To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
75237

t:
И: 
}f \ J
1 О I
Л  Л  , « U   V'  , f  
v  
У A

0 ‘Z B E K IS T 0 N  RESPU B LIK A SI ADLIYA  VA ZIRLIG I 
TO SH K EN T DAVLAT YU RIDIK IN STITU TI
M .X . B aratov
MULK HUQUQI
H uquqshunoslik ixtisosligi b o ‘yicha oliy o ‘quv y u rtla ri m ag istratu ra 
tala b ala ri uchun darslik
(to ‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr)
T oshkent -  2009
N A M A N G A  < JD AVL AT 
[ ) К £ С 6 Щ 1 \
A h h n r n t . r o c n   i  m a r k a / l

Mazkur  darslik  TDYI  O'auv-uslubiy  kengashining  2009-yil  22-apreldagi 
9-sonli  majlis qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
UDK 347.2/.3+347.23
67.404.1 
M 85
Baratov M.X.
Mulk  huquqi 
/  Huquqshunoslik  ixtisosligi  bo‘yicha 
oliy  o ‘quv  yurtlari  magistratura  talabalari  uchun  darslik. 
-Т.:  TDYI nashriyoti, 2009.  -336 bet.
Sarlavhada: 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Adliya 
vazirligi, TDYI.
M as’ul m uharrir: 
yuridik fanlar doktori, 0 ‘zbekistonda xizmat 
ko'rsatgan yurist, professor I.B. Zokirov
Taqrizchilar: 
yuridik fanlar doktori B.N. Toshev,
yuridik fanlar nomzodi V.Yo. Ergashev.
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  bugungi  kunda 
turmushimizning  barcha  jabhalarini  qamrab  oldi  va  u  muvaffaqiyatli  amalga 
oshirilmoqda.  Ayniqsa, jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  to'g'risida 
milliy  dastur qabul qilinganidan  so'ng,  shuningdek  mamlakatni  modemizatsiya 
va isloh qilish ketayotgan bir paytda bu sohadagi ishlar yanada faollashdi.
Mazkur  darslik  darslikning  avvalgi  avlodidan  ham  shaklan,  ham  maz- 
munan  farq qilib,  u  bugungi  kun  talablaridan  kelib  chiqib  yaratildi.  Muqaddam 
yaratilgan darslik bugungi davr ruhidan kelib chiqib, bir qadar boyitildi.
M a’lumki,  mulkiy  munosabatlar  juda  keng  qamrovli,  ayni  paytda 
murakkab  munosabatlardir.  Ulami  muntazam  tushunib  borish,  tahlil  qilib 
borish,  sharhlash lozimligini  davming o ‘zi taqozo  qilmoqda.  Mazkur kitob  ham 
ushbu munosabatlar bilan yaqindan tanishishga xizmat qilsa,  ajabmas.
Darslik oliy o ‘quv yurtlari magistrantlari va talabalari,  amaliyot xodimlari 
va keng kitobxonlar ommasiga moijallangan.
BBK 67.404. Iya73
ISBN 978-9943-380-04-2 
© Baratov M.X.
© Toshkent davlat yuridik instituti, 2009.

KIRISH
M a’lumki,  m ulk  masalasi  qadim dan  kishilarni  ohanrabodek  o 'zig a 
tortib  kelgan.  K ishilam ing  o 'zlarid a  m avjud  b o ’lgan  mol-m ulklarining 
c h o ‘g ‘iga  qarab  jam iyatdagi  mavqei  belgilangan.  Insoniyat  tarixi  shuni 
ko'rsatm oqdaki,  mulk  (kundalik  iste’m oldagi  til  bilan  aytganda  -   boylik) 
ka  intilish  barcha  makon  va  zam onlarda  bo'lgan.  Darhaqiqat,  faylasuflar 
d a’vo  qilishganidek,  mol-m ulk,  aniqrog'i,  xususiy  m ulk jam iyatda  muhim 
ustqurm a  bo'lg an  ijtim oiy-siyosiy  tuzilma  -   davlatning  paydo  b o ’lishida 
va  shakllanishida  hal  qiluvchi  rol  o'ynagan.  Mulk,  m ol-m ulk  deymiz. 
X o'sh,  biz  u  haqda  nim alam i,  qanchalik  bilam iz?  Bugungi  zamonaviy 
shart-sharoitlarda  uning  ta ’rifi,  huquqiy  rejimi  qanday?  Oddiy  fuqaroning, 
davlatshunos  va  sivilist,  shuningdek  iqtisodchi  olimning,  rahbam ing  a 
haqdagi  fikri  qanday?  Sohani  tartibga soluvchi  milliy  qonunchilikda ushbu 
m asala  qanday  hal  qilingan  va  bu  hoi  xalqaro  xususiy  nuquqda  qanday 
ahamiyat  kasb  etgan,  ular  o ’rtasidagi  nisbat  nim ada?  Sud  amaiiyoti 
qayoqqa qarab ketayapti?
B ir  so 'z   bilan  aytganda,  qo'lingizdagi  m azkur  darslikda  shu  va  shu 
kabi k o 'p lab  m asalalarga m a’lum  ma  noda javob topishingiz mumkin.
Sirasini  aytganda,  ushbu  m asalalam ing  katta  ko'pchiligi  Fuqarolik 
huquqi  deb  atalmish  serqirra,  keng  ko'lam li  huquq  sohasida  ham   tartibga 
solinadi,  o'rganiladi.  Ammo  shuni  aytish  kerakki,  fuqarolik  huquqi  va 
mulk  huquqi  bir-birisiz  yashay  olmaydi.  Ular  bir-birini  to'ldiradi. 
Aytm oqchim izki,  mazkur  darslikda  aytiladigan  ayrim   fikr-m ulohazalar  siz 
bilgan  “oddiy  haqiqatlar”  tarzida tuyulishi  mumkin.  Am m o  ushbu loyihada 
shunga harakat qilindiki,  fuqarolik huquqi,  m ulk huquqiga doir m uqaddam  
chop  etilgan  nashrlardan  farqli  o'laroq,  qo'yilgan  m asalalam ing  m azm un- 
m ohiyatiga  chuqurroq  kirib  borishga  harakat  qilindi.  Zero,  bunda  darslik 
asosan  m agistrantlarga m o'ljallanganligi ham hisobga olindi.
Yuqorida  aytganim izdek,  m azkur  darslikni  yontishda  sohada  qalam 
tebratgan 
va  bu  haqda  bizgacha  nim adir  fikr, 
g 'o y a  bildirgan 
m utaxassislam ing 
fikr-m ulohazalaridan 
ijodiy 
foydalanildi, 
ayrim 
o'rinlarda 
ular 
bilan 
sirtdan 
bahs-m unozaralarga 
ham 
kirishildi. 
Shuningdek,  darslikni  yaratishda  m uqaddam   chop  etilgan  shunday  turdagi 
nashrlardan,  mavjud  an’analardan  ham  foydalanishga  to 'g 'ri  keldi. 
Darslikning 
birinchi 
nashri 
hammualliflari, 
ustoziar 
I.B.Zokirov,
O.Oqyulov  va  Q .M ehm onovlam ing  roziliklari  bilan  ushbu  nashr  dunyoga 
keldi  va  bunda avvalgi nashrdan ham ijodiy  foydalanildi.  Shuni  ham  aytish 
lozimki, 
dasrlikni 
yaratish 
jarayonida 
ustozlarning 
ko'm agi 
va
з

maslahatlariga 
tayanildi. 
0 ‘z 
o ‘m ida 
ularga 
benihoya 
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Darhaqiqat,  mamlakatimizni  modemizatsiya  va  isloh 
qilish, 
shuningdek sud-huquq islohotlari va qonunchilikni liberalizatsiyalashtirish 
sharoitlari  har  bir  fuqarodan  islohotlarda  oddiy  kuzatuvchi  bo‘lib  emas, 
balki  unda  faol  ishtirokchi  b o ‘lishni,  muayyan  hissa  qo'shishni  talab 
etmoqda.  Shu m a’noda tayyorlangan ushbu darslikni mazkur turdagi o ‘quv 
adabiyotlariga  qo‘yilayotgan  talablardan,  amaldagi  qonun  hujjatlari, 
xalqaro  huquq  normalari  va  sud  amaliyotidan  kelib  chiqib,  fan  dasturi 
doirasida tayyorlangan ilmiy-uslubiy nashr, deyish mumkin.

1-BOB. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR 
TO‘G ‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. MULK 
HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Bobning  maqsadi:  mulk  iqtisodiy,  moddiy  munosabatlarning 
alifbosi,  aksimoasi  bo ‘Iganligidan  ushbu  bobda  mulk,  mulk  huquqi 
tushunchalari,  mulkning  ashyodan  farqli  jihatlari,  mulk  huquqini 
tavsiflovchi mashhur triada -  mulkkni  egallash,  undan foydalanish  va uni 
tasarruf  etish, 'bir  so ‘z  bilan  aytganda,  mulk  nima-yu,  mukdor  kim? 
Mulkdoming huquqiy qiyofasi qanday? kabi savollami ochib berishdir.
Ushbu  masalalar  mulk  huquqi  to'g'risidagi  turf a  ta’limotlar  orqali 
ochib  berishga  harakat  qilindi.  Mulk  huquqining  tamoyillari,  mulk 
huquqini  amalga  oshirish  shartlar  va  uning  bozor  munosabatlari 
sharoitidagi  ahamiyatiga  urg'u  berildi.  Mulk  huquqi  vujudga  kelishi  va 
bekor  bo'lishi  bilan  bog'liq  masalalar,  yangi  iqtisodiy  shart-sharoitlar 
o'laroq,  turli  mulk  shakllarining  amalga  kiritilishi  hamda  ulaming 
realizatsiyasi bilan bog 'liq masalalar ochib berildi.
Bobda  qo'yilgan  masalalar  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlarining 
amalda  tatbiq  etilayotganligi,  huquqiy  demokratik  davlatda  ijtimoiy- 
huquqiy  hodisalami  bilishning  falsafiy-mantiqiy  usullariga  tayanilgan 
holda,  milliy  qonunchilik  va  xorijiy  tajriba,  yaqin  o'tmishdagi  huquqiy 
tizim  va  bugungi  real  holat,  nazariya  va  amaliyot  qiyosiy  rakurslardan 
turib,  ochib berildi.
1. Mulkning iqtisodiy va yuridik m a’nodagi tushunchalari
M a’lumki,  mulk  qadimdan  barcha  kishilik jamiyatini  va  u jam iyat 
a’zolari  hisoblangan  fuqarolami  ohanrabodek  o ‘ziga  tortib  kelgan.  Zero, 
kishilaming  o ‘zlari  to'plagan  mol-mulkiga1  qarab,  ulaming  jamiyatdagi, 
Ijtimoiy  turmushdagi  mavqelari  belgilangan.  Jamiyatning  iqtisodiy  negizi
-   mavjud  mulkchilik  munosabatlariga  asoslanadi.  Shu  sababli  mulk 
nafaqat  yuridik  mazmunga,  balki  iqtisodiy  m a’noga  ham  ega.  Kishilar 
mehnati  bilan  yaratilgan  yoki  tabiat  tomonidan  insonlarga  o ‘ziga  xos 
tarzda “taqdim etilgan” boyliklar har doim m ulk b o ‘lib kelgan. Mulk egasi 
bo‘lish  yoki  boim asligiga  qarab,  kishilaming  jamiyatdagi  mavqei, 
aniqrog'i 
ijtimoiy-iqtisodiy 
maqomi 
vujudga 
keladi. 
Mulkiy 
munosabatlarsiz  iqtisodiy  munosabatlar,  ishlab  chiqarish  jarayoni  o 'z 
mazmuniga ega bo‘lmaydi.
1  Bu erd l u o ia n   hech bir  milliy  davlatlar qonunchiligida huquqiy rejim ta’siri  ostida  qayd  qilinmagan  boylik nazarda
tulllmoqd».
5

Mulk  birinchidan,  kishining  ashyoga  nisbatan  egalik  his-tuyg‘usi 
bilan bog'liq, ikkinchidan, ushbu ashyo xususida kishilar o'rtasida vujudga 
keladigan  munosabatdir.  Demak,  bir  so'z  bilan  aytganda,  mulk  ashyo  va 
unga nisbatan egalik hissi bilan b og'liq munosabatdir.
Ashyo  -   moddiy 
qiymatga  ega  bo'lgan  hamda  iqtisodiy 
munosabatlaming  predmeti  bo'ladigan,  kishilaming  ehtiyojlarini  qondira 
oladigan narsalardir.
Demak,  ashyo  bizning  atrofimizni  o'rab  turgan  jamiki  narsalardir. 
Ashyo  kelgusida  mulk  huquqi  obyektiga  aylanadi,  ya’ni  kishilarda  mulk 
huquqini  vujudga  keltiradi.  Ammo  shuni  aytish  kerakki,  hamisha  ham 
ashyo kishilaming mulkiga aylanavermaydi.  Ashyolar tayinlanishlariga va 
huquqiy rejimiga ko'ra, quyidagicha farqlanadi:
Ishlab chiqarish  vositalari va iste’m ol buyumlari bo ‘Igan  ashyolar. 
Ilgari  mazkur iqtisodiy tasnifdagi  ashyolarga birinchi  darajadagi ahamiyat 
berilgan  edi1.  Yaqin-yaqinlargacha  davlat  mulki  va  fuqarolaming  xususiy 
mulki  o'rtasidagi  farq  bu  holat  bilan  bog'Ianar  edi.  Hozirgi  kunda  ishlab 
chiqarish  vositalari  nafaqat  davlat  balki  fuqarolaming  xususiy  mulki 
obyektlari  bo'lishi  mumkinligini  hisobga  oladigan  bo'lsak,  bunday 
tasniflash  o'zining  ahamiyatini  yo'qotdi.  Shu  bilan  birga  ishlab  chiqarish 
vositalari  va  iste’mol  buyumlarining  huquqiy  rejimini  bir-biriga  mos  deb 
bo'lmaydi. 
Masalan, 
avtomobil  mulkdori  unga  nisbatan  shaxsiy 
maqsadlardagina  ishlatilishi  yoki  ishlab  chiqarish  vositasi  (masalan, 
soliqqa  tortilishi,  ishlatish  uchun  zarur  ruxsatnomalar  olish,  ishlab 
chiqarish  xususiyatlarini  saqlab  qolish  va  h.k.)  sifatida  foydalanishiga 
ko'ra keng doiradagi huquq va majburiyatlarga ega.
Fuqarolik  muomalasidagi  (masalan,  kiyim-kechak,  uy-joy,  oziq- 
ovqat  kabi),  cheklangan  fuqarolik  muomalasidagi  (masalan,  yopiq 
aksiyadorlik  jamiyati  aksiyalari, 
ov  m iltig'i  kabi)  va  fuqarolik 
muomalasidan  chiqarilgan  ashyolar  (masalan,  davlatning  mutlaq  mulki 
hisoblangan  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  havo  bo'shlig'i  kabi).  Qoida 
tariqasida  ashyolar  va  boshqa  fuqarolik  huquqi  obyektlari  erkin  ravishda 
begonalashtirilishi  yoki  turli  xil  fuqarolik-huquqiy  bitimlar  va  boshqa 
asoslarda universal huquqiy vorislik (vorislik, yuridik shaxsni qayta tashkil 
etish) tartibida bir shaxsdan boshqa shaxsga o'tishi mumkin2.
1  Гражданское  право.  Учеб.:  в  3  т.  Т.  1.  -6-изд.  ,  перераб.  Й  доп.  //  Н.Д.Егоров,  И.В.Елисеев  и  др.  Отв.  ред. 
А.П.Сергеев, КХК.Толстой. -М .: ТК Велби, изд-во Проспект, 2005. -255 с.
2  Гражданское  право.  Учеб.:  в  3  т.  Т.  1.  -6-изд.  ,  перераб.  И  доп.  //  Н.Д.Егоров,  И.В.Елисеев  и  др.  Отв.  ред. 
А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой. -М .: ТК Велби, изд-во Проспект, 2005. -259 с.

Ba’zi  ashyolar  davlat  va  jamiyat  xavfsizligi,  davlatning  iqtisodiy 
manfaatlarini  himoya  qilish,  aholini  sog‘lig‘ini  saqlash  va  h.k.  tufayli 
fuqarolik muomalasida bo'lishi cheklanishi mumkin1.
Fuqarolik 
muomalasidan 
chiqarilgan 
ashyolar 
amaldagi 
qonunchilikka  k o ‘ra,  fuqarolik-huquqiy  bitim  predmeti  bo'lishi  mumkin 
bo'lmagan  ashyolardir.  Bunday mulklarga avvalo  davlat mulki  obyektlari, 
yo'llar,  daryolar,  jamoat  binolari  va  inshootlari,  milliy  kutubxonalar, 
hayvonot  olami,  o'sim lik  dunyosi  obyektlari  va  h.k.lar kiradi.  Fuqarolik 
muomalasidan  chiqarilgan  mol-mulklar  ro'yxati  amaldagi  qonunchilikda 
belgilab qo'yiladi2.
Mulkiy  munosabatlar  -   jamiyatdagi  boyliklami  o'zlashtirish 
xususidagi  iqtisodiy  munosabatlardir.  Mulkchilik,  birinchidan  insonning 
boyligi  bo'lm ish  ashyo,  buyum  yoki  boshqa  narsaga  nisbatan  egalik  his- 
tuyg'usi  bilan  bog'liq  munosabat,  ikkinchidan,  ana  shu  boylik,  ne’mat 
xususida  kishilar  o'rtasida  vujudga  kelgan  munosabatdir.  Kishilar 
buyumlami,  ne’matlami  o'ziniki  qilib  olgandagina  o'zlashtirishlari 
mumkin,  chunki  jamiyatda  o'zganiki  bo'lgan  ne’matlami  o'zlashtirib 
bo'lmaydi.  Mulk sohibi o 'z  mulkiga mustaqil tayanib ish ko'radi.  Mulksiz 
o'zganing mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs 
to'liq  m a’noda  hali  mustaqil  emas.  N e’matlar  ikki  yo'sinda:  ishlab 
chiqarish  resurslari,  ya’ni  vositalari  va  ishlab  chiqarish  natijalari  sifatida 
o'zlashtiriladi.
Mulkchilik  bu  -   mas’uliyat  bilan  manfaatning  uzviy  birligi 
hisoblanadi.  Mulkchilik  real  bo'lishi  uchun  mulkdoming  iqtisodiy 
manfaati  -   uning  boylik  egasi  sifatidagi  hayotiy  ehtiyoji  bo'lib,  xatti- 
harakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi3.
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarini  shakllantirish,  mulkchilik 
munosabatlarini  tubdan  qayta  ko'rib  chiqishni  taqozo  etadi.  Shaxsni 
mulkdan  begonalashuviga  asoslangan  ijtimoiy  alohida  imtiyozli  mavqega 
barham  berildi. 
O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  53- 
moddasida 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etishi mustahkamlab qo'yildi4.
Tabiat  boyliklari  va  kishi  mehnati  natijalari  shaxslar  tomonidan 
ayrim-ayrim  holda  o'zlashtirilmay,  balki  birgalashib  va  o'zaro  hamkorlik
* O'zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida”gi qonunning 4-moddasi 
yangi tahririda.
Yuqoridagi  manbada.
* O 'lm aiov A., Sharifho’jaev M. Iqtisodiy nazariya. -Toshkent: Mehnat,  1995. -133  b.
4  Рахманкулов  X.  Эволюция  права  собственности  (проблемы  собственности  сравнительное  исследования). 
-Тошкент:  Адолат,  1995. -34 б.
7

bilan  o'zlashtiriladi.  Binobarin,  mulk  tabiat  narsalarini  o ‘zlashtirishda 
kishilar  va  ulaming  jamoalari  o'rtasida  bo'lgan  munosabatni,  ya’ni 
ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bildiradi.
Yuqorida 
aytganlardan 
m a’lum 
bo'lishicha, 
mulk 
ishlab 
chiqarishning 
zamr 
sharti 
v,a 
ishlab 
chiqarilgan 
boyliklaming 
o'zlashtirilishi natijasi hisoblanadi.
Mulk  ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlami 
egallash,  foydalanish  va ularfti  tasarruf etish  sohasida  bo'ladigan  ijtimoiy 
munosabatlaming majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin.
Yuridik  ma’nodagi  “mulk”  tushunchasi  to'g'risida  to'xtalib  shuni 
aytish  kerakki,  shaxslar  tomonidan  tabiat  boyliklarini,  ashyolarini 
o'zlashtirishda  bo'ladigan  ijtimoiy  munosabatlami  tartibga  soladigan  va 
mustahkamlaydigan  huquqiy  normalar  tizimi  yuridik  m a’nodagi  “mulk” 
tushunchasida  qo'llaniladi.  Bu  m a’nodagi  mulk  mulk  huquqi  (subyektga 
tegishli  sof  m a’nodagi  subyektiv  huquq  sifatida  emas,  balki  muayyan 
huquq sohasi) sifatida ko'riladi.
M ulk huquqi  tushunchasining  yuridik ta’rifi FKning  104-moddasida 
berilgan.  Unga  muvofiq,  mulk  huquqi  shaxsning  o'ziga  qarashli  mol- 
mulkka o 'z  xohishi bilan va  o 'z manfaatlarini ko'zlab  egalik qilish,  undan 
foydalanish  va uni  tasarruf etish,  shuningdek o'zining mulk huquqini,  kim 
tomonidan  bo'lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilish 
huquqidan  iboratdir.  Bu  ta’rif  mulkdoming  o 'z   mulkiga  nisbatan 
munosabatining  barcha  huquqiy jihatlarini  qamrab  oladi.  Shu  bilan  birga, 
ushbu  ta’rifda  uchinchi  shaxslaming  mulkdor  mulkiga  munosabatlarining 
eng  muhim  qonuniy  asosi  kafolatlangan.  Ya’ni,  mulkdoming  mulk 
huquqini  kim  tomonidan  bo'lmasin  har  qanday  buzishdan  muhofazalay 
olishi  imperativ  m e’yor  sifatida  mustahkamlangan.  Bu  ham  esa,  o 'z  
navbatida  mulkdor  mulk  huquqini  majburiy  m a’noda  “muqaddasligi”ni 
ifodalaydi.
2. M ulk huquqining mazmuni
Mulk  huquqi  o 'z   navbatida  ikki  ma’nodagi:  obyektiv  va  subyektiv 
m a’nodagi mulk huquqiga bo'linadi.
Obyektiv  m a’nodagi  mulk  huquqi  deganda,  tabiat  ashyolarini 
ijtimoiy o'zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga 
solish  va  mustahkamlash  uchun  xalq  manfaatlarini  ko'zlab  belgilangan 
tadbirlami  ifodalovchi  huquq  normalari  yig'indisi  nazarda  tutiladi. 
Chunonchi, mulk to'g'risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari 
hisoblanadi.
8

Subyektiv  m a’nodagi  mulk  huquqi  deb  ayrim  shaxslar,  ya’ni  huquq 
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolaming)  obyektiv huquq 
normalari  asosida kelib  chiqadigan mulkni  egallash,  undan  foydalanish va 
uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni  o ‘z  xohishiga  k o ‘ra  va  o ‘z  manfaatini  ko'zlab  egallash, 
undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek  mulk  huquqini  har 
qanday  buzilishlardan  bartaraf  etishni  talab  qilish  huquqi  tushunchalari 
mulk  huquqining  mazmunini  tashkil  etadi.  Subyektiv  mulk  huquqining 
mazmunini  tashkil  etadigan  bu  elementlar  mulk  egasiga  qonun  bilan 
belgilangan doiralarda beriladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Mulkchilik  to ‘g ‘risida”gi  qonuni  va 
FKning  164-moddasida  belgilanishicha,  mulkdor  o ‘ziga  tegishli  mol- 
mulkka  o ‘z  ixtiyoriga  k o ‘ra,  o ‘z  xohishi  va  manfaatlarini  k o ‘zlab  egalik 
qiladi,  undan foydalanadi  va uni  tasarruf etadi.  Shu m a’noda mulkdor o ‘z 
mulkiga  bo'lgan  huquqlarini  ixtiyoriy  ravishda,  o ‘z  xohishiga  k o ‘ra 
amalga oshiradi.  Mulkdoming o 'z  xohishi deganda, uning o 'z  erki,  irodasi 
bilan  o 'z   manfaatlarini  ko'zlab,  birovning  (uchinchi  shaxslaming) 
tazyiqisiz,  g'ayrihuquqiy  ta’sirsiz  harakat  qilishi  nazarda  tutiladi.  Agar 
mulkdorga  nisbatan  bunday  holatda  zo'rlik,  tazyiq  ko'rsatilgan  bo'lsa, 
qonun  mulkdoming  xohish-irodasi  erkin  amalga  oshirilishini  kafolatlaydi 
va  muhofaza  qiladi.  Ayni  vaqtda  mulkdoming  o 'z  xohishiga  ko 'ra  ish 
tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdoming  mulkiy  huquqni  o 'z   xohishiga  ko'ra  amalga  oshirishda 
uning manfaati yotadi.  Bu manfaat bevosita uning o'ziga,  yaqinlariga yoki 
boshqalarga taalluqli bo'lishi  mumkin.  Masalan,  ota-ona voyaga yetmagan 
farzandi  nomiga  bankka  omonat  pul  m ablag'i  qo'yganda  ham,  garchi 
bunda  uchinchi  shaxsning  manfaati  ko'zlaganday  bo'lsa  ham,  aslida 
mulkdoming  harakati  zamirida  ota-ona 
sifatidagi  burchi 
yotadi. 
Mulkdoming  o'zi  xohishiga  ko'ra  yoki  manfaatiga  zid  ravishda  mulkiy 
bitimlar  tuzishiga  majbur  qilish,  umumiy  qoida  bo'yicha  bunday  bitimlar 
haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi.
Yuqorida aytganimizdek,  mulk huquqi uch  element -  mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi.
Mulkni  egallash  huquqi  mulkni  qo'lda  yoki  unga  nisbatan  o'z 
huquqlarini  amalga  oshirishga  imkon  beruvchi  biron  joyda  saqlab 
turishdir.  Mulkni  qonunga  muvofiq  ravishda  o 'z   qo'lida  yoki  o 'z   erki- 
irodasi  ta’siri  ostida  saqlab  turgan  shaxs  mulkni  egallash  huquqiga  ega. 
Bunday  huquq, 
avvalo, 
mulk  egasiga  tegishli 
bo'ladi. 
Avvalo 
deganimizning  boisi  shundaki,  mulkni  egallash  huquqi  qonun  yoki
9

shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo'lishi mumkin.  Masalan,  mulk 
shartnoma bo'yicha ijaraga berilganida,  vaqtincha tekin foydalanish uchun 
topshirilishida,  omonatga  qo'yilishida  yoki  m a’muriy  dalolatnomalarga 
binoan  vaqtincha  saqlash  uchun  biron  tashkilot  yoki  fuqarolarga 
o'tkazilishida  egalik  huquqi  mulk  egasi  hisoblanmagan  shaxsda  ham 
bo'lishi mumkin.
Mulkni  qonun  talablariga  muvofiq  qo'lda  saqlab  turishga  qonuniy 
egallash  deb  aytilsa,  qonuniy  asoslar  bo'lm ay  turib  birovlarga  qarashli 
mulkni  egallash,  masalan,  birovning  o'g'irlatgan  yoki  yo'qotgan  mulkini 
qo'lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan  foydalanish  huquqi  -   mulkning  foydali  xususiyatlarini 
o'zlashtirish,  mulkdan  iqtisodiy  m a’noda  foyda  ko'rishdir.  Mulkdan 
qonunga  muvofiq  ravishda foydalanuvchi  shaxs  shu  mulkdan  foydalanish 
huquqiga  ega  bo'ladi.  Mulkdan  foydalanish  huquqi  shu  mulkni  egallash 
huquqi  bilan chambarchas bog'liqdir.  Mulkni  egallamay,  qo'lda  saqlamay 
turib  undan  foydalanib  ham  bo'lmaydi. 
Masalan, 
mulk  ijarasi 
shartnomasiga  muvofiq,  ijaraga  beruvchi  dastavval  mulkni  ijaraga 
oluvchiga  qonun  yoki  shartnomada  ko'zda  tutilgan  tartibda  topshiradi. 
Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish 
huquqi  ham  vujudga  keladi  va  u  shundan  so'ng  ijaraga  berilgan  mol- 
mulkdan foydalanishi mumkin.  Mulkdan ishlab  chiqarishda yoki kundalik 
hayotda  foydalanishda  bu  mulk  butunlay  iste’mol  qilinadi  yoki  muayyan 
vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
Agar  birovning  mulkidan  foydalanish  qonun  yoki  shartnoma  bilan 
belgilangan  asoslar  bo'lm ay  turib  amalga  oshirsa,  bunday  foydalanish 
qonunsiz  foydalanish  hisoblanadi.  Masalan,  o'g'irlangan  yoki  yo'qotilgan 
mulkdan foydalanish.
Mulkni  tasarruf etish  huquqi  -  mulkning  yuridik  taqdirini  belgilash, 
ya’ni  mulk  yuzasidan  boshqa  shaxslar  bilan  bo'ladigan  huquqiy 
munosabatni  belgilash,  o'zgartirish  yoki  bekor  qilishga  qaratilgan 
huquqdir.
Mulk  egasi  tasarruf etish huquqiga binoan  mulk yuzasidan xilma-xil 
bitimlar,  shartnomalar,  chunonchi,  ashyoni  sotish,  hadya  qilish,  ijaraga 
qo'yish to'g'risida  shartnomalar tuza oladi.  Agar  ashyo butunlay keraksiz 
bo'lib  qolsa,  mulk egasi  bunday  ashyoni tashlab  yuborishi,  o'zidan biron- 
bir usul bilan soqit qilishi mumkin.  Bu huquq mulkdorga o 'z  mol-mulkiga 
nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatlami  amalga  oshirish, 
shu jumladan  mol-mulkdan  garov  narsasi  sifatida  foydalanishi  yoki  unga 
boshqacha  yo'llar  bilan  vazifa  yuklash,  uni  begonalashtirish  yoki  mol- 
mulkni boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi.
10

Bu  huquqning  qo‘ldan  ketishi  bilan  mulkka  nisbatan  bo'lgan  egalik 
huquqi ham qo'ldan ketadi.  Masalan,  mulkni  omonatga qo'yishda ashyoni 
egallash  huquqi,  ijaraga  berishda  ashyoni  egallash  va  undan  foydalanish 
huquqi  birovga  o ‘tsa,  ashyoning  sotilishi  yoki  hadya  qilinishida  esa 
subyektiv  mulk  huquqining  har  uch  elementi:  egallash,  foydalanish  va 
tasarruf etish  huquqlari  ham butunlay  boshqa  shaxsga  (yangi  mulkdorga) 
o'tadi.
Ayrim  hollarda,  chunonchi,  mulkni  yo'qotish,  o'g'irlatish  hollarida 
mulk  egasi  o 'z  mulkni  egallash,  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish 
imkoniyatidan  mahrum  bo'lsa  ham,  egalik  huquqini  qonunda  belgilangan 
hollarda  v a ' muddatlarda  o 'zi  saqlab  turadi.  Fuqaroga  tegishli  mulk 
o'g'irlatilganida,  uning  kimning  qo'lida  bo'lishligi  aniqlanganidan  so'ng 
qonun  bilan  belgilangan  uch  yillik  da’vo  muddati  davomida  talab  qilib 
olinishi  mumkin.  Aks  holda  mulkka  nisbatan  bo'lgan  egalik  huquqi 
yo'qoladi.  Umuman  olganda mulkni  tasarruf etish  elementi  kimda bo'lsa, 
shu  shaxs  (garchi  mulkning  qo'lida,  ya’ni  egaligida  yoki  foydalanishida 
bo'lm asa  ham)  mulkdor  hisoblanadi.  Zero,  tasarruf  etish  elementi 
mulkning  shakli  va  huquqiy  maqomiga  qarab  muayyan  hujjatlar  (order, 
tilxat va h.k.) bilan tasdiqlanadi.
Mulk  egalari  o'zlariga  tegishli  mulk  huquqidan  g'ayriqonuniy 
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Mulkdor  huquqlari  va  vakolatlarining  chegarasi  O'zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  54-moddasida  bayon  qilingan  bo'lib, 
unga asosan mulkdor o 'z   huquqlarini  amalga oshirishda ekologik muhitga 
zarar  yetkazmasligi,  fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlatning  huquqlarini 
hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu  Konstitutsiyaviy  norma  FKning  172-moddasida  batafsil  talqin 
qilingan.  Ushbu  moddaga  asosan  mulkdor o 'z   mulkiy  huquqlarini  amalga 
oshirishdan quyidagi shartlariga amal qilishi lozim:
1. Mulkdoming o 'z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming 
huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart;
2.  Qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollarda,  shartlarda  va  doirada 
mulkdor  boshqa  shaxslar  uning  mol-mulkidan  cheklangan  tarzda 
foydalanishiga  y o 'l  qo'yishga  majbur  (masalan,  ko'chmas  mulk-yer 
uchastkasi  egasi  qo'shni  yer  uchastkasi  egasi  qo'shni  yer  uchastkasining 
egasidan  zarur  hollarda,  boshqa  yer  uchastkalarining  egalaridan  ham 
o'zganing  yer  uchastkasidan  cheklangan  holda  foydalanish  (servitut) 
huquqini  berishni  talab  qilishga  haqli.  Odatda,  servitut  piyodalar  va 
transport yo'li,  elektr,  aloqa,  gaz  yoki  suv  quvurlari  o'tkazish  uchun  zarur

bo'lishi  mumkin.  Yer  uchastkasida  servitut  belgilanishi  yer  egasini  mulk 
huquqidan  aslo  mahrum  qilmaydi.  Servitutdan  foydalanuvchi  bilan  yer 
uchastkasi egasi o'rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko'chmas mulkka 
oid bitimlar kabi ro'yxatdan o'tkaziladi.  Servitut belgilangan uchastkaning 
egasi  agar  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  servitut 
kimning foydasini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsdan uchastkadan 
foydalanganlik  uchun  mutanosib  haq  talab  qilishga haqlidir  (FKning  173- 
moddasi);
3.  Mulkdor  o'zining  ustunlik  mavqeini  suiiste’mol  qilishga,  boshqa 
shaxslaming  huquqlarini  va  qonun  bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarini 
kamsitadigan o'zga harakatlami qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o 'z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog'lig'iga 
va  atrof-muhitga  zarar  yetkazishning  oldini  olish  choralarini  ko'rishga 
majbur.
Mulk  huquqining  mazmunida  nafaqat  mulkdoming  huquqlari,  balki 
mol-mulkni  saqlab  turish  burchi  ham  yotadi.  FKning  174-moddasiga 
asosan,  o'ziga  qarashli  mol-mulkni  saqlash,  agar  qonun  hujjatlarida  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  mulk  egasining 
zimmasida  bo'ladi.  Agar  mulkdor  bu  majburiyatni  bajarmasa,  ba’zi 
hollarda  uning  mulkiy  huquqlari  chegaralab  qo'yilishi  yoki  mol-mulk 
undan  olib  qo'yilishi  haqida  da’vo  oldindan  ogohlantirmasdan  ham 
qo'zg'atilishi  mumkin  (masalan,  FKning  190-moddasida  ko'zda  tutilgan 
asoslar bo'yicha).


Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling