To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29

2. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari
2.1. Davlat korxonalari aksiyalarini erkin sotish
Bozor  munosabatlari  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  bo‘lganligi  uchun 
davlat mulkini xususiylashtirish ham bir nechta shakl va usullarda amalga 
oshiriladi1.  Masalan,  davlat  korxonalari  aksiyalarini  erkin  sotish  orqali.
1 Основы приватизации. -Тошкент: ШАРЬу T .l.  1996. -16 с.
152

Biroq  fond  bozori  yaxshi  rivojlanmagan  davlatlarda  xususiylashtmshni 
mazkur  usulda  amalga  oshirish  juda  qiyin  kechadi,  chunki  ushbu 
aksiyalami reklama qilish uchun ko‘p mablag'  sarflanadi.
Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  orqali  korxonadan 
foydalanish  usullaridan  biri  bu  mulkiy  kompleks  sifatida  korxona  bilan 
aksiyadorlik  jamiyati  aksiyalarini  yoki  yuridik  shaxsning  ustav 
kapitalidagi ulushini sotib olish orqali amalga oshirilishi mumkin.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Fond  bozorini  yanada 
rivojlantirish  hamda  davlat  mulki  negizida  tashkil  etilgan  aksiyadorlik 
jamiyatlarini  qo‘llab-quwatlash  chora-tadbirlari  to‘g ‘risidagi”  PF-1939- 
sonli 
Farmonida 
aksiyadorlikka 
aylantirilayotgan 
korxonalaming 
O'zbekiston  va  xorijiy  sarmoyadorlami  jalb  etishdan  manfaatdorligini 
oshirish,  ulaming  texnik  qayta  jihozlanishini  ta’minlash,  raqobatbardosh 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hamda 
fond 
bozoridagi 
faoliyatini 
rag'batlantirish nazarda tutilgan.
1999-yil  1-yanvarga  qadar  bo'lgan  davrda  erkin  sotuv  va  xorijiy 
sarmoyadorlarga  mo'ljallangan  aksiyalardan  tushgan  mablag'  (valyuta 
hisobidagi tushumni ham hisobga olgan holda), istisno tarzida, to'laligicha 
(operatsiya xarajatlaridan tashqari) qaytarmaslik imtiyozi bilan,  aksiyador­
likka  aylantirilayotgan  korxonalarga  o'tkaziladi.  Bu  mablag'  soliqqa 
tortilmaydi  hamda  undan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotni  renavatsiya 
qilish va yangilash bo'yicha qat’iy maqsad yo'lida foydalanish lozim.
Aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirilayotgan  korxonalaming  erkin 
sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga mo'ljallangan aksiyalami sotishdan tush­
gan mablag‘lari maxsus ochiladigan maxsus ssuda hisoblarida jamlanadi.
Shuningdek, 
davlat 
korxonalarini 
aksiyadorlik  jamiyatlariga 
aylantirish jarayonida paydo bo'lgan aksiyalar yangi egalariga belgilangan 
tartibda  sotilgunga  qadar  birinchi  marta  joylashtirilgan  davlat  mulki 
hisoblanishi  hamda  aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  dividendlami 
o'tkazish,  ulami  to'lash to'g'risida qaror qabul  qilingan paytdagi  holatiga 
ko'ra,  ustav  jamg'armasining  boshlangich  hajmiga  muvofiq  tarzda, 
mavjud  aksiyalaming  to'la  summasi  bo'yicha,  aksiyalaming  davlatga 
tegishli,  lekin  sotilmay  qolgan  qismini  ham  hisobga  olgan  holda  amalga 
oshiriladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  404-sonli  Qarori 
bilan  tasdiqlangan  “Xususiylashtirilayotgan  korxonalar  aksiyalarini  biija 
va  biijadan  tashqari  bozorlarda  sotish  Tartibi” 'da  ko'rsatilishicha,
1 O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini biija va biijadan 
tashqari  bozorlarda  sotish  Tartibi  to’g ’risida”gi  qarori.  1997  yil  18  avgust  Qaroriga  2-Ilova  (Qaror  nomi  Vazirlar 
Mahkamasining 27.02.2002 yildagi 70-son qarori tahririda).
153

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat mulki  qo‘mitasining korxonalami  davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  hamda  aksiyalar  emissiyasi 
prospektini  tasdiqlash  to ‘g ‘risidagi  qarori  (buyrug‘i)  xususiylashtirilayot- 
gan  korxonalar  aksiyalarini  birja  va  birjadari  tashqari  savdolarga  qo'yish 
uchun  asos  hisoblanadi.  Aksiyalami  tarqatishga  mamlakatimiz  va  xorijiy 
vositachilar jalb  etilgan  taqdirda,  shuningdek  o ‘tkazilgan,  g ‘olibni  aniqlab 
bergan tegishli tendeming bayoni ham uning uchun asos hisoblanadi.
Emissiya 
p ro s p e k ti 
bo'yicha  taqsimlangan  va  sotib  olinmagan 
ulushlami (davlat ulushidan tashqari)  sotish qiymatli qog'ozlar chiqarilishi 
ro‘yxatdan  o'tkazilgandan  keyin  bir  yil  o'tgach  amalga  oshiriladi. 
Aksiyalaming  davlat  ulushini  sotish  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Alohida hollarda esa,  0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
xorijiy  investorlar  ishtirokida  tashkil  etilayotgan  aksiyadorlik jamiyatlari 
aksiyalarini  tender  shartlarida  taqsimlashning  alohida  tartibi  to‘g ‘risida 
qaror qabul qilishi mumkin.
Aksiyalami  qimmatli  qog'ozlaming  biijadan  tashqari  bozorida 
sotishda,  bitim  tuzish  uchun  xaridor,  kafolat  sifatida  pul  mablag'larini 
Davlat mulki qo‘mitasining yoki uning hududiy boshqarmalari hisob-kitob 
schyotiga  deponentga  qo'yishga  majburdir.  Deponentga  qo‘yiladigan 
mablag‘laming  eng  kam  miqdori  sotib  olinayotgan  aksiyalar  soni  taklif 
etilayotgan narxining kamida  15 foizini tashkil etishi kerak.
Aksiyalami  birja  bozorida  sotishda investor nomidan  ish ko'radigan 
broker,  agar  bitim  xaridor tomonidan  deponentga  qo‘yilgan  haqiqiy  mab- 
lag‘lar  miqdori  aksiyalar  bo'yicha  amalga  oshirilgan  bitim  summasining 
30  foizidan  kam  b o ‘Isa,  aksiyalami  narxi  bo‘yicha  sotib  olish  yuzasidan 
buyurtmanoma berish huquqiga ega bo‘lmaydi. Aks holda broker -  xaridor 
barcha zarur tolovlam i amalga oshirish bo‘yicha to‘liq javob beradi.
Pul  mablag‘lari  ushbu  foydalar  asosida  15  bank  ish  kunidan  ko‘p 
bo'lmagan  muddatda  o ‘tkaziladi.  Qimmatli  qog‘ozlami  sotib  oluvchi 
deponentga  mablag‘lami  emitent  nomini  ko‘rsatgan  holda  ham  va 
ko‘rsatmasdan ham qo‘yish huquqiga egadir.
Aksiyalar  oldi-sotdisi  bo‘yicha  bitim  shuningdek  birjaga  va 
investitsiya  institutlariga  barcha  majburiy  vakillik  to‘lovlari  va  boshqa 
yig‘imlar  tuzilgandan  keyin  qimmatli  qog‘ozlami  sotib  oluvchi  oldi-sotdi 
shartnomasi bo‘yicha mablag‘laming qolganini qonunchilikda ko‘rsatilgan 
muddat mobaynida to‘lashga majbur1.
1  O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini biija va biijadan 
tashqari  bozorlarda  sotish  Tartibi  to’g ’risida”gi  qarori.  1997  yil  18  avgust  Qaroriga  2-Ilova  (Qaror  nomi  Vazirlar 
Mahkamasining 27.02.2002 yildagi 70-son qarori tahririda).
154

Bitim  xaridor  aybi  bilan  bekor  qilingan  taqdirda  qimmatli 
qog'ozlami  sotuvchi  deponentga qo'yilgan  mablag'lardan  fond biijasidagi 
vositachilik  yig'imi  to'lash  va  brokerga  to'lov  bo'yicha  ko'rilgan 
zararlami, 
shuningdek 
shartnomada 
ko'zda 
tutilgan 
jarimalar 
sanksiyalarini,  mablag'laming  qolganini  xaridorga  qaytargan  holda, 
mustaqil ravishda ushlab qolish huquqiga ega.
Bitim  tuzilmagan  taqdirda,  pul  mablag'larini  deponentga  qo'yish 
muddati  tugagandan  keyin  Davlat  mulki  qo'mitasi  yoki  uning  pulni 
deponentga  qabul  qilgan  hududiy  boshqarmasi  deponentga  qo'yilgan 
mablag'lami xaridorga 5 bank ish kuni mobaynida qaytaradi.
Birja savdolariga aksiyalaming quyidagi paketlari qo'yiladi:
a) erkin sotish uchun mo'ljallangan aksiyalar;
b)  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  cheklashlariga 
ega  bo'lmagan  boshqa  ulushlar  aksiyalari  paketlari,  aksiyalar  emissiyasi 
prospektida belgilangan joylashtirish muddatlari tugagandan keyin.
Xususiylashtirilayotgan  korxonalar  aksiyalari  paketlarini  birja 
savdosida  sotish  va  bitishuvlar  bo'yicha  hisob-kitoblami  o'tkazish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-  vakil  qilingan  agent  xususiylashtirilayotgan  korxonalar  aksiyalari 
paketlarini  to'g'ridan-to'g'ri  birja  savdolariga  ular  sotilgungacha  bo'lgan 
muddatga qo'yadi;
- bitishuv tuzilgandan va to'lov mablag'lari  sotuvchining hisob-kitob 
schyotiga  tushgandan  keyin  Davlat  mulki  qo'mitasi  fond  biijasiga 
vositachilik  haqini  biija  qoidalari  bilan  belgilangan  miqdorda  5  bank  ish 
kuni mobaynida to'lashga majburdir;
Qimmatli  qog'ozlar biija bozorida  bitishuvlami ro'yxatdan  o'tkazish 
savdolarda  bitishuvlar  tuzilgan  kunda  fond  biijasining  tegishli  tuzilmalari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirilayotgan korxonalaming aksiyalar paketlari yuridik va 
jismoniy shaxslarga birjadan tashqari bozorda investitsiya, tender savdolari 
yoki  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ochiq  kim  oshdi  savdosi  shartlarida 
qimmatli  qog'ozlar  bozori  qatnashchilari  tomonidan  shakllantiriladigan 
elektron savdolar tizimini tashkil etish yo'li bilan sotilishi mumkin.
Vakil  qilingan  agent  aksiyalami  tarqatishni  mustaqil  ravishda  yoki 
tender asosida jalb etiladigan vositachilar -  investitsiya muassasalari orqali 
amalga  oshiradi.  Vakil  qilingan  agent  aksiyalami  sotish  va  vositachilar  -  
investitsiya  muassasalarini jalb  etish  bo'yicha  tenderlaming  tashkilotchisi 
hisoblanadi,  u  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi  bilan 
kelishgan Jiolda tendemi o'tkazish shartlari va muddatlarini belgilaydi.
155

Tender  savdolarida  o'tkazish  shartlariga  binoan  tenderda  qatnashish 
huquqiga  ega  bo'lgan  va  tender  tashkilotchisiga  qatnashish  uchun 
buyurtmanoma  bergan  har  qanday  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
qatnashishlari mumkin.
Aksiyalar  paketining  aynan  bir  paketiga  bir  nechta  buyurtmanoma 
mavjud  bo'lgan  taqdirda  tendeming  qatnashchi  -   g'olibi  bitishuv  tomoni 
bo'ladi.
Xususiylashtiriladigan  korxonalar  aksiyalari  savdoga  qo'yilishidan 
kechi  bilan  15  kun  oldin,  vakil  qilingan  agent  tomonidan  emitentlar 
to'g'risidagi  axborot  (aksiyadorlik  jamiyatlarining  nomi  va  yuridik 
rekvizitlari,  sotuvga  qo'yiladigan  aksiyalar  paketiari  va  boshqa  zarur 
ma’lumotlar) e’lon qilinadi.
Sotuvchi  yoki  xaridor  yoki  ulaming  vakillari  (investitsiya 
institutlari),  agar bitishuvlar yakunlari qonunchilikda belgilangan qoida va 
normalaming  buzilishiga  olib  kelsa,  bitishuvlar  tuzish,  oldi-sotdi 
shartnomasi tomoni bo'lish, uni imzolash huquqiga ega bo'lmaydi.
Bitishuvlar  tuzishda  ro'yxatdan  o'tkazuvchi  investitsiya  instituti, 
agar  bitishuvlar  qonunchilikni  buzgan  holda  tuzilgan  bo'Isa  yoki 
bitishuvlar  yakunlari  qonunchilikda  belgilangan  tartib  va  normalaming 
buzilishiga olib kelsa, ulami ro'yxatdan o'tkazmaslikka majburdir.
Depozitariy (va yoki reestr egasi) quyidagilarga majburdir:
-  agar  bitishuvlar  qonunchilikni  buzgan  holda  tuzilgan  bo'Isa  yoki 
bitishuvlar  yakunlari  qonunchilikda  belgilangan  qoida  va  normalaming 
buzilishiga  olib  kelsa,  bitishuvlami  ro'yxatdan  o'tkazmaslik  va  “Depo” 
schyotlari bo'yicha pul o'tkazishlami amalga oshirmaslik;
-  qimmatli  qog'ozlar  bozori  qatnashchilarining,  investorlaming 
bitishuvni  ro'yxatdan  o'tkazish,  natijasi  qonunchilikda  belgilangan  qoida 
va  normalar  buzilishiga  olib  keluvchi  “Depo”  schyotlari  bo'yicha  pul 
o'tkazish to'g'risidagi murojaati haqida Markazga darhol xabar qilish.
Bitimlaming  barcha  a’zolari  amaldagi  qonunchilikning  buzilishi 
hollari  to'g'risida Markaziy  buzilishlar  aniqlangan  vaqtdan  boshlab  2  kun 
muddatda xabardor qilishga majburdirlar.
Depozitariy quyidagilarga majburdir:
-  aksiyalar  egalarining  aksiyalarga  bo'lgan  huquqlarini  saqlash  va 
so'zsiz tasdiqlash;
-  deponentlar  schyotlari  bo'yicha  yozuvlami  saqlash  va  yuritish, 
ularga  asosli  o'zgarishlami  kiritish  fimksiyasini  zarur  darajada  amalga 
oshirish;
156

-  xususiylashtirilayotgan  korxonalaming  vakil  qilingan  agent 
topshirig‘iga  asosan  sotishga  qo‘yiladigan  aksiyalarini  zahiraga  qo‘yishni 
amalga oshirish;
-  to'liq  to'lov  tasdiqlangandan  keyin  va  faqat  vakil  qilingan  agent 
farmoyishi  bo'yicha  aksiyalami  “Depo”  schyotlari  bo'yicha  sotuvchidan 
xaridorga o'tkazlshni amalga oshirish.
Davlat 
mulki 
qo'mitasi 
tomonidan 
hisob-kitob-kliring 
operatsiyalarini  o'tkazish  bo'yicha  vakil  qilingan  tijorat  banki  (yoki 
boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot) quyidagilarga majburdir:
-  o'zaro  majburiyatlami  aniqlashda  tayyorlangan  to'lov  vositalarini 
va  buxgalteriya  hujjatlarini  ulaming  qimmatli  qog'ozlar  bozori 
qatnashchilari  bilan  (hisob-kitoblar  shular  uchun  qilinadi)  shartnomalari 
asosida ijro etishga qabul qilish;
-  xaridoming  to'lov  qobiliyatini,  sotuvchida  sotiladigan  qimmatli 
qog'ozlaming 
mavjudligini 
va  bitishuv 
boshqa  parametrlarining 
muvofiqligini 
aniqlash 
maqsadida  qimmatli 
qog'ozlar 
oldi-sotdi 
shartnomalari shartlarini ко'rib chiqishni ta’minlash;
- tuziladigan bitishuvlar natijalarini tezkorlik bilan umumlashtirish va 
vakil  qilingan  agentni  qimmatli qog'ozlar bozori kon’yunkturasining joriy 
holati to'g'risida xabardor qilish;
- bitishuvlar bo'yicha hisob-kitoblami  o'tkazish uchun  zarur bo'lgan 
hujjatlami belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
-  qimmatli  qog'ozlami  yetkazib  berish  bo'yicha  majburiyatlami 
o'zaro inobatga olish yo'li bilan bitishuvlaming o'z vaqtida bajarilishini va 
bitishuv tomonlarining to'lovlami amalga oshirishini ta’minlash.
Fond birjasi quyidagilarga majburdir:
- qimmatli qog'ozlaming normal muomalada bo'lishi, ulaming bozor 
narxlarini  aniqlash  va  ular  to'g'risidagi  axborotlami  zarur  darajada 
tarqatish,  qimmatli  qog'ozlar  qatnashchilarining  kasb-hunar  darajasini 
yuqori darajada tutish uchun zamr shart-sharoitlami ta’minlash;
-  sotuvga  qo'yiladigan  qimmatli  qog'ozlaming  emitentlaming 
moliya-xo'jalik  va  biija  tomonidan  belgilangan  talablar  bo'yicha  boshqa 
ko'rsatkichlarining 
muvofiqligini 
nazarda 
tutuvchi 
ekspertizasini 
o'tkazish,  emitentning  ishchanlik  nufuzini  hamda  uning  moliyaviy 
ishonchliligi to'g'risida axborot beruvchi boshqa majburiyatlami baholash;
-  savdoga  qo'yiladigan  qimmatli  qog'ozlaming  moliyaviy  jihatdan 
barqaror  emitentlar  narxlanadigan  aksiyalari  ro'yxatini  o'z  ichiga  oluvchi 
biija listingini muntazam yuritish;
157

-  qimmatli  qog'ozlaming  biijadagi  savdosi  yakunlari  asosida 
qimmatli qog'ozlami narxlashni  (aksiyalar kursini,  eng past va eng yuqori 
narxlarini, kurs qiymati o ‘zgarishini va shu kabilarni) amalga oshirish;
-  investitsiya  institutlari  nomidan  vakillik  qiluvchi  birja  savdolari 
operatorlari (treyderlar) o ‘quvini o'tkazish;
- qimmatli qog'ozlar operatsiyalari bo'yicha kelishmovchiliklami o'z 
vaqtida ko'rib chiqish.
Aksiyalar pulini  to'lashning  qonunchilikda nazarda  tutilgan muddati 
o'tib  ketgan  taqdirda  vakil  qilingan  agent  oldi-sotdi  shartnomasini  bekor 
qilishga  va  registrga  tegishli  ravishda  yozib  qo'yish  uchun  bitishuvni 
ro'yxatdan  o'tkazuvchiga  shartnomaning  haqiqiy  emas  deb  topilgani 
to'g'risida xabar qilishga majbur.
Aksiyalami  sotib  oluvchi  bitishuv  summasini  bitishuv  tuzilgan 
kundan boshlab 5 bank ish kuni mobaynida to'lamagan taqdirda oldi-sotdi 
shartnomasi  bekor  qilinadi  va  aybdor  tomon  boshqa  tomonga  bitishuv 
summasining  12 foizi miqdorida jarima to'lashi lozim.
2.2. Davlat korxonalari aksiyalarini auktsionda sotish
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  yana  bir 
usullaridan  biri  bu  aksiyalami  auksionlarda  sotishdir.  Aksiyalami 
auksionlarda 
sotishdan 
maqsad, 
xususiylashtirish 
jarayonida 
suiiste’mollikka 
yo‘1 
qo'ymaslikdir. 
Masalan, 
Meksikada 
xususiylashtirishning 
dastlabki 
bosqichida 
hokimiyat 
tepasidagi 
partiyaning  safdoshlariga  korxonalar  arzonlashtirilgan  narxda  sotib 
yuborilganligi nizolaming kelib chiqishiga sababchi bo'lgan1.
Davlat  korxonalari  aksiyalarini  auksionlarda  sotish  usuli  bo'yicha 
sotish jarayonida  eng  yuqori  narxni  taklif etgan  shaxs  bilan  mulkni  oldi- 
sotdi  shartnomasi  tuziladi.  Bunday  usulda  davlat  korxonasi  sotilganda 
sotib oluvchi  tomonidan xususiylashtirish  obyektiga nisbatan hech qanday 
shartlami bajarish talab etilmaydi2.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil  23- 
sentyabrdagi  443-sonli  Qarori  8-ilovasi  bilan  tasdiqlangan  “Auksionda 
davlat korxonalarini xususiylashtirish to'g'risida”gi Vaqtinchalik Nizomda 
auksionlami  o'tkazishning  umumiy  tartibi,  ularda  xaridorlaming  qatna­
shish  shartlari,  hisob-kitoblar  tartibi,  shuningdek,  xususiylashtirilayotgan
1 Mualliflar jamoasi. Xo’jalik (Tadbirkorlik) huquqi. -Toshkent: TDY1,2003.
2 Предпринимательское (хозяйственное) право / Отв.ред. О.М.Олейник. Т.1. -М .: Юристь,  1999.
158


obyektlarga  yoki  sotilayotgan  qimmatbaho  qog‘ozlarga  (aksiyalarga) 
egalik huquqini rasmiylashtirish tartibi belgilangan.
Auksionda  xususiylashtirish  deganda  jismoniy  yoki  yuridik 

shaxslaming  xususiylashtirish  obyektlariga  asosan  xaridorlardan biron  bir 

shartni bajarish  talab  qilinmaydigan hollarda  davlat mulkini  xususiy  mulk 

qilib olishi tushuniladi.

Bunda mulkka  egalik hukuqi  savdo  davomida eng ko‘p narxni  taklif
[ 
etgan  xaridorga  beriladi.Auksionda  davlat  mulkini  sotish  haqidagi  qaror 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mulkini 
boshqarish 
va 
xususiylashtirish  qo‘mitasi  (bundan  keyin  Davlat  mulki  qo‘mitasi  deb 
ataladi),  uning  hududiy  boshqarmalari  tomonidan  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirish  komissiyasining  taqdimiga  ko‘ra  qabul 
qilinadi.
Auksionda quyidagilar sotilishi mumkin:
-  korxonalar,  sexlar,  ishlab  chiqarishlar,  uchastkalar  hamda  ana  shu 
korxonalaming mustaqil korxonalarga ajratiladigan bo‘linmalari;
-  asbob-uskunalar,  binolar,  inshootlar,  litsenziyalar,  patentlar  hamda 
korxonalar  va  ulaming  bo'linmalariga  egalik  qiluvchining  qaroriga  ko‘ra 
tugatilgan boshqa aktivlar;
-chala qurilish obyektlari;
-  davlat  korxonalari  qayta  tuzilayotganda  barpo  etiladigan 
aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatbaho qog‘ozlari (aksiyalari).
Xususiylashtirish obyektlarining sotuvchilari Davlat mulki qo‘mitasi, 
uning  hududiy  boshqarmalaridir.  Davlat  mulki  qo'mitasi,  uning  hududiy 
boshqarmalari  sotuvchi  sifatida  belgilangan  tartibga  muvofiq  auksionda 
sotiladigan  obyektlar  haqidagi  axborotlami  e’lon  qilishni  tashkil  etadi. 
Shuningdek,  auksionni  o ‘tkazishni  tashkil  etadi  va  auksion  qatnashchilari 
bilan hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.
Shu  bilan  birga  sotuvchi  xaridoming  mulkka  egalik  huquqini 
rasmiylashtiradi,  xususiylashtirilayotgan  obyekt  bo'yicha  oldi-sotdi 
shartnomasini tuzadi  va jamoatchilikni  auksion yakunlari haqida xabardor 
qilishi ham lozim.
Auksion  o'tkazishni tashkil  etish uchun davlat tasarrufidan  chiqarish 
va  xususiylashtirish  bo'yicha  komissiya  sotuvchiga  quyidagilami  berishi 
lozim:
-  obyektni  auksionda  sotish  haqidagi  qaror,  xususiylashtiriladigan 
mulkning  dastlabki  narxi  haqidagi  ma’Iumotlar  va  xususiylashtiriladigan 
obyekt  haqidagi  boshqa  axborotlar  bo'lgan  davlat  mulki  obyektini 
xususiylashtirish bo'yicha tadbirlar rejasi;
159

-  xususiylashtiriladigan  korxona,  bo'linmalar,  mehnat  jamoasi 
umumiy  yig‘ilishining  obyektni  xususiy  mulk  qilib  sotishga  roziligi 
bayonnomasidan ko'chirma, mehnat jamoasining imzolash varaqasi;
- auksion o'tkazish haqidagi axborot loyihasi;
-  tugatilgan  korxona  aktivlari  sotilganda  tugatish  komissiyasining 
materiallari.
Sotuvchi  olingan  ma’Iumotlar  asosida  auksionda  sotish  uchun  taklif 
etilayotgan  obyekt  to'g'risida  axborot  tuzadi  va  auksion  o'tkaziladigan 
kundan kamida  3  hafta oldin uni  matbuotda  va maxsus  axborotnomalarda 
e’lon qilinishini tashkil etadi.
Axborotda quyidagi ma’Iumotlar bo'lishi kerak:
a) auksionda korxona sotilayotganda:
- xususiylashtiriladigan korxonaning nomi va manzili;
- er uchastkasining maydoni va unda joylashgan binolar tavsifi;
-  ishlab  chiqariladigan  mahsulot,  tovarlar  va  ko'rsatiladigan 
xizmatlaming hajmi va asosiy turlari;
- korxonada ishlovchilaming soni va tarkibi;
-  noishlab  chiqarish  yo'nalishidagi  obyektlami  ham  qo'shgan  holda 
guruhlar bo'yicha asosiy jamg'armalaming ro'yxati va baholash qiymati;
- boshlangan investitsiya loyihalari,  ulaming smeta qiymati va ishlab 
chiqarish xarajatlari;
- pul mablag'larining holati;
- moddiy boyliklaming zaxiralari;
-  boshqa  korxonalaming  ustav  sarmoyalarida  korxonaga  tegishli 
qimmatbaho qog'ozlar hamda ulush va hissaning mavjudligi;
- nomoddiy aktivlaming (patentlar,  savdo markasi va boshqalar) ning 
mavjudligi;
- korxonaning (savdo, byudjet, kredit) majburiyatlari;
-  korxonaning  yillik balansi hamda  so'nggi yildagi foyda va zararlar 
haqidagi hisoboti;
b)  qo'shimcha  aksiyalar  paketlari  sotilayotganda  aksiyadorlik 
jamiyati  ustav  kapitalining  hajmi;  bir  aksiyaning  nominal  qiymati, 
sotiladigan aksiyalaming umumiy soni qo'shimcha ravishda ko'rsatiladi;
v)  auksionda  tugatilgan  korxona  aktivlari  sotilgan  taqdirda  ulaming 
asosiy tavsifi keltiriladi;
g) har qanday hollarda:
- o'tkazilgan auksion shakli;
- dastlabki sotilish narxi;
160

-  to iov   shakli,  sotuvchi  tomonidan  nazarda  tutilgan  bo‘lsa  to ‘lov 
muddatini surish shartlari;
- auksion qatnashchilarining obyekt bilan oldindan tanishish tartibi;
-  auksionda  qatnashishga  talabnomalar  va  boshqa  hujjatlami  qabul 
qilishning uzil-kesil muddati;
-  dastlabki  narxga  nisbatan  10  foiz  hajmida  garov  summasi  va  u 
o ‘tkazilishi kerak bo'lgan hisob schyoti;
- auksionning o'tkazilgan kuni, vaqti va joyi;
- sotuvchi bogianish telefonining nomeri.
Mazkur 
ko'rsatib 
o'tilgan 
ma’lumotlar  hamda 
qo'shimcha 
ma’lumotlar berish shakllari sotuvchi tomonidan belgilanadi.
Axborot  e’lon  qilingan  paytdan  boshlab  sotuvchi  barcha  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarga  xususiylashtirish  obyekti  bilan  oldindan  tanishish 
imkonini beradi.
Auksionda  qatnashish  shartlari  xususida  shuni  ta’kidlash  lozimki, 
auksionda qatnashishga xaridor deb e’tirof etilgan, auksionda qatnashishga 
talabnoma  va  boshqa  zarur  hujjatlami  bergan  hamda  xususiylashtirish 
obyektining  dastlabki  narxiga  nisbatan  10  foiz  hajmida  belgilangan 
tartibda garov summasini to‘lagan yuridik va jismoniy shaxslar qo‘yiladi.
Auksionda  qatnashish  uchun  sotuvchi  nomiga  quyidagi  hujjatlar 
topshirilishi zarur:
- auksionda qatnashishga belgilangan shakldagi bo‘yicha talabnoma;
-  yopiq  auksion  (yopiq  tender)  o'tkazilayotganda  obyektning  narxi 
haqidagi taklif alohida konvertga solingan holda;
-  auksion  to‘g‘risidagi  axborotda  ko‘rsatilgan  sotuvchining  hisob 
schyotiga garov qo‘yilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi.
Davlat  tasarrufiga  kirmaydigan  yuridik  shaxslar  notarius  yoki 
ro‘yxatga  olgan  organ tomonidan  tasdiqlangan ta’sis  hujjatlari  nusxalarini 
qo ‘ shimcha ravishda topshirishi lozim.
Auksionni  o'tkazish  shaklini  Davlat  mulki  qo‘mitasi,  uning  hududiy 
boshqarmasi obyektni xususiylashtirish tadbirlari rejasida belgilaydi.
Auksion quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-  odatda  tugatilgan  korxonalaming,  kichik  korxonalaming  (200  dan 
kam  kishi  ishlaydigan)  aktivlari,  aksiyadorlik  jamiyatlarining  aksiyalari 
sotilayotganda foydalaniladigan ochiq auksion;
-  odatda  o'rta  va  yirik  korxonalar  (200  dan  ko‘p  kishi  ishlaydigan), 
aksiyadorlik 
jamiyatlari 
aksiyalarining 
paketlari 
sotilayotganda 
foydalaniladigan yopiq auksion (yopiq tender).
161

Ochiq  auksionda  qatnashishga  qo'yilgan  shaxslarga  auksion 
qatnashchisi  chiptasi  beriladi,  unda xaridor savdoda qatnashadigan nomer, 
auksionda  sotishga  qo'yiladigan  xususiylashtirish  obyektining  nomi, 
auksionni  o'tkazishning  asosiy  shartlari  ko'rsatiladi.  CHipta  auksionda 
qatnashuvchiga  undan  olingan  talabnoma  asosida  hamda  sotuvchining 
hisob  schyotiga  garov  summasi  qo'yilganligi  haqidagi  to'lov  hujjati 
ko'rsatilgan taqdirda beriladi.
Ochiq auksion o'tkazish tartibi quyidagicha:
a)  auksionni  sotuvchi  tomonidan  yollanadigan  auksionchi  o'tkazadi. 
Auksion  auksionchining  obyekt  nomini  e’lon  qilishi,  qisqacha  ta’riflab 
berishi  va  dastlabki  narxini  aytishidan  va  auksionning  dastlabki 
“qadam”dan boshlanadi.
Auksionning  “qadami”  dastlabki  narxning  5  foizidan  15  foizigacha 
bo'lgan  doirada  boshlanadi.  Kelishilgan  doiradagi  “qadam”ni  auksionchi 
tanlaydi.  Auksion  “qadami”  auksionning  butun  davrida  bir  yilligicha 
qoladi.
Savdo  jarayonida  auksionchi  narxni  aytadi,  xaridorlar  esa  obyektni 
shu  narxda  sotib  olishga  tayyorligini  chiptani  ko'tarish  bilan  ma’lum 
qiladilar;
b)  savdo  obyektning  dastlabki  narxini  e’lon  qilishdan  boshlanadi. 
Navbatdagi  narx  e’lon  qilingandan  keyin  auksionchi  o'zining  nazarida 
birinchi  bo'lib  chipta  ko'targan  xaridor  chiptasining  nomerini  aytadi. 
So'ngra  auksionchi  auksionning  borishiga  qarab  navbatdagi  narxni  e’lon 
qiladi.
Obyektni  ushbu  narxga  olishga  tayyor  xaridorlar  bo'lmaganda 
auksionchi bu narxni uch marta takrorlaydi;
v)  navbatdagi  narx  uch  marta  e’lon  qilingandan  keyin  ham 
xaridorlardan hech kirn  chiptani  ko'tarmasa kimoshdi  savdosi  tugallanadi. 
Chipta nomeri  auksionchi  tomonidan  eng  oxirida  aytilgan xaridor auksion 
g'olibi bo'ladi.
Kimoshdi  savdosi  tugagach,  auksionchi  sotishga  qo'yilgan  obyekt 
sotilganligini  e’lon  qiladi,  qanday  narxda  sotilganligini  va  g'olibning 
chipta nomerini aytadi;
g)  agar  dastlabki  narx  uch  marta  takrorlangandan  keyin  ham 
xaridorlardan biron kishi chipta ko'tarmasa,  auksion o'tmagan hisoblanadi 
va obyekt sotuvchiga qaytariladi.
Auksion  qatnashchilari  bo'lmagan  shaxslar  uchun  ochiq  auksion 
o'tkazilgan  hollarda  kirish  chiptalari  sotiladi.  Kirish  chiptasining  narxi 
sotuvchi tomonidan belgilanadi.
162

Auksionda  qatnashishga  talabnoma  bergan  shaxslar  haqidagi 
ma’lumotlar e’lon qilinmaydi.
Ba’zi  hollarda  auksionda  qatnashishga  ruxsat  etilmasligi  ham 
mumkin. Masalan, talabnoma bergan shaxs amalda qonunchilikka muvofiq 
xaridor  deb  e’tirof  etilmagan  taqdirda  yoki  talabnoma  bergan  shaxs 
belgilangan  tartibga  mos  keluvchi  majburiy  hujjatlami  muddatida 
topshirmagan taqdirda.
Yopiq  tender  o ‘tkazilayotganda  tender  haqidagi  axborot  e’lon 
qilingan  paytdan  boshlab  uning  tamom  bolishiga  qadar  qatnashchilarga 
axborotlar  almashish  yoki  ular  kiritadigan  takliflar  haqida  axborotlami 
oshkor  qilish  taqiqlanadi.  Bu  talabni  bajarmaslik  auksion  qoidalarini 
qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadi.
Yopiq tender tarzidagi auksion quyidagi tartibda o ‘tkaziladi:
a)  yopiq  tendemi  doimiy  ishlaydigan  tender  komissiyasi  o ‘tkazadi, 
uning  tarkibi  Davlat  mulki  qo‘mitasi,  uning  hududiy  boshqarmasi 
tomonidan tasdiqlanadi;
b) 
talabnomalami 
qabul 
qilish 
muddati 
tugagach 
tender 
komissiyasining  qabul  qilingan  talabnomalar  haqidagi  bayonnomasi 
tuziladi hamda u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Tenderda qatnashish uchun berilgan talabnomalami yashirish,  yakun 
chiqarayotganda ulami hisobga olmaslik amaldagi  qonunchilikka muvofiq 
ma’muriy javobgarlikka tortilishga olib keladi.
Jarima  tender  komissiyasi  raisiga  solinadi.  Bunday  holda  tender 
natij alari haqiqiy emas deb topiladi;
v)  qatnashchilaming  narx  haqidagi  takliflari  solingan  konvertlami 
ochish  va  yopiq  tendeming  uzil-kesil  yakunlari  talabnomalar  qabul 
qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan chiqariladi.
Yopiq  tender  muddati  davomida  jo ‘natilgan  talabnomalargina 
hisobga olinadi.
Eng yuqori narxni taklif etgan xaridor yopiq tender g ‘olibi bo'ladi.
Yopiq  tendeming  ikki  yoki  undan  ko‘p  qatnashchisining  takliflari 
eng  yuqori  bo‘lgan  taqdirda  kimning  talabnomasi  ilgari  berilgan  bo‘Isa 
o ‘sha g ‘olib bo‘ladi. Agar bu ham g ‘olibni aniqlashga olib kelmasa, tanlov 
komissiyasi g ‘olibni aniqlash uchun qur’a tashlaydi.
Konvertni  ochishda  va  yakun  chiqarishda  xaridorlar  yoki  ulaming 
ishonchnomaga 
ega 
bo‘lgan 
ishongan 
shaxslari 
va 
vakillari, 
hokimliklaming  vakillari,  ommaviy  axborot  vositalarining  vakillari  va 
boshqa fuqarolar qatnashishi mumkin.
163

Auksion  g ‘olibi  auksion  o'tkazish  shartlarida  belgilangan  vaqt 
davomida  mazkur  obyekt  bo'yicha  kimoshdi  savdosi  tugagandan  keyin 
auksion  natijalari  haqidagi  yakuniy  bayonnomani  imzolashi  kerak. 
Bayonnoma  xaridor  yoki  uning  vakolatli  vakili  hamda  auksion 
tashkilotchilari tomonidan ikki nusxada imzolanadi.
Bayonnomada 
sotuvchi 
va 
xaridor 
haqidagi 
ma’Iumotlar, 
xususiylashtirish obyektining nomi, uzil-kesil narxi,  shuningdek,  oldi-sotdi 
shartnomasini  imzolash bo'yicha tomonlaming  majburiyatlari  ko'rsatiladi, 
Auksionning  natijalari  haqidagi  bayonnomaning  bir  nusxasi  xaridorga 
beriladi  va  uning  mazkur  obyektning  oldi-sotdi  shartnomasini  tuzish 
huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Agar  auksion  g'olibi  10  kun  davomida  yakuniy  bayonnomani 
imzolamagan bo'lsa,  auksion natijalari bekor qilinadi, berilgan garov unga 
qaytarilmaydi  hamda  obyekt  sotuvchiga  qaytariladi.  Yopiq  tender 
o'tkazilgan  chog'da  bunday  holda  obyektni  sotib  olish  huquqi  avvalgi 
narxni  taklif  etgan  qatnashchiga  beriladi.  Agar  bu  qatnashchi  ham 
bayonnomani imzolashdan voz kechsa tender natijalari bekor qilinadi.
Auksion  yakunlari  haqidagi  axborot  auksion  o'tkazilgan  qundan 
boshlab oy, kuni  aniq ko'rsatilgan 30 kun davomida matbuotda va maxsus 
axborotnomada e’lon qilinadi.
Auksion natijalari  haqidagi yakuniy bayonnoma imzolangan paytdan 
boshlab  oy,  kuni  aniq  ko'rsatilgan  30  kundan  kech  bo'lmagan  muddatda 
sotuvchi  va  xaridor  o'rtasida  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  oldi-sotdi 
shartnomasi imzolangan bo'lishi kerak.
Auksion yakunlari bo'yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida:
- sotilgan obyektning nomi;
- obyektning sotib olingan narxi;
-  sotuvchi,  xaridor  haqidagi  ma’lumot  (zarur  hollarda  vositachi 
haqida ma’lumot), ular joylashgan joy;
-  obyektni  topshirish  tartibi,  to'lov  shakli  va  muddatlari  ko'rsatilishi 
lozim.
Belgilangan  muddatlar  va  to'lov  shakliga  muvofiq  xaridor  davlat 
mulkini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishdan  tushgan 
mablag'lami,  garov  summasini  chiqarib  tashlagan  holda  xususiylashtiril- 
gan obyektning  shartnomada belgilangan to'la qiymati  summasini jamlash 
uchun  maxsus  schyotga  o'tkazishga  majburdir.  Agar  xaridor  belgilangan 
summani  ko'rsatilgan  muddatda  to'lamasa,  oldi-sotdi  shartnomasi  bekor 
qilinadi,  uning  to'lagan  garovi  esa  qaytarib  berilmaydi.  Xaridor  belgilan­
gan  muddatda  tegishli  summani  to'lamasa  o'tkazilgan  yopiq  tender
164

natijalariga  ко‘га  obyektni  sotib  olish  huquqi  avvalgi  narxni  taklif  etgan 
qatnashchiga  o‘tadi.  Agar  bu  qatnashchi  ham  oldi-sotdi  shartnomasini 
imzolashdan bosh tortsa yopiq tender natijalari bekor qilinadi.
Auksionda  obyektni  sotib  olishda  xaridor  to‘lagan  garov  summasi 
xususiylashtirish  bitishuvi  bo'yicha  uning  to ‘lagan  summasiga  qo'shiladi 
va  auksionni  o'tkazish  bilan  bog'liq  bo'lgan  xarajatlami  qoplash  uchun 
sotuvchi ixtiyorida qoladi.
Auksionning qolgan hamma qatnashchilariga garov summasi auksion 
natijalari  haqidagi  talabnoma  imzolangan  paytdan  boshlab  10  kun 
davomida qaytarib beriladi.
Xususiylashtirish  obyektiga  egalik  qilish  huquqi  Davlat  mulki 
qo'mitasi, uning hududiy boshqarmasi tomonidan yangi mulkdorga mulkiy 
hukuq  to'g'risidagi  davlat  orderi  bergan  paytdan  boshlab  sotuvchidan 
xaridorga o'tadi.
Auksionda  xususiylashtirish  obyektini  sotishdan  olinadigan  tushum 
xaridorlardan,  auksion  qatnashchilarini  auksion  obyektlari  bilan  oldindan 
tanishishga taklifnomalar sotishdan,  auksionga chiptalar sotishdan tushgan 
pul  mablag'lari  va  belgilangan  tartibda  qaytarilmagan  garov  summasi 
hisobiga hosil qilinadi.
Auksion  o'tkazishning  belgilangan  qoidalari  va  shartlari  buzilgan 
taqdirda  auksionda  davlat  mulkini  xususiylashtirish  bo‘yicha  bitimlar 
haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Auksionda  xususiylashtirish  bitimlarining  haqiqiy  emas  deb 
topilganligi  haqidagi  nizolar  amaldagi  qonunchilikka  binoan  sudda  yoki 
hakamlik sudida ко‘rib chiqiladi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling