To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Korxonani uning rahbar yoki mehnat jamoasi tomonidan sotib


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29

2.5. Korxonani uning rahbar yoki mehnat jamoasi tomonidan sotib 
olinishi
Korxonani  uning  rahbari  yoki  mehnat  jamoasi  tomonidan  sotib 
olinishi  xususiylashtirish  bosqichi  amalga  oshirilayotgan  dastlabki 
bosqichda  ko'p  qo'llanildi.  Xususiylashtirishning  mazkur  usulida  ishchi 
bir  vaqtning  o'zida  ham  mulkdor  bo'ladi,  ham  bozor  munosabatlari 
sharoitida  ijtimoiy  jihatdan  himoyalangan  bo'ladi.  Ushbu  usul  AQSHda 
keng  qo'llaniladi  va  mazkur  korxonalarga  soliqlar  bo'yicha  ko'proq 
imtiyozlar berishga harakat qilinadi.
Ko'pgina  Sharqiy  Evropa  davlatlari  va  sobiq  sotsialistik  tuzumdagi 
davlatlar -  Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya,  Qozog'istonda va boshqa 
mamlakatlarda  xususiylashtirish  davlat  korxonalari  aksiyalarini  arzon 
narxda  yoki  vaucher1  tarqatish  yo'li  bilan  aholiga  taqsimlashni  nazarda 
tutgan.
Mulkni  davlat  tasarrafidan  chiqarish  va  xususiylashtirishga  bunday 
yondoshish  mazmuni  va  vaucherlashgan  “qiyofasiz”  mulkdordan  qochish 
va  o'ziga  topshirilgan  mulkni  to'g'ri  tasarmf  eta  oladigan,  faoliyatning
1  Shu o ’rinda ta’kidlash  lozimki,  dastlabki  davrda ayrim olimlar, O’zbekiston jamoatchilik va matbuot namayondalari 
respublikamizda  vucheriashtirishni  tezrok  amalga  oshirishishni  talab  qilganlarida,  ular  avvalo  vaucherlashtmshning 
hammaga ma’lum bo’lgan afzalliklari - aholini yoppasiga qamrab olish, umumiy tenglik va adolatparvarlik xususiyatini 
sanab  ko’rsatishardi.  Biroq  insoniyatning  butun  tarihi  ochiq-oydin  ko’rsatdiki,  yalpi  tenglik,  bu  ideal  bo’lib,  unga 
intilish  mumkin  va  lozim,  biroq  unga  bugungi  sharoitlarda  etishish  mumkin  emas.  Rossiya  tajribasi 
vaucheriashtirishning ko’pgina va hoyat jiddiy kamchiliklarini ochib tashladi. Ko’plab odamlar o’z vaucherlarini darhol 
sotib yubordilar.  Kam ta’minlangan kishilar  to’y  o’tkazish,  dafn  marosimi,  kundalik turmushda ehtiyoj  patta bo’lgan 
noyob narsalarni sotib olish uchun naqd pulga almashtirib, vaucherlaridan darhol qutila qoldilar.
176

dastlabki  bosqichidayoq  undan  samarali  foydalanishni  ta’minlaydigan 
shaxslarga mulk qilib berishdan iboratdir.
V.Butikovning 
ta’kidlashicha, 
“xususiylashtirishning 
birinchi 
bosqichida,  ya’ni  “kichik  xususiylashtirish”  amalga  oshirilgan  paytda 
mehnat 
jamoasiga 
imtiyozlar 
nazarda 
tutilib, 
“0 ‘zbeksavdo”, 
“O'zmaishiyxizmat”, “Mahalliy sanoat” sohalari xususiylashtirildi”1.
Amaldagi  xususiylashtirish  to‘g ‘risidagi  qonunga  muvofiq,  ochiq 
aksiyadorlik  jamiyatlari  aksiyalari  aksiyalari  uning  mehnat  jamoasiga 
sotilishi mumkin.
Xususiylashtirish  jarayonida  vujudga  kelgan  ochiq  aksiyadorlik 
jamiyatlari  aksiyalarini  uning  mehnat  jamoasiga  sotish  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
to‘g ‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan.
Xususiylashtirish  jarayonida  vujudga  kelgan  ochiq  aksiyadorlik 
jamiyatlari  mehnat jamoasiga  sotish  mumkin  bo‘lgan  aksiyalarining  soni, 
aksiya  turi),  ulami  narxini  belgilash  tartibi,  shuningdek uni  toiash  tartibi 
va muddatlari xususiylashtirish dasturida nazarda tutilishi lozim.
Xususiylashtirish  jarayonida  vujudga  kelgan  ochiq  aksiyadorlik 
jamiyatlari  mehnat  jamoasiga  va  ularga  tenglashtirilgan  shaxslarga 
sotiladigan  aksiyalarining  narxi,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi  va  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  “Baholash  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonuni  bilan  tartibga 
solinadi.
O.Yu.Skvorsovning  fikricha,  mulk  mehnat jamoasi  tomonidan  sotib 
olinganda  jamoa  korxonasi  ustavi  bilan  har  bir  xodimni  mulkdagi  va 
daromaddagi  ulushi  uning  ish  staji  va oylik maoshi  va  boshqa faktorlami 
hisobga olgan holda belgilanishi lozim2.
N.Yu.Kruglova  Rossiya  Federatsiyasida  xalq  korxonalarini  tashkil 
etish,  huquqiy  holati  va  ulaming  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish 
maxsus  qonun  bilan  tartibga  solinishini  ta’kidlaydi3.  Mazkur  qonunning 
mazmunidan  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  xalq  korxonasi  deganda 
aksiyadorlik jamiyatining  mehnat jamoasiga  (xalq  korxonasiga)  aksiyalar 
paketi  ustav  fondining  75  foizidan  ko‘pini  tashkil  etadigan  aksiyadorlik 
jamiyati  tushuniladi.  Bu  degani,  birinchidan,  tashqi  aksiyadorlar  “bir 
aksiya-bir  ovoz”  tamoyili  asosida jamiyat faoliyatining  muhim  masalalari 
bo‘yicha  ovozlar  talab  qilinadigan  qarorlarga  qarshi  ovozlar  soniga  ega
1 В.Бутиков. Рынок ценных бумаг. -Ташкент:  1996. -121 с.
2 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М .: ЗАО «Бизнес школа «Интел-Синтез»,  1999. -294 с.
3 Федеральный закон РФ «Об особенностях правового положения акционерных обществ работников (народных 
предприятий)» от 19 июля 1998 г. № 115-ФЗ.
177

bo'lmaydi.  Shunday  qilib,  mehnat  jamoasi  o ‘zining  manfaatlariga  mos 
keluvchi  istalgan  qaromi  qabul  qilishi  mumkin.  Ikkinchidan,  xalq 
korxonasi  aksiyalari  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  aksiyalariga  nisbatan 
bir shaxsdan boshqa shaxsga kamdan-kam o ‘tkazib turiladi1.
N.Yu.Kruglova  fikrini  davom  ettirib,  u  yoki  bu  tijorat  tashkilotini 
xalq  korxonasiga  aylantirishning  maqsadga  muvofiqligi  va  imkoniyati  bir 
qator holatlar bilan belgilanadi:
birinchidan,  tijorat  tashkiloti  ishtirokchilarining  ko‘pchiligi  xohishi 
bilan.  Ya’ni,  tijorat  tashkilotini  xalq  korxonasiga  aylantirish  ko‘pchilik 
ovoz bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchidan,  xalq  korxonasini  tashkil  etish  tashqi  aksiyadorlar 
mulkiy  manfaatlariga  zarar  yetkazmaslik  imkonini  berishi  lozim.  Bunda 
xalq  korxonasiga  aylantirish  to'g'risidagi  shartnomada  tijorat  tashkiloti 
qayta  tashkil  etilishi  munosabati  bilan  tashqi  aksiyadorlarga  tegishli 
bo'lgan  aksiyalaming nominal bahosi o'zgarmaslik  sharti nazarda  tutilishi 
mumkin.
Uchinchidan, ishlab chiqarish qudratining keng doirasini tashkil etish 
imkoni bilan xalq korxonasini tashkil qilish imkoni bo'ladi2.
Mulkchilik  shakli  xodimlar  mehnati  samaradorligi  belgilashda 
muhim  hisoblanadi.  Xususiylashtirish  natijasida  tashkil  etilayotgan 
aksiyadorlik  jamiyatlari  o'zida  xususiy  va  jamoat  mulkining  ijobiy 
jihatlarini  mujassamlab,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshiradi. 
Mulkchilikning  bunday  shakli  inson  shaxsi  va  uning  hayotda  muayyan 
yutuqlar sari intilishiga yordam beradi.
V.Butikovning 
fikricha, 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish  dasturidan  tashqari  Ya’ni,  mehnat  jamoasi  nodavlat 
yuridik shaxslari va fuqarolar arizasi asosida amalga oshiriladi.
Bunday  holda  xususiylashtirish  amalga  oshirilganda  aksiyadorlik 
jamiyati muassisi bo'lib davlat mulk qo'mitasi,  shuningdek,  ariza beruvchi 
nodavlat yuridik shaxslar va fuqarolar bo'ladi3.
Davlat  korxonasini  jamoa  korxonasiga  aylantirish  davlat  mulkini 
mehnat jamoasi  tomonidan  sotib  olish  (bir  vaqtning  o'zida  yoki  muayyan 
muddatda  haqini  to'lash  sharti  bilan)  yo'li  bilan  yoki  mazkur  mulkni 
tekinga topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mehnat jamoasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  jamoa  korxonasi  ustavi 
mehnat  jamoasi  a’zolari  o'rtasida  sotib  olingan  mulkni  tasarruf  etish 
tartibini belgilaydi.
J Круглова Н.Ю. Коммерческое право. Учебник. -М.: Русская Деловая Литература, 2000. -206 с.
2 Круглова Н.Ю. Юкоридаги манба.  -236 с.
3 В.Бутиков. Рынок ценных бумаг. -Тошкент:  1996. -124 с.
178

O.Yu.Skvorsovning fikricha,  ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini 
uning mehnat jamoasiga sotish usuli bilan xususiylashtirishning o ‘ziga xos 
xususiyati  shundaki,  bunda  mulk  huquqining 
0
‘tishi  murakkab  yuridik 
tarkibga  ega.  Bunda  xususiylashtiriladigan  korxonani  ochiq  aksiyadorlik 
jamiyatiga  aylantirish  yoki  bo‘lmasa,  aksiyadorlashtirish,  ya’ni  ushbu 
korxona  mehnat  jamoasiga  mazkur  aksiyalami  kelgusida  sotish  zamriy 
shart hisoblanib, bu holat muhim rol 
0
‘ynaydi1.
Rossiya  Federatsiyasida  korxonani  mehnat jamoasi  tomonidan  sotib 
olishi  masalasiga  doir  bir  qator  tadqiqotlar  amalga  oshirilgan.  V.Laptev 
xususiylashtirish  natijasida  yuzaga  keladigan  aksiyadorlik  jamiyatlarida 
o‘ziga  xos  aksiya  turlari  A  va  В  tipidagi  aksiyalar  mavjud  bo'lishini 
ta’kidlaydi. A tipidagi aksiyalar imtiyozli hisoblanadi va ustav kapitalining 
25  %  miqdorida  chiqariladi  hamda xususiylashtiriladigan korxona mehnat 
jamoasiga birinchi  variant bo‘yicha imtiyozni qo‘llab bepul tarqatiladi2.  В 
tipidagi  aksiyalar  bu  shunday  qimmatli  qog‘ozki,  bunda  qimmatli  qog‘oz 
vaqtincha  xususiylashtirilganga  qadar  davlatga  tegishli  bo‘lib  turadi.  A 
tipidagi  aksiya  singari  ular imtiyozli  hisoblanadi,  lekin  u  xususiy  shaxsga 
va tashkilotlarga begonalashtirilganda oddiy aksiyalarga ayirboshlanadi.
Xususiylashtirish  amaliyotida  mehnat jamoasiga  imtiyoz  berishning 
uch  varianti  shakllangan,  lekin  ikkinchi  va  uchinchi  variantda  A  tipidagi 
aksiyalar 
chiqarilmaydi. 
Ikkinchi 
variantda 
mehnat 
jamoasiga 
xususiylashtiriladigan korxonaning 51  %  oddiy aksiyasi beriladi.
Uchinchi variantda esa bir guruh ishchilar va boshqa shaxslar mehnat 
jamoasi  roziligi  bilan  davlatga  tegishli  aksiyalami  bir  yil  mobaynida 
boshqaradi,  bir yil  muddat  o'tgach  esa,  xususiylashtirilgan  korxona  oddiy 
aksiyalaming  30  %  ni  olish huquqiga ega bo'ladi.  Bunda boshqa xodimlar 
bunday  aksiyalaming  20  %  ni  olish  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Boshqa 
holatlarga to‘xtalmagan holda shuni ta’kidlash mumkinki, aksiyalami A va 
В  tipiga  bo‘linishi  mehnat jamoasiga  imtiyoz  berishning  birinchi  varianti 
uchun xarakterlidir.
Davlat  tasarrufidan  chiqariladigan  va  xususiylashtiriladigan  davlat 
korxonasi  mehnat  jamoasining  a’zolari  korxonani  quyidagi  manbalar 
hisobiga sotib olishlari mumkin:
-sof foydaning mehnat jamoasi a’zolari mulki bo‘lgan qismi; 
-amortizatsiya  ajratmalari  hamda  mehnat jamoasining  mulki  bo‘lgan 
va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum; 
-bank kreditlari va o ‘zga qarz mablag‘lari,
1 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М.: ЗАО «Бизнес школа «Интсл-Синтсз»,  1999.  -100 с.
2 Лаптев В.В. Акционерное право. -М .:  1999. -117 с.
179

-mehnat jamoasi a’zolarining shaxsiy mablag‘lari,
-davlat mulki bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.
Bunday  holda  davlat  byudjetidan  ajratilgan  mablag‘lardan  davlat 
mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
Davlat  korxonalari  davlat  tasarrufidan  chiqarilayotganda  va 
xususiylashtirilayotganda “mehnat faxriylariga,  shu korxonadan pensiyaga 
chiqqan  shaxslarga”  ham  korxonada  kamida  10  yil  ishlagan  mehnat 
jamoasining  a’zolariga aksiyalar va boshqa mulk bo‘lib-bo‘lib haq to‘lash 
orqali 
sotilishi 
mumkinligi 
“Davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish to‘g ‘risida”gi qonunda belgilab qo'yilgan.
Mehnat  jamoasining  a’zolari,  ular  tomonidan  tuzilgan  xo‘jalik 
jamiyatlari  shirkatlar boshqa sharoitlari teng bo‘lganida o ‘zga fuqarolar va 
yuridik shaxslarga nisbatan davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish 
chog‘ida, 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga 
nisbatan ustuvor huquqqa ega boiadilar.
Shunisi  e’tiborliki,  davlat  korxonasining  mol-mulki  shu  korxona 
mehnat jamoasi  tomonidan  sotib  olinsa  mazkur  korxona  balansida  turgan 
ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining 
qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qo‘shilmaydi.
Davlat  tasarrufidan  chiqarilayotgan  va  xususiylashtirilayotgan 
korxonalar  mehnat jamoalarining  a’zolariga  bir  qator  kafolatlar  berilgan 
bo‘lib ular quyidagilar:
-davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
amalga 
oshirilayotgan  davrda  korxona  ma’muriyati  ilgari  tuzilgan  jamoa 
shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburligi;
-egalik  huquqi  yangi  mulkdorga  o'tgan  kundan  boshlab  olti  oy 
davom  mulkdor  bilan  korxona  mehnat  jamoasi  o'rtasida  yangi  jamoa 
shartnomasi tuzilishi.
Qonun  chiqaruvchi  tomonidan  bunday  qoidaning  belgilanishi 
korxona mehnat jamoasining huquqlari  va qonuniy manfaatlarini ro'yobga 
chiqarishda asosiy vazifa hisoblanadi.
Xulosa  o ‘mida  shuni  ta’kidlash  lozimki,  xususiylashtiriladigan 
korxonaning  mehnat jamoasi  korxonani  sotib  olish  huquqiga  ega  bo'lgan 
shaxslar  ichida  alohida  o ‘ringa  ega.  Chunki,  ular  har  qanday 
xususiylashtirish  usulida  muayyan  imtiyozlardan  foydalanadi.  Korxona 
ochiq  aksiyadorlik  jamiyatiga  aylantirilganda  mehnat  jamoasi  imtiyozli 
shartlarda  aksiyalami  sotib  olishi  mumkin.  Shuningdek,  mehnat jamoasi 
boshqa  fuqarolar  singari  xususiylashtiriladigan  mulkni  auksionda 
imtiyozdan foydalanmagan holda ham olishlari mumkin.
180

Ko'rsatib  o'tilgan  imtiyozlar  xususiylashtirish  rejasida  nazarda 
tutilishi  lozim.  Lekin,  mazkur  imtiyozlar  faqatgina  xususiylashtirish 
rejasida aksiyalar sotilishi nazarda tutilsagina amalga tatbiq etiladi. Agarda 
aksiyalaming 
100% 
davlatda 
saqlanib 
qolsa, 
aksiyalar 
begonalashtirilmaganligi bois imtiyozlar mavjud boimaydi.
2.6. Davlat korxonalarini ijaraga berish yoki uni boshqarishni 
shartnoma asosida muayyan xususiy korxonaga topshirish
Davlat  korxonasini  ijaraga  berish  yoki  uni  boshqarishni  shartnoma 
asosida  muayyan  xususiy  korxonaga  topshirish.  Xususiylashtirishning 
ushbu  usulida  yangi  shakldagi  korxona  o'zining  imkoniyatlarini  to'liq 
namoyon eta olmaydi1.
Davlat  mulkini  ijaraga  oluvchi  davlat  mulki  obyektini  tasarruf 
etuvchi  roziligi  bilan  ijaraga  olingan  mulkni  sotib  olishi  (to'liq  yoki 
qisman) mumkin.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Xususiylashtirilgan 
korxonalami 
korporativ 
boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi Qarori2 qabul qilindi. Unga 
muvofiq,  2003-yil  1-iyulgacha  mulkida  davlat  ulushi  26  foizni  va  undan 
ko'proqni  tashkil  etadigan  aksiyadorlik jamiyatlarining  davlat  aktivlarini 
boshqarish  bo'yicha  davlatning  ishonchli  vakillari  bilan  aksiyadorlik 
jamiyatlari 
professional 
boshqaruvchi 
kompaniyalarga 
ishonchli 
boshqamvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzildi.
Mazkur qarorga  asosan  taftish  komissiyasi  a’zolari  o'z  faoliyatining 
ulaming  ushbu  aksiyadorlik  jamiyatlaridagi  yollash  bo'yicha  mehnat 
faoliyati bilan birga qo'shib olib borilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Aksiyalar  (ulushlar,  paylar)ning  davlat paketlari  qiymatini baholash, 
yakka  tartibdagi  lqyihalar  bo'yicha  xususiylashtiriladigan  korxonalardan 
tashqari,  baholash  tashkilotlari  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  ulami 
sotishda  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi  tomonidan 
boshlang'ich narx sifatida belgilanadi.
Aksiyalar  (ulushlar)ning  davlat  paketlarini  boshqarish  xarajatlari 
aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlariga hisoblangan dividendlaming bir 
qismi hisobiga, ular bo'lmagan taqdirda esa -  davlat tasarrufidan chiqarish 
va  xususiylashtirishdan  tushadigan  umumiy  mablag'lar  hisobiga  amalga 
oshirilishi mumkin.
1 Xo’jalik (Tadbirkorlik) huquqi. -Toshkent: TDYI, 2003.
2 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami, 2003 yil, №4, 32-modda.
181

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  19- 
apreldagi  “Xususiylashtirilgan  korxonalami  korporativ  boshqarishni 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  189-sonli  Qaroriga  asosan 
2003-yil  1-fevraldagi  holatiga ko‘ra ustav fondi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  bankining  kursi  bo‘yicha  50  ming  AQSh  dollaridan  kam 
miqdorda bo‘lgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil  1- 
yanvargacha  o ‘z  ustav  fondlarini  qayta  ro'yxatdan  o'tkazish  sanasida 
ko‘rsatib  o'tilgan  summadan kam bo'lmagan miqdorga keltirishlari yoxud 
belgilangan  tartibda  boshqa  tashkiliy-huquqiy  shakllarga  aylantirilishi 
shartligi  belgilangan.  Darvoqe,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2008-yil  18-noyabrdagi  PF-4053-sonli  “Iqtisodiyotning  real  sektori 
korxonalarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi 
Farmoniga 
ko'ra, 
barcha 
turdagi 
aksiyadorlik 
jamiyatlarining  minimal  ustav  fondi  400 000  AQSh  dollaridan  kam 
bo'lmasligi  belgilandi1  va  shu  munosabat  bilan  AJlaming  ustav  fondiga 
nisbatan yuqoridagi talab bekor qilindi.
“Davlatning 
aksiyadorlik 
jamiyatlaridagi 
ishonchli 
vakillari 
to'g'risida”gi  Nizom2ga  muvofiq,  davlatning  ishonchli  vakillari  ulardagi 
davlat  ulushi  25  foizdan  ortiq  bo'lgan xo'jalik jamiyatlarida  davlat  ulushi 
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari boshqaruviga berilgan 
vaqtgacha  tayinlanadilar  (Nizomning  02.10.2008-yil  221-son  Qaror  bilan 
belgilangan tahririda).
Nizomga  muvofiq,  davlatning  ishonchli  vakillari  aksiyadorlik 
birlashmalari  va  kompaniyalaridagi  aksiyalar  davlat  ulushidan  samarali 
foydalanilishi  ustidan  monitoring  olib  borish  komissiyasi  yoxud  uning 
topshirig'iga  ko‘ra  Davlat  mulki  qo'mitasi  Hay’ati  tomonidan,  shu 
jumladan tanlov asosida ham tayinlanadilar.
Davlatning 
ishonchli 
vakillari 
nomzodlari 
bo'yicha  takliflar 
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  Komplekslari 
bilan kelishgan holda Davlat mulki qo'mitasi tomonidan kiritiladi.
Bunda  davlatning  ishonchli  vakillari  nomzodlari  etarli  darajada 
iqtisodiy  bilimlarga,  rahbarlik  ishida  ishlash  amaliyotiga  ega  bo'lgan 
hamda  tayinlash  va  ko'rsatib  o'tilgan  funksiyalami  bajarish  paytida 
tarkibiga  xo'jalik  jamiyati  kiradigan  kompaniyalar,  korporatsiyalar, 
uyushmalar  xodimlari 
bo‘lmagan  jismoniy 
shaxslar, 
shuningdek 
investitsiya  aktivlarining  ishonchli  boshqaruvchilari  yuridik  shaxslar 
orasidan  tanlab  olinadi.  Nomzodlami  tanlab  olishda korporativ  boshqamv
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 yil, 47-son, 461-modda.
2 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2003 yil, №4,  32-modda.
182

hamda  qimmatbaho  qog'ozlar  bozori  sohasida  qo'shimcha  ma’lumotga 
ega bo'lgan shaxslarga ustunlik beriladi (Nizomning 02.10.2008-yilgi 221- 
son Qaror Qaror bilan belgilangan tahririda).
O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi  tayinlangan  davlat 
ishonchli  vakili  bilan  aksiyalaming  davlat  paketini  (ulushini)  boshqarish 
yuzasidan tegishli shartnoma tuzadi.
Davlatning  ishonchli  vakillari  bir  yildan  ko'p  bo'lmagan  muddatga, 
ushbu muddatni aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi  aksiyalar 
davlat  ulushidan  samarali  foydalanilishi  ustidan  monitoring  olib  borish 
komissiyasining  yoki  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  qo'mitasi 
Hay’atining tegishli qarori bilan uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadilar. 
Uning zimmasiga:
-aksiyador  (muassis,  ishtirokchi)  sifatida  davlat  manfaatlarini  himoya 
qilish,  xo'jalik jamiyatidagi  mol-mulkning  saqlanishini  va  undan  oqilona 
foydalanilishini ta’minlash;
-korxonada  iqtisodiy  islohotlami  o'tkazishda,  uning  moliya-xo'jalik 
faoliyatini 
yaxshilashda, 
menejment 
va 
marketing 
tizimini 
takomillashtirishda,  shuningdek  xususiylashtirishdan  keyin  qo'llab- 
quvvatlashda ko'maklashish;
-ishlab  chiqarishni  renovatsiya  qilish  va  korxona  tomonidan  ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlami yangilash,  raqobatbardoshli  mahsulot ishlab 
chiqarishni  ta’minlash  maqsadida  zamonaviy  texnologik  asbob-uskunalar 
va  texnologiyalar  asosida  ishlab  chiqarishni  rekonstruksiya  qilish  va 
texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etish;
-aksiyalaming  davlat paketi  (ulushi)  bo'yicha  dividendlardan  xo'jalik 
jamiyatini  rekonstruksiya  qilishda  va  texnika  bilan  qayta jihozlash  uchun 
maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
-O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  Davlat  mulki 
qo'mitasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar kiradi.
O 'z  funksiyalarini  bajarganlik  uchun  davlatning  ishonchli  vakili 
tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  pul  mukofoti  oladi,  uning miqdori  xo'jalik 
jamiyatining hisobot davridagi faoliyati yakunlariga bog'liq bo'ladi.
183

3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari
3.1. Davlat korxonasini xo'jalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, 
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatga) yoki 
boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat mulki  qo'mitasi  faoliyatini  takomillashtirishga doir chora-tadbirlar 
to ‘g ‘risida”’gi  2006-yil  26-apreldagi  PQ-335-sonli  Qarorini  bajarish 
yuzasidan,  shuningdek  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
jarayonlarini  takomillashtirish  maqsadida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2006-yil  21-iyuldagi  №145-sonli  Qarori  bilan 
“Davlat  mulki  bo‘lgan  obyektlami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish tartibi to‘g ‘risidagi Nizom”2 tasdiqlandi.
Ushbu  Nizom  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksiga, 
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish 
va  xususiylashtirish  to‘g ‘risida”gi 
O'zbekiston  Respublikasi  Qonuniga,  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  davlat  mulki  bo‘lgan  obyektlami  davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartib-taomillarini belgiladi.
Nizomga  ko‘ra,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  (xususiylashtirish)  bugungi  kunda  quyidagi  shakllarda  amalga 
oshirilishi mumkin:
-  davlat  korxonasini  xo‘jalik  jamiyatiga  (aksiyadorlik  jamiyatiga, 
mas’uliyati  cheklangan  va  qo'shimcha  majburiyatli  jamiyatga)  yoki 
boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
-  davlat  mulki  bo'lgan  obyektlami  va  (yoki)  davlatga  tegishli 
aksiyalami,  ulushlar  va  mulkiy  paylami  jismoniy  va  nodavlat  yuridik 
shaxslarga,  shu jumladan  O'zbekiston  Respublikasi  norezidentlariga  biija 
va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
sotish.
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  (xususiylashtirish)  shakllarini  tanlash 
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  Vazirlar  Mahkamasining  yoki 
Davlat 
mulki 
qo'mitasining 
(Davlat 
mulki 
qo'mitasi 
hududiy 
boshqarmasining)  qarorlariga  muvofiq,  ishlab  chiqarish  xususiyatlarini, 
korxonalar  faoliyati  samaradorligini  oshirish  maqsadlarini  va  ishlab 
chiqarish  ko'lamlarini,  asosiy  fondlar  qiymatini  hamda  potensial 
investorlaming takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
! //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil,  17-son,  140-modda.
2 // O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 292-modda.
184

0 ‘zbekistonda 
xususiy lashtirishni 
amalga 
oshirishda 
davlat 
korxonalarini  xo'jalik  jamiyatlari  va  shirkatlariga  aylantirish  usuli  keng 
qo‘llanildi.  Xususiylashtirishning  mazkur  usulini  keng  qo‘llashdan 
maqsad,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fuqarolami  mulkdor  qilish  orqali 
ulami  ijtimoiy  jihatdan  himoyalash  edi.  Chunki  bozor  munosabatlariga 
o ‘tish  davrida  ishsiz  fuqarolaming  soni  ortadi  hamda  ulami  ijtimoiy 
jihatdan  himoyalash  dolzarb  muammolardan  biri  bo‘lib  qoladi.  Aynan 
mana  shunday  vaziyatda fuqaro  birorta korxonaning aksiyasiga ega bo‘Isa 
yoki  uning  nizom  jamg'armasida  o ‘z  ulushiga  ega  bo‘lsa,  u  ijtimoiy 
jihatdan himoyalangan  bo‘ladi,  chunki ular vaqti-vaqti bilan  dividend  olib 
turishadi.
Dastlab  yopiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  tashkil  etilgan  bo‘Isa, 
keyinchalik  fuqarolami  xususiylashtirish  jarayonida  faol  ishtirokini 
ta’minlash  uchun,  ular  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirila 
boshlandi.  Biroq,  iqtisodiy  tahlillar mazkur jamiyat  va  shirkatlarda  davlat 
ulushining  saqlanib  qolishi  maqsadga  muvofiq  emasligini  ko‘rsatdi. 
Shuning  uchun  ham,  keyingi  davrdagi  iqtisodiy  islohotlar  xo‘jalik 
jamiyatlari  va  shirkatlaridagi  davlat  ulushlarini  mumkin  qadar  qis- 
qartirishga  yoki  bo‘lmasa  ulaming  barchasini  xususiy  sektorga  o ‘tkazib 
yuborishga 
qaratildi. 
Eng 
achinarlisi 
mazkur 
korxonalarda 
aksiyadorlaming  o ‘z  huquqlarini  bilmasliklari  yoki  ulami  amalga 
oshirmasliklari,  mulkdor  sifatida  ulaming  manfaatlariga  salbiy  ta’sir 
ko'rsatmoqda. 
Shuning 
uchun 
ham 
korxonalaming 
korporativ 
boshqaruvini  tubdan  isloh  etish  dolzarb  muammolardan  biri  bo‘lib 
qolmoqda.
Aksiyadorlik  jamiyatiga  ta’rif  berishda  turli  yondashuvlar  mavjud, 
ya’ni  berilayotgan  ta’riflarda  aksiyadorlik  jamiyatining  ayrim  jihatlariga 
ko'proq e’tibor berilgan bo‘lsa, ba’zilarida esa jamiyat faoliyatining o'ziga 
xos  xususiyatlari  ochib  berilmagan.  Masalan,  I.V.Eliseevning  fikricha, 
aksiyadorlik jamiyati  tijorat  birlashmasi  bo‘lib,  bir  yoki  bir  necha  shaxs 
tomonidan  tashkil  etiladi,  uning  majburiyatlari  bo‘yicha javob  bermaydi, 
ustav  kapitali  ulushlarga  bo‘lingan  va  ularga  nisbatan  huquqlar  qimmatli 
qog‘oz -  aksiya bilan tasdiqlanadi1.
A.P.Sergeevning  fikricha,  aksiyadorlik  jamiyati  shunday  xo‘jalik 
jamiyatiki,  uning  ustav  kapitali  belgilangan  aniq  hissalarga  bo'lingan,  bu 
hissalar qimmatli qog‘oz -  aksiyalarda ifodalangan va uning ishtirokchilari 
(aksiyadorlar) jamiyat  majburiyatlari  bo'yicha javob  bermaydigan  hamda
1 Гражданское право //П од. ред. А.П,Сергеева, Ю.КЛолстого. 4-1. -М .:  Проспект,  1999. -151  с.
185

jamiyatning  tavakkalchilik  natijasida  ko'rgan  zararlari  bo'yicha  o'z 
aksiyalari bilan bog'liq bo'ladigan tashkilotdir.1
J.Yuldashevning  fikricha,  yuqoridagi  ta’riflarda  aksiyadorlaming 
jamiyatdan  sotib  olgan  aksiyalari  qiymatida jamiyat  majburiyatlari  uchun 
javobgar  bo'lishlariga  e’tibor  berilmaydi,  vaholanki,  bu  belgisi  bilan 
aksiyadorlik  jamiyati  boshqa  xo'jalik  jamiyatlari  va  shirkatlaridan 
farqlanadi2.
R.Kniper  aksiyadorlik  jamiyatini  yuridik  shaxsning  bir  tomonlama 
inkomatsiyasi  deb hisoblab,  u  o'z huquq va majburiyatlariga ega bo'lgan, 
o'z nomidan majburiyatlari yuzasidan mustaqil javobgar bo'ladigan,  sudda 
da’vogar  va  javobgar  bo'ladigan,  o'zining  xususiy  aktiv  va  passiv 
kapitaliga (aksiyalarda ifodalangan)  ega bo'ladigan tashkilot  sifatida ta’rif 
beradi.3  Uning  ta’rifida  asosiy  e’tibor  yuridik  shaxsning  huquqiy 
belgilariga  (majburiyatlarga  ega  bo'lishligi,  mustaqil  javobgarlik,  sudda 
da’vogar  va  javobgar  bo'lishligi)  qaratiladi  va  o'z-o'zidan  aksiyadorlik 
jamiyatining  yuridik  shaxs  sifatidagi  belgilari  birinchi,  uning  asosiy 
belgilari  esa  ikkinchi  o'ringa  o'tib  qoladi.  Shuningdek,  olim  aksiyadorlik 
jamiyati  nafaqat  yirik  kapital  birlashmasi  ekanligi,  balki  o'rta  biznesni 
tashkil  etishda  xo'jalik  jamiyatining  bu  shakli  qo'llanishligini  e’tiborga 
olmaydi.
G.F.Shershenevich 
aksiyadorlik  jamiyatini 
shirkat 
hisoblab, 
quyidagicha ta’rif beradi,  aksiyadorlik shirkati birgalikda savdo faoliyatini 
olib  boradigan  shaxslaming  shartnomaviy  birlashmasi  bo'lib,  unda 
ishtirokchilar  qo'shgan  hissalar  bo'yicha  cheklangan javobgar  bo'ladilar. 
Aksiyadorlik  shirkati  shaxslar  birlashmasi  hisoblanadi.  Ular  yuridik  va 
jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Bu shunday birlashmaki,  ikki kishidan 
kam  bo'lmagan,  uning  kapitali  hissalarga  bo'lingan,  bu  aksiya  va 
paylardan  iborat bo'lib,  u  bir kishi  qo'lida to'planishi  mumkin  emas.  O'z 
birlashmalari  bilan  ishtirokchilar  yuridik  shaxsni  tashkil  etadilar.4  Ta’rif 
o'tgan  asming  boshlarida  faoliyat  yuritgan jamiyatlarga  xos  bo'lganligini 
e’tiborga  olsak,  shu  davr  qonunchiligidan  kelib  chiqib  berilgan,  lekin 
shunday  bo'lsa-da  jamiyat  bilan  shirkat  belgilari  aralashtirib  yuborilgan. 
Aslida  shirkat  faoliyat birlashmasi, jamiyat mulk  birlashmasi  hisoblanadi. 
Bundan  tashqari  shaxslaming  shartnomaviy  birlashmasi  deb  ta’rif beradi, 
jamiyat bir  shaxs  tomonidan  tashkil  etilishi  mumkinligini  e’tirof etadigan
1 Гражданские права. T .l. Учебник. // Отв. ред.  Е.А.Суханов -М .: БЕК,  1998.
2 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekti sifatida. -Toshkent: TDYI, 2004. -177 b.
5  Книпер  P.  О  некоторых  проблемах  законодательства  об  акционерных  обществах  Республики  Узбекистан  И 
Доклады  участников международного семинара «Акционерные общества.  Ценные бумаги». -Ташкент:  2000.
4 Шершеневич Г.Ф. Учебник торгового права (по изд.  1914 г.). -М .: СПАРК,  1994. -139 с.
186

bo‘lsak,  shartnomaviy  birlashma  atamasi  jamiyat  xususiyatini  to'liq 
ifodalay olmaydi.
J.Yuldashev  aksiyadorlik  jamiyatlari  FKning  58-moddasiga  ko‘ra 
xo'jalik  jamiyati  va  shirkatlari  tarkibiga  kirishini  ta’kidlaydi.  Fuqarolik 
kodeksining  yuqoridagi  moddasi  xo'jalik  shirkatlari  va  jamiyatlariga 
umumiy tarif beradi.  Lekin bu umumiy tarif xo'jalik shirkatlari  va xo'jalik 
jamiyatlarining  mohiyatini  to'la  ochib  bera  olmaydi.  Shu  sababli  ham 
FKning 58-moddasini ikki moddaga ajratish va ularga alohida quyidagicha 
umumiy tarif berilsa maqsadga muvofiq bo'lishini taklif etadi1.
Xo'jalik  shirkati  -   bu  shirkat  nomidan  harakat  qiluvchi  ikki  yoki 
undan  ortiq  shaxsning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
tuzgan shartnomaviy yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan birlashmasidir.
Xo'jalik  jamiyatlari  -   bu  bir  yoki  bir  necha  shaxslar  tomonidan 
jamiyat  nomidan  tadbirkorlik  faoliyatini  birga  amalga  oshirish  uchun  o'z 
mulklari(asosan mablag'lari)ni qo'shish yo'li bilan tuzgan tashkilotidir.
FKdagi tarifni bu taxlit ajratish uchun xo'jalik shirkatida tadbirkorlik 
faoliyatini  amalga  oshirishda  shaxsiy  ishtirok,  xo'jalik  jamiyatida  esa 
mulkiy  ishtirok  birlamchi  ekanligi,  muassislaming  tarkibi  (xo'jalik 
shirkatlarida  ikki  yoki  undan  ortiq,  xo'jalik jamiyatlarida  bir  yoki  undan 
ortiq),  javobgarlik  xajmi  (ishtirokchilaming  shirkatning  majburiyatlari 
bo'yicha  o'zlariga  qarashli  mol-mulklari  bilan  (kommanditchilardan 
tashqari)  xo'jalik jamiyatlarida  esa  qo'shgan  hissalari  doirasida javobgar 
bo'lishi)  asos  sifatida  olinishi  lozim.  FKda  ifodalanishi  lozim  bo'lgan 
norma  maxsus  qonunlar  bilan  to'ldirishi  mumkin,  chunki,  kodeks  uning 
barcha jabhalarini  birday  va  bir  normativ  hujjatda  tartibga  sola  olmaydi, 
aks holda uning xajmi juda kengayib ketadi2.
T.V.Kashaninaning  fikricha, 
xo'jalik  shirkatlarining  umumiy 
xususiyatlari  kishilaming  ixtiyoriy-shartnomaviy  birlashma  ekanligi, 
mulkiy  va  shaxsiy  imkoniyatlami  birlashtirishi,  mulkiy  vositalami 
birlashtirishi,  birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatidan  foyda olishni ko'zlashi 
hisoblanadi3.  Demak,  yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  aksiyadorlik 
jamiyatlarini xo'jalik shirkatlaridan farqini quyidagilarda deyish mumkin:
-xo'jalik  shirkatlarida  uning  majburiyatlari  uchun  ishtirokchilar  o'z 
mulklari bilan  solidar va  subsidiar tarzda javobgar bo'ladilar,  aksiyadorlik 
jamiyatlarida cheklangan javobgarlik mavjud;
1 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekli sifatida. -Toshkent: TDYI, 2004. -177  b.
2 Yuldashev J. Aktsiyadorlik jamiyatlari -  fuqarolik huquqining sub’yekti sifatida.  -Toshkent: TDYI, 2004. -177 b.
3 Кашанина T.B. Корпоративное право. Учебник. -М.:НОРМА-ИНФРА-М,  1999. -С . 161-162.
187

-xo'jalik  sharkatlarida  uning  tadbirkorlik  faoliyatida  ishtirokchilar 
shaxsiy  ishtiroki  xarakterli  (kommanditchilardan  tashqari),  aksiyadorlik 
jamiyatlari da esa mulkiy ishtirok birlamchi;
-xo'jalik  sharkatlarida  ta’sis  hujjati  ta’sis  shartnomasi  hisoblanadi, 
aksiyadorlik jamiyatlarida esa ustav hisoblanadi;
-xo'jalik  sharkatlaridan  ishtirokchilar  chiqib  ketadigan  bo'lsa, 
tegishlicha  uning  ta’sis  hujjatiga  o'zgartirish  kiritiladi,  aksiyadorlik 
jamiyatlarida  esa  buning  ahamiyati  yo'q  (yopiq  aksiyadorlik jamiyatlari 
bundan  mustasno),  shuningdek,  xo'jalik  sharkatlarida  ishtirokchilar 
qo'shgan  hissa  guvoxnomalar  bilan,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  esa 
aksiyalar bilan tasdiqlanadi;
-aksiyadorlik  jamiyatlarida  ishtirokchi  (aksiyador)  lar  uning 
majburiyatlari  bo'yicha  javob  bermaydi  va  ulaming  tadbirkorlik  xavfi 
ustav  fondidagi  hissalar  bilan  cheklanadi,  shuning  uchun  jamiyatning 
aynan ustav fondi qiymati kreditorlar manfaatining asosiy “kafil”i bo'ladi. 
Bu xususiyat xo'jalik shirkatlarida mavjud emas.
Asosan  yirik  va  o'rta  biznesda  qo'Ilanuvchi,  bir  paytning  o'zida 
tarqoq  mol-mulklami  bir  joyga  to'plash  imkoniga  ega  bo'lgan  va  uni 
tadbirkorlikka yo'naltimvchi xo'jalik yurituvchi subyekdardan biri bo'lgan 
aksiyadorlik  jamiyatlari  mamlakat  iqtisodiyotining  asosiy  usqurtmasi 
hisoblanadi.
Hozirga  kunda  aholi  o'rtasida  haqiqiy 
mulkdorlar 
sinfini 
shakllantirishga,  jamiyatda  qimmatli  qog'ozlarga  bo'lgan  munosabatni 
o'zgartirishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu  borada  qabul  qilingan 
qator  qonun  hujjatlari  fikrimiz  dalilidir.  O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  Mulkchilik  to'g'risidagi,  Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 
aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risidagi,  Qimmatli 
qog'ozlar  bozori  to'g'risidagi  qonunlar,  shuningdek  tadbirkorlik  va 
investitsiya  faoliyatini  tartibga  soluvchi  bir  qator  qonun  hujjatlari 
aksiyadorlik  jamiyatlarini 
mamlakatimizda 
yanada 
muhim 
o'rin 
egallashiga o'z ta’sirini ko'rsatmoqda.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling