‘g ‘risida  haqqoniy 
ta saw u r beradi.  Kitob muallifi  ulkan  allomalami  quruq himoya 
qilish,  ular  sha’niga  hamd-u  sanolar  yog‘dirish  yoMidan 
bormaydi,  ulami  hayotda  qanday  bo‘lsa  shundayligicha 
ko‘rsatadi;  shaxsiyatidagi,  ijodidagi  ojiz,  ziddiyatli  o ‘rinlami, 
ulaming  injiqliklarini  ham  ro‘y-rost  aytadi.  Kezi  kelganda,  bu 
borada  o ‘zini  ham  ayamaydi.  Bu  hoi  o ‘quvchiga  aslo  malol 
kelmaydi.  Aksincha,  o ‘sha  ulkan  siymolarga  nisbatan  hurmat- 
ehtiromimizni  oshiradi,  ulami  to‘g ‘ri  tushunishga,  asarlaridagi, 
shaxsiyatidagi,  shaxsiy  hayotidagi  ojiz,  ziddiyatli  jihatlar 
boisini  anglashga  undaydi.  Aslida,  adabiyot  ilmining  bosh 
maqsadi  ham  shu.  Ayni  shu  fazilati  bilan  ilmiylikka  aslo  da’vo 
qilmaydigan  bu  kitob  ba’zi  «sof»  ilmiy  tadqiqotlardan  ko‘ra 
ilmiylikka  ko‘proq  daxldorroqdir.
Said  Ahmad  ijodida  badiiy  adabiyotning  azaliy  muam- 
mosi -  avlodlar  silsilasi,  otalar  va  bolalar  muammosi  alohida 
o ‘rin  tutadi.  Yangi  o ‘zbek  adabiyotining  ilk  namunasi 
«Padarkush»,  birinchi  o ‘zbek  romani  « 0 ‘tkan  kunlar»dan 
boshlab,  ular  izidan  borib  yaratilgan  o ‘nlab  asarlar  orqali 
muayyan  an ’anaga  aylangan  «avlodlar  mojarosi»  talqini 
Said  A hmad  ijodida  o ‘ziga  xos  tarzda  goh  kulgili-komik, 
goh  keskin  dramatik,  fojeiy  yo‘nalishda  davom  ettirildi. 
«K elinlar  qo‘zg ‘oloni»dagi  ona  va  o ‘g ‘lonlar,  qaynona  va 
kelinlar,  «Kuyov»  komediyasidagi  ota  va  qizlar  orasidagi 
hazil-mutoyibalar,  j o ‘shqin  va  quvnoq,  bir  oz  m ubolag‘ador 
xalqona  yumor  bilan  y o ‘g ‘rilgan  ziddiyatlar  ifodasi  XX 
asr  o ‘zbek  oilaviy -  maishiy  turm ushining  betakror  bir 
ko‘zgudagi  aksi  sifatida  qimmatlidir.  «Ufq»dagi  ota  va 
o ‘g ‘il -  Ikromjon  va Tursunboy,  Inoyat  oqsoqol  va  Nizomjon 
ziddiyatlari  esa  bu  yirik  asam ing  fojeiy  pafosini  tashkil  etadi. 
Agar  avlodlar  mojarosi  m uallif  komediyalarida  k o ‘proq 
kundalik  oilaviy-m aishiy  turmush  tashvishlari,  ikir-chikirlari 
doirasida  nam oyon  b o ‘lsa,  «Ufq»da  ota  va  o ‘g ‘il  orasidagi
5

insoniy  burch,  or-nomus  axloqiy  tusdagi  keskin  ziddiyatlar 
bilan  bog‘liq 
holda  talqin  etiladi.  A dibning  keyingi 
hikoyalarida  esa  ijtimoiy  ruh  yanada  keskin  va  yorqin  bir 
tarzda  nam oyon  boMmoqda.  «Q orako‘z  majnun»,  «Sarob», 
«Azroil  o ‘tgan  y o ‘llarda»  hikoyalarida  ona  va  farzand,  ota  va 
o ‘g ‘lonlar  o ‘rtasidagi  keskin  m unosabatlar  ildizi  asr  fojiasi, 
mustabid  tuzum  siyosati,  mafkurasi,  axloqiy  aqidalariga 
borib  tutashadi;  jam iki  k o ‘rguliklar,  fojialar  m ash’um 
siyosatning  mudhish  oqibati  tarzida  ko‘rsatiladi.  E ’tibor 
berilsa,  «Q orako‘z  m ajnun»  hikoyasida  im on-e’tiqodli, 
go‘zal  inson,  alom at  onaxonning  bu  yorug1  dunyodan  ar- 
mon,  alam -o‘kinchlar  bilan  vidolashuviga  sabab  bo‘lgan 
oqpadar  o ‘g ‘lon  milliy-axloqiy  qadriyatlarimizni  toptashga 
qaratilgan  mudhish  siyosatning  ham  jirkanch  mahsuli,  ham 
ayanchli  qurbonidir.
«Sarob»  hikoyasida  bu  fojeiy  g ‘oya  yanada  keskinroq 
va  birm uncha  oshkora  tarzda  ifodalanadi.  A sardagi  fojeiy 
v o q e a - o ‘g ‘il  bilan  ota  orasidagi  m udhish  m unosabatlar 
bu  yo rug6  dunyoning  naq  d o 6zaxi  ichida -  m ustabid  tuzum 
qurbonlari -   m ahbuslar jam   b o ‘lgan  Jezqozg‘on  lagerlaridan 
birida  o ‘z  intihosiga  yetadi.  M ustabid  tuzum ning  m illatga 
qarshi  qaratilgan  riyokorona  kurash  usulini  qarangki, 
ular 
norasida 
o 6g ‘londan 
zam on 
qahram oni -  Pavlik 
M orozov  izdoshi  yasab,  m illatparvar  ziyoli  otaga  qarshi 
kurashga  soladilar,  ota  ustidan  kerakli  m a ’lum ot  y ig 6ishga 
erishadilar.  Shu  tariqa  ota  xalq  dushm aniga  chiqib,  qam oq- 
qa  olinadi,  uning  o 6g ‘loni  esa  qahram onga  aylanib,  shon- 
shuhratga  burkanadi.  Taqdiri  azalning  hukm i,  totalitar 
rejim   o ‘yini  oqibatini  qarangki,  pirovardida  «dushm an» 
ota,  «vatanparvar»  o 6g ‘il  lagerda  yuzm a-yuz  keladilar. 
K o ‘rguliklar,  jabr-zulm lar  tufayli  ota  yurak  oldirib  q o ‘ygan 
b o ‘lsa-da,  u  im on-e’tiqodiga,  vijdoniga  gard  yuqtirm agan. 
C hehrasida  o ‘sha  sam im iyat,  yoqim toylik,  donolik.  0 6g ‘lon 
esa  nogiron,  ayanchli,  telba  bir  qiyofada.  Lagerda  ham 
bolalikda  orttirgan  hunari  -   sotqinlikni  davom   ettiradi.
6

U  otasini  tanim aydi,  tan  olm aydi...  0 ‘g ‘lini  bu  holda 
k o ‘r i s h - o t a   uchun  naqadar  o g ‘ir!  Bundan-da  dahshatlisi, 
o ‘g ‘il  ota  k o ‘zi  oldida  m ing  azob  bilan  ayanchli  holda  jo n 
taslim   qiladi, janozasiz,  bekafan  k o ‘miladi.
Bunday  mudhish  hodisalar,  fojeiy  qism atlar  haqida 
yozish  oson  emas,  albatta.  Darvoqe,  «Sarob»  adibning  lager 
hayotidan  olib  yozgan  ilk  asari.  Hikoyadagi  roviy-mahbus 
rassom  yozuvchining  o ‘zi.  Adibim iz  50-yillar  boshlarida 
ayni  hikoyada  tasvir  etilgan  lagerda  b o ig a n ,  bu  hayotni 
ichdan  biladi.  Shunday  b o ‘la  turib,  u  nega  bu  haqda  uzoq 
yillar  yozmadi.  Ehtimol,  q o ‘rquv  saltanati  bunga  y o ‘l 
berm agandir;  ehtimol  mudhish  hodisalar  haqida  yozish  azob- 
iztirobi  uni  cho‘chitgandir.  Har  ikki  taxm inda  ham  asos  bor; 
faqat  mustaqillik  yillaridagina  vujudidagi  «qo‘rquv  saltanati» 
chekinib,  lager  hayotidan  dadil  so‘z  ochishga ju r ’at  eta  oldi, 
o ‘zi  uchun  qanchalik  azob  b o ‘lmasin,  lager  hayotiga  oid 
xotiralam i,  o ‘sha  mudhish  hodisalami  qog‘ozga  tushirishga 
jazm  etdi.  «Borsa  kelmas darvozasi», «Taqdir,  taqdir,  muncha 
shafqatsizsan?»  «Oftob  oyim »  kabi  turkum  hikoyalar  shu 
tariqa  maydonga  keldi.
H am do‘stlik  m am lakatlari  xalqlari,  birinchi  galda  rus 
adabiyotida  lager  hayoti  to ‘g ‘risida  jaho ng a  m ashhur 
asarlar  bor.  0 ‘zim izda  ham   ayrim   yaxshi  rom an  va  qissalar 
m avjud.  Totalitar  rejim   hukm ron  boTgan  m am lakatni 
GULAG  orollariga,  ulkan  saraton  korpusiga  qiyos  qilishlar 
b o ig a n .  Said  A hm adning  bu  m avzudagi  hikoyalari  mavjud 
asarlardan  baralla  ajralib  turadi.  Avvalo,  ular  o ‘zbekona 
m illiy  ruh  bilan  y o ‘g ‘rilgan,  lager  dahshatlari  hech 
kim nikiga  o ‘xsham aydigan  Said  A hm adchasiga  o ‘zbekona 
bir  nigoh  bilan  idrok  va  talqin  etilgan.  «Borsa  kelm as 
darvozasi»ga  «xalq  dushm ani»  qizining  y ig ia b   aytgan 
q o ‘sh ig ‘idan  satrlar  e p ig ra f-   bosh  so ‘z  qilib  keltiriladi:
Bu  vatan  qanday  vatandir,  har go ‘shasida  turmalar,
Q o'ngani  bir у er  topolmay,  osmonda y i g ‘lar  turnalar...
7

Vatanning  o ‘sha  yillardagi  manzarasini  faqat  Said A hm ad­
gina  shu  tarzda  o ‘ta  milliy,  jonli,  betakror  tarzda  ifodalashi 
mumkin.
Hikoya  yana  o ‘sha  «xalq  dushm ani»ning  qizi  kuylagan 
q o ‘shiqdan  olingan  m isralar  bilan  yakunlanadi.
Siz  asir  bo ‘Igan  qafasni  tishlarim  birlan  buzay, 
Buzmasam  mahshar  kuni  b a g ‘rimni  armon  tirnalar.
Bu  bayt  adibning  ushbu  turkum  hikoyalaridagi  boshqa 
bir  g ‘oyat  muhim  jihatga  ishoradir.  Asarlarda  qalamga 
olingan,  biri  biridan  mudhish,  malomatli,  g ‘am -g‘ussaga, 
musibatlarga  to ‘la  lavhalar  bag‘ridan  qandaydir  odamga 
dalda  beradigan  umid,  uning  «boshini  toshdan»  qiladigan 
qudrat,  zulmatni  yoritadigan  sirli-sehrli  nur  barq  urib  turadi. 
Davr  shafqatsizliklari  tufayli  aksar  m ahbuslar  beshafqat, 
toshbag‘ir  kim salarga  aylanib  ketganlar.  Ayni  paytda  o ‘sha 
beshafqat  zotlar  goho  bandayi  ojiz  -   inson  bolasi  sifatida 
o ‘zligiga  qaytib,  dilkash  suhbatlar  quradilar,  o ‘zaro  hazil- 
mutoyibalarga  kirishadilar,  toshga  aylangan  b ag ‘irlar  bir 
daqiqa  yumshab,  tund  chehralarda  tabassum   paydo  bo‘ladi. 
Yozuvchining 
benazir 
yumoristik 
iste’dodi 
musibatlar 
maskanida  ham  kulgi,  hazil-m utoyibalar  uchun  imkon 
topadi.  Eng  muhimi,  deyarli  har  bir  hikoyada  o ‘zligini, 
qalbidagi 
im on-e’tiqod,  ona  yurt,  o ‘zgalarga  himmat, 
muruvvat  tuyg‘usini  y o ‘qotm agan  «boshi  toshdan»,  alomat 
matonatli  insonlarga  duch  kelamiz.  Jumladan,  asarlardagi 
hikoyachi -  roviy  obrazining  o ‘zi  ana  shunday  siymodir.
Vatan,  burchga  cheksiz  sadoqat,  fidoyilik  tuyg‘usi,  ay­
niqsa,  «Oftob  oyim»  hikoyasida  betakror -  marsiyadek 
mungli,  ayni  paytda,  madhiya  kabi  m ardona  va  m ag‘rur 
yangraydi.  Lagerda  d o ‘st  tutingan  hikoyachi  bilan  yapon 
asiri  Dyun  orasidagi  samimiy  muloqotlar,  samuray  Dyun- 
ning  Sudze  qism atiga  oid  afsona-rivoyatnam o  hikoyasi, 
kam ikadze  burchini  o ‘tay  olm agan  bu  yigitning  ruhiy 
iztiroblari  va  halokati  o ‘quvchini  larzaga  soladi.  Qarangki,

Sudzening  onasi,  benazir  g o ‘zal  ayol  geyshalar  safiga  kirgan 
ekan,  vatan  m anfaatidan  kelib  chiqib,  shu  ishni  qiladi, 
o ‘g iin in g   xiyonati  tufayli  quvonchlardan  voz  kechib,  rohib- 
lar  libosini  kiyib,  m onastirga  ketadi.  Sudze  eng  quvonchli 
kunda,  Vatanga  qaytish  imkoni  tug ‘ilgan  daqiqalarda  burch, 
or-nomus  tuyg‘usi  tufayli  o ‘zini  halok  etadi;  xasta  samuray 
Dyun  esa  Vatani  tuprog‘iga  qadam  q o ‘yib,  qoni  shu  tuproqqa 
to ‘kilganidan  taskin  topib,  jo n   beradi...
Bu  hikoya  faqat  o ‘z  o ‘quvchilarimizni  emas,  darhol 
o ‘zgalam i,  birinchi  galda  yapon  fuqarolari  e ’tiborini  o ‘ziga 
tortdi,  u  o ‘zga  tillarga  ham  tarjim a  etila  boshladi.  «Yarim 
asrdan  k o ‘p  vaqt  m obaynida  ko‘ngil  qatida  yapon  asirlari 
xotirasini  saqlab  kelib,  ular  haqida  ajoyib  hikoya  yozgan 
janob  Said A hmaddan b ag ‘oyat minnatdorm an», -  deb  yozadi 
Yaponiyaning 0 ‘zbekistondagi  Favqulodda  va  M uxtor elchisi 
Kyoko  N akayam a  «Xalq  so ‘zi»da  e ’lon  qilgan  xatida.  Elchi 
hikoyada  insonning  tuyg‘ulari  va  ichki  kechinmalari  chuqur 
hissiyot  bilan  aks  ettirilgani,  unda  hozirgi  kunga  kelib 
unutilayozgan  a n ’analar  ham  yoritilganligini  ta ’kidlaydi. 
«Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  buyon  yarim   asrdan 
ko‘p  vaqt  o ‘tdi, -  deyiladi  maktubda, -  bu  urushning  xotirasi 
bugungi  yapon yoshlari  orasida asta-sekin unutilib borayotgan 
bir  paytda,  Yaponiyadan  olisda  b o ‘lgan  0 ‘zbekistonda  yapon 
asirlarining  qismatini  eslash  meni  chuqur  ta’sirlantirdi».
Qanday  baxt:  o ‘zimiznigina  emas,  o ‘zgalami  ham  maftun 
etgan,  hayajonga  solgan  yangi  asr  o ‘zbek  hikoyasining  ilk 
yetuk,  g o ‘zal  namunasini  yaratish  81  yoshli  ardoqli  adibimiz 
Said  Ahm adga  nasib  etdi.
U m arali  N O R M A T O V
9

S A R O B
« O ta   q a r g ‘ishi  m isoli  o ‘q   -   u  o x ira td a   em as, 
sh u   d u n y o n in g   o ‘zid a   n ish o n g a   teg ad i»
(Buxorolik  100 yil yashagan  temirchi 
Usto Amin  boboning  о ‘gitlaridan)
B u g u n   lagerimizga  yangi  mahbuslami  olib  kelishdi. 
K o‘rinishidan  ulami  yangi  deb  boMmasdi.  Egnilaridagi 
kiyimlariga,  yelka  va  tizzalaridagi  raqamlariga  qaraganda, 
ko‘p  yillardan  beri  lagerdan  lagerga  к о‘chib  yurgan  daydi 
mahbuslar  ekanini  darrov  payqash  mumkin  edi.
Odatda,  yangi  kelgan  m ahbuslarning  oyog‘ida  yangi 
etik,  yangi  botinka,  egnida  ohori  to ‘kilmagan  kostum  yo 
gim nastorka  b o ‘lardi.  Lagerimizning  blatnoy-zo1 ravonlari 
ulam ing  egnidagi  kiyim lam i  k o ‘rishlari  bilanoq  o ‘zaro 
taqsimlab  olardilar.  Oradan  biron hafta o ‘tib,  o ‘sha kiyim lam i 
blatnoylam ing  egnida  ko‘rardik.
Bu galgi etapda kelganlar zo ‘ravonlarim izga yoqmadi.  Har 
biri  o ‘n-o‘n  besh  yillab  SSSRning jam iki  lagerlarida  yashab, 
qirriq  b o ‘lib  ketgan,  nainki  birovga  o ‘z  kiyimini  beradigan, 
aksincha,  birovlam ikini  qiyqirtirib  yechib  oladigan,  beti 
qattiq  m ahbuslar  edi.
Soldatlar,  lager  nazoratchilari  ulam i  bitta-bittalab  sanab, 
yuvilaverib  rangi  uniqib  ketgan  kulrang  kurtkalaridagi, 
shimlaridagi  raqam lam i  tekshirib  o ‘tkaza  boshladilar.  Shunda 
m ahbuslardan  bittasi  m enga  ju d a  tanish  tuyuldi.  Uning 
g ‘amgin  va  lekin  loqayd  k o ‘zlari...  Qayerda  ko‘rganman 
uni?  Tanish, jud a  tanish!
Oldi  tikanli  sim  bilan  to ‘silgan  barakda  yangilam i  bir 
necha  kun  karantinda  saqlaydilar.  H ozircha  ulami  boshqa 
mahbuslarga  qo‘shmaydilar.  Ovqatni  ham  paqirda  oborib 
beradi lar.
10

Bahom ing  iliq-issiq  kunlari  edi.  Yangilar  yalang‘och 
b o ‘lib,  barak  oldidagi  m aydonchada  chalqancha  yotib, 
badanlarini  oftobga  toblardilar.  U lar  shimol  lagerlarida  oylab 
oftob  ko‘rmay,  ranglari  siniqqan  kishilar  edi.  Ularni  bir-ikki 
oygina  yoz  boMadigan,  oftob  esa  tuman  orasidan  xuddi  doka 
orqasiga  yoqilgan  shamdek  xira  ko‘rinadigan,  bizda  bahor 
oftobi  charaqlab  turgan  shu  kezlarda  ham  qish  bo‘ronlari 
uvillab  turgan  joylardan  olib  kelishgan.  Bu  mahbuslar 
uchun  Jezqozg‘on  eng  yaxshi  kurortlardan  ham  afzal  edi. 
Yalang‘och  yotganlam ing  badanida  igna  sanchib  yozilgan 
so ‘zlar,  turli  sharmsiz  suratlar,  birida  «tuqqan  onamni 
unutmayman»  degan  yozuv  bo‘lsa,  boshqasining  ko‘kragida 
karta,  ayol  kishining  surati  bilan  bir  shisha  aroq  tasvirlangan. 
Tagida:  «M ana  shular  bizni  xarob  qildi»  degan  yozuv  bor. 
Deyarli  k o ‘pchiligining  ko‘ksida  yalang‘och  ayollaming 
turli  holatdagi  suratlari  bor  edi.  Bu  manzara  qamoqxonadagi 
«rassom »lam ing  asarlari  namoyish  qilinayotgan  k o ‘rgazmaga 
o ‘xshardi.
M enga  tanish  tuyulgan  mahbus  esa  negadir  yechinmay, 
kiyim-boshi  bilan  oftobda  yotardi.
Kim  u?  K o‘zim ga  ju d a  issiq  ko‘rinyapti.  Borib  o ‘zidan 
so ‘rasam m ikan?  Buning  imkoni  y o ‘q.  Soqchilar,  nazorat- 
chilar  ularga  yaqin  yo iatm ay di.
M endan  sal  narida  yoshi  yetmishlardan  oshgan,  umrining 
o ‘n  besh  yildan  ortig‘ini  lagerda  o ‘tkazayotgan  Olimjon 
dom la  ham  ularga  m a ’yus  qarab  turibdi.
Domla  g ‘alati  odam  edi.  U  hech  kim  bilan  sirlashmasdi. 
Birovga  na  dardini  aytardi,  na  quvonchini.  K o‘pchilik  uni 
orqavorotdan  «indamas  domla»  deb  atardi.  U  yaxshilikka 
ham,  yomonlikka  ham  birdek  loqayd  edi.  Ammo  uning 
hozirgi  holati  boshqacha.  Oftobda  yalang‘och  yotganlarga 
qarab  ichi  yonib,  kuyib  o ‘rtanib  ketayotgani  shundoqqina 
bilinib  turardi.  Zimdan  unga  k o ‘z  tashlayman.  Uni  hech 
qachon  bunday  alpozda  k o ‘rmagandim.  U  yig‘lardi.  K o‘z- 
laridan  oqqan  yosh  soqollariga  tomardi.  Domla  qimirlamas,
и

har  kiprik  qoqqanda  m ijjalarida  to ‘planib  qolgan  yosh  duv 
to ‘kilardi.
Nazoratchi  kelib  sim  to ‘siqning  beriyog‘ida  to ‘planib 
qolgan  tomoshabin  mahbuslarga  ketinglar,  deb  buyurdi. 
M ahbuslar  nari  ketishdi.  Domla  ham  yoshli  k o ‘zlarini  kaftiga 
artib,  boshini  egganicha  ketdi.
Men  lagerda  rassom  edim. 
Bir  vaqtlar  rassomlik 
maktabida  o ‘qiganim  yashash,  ishlash  qiyin  b o ‘lgan  bu  joy- 
larda  asqotdi.  Vazifam  -   m ahbuslarning  kiyimlariga  raqam 
yozish,  jez  konida  ishlab  qaytgan  brigadalam ing  qancha 
ruda  qazib  chiqarganini  katta-katta  plakatlarda  aks  ettirish  va 
ulami  lageming  ko‘rinarli  joyiga  ilib  q o ‘yish  edi.
Tushlikdan  keyin  ustaxonam ga  bosh  nazoratchi  bir  qop 
kiyim  olib  keldi-da,  shularga  to  kechki  ovqatgacha  raqam 
yozib,  tayyor  qilib  q o ‘yishimni  buyurdi.
Bu yangi kelganlarga beriladigan kiyim lar edi. Shim lam ing 
chap tizzasidan yuqorisi,  kurtkalam ing yelkasidan pasti  sovun 
qutisicha  keladigan  joyidan  qaychida  qiyib  olingan.  Ustidan 
oq  latta  taqib  qo‘yilgan  edi.  A gar  mahbus  raqam  yozilgan 
lattani  olib  tashlab  qochib  ketsa,  qidiruvchilar  kiyimidagi 
qiyib  olingan  joydan  biladilar.  Shu  lattalarga  mahbuslarning 
raqamini  yozishim kerak.  Raqam oftobda ham, qor yom g‘irda 
ham  o ‘chm aydigan  qora  lok  bilan  («Kuzbas  lok»  bilan) 
yoziladi.  Lok  sovuqda  toshdek  qotib  qoladi.  Novvoyxonadan 
toshko‘mir  cho‘g ‘ini  kurakchada  olib  kelib,  lok  solingan 
bankani  uning  ustiga  qo‘ydim.  Lok  erigandan  keyin  boya 
nazoratchi  berib  ketgan  ro ‘yxatga  qarab,  raqam lam i  yozishga 
kirishdim.  Raqam  yoniga  mahbusning  ism-familiyasi  qayd 
etib  q o ‘yilgan  edi.  0 ‘n  yettinchi  kurtkaga  raqam  yozmoqchi 
bo‘lib  ro ‘yxatga  qaradim-u,  hayratdan  yoqamni  ushladim. 
«ЕЕ3781»  raqami  yoniga  «Kimsanboy  Yolqinov»  deb  yozib 
qo‘yilgan  edi.  Ertalabdan  beri  xayolimdan  ketm ayotgan  «kim 
u?»  degan jum boq  yechilgan  edi.
Olisda  qolgan,  beozor,  sho‘x,  yerga  ursa  osm onga  sak- 
raydigan  tizginsiz  bolaligim,  tezroq  katta  b o ‘lib,  aziz  va
12

jonajon  Vatanga  xizmat  qilish,  «xalqlar  dohiysi,  ulug‘  va 
m ehribon  otam iz  Stalinga  sodiq  b o ‘lish»  orzusi  yurak- 
yuraklarim izda  j o ‘sh  urgan  qaynoq  yoshligimiz  k o ‘z  o ‘n- 
gim dan  chaqm oqdek  bir  yalt  etib  o ‘tdi.
Kimsanboy!  U  bizning  bolalardan  chiqqan  qahramonimiz 
edi.  0 ‘ttizinchi  yillarda  uning  surati  gazetalardan  tushmasdi. 
M aktablarda,  pioner  uylarida,  istirohat  bogMarida,  yoshlar 
lagerlarida  odam  b o ‘yi  qilib  chizilgan  suratlari  bir  qarashda 
ko‘zga  tashlanadigan joylarga  ilib  qo‘yilardi.  Va  surat  tagiga: 
«Pioner!  Qahram on  Kimsanboy  O lim jonovga  salyut  berib 
o ‘tishni  unutma!»  deb  yozib  q o ‘yilardi.  Butun  0 ‘zbekiston 
bolalari  undan  ibrat  olishga,  u  ado  etgan  vatanparvarlik 
jasoratini  takrorlashga  qasamyod  qilishardi.
Uning  otasi  Olimjon  Rahmonov  rayon  m aorif  b o ‘- 
limining  mudiri  edi.  Tarix  bilimdoni  b o ‘lgan  bu  odamni 
rayondagi  jam i  tarix  o ‘qituvchilari  ustoz  deb  atardilar. 
Hatto  uyiga  ham  kelib,  undan  Turkiston  tarixi  b o ‘yicha 
bilmaganlarini  so ‘rab  bilib  olardilar.  U ning  uyida  kitob  ko‘p 
edi.  A lohida  bitta  uydagi  tokchalarga  jud a  noyob  kitoblar 
terib  qo‘yilgan  edi.  Domla  bu  kitoblam i  birovlarga  bermasdi. 
Zarur  bo‘lsa,  shu  yerga  kelib  o ‘qishgagina  ruxsat  berardi. 
A m ir  Temur,  Mirzo  Bobur,  Narshaxiy,  Forobiy,  Sharafiddin 
Ali  Yazdiy,  Najm iddin  Kubro,  Al-Beruniy,  Xoja  Ahror, 
Ahmad  Yassaviy  kabi  allom alam ing  o ‘tgan  asrlarda  xattotlar 
tom onidan  k o ‘chirilgan  noyob  qo  lyozmalarini  Domla  ko‘z 
qorachig‘idek  asrardi.  Kechalari  yettinchi  lampa  yorug1 ida 
tong  otguncha  m utolaa  qilardi.
K o‘pincha,  Domlaning  uyiga  keksa  ziyolilar  to ‘planib, 
tarixda 
o ‘tgan 
o ‘zbek 
mutafakkirlari 
to ‘g ‘risida 
suh­
batlar  qilishardi.  Yig‘ilganlar  Olim jon  domlaning  bili- 
miga,  bilag‘onligiga  qoyil  qolardilar.  Suhbat  o ‘z-o‘zi- 
dan  ota-bobolari  Shahrisabz  barloslaridan  b o ig a n   buyuk 
shoir  Mirzo  Abdulqodir  Bedilga  borib  taqalardi.  Bedil- 
xonlik 
boshlanardi, 
ko‘plashib 
Bedilning 
sir-u 
sehr- 
ga 
to ‘la 
g'azallarining 
m ag‘zini 
chaqishga 
kirishib 
ketardilar.  Albatta,  Olim  domlaning  talqinlari  hammani
13

lol  qoldirardi.  0 ‘shanday  suhbatlam ing  birida  gap  aylanib 
Fuzuliyning  bitta  g ‘azaliga  borib  taqaldi.  M ehmonlardan 
birovi  Fuzuliy  ham  o ‘zbeklar  orasida  N avoiy  darajasida 
m ashhur  ekanini,  uning  k o ‘p  g ‘azallari  o ‘zbek  hofizlari 
tom onidan  q o ‘shiq  qilib  aytilishini  gapirib  qoldi.
-   Domla,  Fuzuliyning  bir  g ‘azali  bor,  m ag‘zini  sira 
chaqolmadim.  K o‘p  bilimdonlardan  so ‘raganim da  tayinli  bir 
javob  bermadilar.  Shu  to ‘g ‘rida  sizning  fikringizni  bilmoqchi 
edim.
Olimjon  domla  narigi  xonadan  Fuzuliyning  devonini  olib 
chiqdi.  K o ‘zoynak  taqib,  d o ‘stining  tishi  o ‘tmagan  o ‘sha 
g ‘azalni  topdi.  Chiroqqa  solib,  ikki-uch  m arta  o ‘qidi.
-   X o‘sh,  qaysi  joyiga  tushunmadingiz? -  deb  so‘radi 
d o ‘stidan.
-   Fuzuliy shunday deb yozadi:  « G ‘amlarim  shuncha k o ‘p- 
ki,  tuyaning  ustiga  ortsam,  zindonga  tashlangan  kofirlar  ozod 
bo‘ladi».  X o‘sh,  nim a  uchun  ozod  b o ‘ladi?  Tushunmadim.
Domla  o ‘ylanib  qoldi.  Darhaqiqat,  tuyaning  ustiga  g ‘am 
yukini  ortsa,  nega  kofirlar ozod  b o ‘ladi?  Domla  ko‘p  o ‘yladi. 
Keyin  boshini  ko‘tarib,  m ehmonlarga  qaradi.
-   Gap  bundoq.  Bu  sim ing  m a’nisiga  yetish  uchun 
Fuzuliy  yashagan  davrga  murojaat  qilish  kerak.  0 ‘sha 
davrdagi  rivoyatlam i,  maqol-u  m atallam i,  hatto  qo‘shiqlami 
ham  bilmoq  kerak.  Bir  rivoyatda  odam lar Allohdan,  ey  tang- 
rim,  zindonda  yotgan  kofirlar  qachon  ozod  qilinadi,  deb 
so‘rabdilar.  Alloh,  tuya  ignaning  teshigidan  o ‘tgandagina 
kofirlar  ozod  qilinadi,  deb  javob  qilgan  ekan.  Fuzuliy  ana 
shu  rivoyatni  g ‘azaliga  asos  qilib  olgan.  Ya’ni:  «M ening 
g ‘amlarim  shunchalik  k o ‘pki,  tuyaning  ustiga  ortsam, 
ko‘tarolmay,  ozib  ipdek  b o ‘lib  qoladi».  Ipdek  ozib  qolgan 
tuya  ignaning  teshigidan  bemalol  o ‘tishi  mumkin.  Demak, 
kofirlar  zindondan  ozod  qilinadi.
Domlaning  bu  qadar  bilim donligiga  qoyil  qolishdi, 
tahsinlar  o ‘qishdi.
Domlaning  b o ‘yiga  yetib  qolgan  egizak  qizlari  bor  edi. 
Shu  egizaklardan  keyin  ko‘rgan  bolalari  turmadi.  Bir  yoshga
14

to ‘la r-to im a s  vafot  etaverdilar.  U  har  gal  oy-kuni  yaqin 
qolgan  xotinining  do‘ppayib  qolgan  qom iga  qarab:  «Kimsan, 
o ‘g ‘ilmisan,  qizm isan?»  deb  kulardi.  «A gar  qiz  b o ‘lsang 
otingni  K imsanoy  qo‘yaman,  o ‘g ‘il  b o ‘lsang,  Kimsanboy 
qo‘yam an»,  derdi  shirin  bir  entikib.  Xayriyat,  o ‘g ‘il  tug ‘ildi. 
Oti  Kimsanboy  b o id i.  Shu  bola  o ‘n  ikki  yoshga  kirdi. 
Beshinchi  sinfda o ‘qiydi.  Domla kitob titish bilan ovora. Tong 
otguncha  o ‘tirib,  nim alam idir  yozadi.  Yozgan  maqolalari 
«M aorif va  o ‘qituvchi»,  «M adaniy  inqilob»  gazetalarida  bot- 
bot  bosilib  turadi.
Kim sanboy  m aktabda  faol  pionerlardan.  U  Lenin  va 
Stalin  to ‘g ‘risida  yozilgan  she’rlam i  ajib  bir  m ahorat  bilan 
deklam atsiya  qiladi.  Uni  tuman,  hatto  viloyat  miqyosida 
o ‘tadigan  tantanali  yig‘inlarga,  slyotlarga,  o ‘qituvchilam ing 
konferensiyalariga  chaqirib,  she’rlar  o ‘qitishadi.  Olimjon 
dom la  unga:  «Bolam,  bunaqa  havoyi  ishlarga  jud a  ham 
berilib  ketma,  yo  artist  b o ‘lmoqchimisan?  Yaxshisi,  darsing- 
ni tayyorla.  Jam oat  ishlari  darsdan  keyin b o ‘lsin»,  deb nasihat 
qilardi.  Bir  xonada  domla  qalam  qitirlatadi,  Kimsanboy 
boshqa  xonada  har  xil  harakatlar  qilib,  baland  ovoz  bilan 
she’r  deklam atsiya  qiladi.
Bir  kuni  maktab  direktori  uni  dars  paytida  idoraga 
chaqirtirdi.
D irektom ing  kabinetida  notanish  odam  o ‘tirardi.
-   Bu  o ‘rtoq  sen  bilan  gaplashgani  kelganlar.  Sizlami  xoli 
qoldiram an,  gaplashib  olinglar, -  deb,  direktor  chiqib  ketdi.
N otanish  odam  gapni  nim adan  boshlashni  bilmay,  birpas 
unga  tikilib  o ‘tirdi.  Keyin  portfelidan  gazeta  olib,  uning 
oldiga  q o ‘ydi.  Bu  M oskvada  chiqadigan  «Pionerskaya 
pravda»  gazetasi  edi.
-   Ikkinchi  sahifadagi  maqolani  yaxshilab  o ‘qib  ch iq ,-  
dedi  u,  -   suratga  ham  yaxshilab  qara.  Qahramon  pioner 
Pavlik  M orozov  shu  b o ‘ladi.
K imsanboy  o ‘rischani  durust  bilmasdi.
15

-   Pavlik  Morozovni  xalq  dushmanlari  vahshiylarcha 
oNdirishgan.  U  vatanga  sodiq,  Lenin  va  Stalin  ishiga 
hayotini  bag‘ishlagan  zamondoshimiz.  Uning  otasi  xalq 
dushmani,  Sho‘ro  tuzumini  ag ‘darib  tashlashni  niyat  qilgan. 
Pavlik  o ‘sha  dushmanning  sirini  fosh  etadi.  H ozir  Sho‘rolar 
jum huriyatining  hamma  joyida  M orozovchilik  harakati 
boshlanib  ketdi.  Yosh  vatanparvarlar  ichki  dushm anlam i  fosh 
qilish  uchun  qasamyod  qilmoqdalar.  Sen  ham  shu  harakatga 
q o ‘shilishing  kerak.  Bu  sening  muqaddas  burching.  Biz 
aytgan  ishlami  bajarsang,  seni  Butunittifoq  pionerlarining 
«Artek»  nomli  lageriga  yuboramiz.  Faol  pionerlam ing 
M oskvada  bo‘ladigan  slyotida  ham  qatnashasan.  0 ‘sha  yerda 
buyuk  ustozimiz,  dohiym iz  Stalinni  ko‘rasan.
Kimsanboyning 
ko‘zlari 
yashnab 
ketdi. 
«Muqaddas 
poytaxtimiz  ulug‘  Moskvani,  tirik  dohiyni  ko‘rish,  Qora  dengiz 
sohilidagi  jahon  bolalari  dam  oladigan  lagerda  shohsupaga 
ko‘tarilib  she’r  o‘qib  bersa  bormi!..»  Kimsanboy  shoshib  qoldi.
-   Men  nim a  ish  qilishim  kerak?
-   Avvalo,  o ‘rtam izda  b o ‘lib  o ‘tgan  bu  suhbatni  birovga 
aytm aslikka  so ‘z  berasan.  Bundan  keyingi  suhbatlarimizni 
ham  sir  saqlaysan. -  U  shunday  deya  turib,  portfelidan 
bir varaq  qog‘oz  olib,  unga  uzatdi. -  Bunga  imzo  chekib  ber. 
Avval  o ‘qi,  keyin  imzo  chek.
Q og‘ozga  shundoq  so ‘zlar  yozilgan  edi:
«TILXAT.  M enkim,  Kimsanboy  Olim jon  o ‘g ‘li  GPU 
xodim i  M .M ansurov  bilan  b o ‘lgan  suhbatimizni  birovga 
aytmayman.  Otam  Olimjon  Rahm onovning xatti-harakatlarini 
kuzatishga  so ‘z  beraman.  Uyga  keladigan  m ehm onlar  bilan 
nim alar  to ‘g ‘risida  gaplashilganini  yozib  beraman.  Agar 
bo‘lib  o ‘tgan  gaplam i,  otam  haqida  to ‘plangan  m a ’lum otlami 
birovga  aytsam,  jinoyat  kodeksining  tegishli  moddasi  bo‘- 
yicha jazolanam an».
-   0 ‘qib  b o ‘ldingmi?  Endi  imzo  chek!
K imsanboy  o ‘ylab  o ‘tirmay,  tilxat  ostiga  imzo  chekdi.
16

-   Tilingga  ehtiyot  bo‘l.  Otang  haqida  yozib  qo‘ygan 
xatlami  har  haftaning  dushanda  kunlari  o ‘zim  kelib,  shu 
yerdan  olib  ketaman.  Agar  birovga  aytsang,  yo  otangga 
bildirsang, 
xuddi 
Pavlik 
Morozovdek 
halok 
bo‘lasan. 
Yanagi  kelishimda,  agar  aytganlarimni  uddalasang,  viloyat  pio- 
nerlar  tashkiloti  seni  qo‘l  soati  bilan  mukofotlaydi,  bildingmi?
GPU  xodimi  M ansurov  har  dushanba  kuni  maktabga 
kelar,  Kimsanboy  yozib  q o ‘ygan  m a’lum otlam i  o ‘qib 
k o ‘rgach,  boshqatdan  yozdirardi.
-   Kerakli  gaplami  yozish  kerak.  Faktlarga  siyosiy  tus 
berishni  o ‘rgan!  Bobokalon  dohiymiz  Karl  Marks:  « D in -x a lq  
uchun  afyundir»,  degan.  Uyimizga  kelgan  mehmonlar Ahmad 
Yassaviy  degan  reaksion  dindor  shoirni  ko‘klarga  ko‘tarib 
maqtashdi.  Xalqni  asoratga  soluvchi  she’rlarini  o ‘qishdi,  deb 
yozish  kerak.  Alisher  Navoiy  «Hamsa»ni  «Chor  devon»ni 
yozganda  Pushkinning  habash  bobosi  0 ‘rta  Yer  dengizining 
janubiy  qirg‘oqlarida  chig‘anoq  terib  yurardi.  Mirzo  Ulug‘bek 
Samarqandda  Rasadxona  barpo  etgan  paytlarda,  obrislar 
xaxollaming  malayi  edi,  chipta  kovush  kiyib  yurishardi,  degan 
gaplami  aytishdi  deb  yozgin!
-   Bunaqa  gaplam i  endi  sizdan  eshitib  turibman...  Qandoq 
qilib  yolg‘onni  yozaman?!
Birdan  M ansurovning jah li  chiqib  ketdi.
-   Yozavermaysanmi, 
tirrancha! 
Aytmagan 
bo‘lishsa, 
endi  aytishadi!  Xalq  dushmanlari  ham m a  gaplam i  birdan 
aytib  qo‘ya  qolishmaydi.  U lar  nihoyatda  pixini  yorgan, 
niqoblangan  yovlarimiz.
Kim sanboy  bir  hafta  m obaynida  jonini  jabborga  berib 
to ’plangan  m a ’lum otlami  qaytadan,  M ansurov  aytgandek 
qilib  yozdi.  Tagiga  imzo  chekdi.
-   Ha, balli!  M ana shunaqa qilib yozish kerak.  M enga qara, 
viloyat  pioner  tashkiloti  seni  qo 4   soati  bilan  mukofotladi. 
M a  taqib  ol!  Eh-he,  seni  hali  qancha  m ukofotlar  kutyapti!
GPUning  primer  tashkiloti  nomidan  bergan  soatini 
M ansurov  Kim sanboyning  bilagiga  taqib  q o ‘ydi.
2  -  S.  A h m a d
17

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling