To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29

Mas’uliyati 
cheklangan 
hamda 
qo‘shimcha 
mas’uliyatli 
jamiyatlar  mulki.  2001-yil  6-dekabrda  qabul  qilinib,  2002-yil  1-martdan 
e’tiboran  amalga  kiritilgan  O'zbekiston  Respublikasining  “Mas’uliyati 
cheklangan  hamda  qo'shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  to'g'risida’^gi 
qonunining  3-moddasiga  ko'ra,  bir yoki  bir necha  shaxs  tomonidan  ta’sis 
etilgan,  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ta’sis  hujjatlari  bilan  belgilangan 
miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan 
jamiyat deb hisoblanadi.
Qo'shimcha  mas’uliyatli  jamiyat  esa  bir  yoki  bir  necha  shaxs 
tomonidan  ta’sis  etilgan,  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ta’sis  hujjatlari  bilan 
belgilangan  miqdorlardagi  ulushlarga  bo'lingan  xo'jalik  jamiyati  bo'lib 
hisoblanadi.
Mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo'shimcha mas’uliyatli jamiyat  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan 
e’tiboran  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo'ladi.  Shuningdek,  o'zining 
mustaqil  balansida  hisobga  olinadigan  alohida  mol-mulkka  ega  bo'ladi, 
o'z  nomidan  huquqlami  olishi,  majburiyatlarga  ega  bo'lishi,  sudda 
da’vogar va javobgar bo'lishi mumkin.
Jamiyatning  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  uning  ishtirokchilari 
ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi.  Jamiyat ustav fondining 
(ustav  kapitalining)  miqdori jamiyatni  davlat ro'yxatidan  o'tkazish  uchun 
hujjatlami  taqdim  etish  sanasidagi  holatga  ko'ra  qonun  hujjatlarida 
belgilangan eng kam oylik ish haqining  ellik baravaridan kam bo'lmasligi 
lozim.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi  (ustav kapitalidagi) 
ulushining  miqdori  foizlarda  yoki  kasr  ko'rinishida  belgilanadi.  Jamiyat
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1,  10-modda.
107

ishtirokchisi  ulushining  miqdori  uning  ulushi  nominal  qiymati  bilan 
jamiyat ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  nisbatiga  teng  bo'lishi  kerak. 
Jamiyat  ishtirokchisi  ulushining  haqiqiy  qiymati  jamiyat  sof  aktivlari 
qiymatining  uning  ulushi  miqdoriga  mutanosib  bo‘lgan  bir  qismiga  mos 
bo'ladi.
Jamiyatning  ustavi  bilan jamiyat  ishtirokchisi  ulushining  eng  yuqori 
miqdori,  shuningdek  jamiyat  ishtirokchilari  ulushlarining  nisbatini 
o ‘zgartirish  imkoniyati  cheklab  qo'yilishi  mumkin.  Bunday  cheklashlar 
jamiyatning  ayrim  ishtirokchilariga  nisbatan  belgilanishi  mumkin  emas. 
Ko'rsatib  o'tilgan  qoidalar  jamiyat  ta’sis  etilayotganda  uning  ustavida 
nazarda tutilishi,  shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining 
jamiyat  barcha  ishtirokchilari  tomonidan  bir  ovozdan  qabul  qilinadigan 
qaroriga  binoan  jamiyatning  ustaviga  kiritilishi,  o'zgartirilishi  va  undan 
chiqarib tashlanishi mumkin.
Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar uning har bir 
ishtirokchisi  ta’sis  hujjatlarida  ko'rsatilgan  jamiyatning  ustav  fondidagi 
(ustav  kapitalidagi)  o'z  hissasining  kamida  o'ttiz  foizini  kiritishi  shart. 
Biroq,  jamiyatning  har  bir  ishtirokchisi  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  va 
jamiyat  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  boshlab  bir  yildan 
oshmaydigan  muddat  mobaynida  jamiyatning  ustav  fondiga  (ustav 
kapitaliga) o'z hissasini to'liq kiritishi kerak.
Pul,  qimmatli qog'ozlar, o'zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud 
pul  bahosiga  ega  bo'lgan  boshqa  shaxsga  o'tkaziladigan  o'zga  huquqlar 
jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shiladigan hissalar bo'lishi 
mumkin.
Jamiyatning  ishtirokchilari  va jamiyatga  qabul  qilinadigan  uchinchi 
shaxslar  tomonidan  jamiyatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
qo'shiladigan  pulsiz  hissalaming  pul  bahosi  jamiyat  ishtirokchilari 
umumiy  yig'ilishining  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari  tomonidan  bir 
ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  sifatida jamiyatga foydalanish 
uchun berilgan mol-mulkning muddat o'tgunga qadar ushbu mol-mulkdan 
foydalanish  huquqi  tugatilgan  taqdirda,  jamiyatning  mol-mulkni  bergan 
ishtirokchisi  jamiyatning  talabiga  binoan  unga  shunday  mol-mulkdan 
shunga  o'xshash  sharoitlarda  qolgan  muddat  mobaynida  foydalanganlik 
uchun  to'lanadigan  haqiga  teng  pul  tovoni  to'lashi  shart.  Pul  tovoni 
jamiyat  tomonidan  uni  berish  talabnomasi  taqdim  etilganidan  e’tiboran 
agar  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig'ilishining  qarori  bilan  tovon 
to'lashning boshqacha tartibi belgilangan bo'lmasa,  bir oy ichida bir yo'la
108

to'lanishi  kerak.  Bunday  qaror  jamiyatning  ustav  fondiga  (ustav 
kapitaliga)  hissa  sifatida mol-mulkdan  foydalanish  huquqini  bergan va bu 
huquq  muddatidan  ilgari  tugatilgan  jamiyat  ishtirokchisining  ovozini 
hisobga  olmagan  holda  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi 
tomonidan qabul qilinadi.
Ta’sis  hujjatlarida  jamiyat  ishtirokchisi  tomonidan  ustav  fondiga 
(ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol- 
mulkdan  foydalanish  huquqining  muddatidan  ilgari  tugatilganligi  uchun 
jamiyat  ishtirokchisi  tomonidan  tovon  to'lashning  boshqacha  tartibi 
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
Jamiyatdan  chiqarilgan  yoki  undan  chiqib  ketgan  ishtirokchi 
tomonidan  jamiyatning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissa  tariqasida 
foydalanish  uchun  berilgan  mol-mulk,  agar  ta’sis  hujjatida  boshqacha 
qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  u  qancha  muddatga  berilgan  bo'lsa, 
shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
1996-yil  26-aprelda  O'zbekiston  Respublikasining  “Aksiyadorlik 
jamiyatlari  va  aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida’^gi 
qonuni  qabul  qilingan.  Mazkur  qonunning  2-moddasida  ko'rsatilishicha, 
ustav  fondi  jamiyatning  aksiyadorlarga  nisbatan  majburiyatlarini 
tasdiqlovchi  muayyan  miqdordagi  aksiyalarga  taqsimlangan  xo'jalik 
yurituvchi  subyekt  aksiyadorlik jamiyati  deb  hisoblanadi.  Jamiyat  qonun 
hujjatlarida  taqiqlanmagan  faoliyatning  har  qanday  turlarini  amalga 
oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlami o'z zimmasiga 
oladi.
Jamiyat  yuridik  shaxs  hisoblanadi  va  o'zining  mustaqil  balansida 
hisobga  olinadigan  alohida mol-mulkiga  ega bo'ladi,  o'z  nomidan  mulkiy 
va shaxsiy nomulkiy huquqlami olishi hamda amalga oshirishi,  zimmasiga 
majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo'lishi mumkin. Jamiyat 
davlat  ro'yxatidan  O'tkazilgan  paytdan  boshlab  yuridik  shaxs  huquqlarini 
qo'lga  kiritadi.  Jamiyat,  agar  uning  ustavida  boshqacha  qoida 
belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
“Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya 
qilish  to'g'risida”gi  qonunda  muassislaming  mulkiy  huquqlari,  mulkiy 
huquqlami  qo'shish  muddati,  miqdori,  ro'yxatdan  o'tguncha  saylangan 
boshqaruv  organlarining  vakolati  (funksiyasi)  va  harakat  doirasi,  ta’sis 
etish  bilan  bog'liq  hisobotlar,  ta’sis  etishni  nazorat  qilish  doirasi,  ta’sis 
etish  to'g'risida  ariza,  ta’sis  etish  bilan  bog'liq  nizolami  xal  etish  bilan 
bog'liq masalalar aniq belgilanishi lozim.  CHunki, )amiyatning ta’sis etish
1  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1996 yil, № 5-6, 61 -modda.
109

jarayonini  huquqiy  tartibga  solishda  bir  qator  muammolar(masalan, 
ro'yxatdan  o'tkazish  haqiqiy  emas  deb  topilsa,  ta’sischilar  o'rtasida 
xarajatlami  taqsimlash  borasida  nizo  kelib  chiqishi  mumkin.  Bu  holat 
hissalar  nomulkiy  xarakterda  bo'lishi  bilan  bog'liq  hollarda  ko'proq 
uchraydi) kelib chiqadi.
J.Yuldashevning  fikricha, 
ta’sischilar  jamiyatga  o'z  mulkiy 
hissalarini  o'tkazib,  unga bo'lgan  ashyoviy huquqlarini yo'qotadilar,  lekin 
o'z  faoliyatlari  davomida  mulkni  xususiy  egasi  bo'lib  qoladilar. 
Jamiyatning ta’sischilari turli  bitimlar va boshqa majburiyatlarini  olishlari 
mumkin.  Bu  holatda  ular  o'z  nomidan  harakat  qiladilar  va  olgan 
majburiyatlar yuzasidan ta’sischilar solidar javobgar bo'ladilar1.
Qonunga  muvofiq,  aksiyadorlik  jamiyati  ochiq  yoki  yopiq  bo'lishi 
mumkin. 
Ochiq 
aksiyadorlik 
jamiyatining 
muassislari 
tarkibiga 
kiruvchilaming  eng  kam  soni  cheklanmaydi,  yopiq  aksiyadorlik 
jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. 
Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo'lishi lozim.
Qatnashchilari  o'zlariga  tegishli  aksiyalarini  o'zga  aksiyadorlaming 
roziligisiz  boshqa  shaxslarga  berishi  mumkin  bo'lgan  aksiyadorlik 
jamiyati  ochiq  aksiyadorlik jamiyati  deb  hisoblanadi.  Ochiq  aksiyadorlik 
jamiyati o'zi chiqarayotgan  aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga va qonun 
hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ulami erkin sotishga haqlidir.
Aksiyalari faqat o'z muassislari yoki  oldindan belgilangan  doiradagi 
shaxslar  orasida taqsimlanadigan  aksiyadorlik jamiyati yopiq  aksiyadorlik 
jamiyati  deb  hisoblanadi.  Bunday jamiyat  o'zi  chiqarayotgan  aksiyalarga 
ochiq obuna o'tkazishga yoxud ulami  cheklanmagan  doiradagi  shaxslarga 
sotib  olish  uchun  boshqacha  tarzda  taklif  etishga  haqli  emas.  YOpiq 
aksiyadorlik jamiyati  aksiyadorlarining  soni  ellik  nafardan  ziyod  bo'lishi 
mumkin  emas.  Belgilangan  chegaradan  ortib  ketgan  taqdirda  u  yopiq 
aksiyadorlik  jamiyatlari  uchun  miqdori  aksiyadorlaming  chegaralangan 
limitidan  ortib  ketgan  shaxslar  aksiyadorlar  reestrida  ro'yxatga  olingan 
kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, 
ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Aksiyadorlik  jamiyatining  ustav  fondi  aksiyadorlar  sotib  olgan 
jamiyat  aksiyalarining  nominal  qiymatidan  tashkil  topadi.  Jamiyat 
chiqaradigan barcha  aksiyalaming  nominal  qiymati  bir  xil bo'lishi  lozim. 
Jamiyatning 
ustav 
fondi 
uning 
mol-mulkining 
o'z 
kreditorlari 
manfaatlarini  kafolatlaydigan  darajadagi  eng  kam  miqdorini  belgilaydi. 
Jamiyat  davlat  mulki  negizida  tuzilganda  korxonaning  (mol-mulkning)
1 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyati -  fuqarolik huquqining sub’yekti sifatida. -Toshkent: TDYI, 2004. -214 b.
110

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  aniqlangan  bozor  bahosi  jamiyat 
ustav fondining summasini tashkil etadi.
Jamiyat  oddiy  aksiyalami,  shuningdek  bir  yoki  bir  necha  turdagi 
imtiyozli  aksiyalami  joylashtirishga  haqlidir.  Joylashtirilgan  imtiyozli 
aksiyalaming  nominal  qiymati  jamiyat  ustav  fondining  yigirma  foizidan 
oshmasligi  lozim.  Jamiyat  ta’sis  etilayotganda  uning  barcha  aksiyalari 
muassislar o'rtasida joylashtirilgan bo'lishi kerak.
Xususiy  korxonalar  mulkining  huquqiy  maqomi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Xususiy korxona to‘g ‘risida”'gi 2003-yil  11-dekabrdagi 
qonunining  3-moddasiga  muvofiq,  mulkdor  yagona  jismoniy  shaxs 
tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona 
deb  e’tirof etiladi.  Xususiy korxona tadbirkorlik  subyektlarining tashkiliy- 
huquqiy shakli hisoblanadi.
Xususiy korxona  yuridik shaxs hisoblanib,  o ‘z mulkida alohida mol- 
mulkka ega bo'ladi,  o ‘z nomidan mulkiy va  shaxsiy nomulkiy huquqlarga 
ega  bo'lishi  hamda  ulami  amalga  oshirishi,  majburiyatlami  bajarishi, 
sudda  da’vogar  va javobgar  bo'ladi.  Xususiy  korxona  o'z  majburiyatlari 
bo'yicha o'ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Agar  xususiy  korxona  mulkdori  korxonaning  mol-mulki  etarli 
bo'lmagan  taqdirda  xususiy  korxonaning  majburiyatlari  bo'yicha  o'ziga 
qarashli  mol-mulk  bilan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  subsidiar  javobgar 
bo'ladi.
Xususiy  korxona  to'liq  firma  nomiga  ega  bo'lishi  lozim  va 
qisqartirilgan  firma  nomiga  ega  boiishga  haqli.  Xususiy  korxonaning 
to'liq  firma  nomi  uning  to'liq  nomini  va  “xususiy  korxona”  degan 
co'zlami  o'z  ichiga  olgan  bo'lishi  kerak.  Xususiy  korxonaning 
qisqartirilgan  firma  nomi  uning  qisqartirilgan  nomini  va  “xususiy 
korxona”  degan  so'zlami  yoki  “XK”  abbreviaturasini  o'z  ichiga  olishi 
kerak.
Xususiy  korxona  barcha  yuridik  shaxslar  singari  O'zbekiston 
Respublikasi hududida va undan tashqarida qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda bank hisobvaraqlari ochishi mumkin.
Xususiy  korxonaning  ustav  fondi  bo'linmasdir  va  uni  mulkdoming 
o'zi  belgilaydi.  Pul,  qimmatli  qog'ozlar,  pul  bilan  baholanadigan  boshqa 
mol-mulk  yoki  mulkiy  huquqlar yoxud boshqa  shaxsga  beriladigan  o'zga 
huquqlar  xususiy  korxonaning  ustav  fondiga  qo'shiladigan  hissa  bo'lishi 
mumkin.  Mulkdor  xususiy  korxonaning  ustav  fondiga  o'zi  kiritadigan 
mol-mulkni mustaqil baholaydi.
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 yil, 3-son, 28-modda.
I l l

Agar  xususiy  korxonaning  ustav  fondi  shakllantirilayotganda 
mulkdor  o ‘z  oila  a’zolarining  umumiy  (ulushli  yoki  birgalikdagi)  mulki 
hisoblangan  mol-mulkni  korxonaga  berayotgan  bo‘Isa,  ushbu  mol- 
mulkning  barcha  mulkdorlaridan  notarial  tasdiqlangan  rozilik  olish  talab 
etiladi.
Xususiy  korxona  mulkdori  korxonani  rahbar  sifatida  yakka 
boshqaradi,  korxona  nomidan  ishonchnomasiz  ish  ko‘radi,  uning 
manfaatlarini  ifodalaydi,  xususiy  korxonaning  pul  mablag‘larini  hamda 
boshqa  mol-mulkini  tasarruf  etadi,  shartnomalar,  shu  jumladan  mehnat 
shartnomalari  tuzadi,  ishonchnomalar  beradi,  banklarda  hisobvaraqlar 
ochadi,  shtatlami  tasdiqlaydi,  korxonaning  barcha  xodimlari  uchun 
majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Mulkdori  xususiy  korxonaga  tegishli  mol-mulkni  boshqa  shaxsga 
berish,  ijaraga  berish,  garovga qo‘yish,  boshqa yuridik  shaxslaming  ustav 
fondiga  hissa  sifatida  kiritish  yoki  ushbu  mol-mulkni  boshqacha  usulda 
tasarruf etishi mumkin.
Mulkdor o ‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatda xususiy 
korxonaning  mol-mulki  natsionalizatsiya  qilinmaydi,  qonunda  nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonunga  muvofiq,  xususiy  korxonaning  mol-mulki  rekvizitsiya 
qilinmaydi,  xususiy  korxonaning  mulkdoriga  rekvizitsiya  qilinayotgan 
mol-mulkning  bozor  qiymatiga  muvofiq  kompensatsiyasi  to ‘lanadigan 
tabiiy  ofatlar,  avariyalar,  epidemiyalar,  epizootiyalar  va  favqulodda 
tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno.
Xususiy  korxona  mulkdori  xususiy  korxonani  mol-mulk  majmuasi 
sifatida  sotishga,  hadya  qilishga,  vasiyat  qilib  qoldirishga  yoki  uni 
o ‘zgacha usulda boshqa shaxsga o ‘tkazishi ham mumkin.
Fermer xo‘jaliklarining mulki xususiy mulk sifatida.  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  “Fermer xo'jaligi  to‘g ‘risida”1gi  2004-yil  26-avgustdagi 
Qonuniga  muvofiq,  fermer  xo‘jaligi  yuridik  shaxs  hisoblanib,  u  ijaraga 
berilgan  yer  uchastkalaridan  foydalangan  holda  qishloq  xo'jaligi  tovar 
ishlab  chiqarishi  bilan  shug‘ullanuvchi,  mustaqil  xo'jalik  yurituvchi 
subyektdir.
Binolar,  inshootlar,  qishloq  xo'jaligi  ekinzorlari  va  ko'chatzorlari, 
dov-daraxtlar,  chorva  mollar,  parrandalarga,  etishtirgan  mahsulotiga, 
qishloq  xo'jalik  texnikasi,  inventar,  asbob-uskunalar,  transport  vositalari, 
pul  mablag'lari,  intellektual  mulk  obyektlariga,  shuningdek  fermer
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 yil, 40-41-son, 433-modda.
112

xo‘jaligining balansidagi boshqa mol-mulkka bo'lgan  mulk huquqi fermer 
xo‘jaligiga qarashli bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligi boshlig'ining  pul  va moddiy  mablag'lari,  tovarlami 
realizatsiya qilishdan  (ishlar bajarishdan,  xizmatlar ko'rsatishdan)  olingan 
daromadlar (foyda), qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlar, qonunlarda 
taqiqlanmagan  boshqa  manbalar  fermer  xo'jaligining  mol-mulkini 
shakllantirish manbalari bo'lishi mumkin.
Qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  fermer xo'jaligi  mol-mulkni 
yaratish,  ko'paytirish,  olish,  ijaraga  yoki  vaqtincha  foydalanishga  olish 
huquqiga  ham  ega.  Fermer  xo'jaligining  mol-mulki  qonun  hujjatlariga 
muvofiq meros qilib qoldirilishi mumkin.
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  va  yuridik  shaxs  maqomini 
olmagan  dehqon  xo‘jaIiklari  mulkining  o‘ziga  xos  xususiyatlari. 
FKning  24-moddasiga  asosan  fuqaro  yakka  tadbirkor  sifatida  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  boshlab  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 
shug'ullanishga  haqlidir.  Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ullanayotgan 
fuqaro  o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga qarashli butun mol-mulki bilan 
javob  beradi,  qonunga  muvofiq  undiruvni  qaratish  mumkin  bo'lmagan 
mol-mulk bundan mustasno.
O'zbekiston  Respublikasining  “Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining 
kafolatlari to'g'risida”gi 2000-yil 25-may qonuniga ko'ra, yakka tartibdagi 
tadbirkorlik  -   yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  xolda  jismoniy  shaxs 
tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi tushuniladi.
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  yakka  tartibdagi  tadbirkor  tomonidan 
xodimlami yollash huquqisiz,  mulk huquqi  asosida o'ziga tegishli bo'lgan 
mol-mulk negizida,  shuningdek mol-mulkka egalik qilish  va  (yoki)  undan 
foydalanishga  yo'l  qo'yadigan  o'zga  ashyoviy  huquq,  tufayli  o'ziga 
tegishli bo'lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlikni  amalga  oshirish  uchun  er-xotindan 
biri  er-xotinning  ufnumiy  birgalikdagi  mol-mulkidan  foydalanadigan 
hollarda,  agar  qonunlarda,  nikoh  shartnomasida  yoki  er-xotin  o'rtasidagi 
o'zga  kelishuvda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  eming 
(xotinning) roziligi talab qilinadi.
Yakka  tartibdagi  tadbirkomi  davlat  ro'yxatidan  o'tkazish  jismoniy 
shaxs  ariza  bergan  paytdan  boshlab  uch  kunlik  muddatdan  kechiktirmay 
amalga  oshirilishi  lozim.  Jismoniy  shaxs  ro'yxatdan  o'tkazilganlik 
yig'imini  to'langanligi  to'g'risidagi  hujjatni  taqdim  etganidan  keyin  unga 
arizasida  ko'rsatilgan  muddatga  yakka  tartibdagi  Tadbirkor  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazilganligi  to'g'risidagi  guvohnoma  beriladi.  Ro'yxatdan
113

o‘tkazilganlik  yig'imi  bank  muassasalari  yoki  aholidan  to'lovlami  kabul 
qiluvchi boshqa kredit tashkilotlari orqali to'lanadi.
Tadbirkorlik  faoliyati  tadbirkorlik  subyektlarining  o ‘z  mol-mulki 
asosida  va  (yoki)  jalb  etilgan  mol-mulk  asosida  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Tadbirkorlik  subyektlari  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 
oshirishiga  asos  va  vosita  bo'lgan  mol-mulk,  shu  jumladan  mulkiy 
huquqlar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  huquqlaming 
belgilanishi,  o'zgartirilishi  va  bekor  bo'lishi  bilan  bog'liq  oldi-sotdi, 
garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi  1998- 
yil 30-aprel qonuniga ko'ra, dehqon xo'jaligi oilaviy mayda tovar xo'jaligi 
bo'lib,  oila  a’zolarining 
shaxsiy  mehnati  asosida,  meros  qilib 
qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  uchun  oila  boshlig'iga  berilgan 
tomorqa  yer  uchastkasida  qishloq  xo'jaligi  mahsuloti  etishtiradi  va 
realizatsiya qiladi.
Dehqon  xo'jaligidagi  faoliyat  tadbirkorlik  faoliyati jumlasiga  kiradi 
hamda  dehqon  xo'jaligi  a’zolarining  istagiga  ko'ra  yuridik  shaxs  tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon  xo'jaligi  o'ziga  qarashli  uy-joylar,  xo'jalik  imoratlari, 
qishloq  xo'jalik  ekinzorlari  va  ko'chatzorlari,  dov-daraxtlar,  mahsuldor 
chorva  mollar,  parrandalar,  qishloq  xo'jalik  texnikasi,  asbob-uskuna  va 
ashyo-anjomlari,  transport  vositalari,  pul  mablag'lari,  intellektual  mulk 
obyektlariga,  shuningdek boshqa mol-mulklarga;  ishlab chiqarish faoliyati 
natijasida  etishtirilgan  mahsulotga;  olingan  daromadga  (foydaga)  va 
qonunda  taqiqlanmagan  asoslarda  ega  bo'lingan  boshqa  mol-mulkka 
mulkdordir.
Dehqon  xo'jaligining  mol-mulki,  agar  uning  a’zolari  o'rtasidagi 
kelishuvga  binoan  umumiy  ulushli  mulk  tashkil  etish  nazarda  tutilgan 
bo'lmasa,  uning  a’zolariga  umumiy  birgalikdagi  mulk  asosida  qarashli 
bo'ladi.  Dehqon  xo'jaligining  mol-mulkiga  egalik  qilish,  undan 
foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  xo'jalik  a’zolarining  o'zaro  kelishuvi 
asosida amalga oshiriladi.  Dehqon xo'jaligi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda  mol-mulkni  hosil  qilish,  ko'paytirish,  olish,  uni  ijaraga  yoki 
vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Dehqon  xo'jaligining 
mol-mulki  fuqarolik  qonun  hujjatlari 
normalariga muvofiq meros qilib qoldirilishi mumkin.
114

3-bob yuzasidan nazorat savollari:
1.  Nodavlat  yuridik  shaxslar  mulk  huquqining  mohiyatini  ochib 
bering?
2.  Oila mulkining xususiy mulk ekanligini ko'rsating?
3.  Xususiy  mulk  huquqining  subyekti  sifatida  mahalla  mulkining 
o ‘ziga xos xususiyatlari nimada?
4.  Xususiy  uy-joy  mulkdorlarining  shirkatlari  mulki,  uning  huquqiy 
rejimi haqida amaliy misollarda gapirib bering?
5.  Aksiyadorlik  jamiyatlari  mulk  huquqini  amalga  oshirishning 
o'ziga  xos  xususiyatlari  nimada?  Korporativ  boshqaruv  haqida 
nimalar deya olasiz?
6.  Mas’uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas’uliyatli jamiyatlar 
mol-mulkning huquqiy rejimi qanday?
7.  Xususiy korxonalar mulkining huquqiy maqomi qanday?
8.  Fermer xo'jaliklari mol-mulkining realizatsiyasi va sohada amalga 
oshirilayotgan  islohotlar  va  ulaming  samarasi  haqida  gapirib 
bering?
9.  Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomini olmagan 
dehqon xo'jaliklari mulkining o'ziga xos xususiyatlari nimada?
10.  Emfitevzis va superfitsiy nima?
115

4-BOB. OMMAVIY MULK HUQUQI
Bobning  maqsadi: 
ijtim oiy-siyosiy  tuzilma  hisoblangan  -   davlat, 
uning  mol-mulkining  huquqiy  rejimi  qanday?  D avlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirish  tobora  chuqurlashib  borayotgan  hozirgi 
davrda davlat mol-mulkini saqlashning zarurati va sabablari nimada?
Mazkur  bobda  shu  va  umuman,  davlat  mol-mulkini  amalga 
oshirishning о ‘ziga xos xususiyatlari kabi m asalalar yoritiladi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling