To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


-bob yuzasidan nazorat savollari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29

5-bob yuzasidan nazorat savollari:
1. 
Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning 
mohiyati nimada?
2. 
O'zbekistonda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirishning zaruratini qanday izohlaysiz?
3. 
Respublikamizda  davlat  tasarrufidan  chiqarish 
shakllari, 
xususiylashtirish  bosqichlari  haqida,  ulaming  evolyutsiyasi  haqida 
gapirib bering?
4. 
Hozirgi  bosqichda  xususiylashtirish  muammolari,  Sizningcha, 
nimalarda ko'rinadi?
1  Нефедов  Д.  Отдельные  правомочия  собственника  приватизированного  предприятия  //  Хозяйство  и  право. 
1996.-№ 2.
2 Скворцов О.Ю. Приватизационное право. -М .: ЗАО «Бизнес школа «Интел-Синтез»,  1999. -96 с.
3 Ридер  В.,  Шокина JI.  Нематериальные  активы  приватизируемых  предприятий  // Экономика  и жизнь.  1994.  -  
№49.
2 0 0

6-BOB. UMUMIY MULK HUQUQI
B obning  m aqsadi:  aksariyat  hollarda  umumiy  mulk  mulkning 
alohida  shaklimi?  Umumiy  mulk  iqtisodiy  kategoriyami  yoki  huquqiy 
kategoriyami? kabi savollarga ja vo b  berishda qiynalamiz.
Darhaqiqat,  am aldagi Fuqarolik kodeksining  18-bobida belgilangan 
“umumiy  mulk”  haqidagi  qoidalarda  biz  nimani  tushunishimiz  kerak.  Shu 
m a ’noda  darslikning  mazkur  bobida  umumiy  mulk  tushunchasi  va  uning 
vujudga  kelish  asoslari,  umumiy  mulk  turlari,  ular  o'rtasidagi  nisbat, 
ulushli  mulkdagi  ulushlarni  aniqlash,  ulushli  mulkdagi  umumiy  mol- 
mulkka  egalik  qilish  va  undan foydalanish,  uni  tasarruf etish,  umumiy 
mulk  huquqidagi  ulushning  shartnoma  bo'yicha  oluvchiga  o'tishi, 
imtiyozli  sotib  olish  huquqi,  umumiy  birgalikdagi  mulkka  egalik  qilish, 
undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  undiriuvni  umumiy  mulkdagi 
ulushga qaratish asoslari va tartibi kabi m asalalar yoritiladi.
1. Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari
Fuqarolik  kodeksining  216-moddasida  ko'rsatilishicha,  ikki  yoki 
undan  ortiq  shaxsning  egaligida  bo'lgan  mol-mulk  ularga  umumiy  mulk 
huquqi  asosida  tegishli  bo'ladi.  Bundan  anglashiladiki,  umumiy  mulk 
huquqi  bir  necha  shaxslaming  (sherik  egalaming)  muayyan  obyektlarga 
nisbatan bo'lgan mulkiy huquqlariga aytiladi.
Umumiy 
mulk 
huquqining 
obyektini 
ma’lum 
ashyo 
yoki 
ashyolaming to'plami  tashkil  etishi mumkin.  Masalan,  ikki  yoki bir necha 
shaxsning  birgalikda  qurgan  yoki  sotib  olgan  imorati,  ikki  yoki  bir necha 
jamoa  xo'jaligi  birgalikda  qurgan  g'isht  zavodi  kabi  boshqa  obyektlar. 
Umumiy mulk huquqining  subyektlari  (ishtirokchilari) ikki  yoki  bir necha 
shaxs (tashkilot yoki fuqaro)lar bo'lishi mumkin.
Umumiy  mulk  huquqining  subyektlari  bir  necha  shaxsdan  iborat 
bo'lganligi  tufayli  sheriklaming  har  qaysisi  bunday  mulkni  o'z  holicha 
tasarruf qila  olmaydi,  balki  o'ziga  qarashli  obyektlami  birgalikda,  o'zaro 
kelishuv asosida egallaydi, ulardan foydalanadi va tasarruf qiladi.
Umumiy mulk huquqi quyidagi asoslardan vujudga keladi: 
birinchidan,  oddiy  shirkat  shartnomasidan,  masalan,  bir  necha 
fuqaroning  birgalashib  uy-joy  qurishidan  yoki  bir  necha  jamoa 
xo'jaligining birgalashib elektr stantsiyasi qurishidan;
ikkinchidan,  bir  necha  fuqaroning  muayyan  umumiy  mulkka  ega 
bo'lish  uchun  mablag'  va  mehnatlarini  qo'shishlaridan,  masalan,  umumiy 
oilaviy mulk;
201

uchinchidan,  bir  necha  shaxslaming  qonun  yoki  vasiyat  bo‘yicha 
meros olishlaridan.
Umumiy  mulk  huquqi  aksariyat  hollarda  oddiy  shirkat  (birgalikdagi 
faoliyat)  shartnomasi  asosida,  umumiy  xo'jalik  maqsadlariga  erishish 
uchun,  jamoa  xo'jaliklari,  korxona  yoki  boshqa  tashkilotlar  qurish  va 
ekspluatatsiya qilish, suv xo'jaligi inshootlari, maktablar, turar-joy binolari 
va shu kabi qurish uchun birgalikda harakat qilishlarida, buning uchun pul 
hamda boshqa mulk yoxud mehnatlarini birlashtirishlarida vujudga keladi. 
Fuqarolar  ham  o'zlarining  shaxsiy-maishiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
pul,  mulk  va  mehnatlarini  birlashtirib,  masalan,  uy-joy  qurish  uchun 
birgalikda shartnoma tuzib umumiy mulk huquqini oladilar.
Umumiy  mulk  huquqi  instituti,  umumiy  mulk  haqidagi  huquqiy 
munosabatlar  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  216-227- 
moddalarida batafsil bayon etilgan.
FKning  216-moddasida  ko'rsatilganidek,  umumiy  mulk  ikki  turga: 
birinchidan,  mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi 
aniqlab  qo'yilgan  ulushli  mulk  va  ikkinchidan,  ulushlari  aniqlab 
qo'yilmagan  birgalikdagi  mulkka  bo'linadi.  Bular  o'rtasidagi  asosiy 
farqlar quyidagichadir:
Taqsimlanadigan  umumiy  mulkning  har  bir  ishtirokchisi  ashyoda 
aniq belgilangan hissaga  ega bo'ladi.  Masalan,  yarmiga,  uchdan  biriga  va 
hokazo,
Taqsimlanmaydigan  birgalikdagi  umumiy  mulk  esa,  hissalarga 
taqsimlanadigan mulkdan ulushlarga ajralmasligi bilan farq qiladi. Bunday 
umumiy  mulk  hamma  ishtirokchilar  o'rtasida,  ulaming  umumiy  roziligi 
bilan va tenglik asosida egallanadi, foydalaniladi va tasarruf etiladi.
Ulushli mulk subyektlari fuqaro ham, tashkilot ham bo'lishi mumkin.
Umumiy  birgalikdagi  mulk  huquqida  subyektlar  o'z  ulushlarini 
mustaqil  tasarruf qila  olmaydi,  chunki,  birinchidan,  ulaming  har  birining 
ulushi  umuman  belgilanmagan  bo'ladi;  ikkinchidan,  oilaviy  munosabatda 
bo'lgan  umumiy  mulk  egasi  oiladan  chiqqanda,  uni  boshqa  bir  ikkinchi 
shaxs bilan almashtirib bo'lmaydi.
Ulushli  mulk  ulushlarga  ajralmaydigan  umumiy  mulkdan  vujudga 
kelishi asoslari va tartibi bilan ham farq qiladi.
Ulushli  mulk  tashkilotlar  va  fuqarolaming  bitimlar  tuzishi  asosida, 
qonun  bilan  nazarda  tutilgan  asoslarda,  chunonchi  qonun  va  vasiyat 
bo'yicha  meros  olishda,  mulkning  musodara  qilinishida  va  boshqa  ba’zi 
hollarda vujudga kelishi mumkin.
2 0 2


Jamoa  xo'jaligi  oila  a’zolarining,  jamoa  xo‘jaligida  mehnat  qilib 
I  topgan va xonadon mulkiga qo'shgan daromadlari yordamchi xo‘jalikdan, 
I  chorva  mollari  asrashdan  kelgan  daromadlari  xonadon  a’zolarining 
umumiy  mulk huquqini  vujudga keltiradi.  Kasb-kor,  hunarmand,  umuman 
,  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  fuqarolar 
oilasining  topgan  pul  yoki  boshqa  buyumlari  ham  shu  xonadon 
a’zolarining umumiy mulkini vujudga keltiradi.

2. Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish

va uni tasarruf etish

Umumiy  ulushli  mulkni  egallash,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf

  etishda  sherik  egalaming  huquqlari  ikki  turga:  barcha  umumiy  mulkka 
|  nisbatan,  umumiy  mulkdagi  ulushga  nisbatan  bo'lgan  huquqlarga 
boiinadi.  Binobarin,  umumiy  ulushli  mulk  egalarining  har  qaysisi  o'z 
•  ulushini  mustaqil  tasarruf  etish  huquqiga  ega  bo'lsa  ham,  chunonchi  o'z 
;  ulushini  agar  qonun  yoki  ustav  (nizom)da  boshqacha  hoi  belgilanmagan 
bo'lsa,  o'zga shaxsga o'tkazish huquqiga ega bo'lsa ham,  umumiy mulkni 
sheriklarining roziligidan tashqari tasarruf qila olmaydi.
Umumiy  ulushli  mulkni  egallash,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf 
etish davomida bunday mulkning egalari o'rtasida bo'lgan nizolar umumiy 
mulk  ishtirokchilarining  har  qaysisining  da’vosi  bo'yicha  sud  tomonidan 
hal qilinadi.

Umumiy  ulushli  mulk  egalari  o'z  ixtiyorida  bo'lgan  mulkni 
j-  hammalarining roziligi bilan egallaydilar,  undan foydalanadilar va tasarruf 
['  etadilar.  Agar  umumiy  sherik  mulkni  egallash,  undan  foydalanish  va  uni 
\  tasarruf  etish  tartibi  to'g'risida  o'zaro  kelisha  olmasalar,  bunday  masala
sherik egalaming har qaysisi da’vosi bo'yicha sud tomonidan hal qilinadi.

Umumiy  ulushli  mulkning  har  qaysi  egasi  umumiy  mulk  yuzasidan
;  bo'lgan  soliq,  yig'im  va  boshqa  to'lovlami  to'lashda,  shuningdek  uni 
s  boshqarish  va  saqlash  harajatlarida  o'z  hissasiga  yarasha  qatnashishga 
:  majbur.
Umumiy  mulkni  saqlash  yoki  umumiy  majburiyatni  bajarish 
>
  yuzasidan  harajatlar  qilgan  boshqa  sheriklaridan  o'zining  qilgan 
chiqimlarini  har  birining  hissasiga  muvofiq  qoplanishini  talab  qilish 
huquqiga egadir.
FKning  221-moddasida  aytilganidek,  uni  boshqarish  va  saqlash 

harajatlarida o'z hissasiga yarasha qatnashishga majbur.
I 
FKning  218-moddasida  aytilganidek,  umumiy  ulushli  mulkning  har 
[  qaysi  egasi  o'z  ulushini  boshqa  shaxsga  o'tkazishga  haqli.  Bunda ulushni
203

haq  baravariga  ham,  tekinga  ham  birovga  o'tkazish  nazarda  tutiladi. 
Umumiy  mulkning  sheriklari  tashkilot  bo‘lgan  taqdirda,  ular  o ‘z 
ulushlarini  birovga  haq  baravariga  o'tkazadi,  ko'pincha  uni  sotadi. 
Fuqarolar  esa,  o ‘z  ulushlarini  haq  baravariga  ham,  tekinga  ham  birovga 
o ‘tkazishi  chunonchi,  sotishi,  hadya  etishi,  shuningdek  vasiyat  qilib 
qoldirishi mumkin.
Mulkdorlardan biri o ‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan 
mulkdorlar  sotilayotgan  ulushni  u  sotilayotgan  narxda  va  boshqa  teng 
shartlarda  sotib  olishda  imtiyozli  huquqiga  egadir.  Kim  oshdi  savdosi 
orqali sotish hollari bundan mustasno (FKning 224-moddasi).
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o ‘z ulushini o'zga shaxsga sotish 
niyati  haqida boshqa  mulkdorga  yozma  ravishda  ma’lum  qilib,  ulushning 
narxini  va  uni  sotishning boshqa  shartlarini ko‘rsatishi  shart.  Agar qolgan 
mulkdorlar  imtiyozli  sotib  olish  huquqini  amalga  oshirishdan  voz 
kechsalar  yoki  bu  huquqni  xabar  qilingan  kundan  e’tiboran  ko‘chmas 
mulkka  nisbatan  bir  oy  davomida  boshqa  mol-mulkka  nisbatan  esa-  o ‘n 
kun  davomida  amalga  oshirmasalar,  sotuvchi  o ‘z  ulushini  har  qanday 
shaxsga sotishga haqli bo'ladi.
Davlat,  kooperativ  yoki  boshqa  yuridik  shaxs  uy-joyga  nisbatan 
bo‘lgan umumiy mulk huquqidagi  o'z ulushini  sotgan taqdirda-uy-joyning 
ana  shu  ulushni  sotib  olishda  imtiyozli  huquq  uyning  shu  qismida 
yashovchi  shaxslarga  beriladi,  ular  sotib  olishni  xohlamaganlari  yoki  bu 
huquqni  amalga  oshirmaganlarida  esa  ulushni  sotib  olish  huquqi  umumiy 
mulkning qolgan sheriklariga o'tadi.
Agar ulush  sheriklaming imtiyozli huquqlari buzilib  sotilsa, umumiy 
ulushli mulkning boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari 
o'ziga  о 'tkazilishi  to'g'risida  da’vo  qo'zg'atib,  sudga  murojaat  qilishi 
mumkin.  Ammo bu huquq va majburiyat mulkni  olib-sotishda belgilangan 
narxini  hamda  sotib  olish  bilan  bog'liq  bo'lgan  harajatlami  to'lash  sharti 
bilangina unga o'tkazilishi mumkin.
Agar  mulk  oluvchi  ulushni  sotib  olish  to'g'risida  rozilik  bergan 
bo'lsa-yu,  lekin  u  notarial  idoraga  kelishdan  bosh  tortsa,  notarius 
sotuvchining  tanlashi  bo'yicha  boshqa  shaxs  bilan  shartnomani 
rasmiylashtirish huquqiga ega.
Umumiy  mulk  bo'lgan  uydan  tegishli  ulush  soqit  qilinishida, 
masalan,  sotilishida,  uyga  bo'lgan  ulushlar  real  (natura  shaklida) 
ko'rsatilmay, balki arifmetik ulushlarda belgilanadi. Ammo shu bilan birga 
sotuvchi  foydalanish  uchun  qaysi  kvartira  yoki  xonaning  o'tishini 
ko'rsatishi  mumkin.  Agar  umumiy  ulushli  mulk  bo'lgan  turar  joy 
ishtirokchilari  o'rtasida  uyning  ayrim  xonalaridan  foydalanish  to'g'risida
204

oldindan  kelishilgan  bo'lsa,  bunday  kelishish  ham  notarius  tomonidan 
tasdiqlanishi mumkin.
Ulush  sheriklaming  imtiyozli  huquqlari  buzib  sotilgani  holda 
umumiy ulushli mulkka bo'lgan boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va 
majburiyatlari  o'ziga  o'tkazilishi  to'g'risida  da’vo  qo'zg'atib,  sudga 
murojaat  qilishi  mumkinligi  to'g'risida  qoidalar  keng  ma’noda  joriy 
qilinmaydi,  chunonchi,  turar-joyni  hadya  va  vasiyat  qilish  hollarida 
qo'llanilmaydi.
3. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash
FKning  223-moddasida  ko'rsatilganidek,  umumiy  ulushli  mulk 
ishtirokchisi  o'z  ulushini  umumiy  mol-mulkdan  berishni  talab  qilishga 
haqlidir.  Uning  bu  huquqi  umumiy  mulkdagi  ulushni  tasarruf  etishga 
bo'lgan huquqidan kelib chiqadi.
Ulushni  ajratishning  asosiy  usuli,  mulkning  xo'jalik  tayinlanishiga 
zarar  yetkazmaslik  sharti  bilan  undan  asl  holida  ulush  ajratishdan 
ishtirokchilar o'zaro  kelisha olmasalar  sud,  yoki  nizoni  hal  qiluvchi  organ 
umumiy  mulkdan  qanday  ashyolar  asl  holida  ajratilishini,  masalan, 
sheriklik asosida olingan hosilning qanday taqsimlanishini belgilaydi.
Umumiy  mulkdan  uning  xo'jalik  tayinlinishiga  zarar  yetkazmasdan 
ajratish  mumkin  bo'lmaganda,  ulush  ajratib  oluvchi  ega  rozi  bo'lgani 
holda,  ulushning  miqdoriga  yarasha  pul  baravarida  haq  olishi  mumkin. 
Agar  pul  baravarida  uning  to'lash  imkoniyati  bo'lmasa,  umumiy  mulk 
sotilib uning summasi sheriklar orasida taqsimlanadi.
Uy-joyga  nisbatan  bo'lgan  umumiy  ulushli  mulk  egalari  o'zlariga 
tegishli  ulushlarga  yarasha  uy-joyni  taqsimlashga  haqli  bo'lib,  buning 
natijasida  ulaming  har  biriga  uy-joyning  alohida  qismi  (kvartira  yoki 
ajratilgan xona) biriktirib qo'yilishi mumkin.
Fuqarolaming  umumiy  ulushli  yoki  birgalikda  egaligida  bo'lgan 
xususiylashtirilgan 
turar-joylami 
bo'lish 
haqidagi 
masalalar 
sud 
amaliyotida turlicha hal etilishi holatlari uchraydi.  FKning  223-moddasiga 
muvofiq,  umumiy  ulushli  mulk  egasining  har  biri  umumiy  mulkdan  o'z 
ulushini ajratib berishni talab qilishga haqli.
Agar  ulushni  ajratish  usuli  to'g'risida  sheriklar  o'zaro  kelisha 
olmagan  bo'lsalar,  mulk  har  qaysi  sherikning  da’vosi  bo'yicha  sud 
tomonidan  taqsimlanadi.  Amalda  shunday  hollar  uchraydiki,  umumiy 
mulkdan  ulush  ajratish  haqidagi  qonunning  qoidalari  xususiylashtirilgan 
turar-joylarga  tatbiq  qilinishi  mumkin  emas  va  bunday  turar-joylami 
taqsimlashda Uy-joy kodeksi normalari tatbiq qilinishi lozim.
205

FKning  233-moddasining  2-qismiga  binoan,  turar-joy  uning 
sheriklarini  umumiy  mulki  bo‘lgan  kvartira,  uy  (uyning  bir  qismi)dagi 
ulushlariga muvofiq taqsimlanishi lozim.
Birgalikdagi  umumiy  mulk  huquqi  asosida  tegishli  bo‘lgan  turar- 
joylar ham shunday tartibda taqsimlanishi kerak1.
Ushbu 
masala 
bo‘yicha 
tegishli 
ko‘rsatmalar 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  1994-yil  9-sentyabrdagi  21-sonli 
qarorining  19-bandida berilgan2.
Ammo  bunday  taqsimlash  mazkur  aholi  yashaydigan  joyning 
rejalashtirish  loyihasiga  zid  bo‘lmasligi  kerak.  Uy-joyni  taqsimlash 
to'g'risidagi  bitim  notarial  tartibda  taqsimlanishi  va  tuman  (shahar) 
hokimligi idoralarida ro'yxatdan о ‘tkazilishi lozim.
Ba’zi  hollarda  umumiy  mulkdan  tegishli  ulush  mulk  egalaridan 
birining  qarzini  qoplash  uchun  uning  kreditori  talabi  bo'yicha  ham 
ajratilishi mumkin.
4. Er-xotinlar o‘rtasidagi mulk huquqi
Oila  qonunchiligi  er-xotinning  nikoh  davrida  orttirgan  mulklari 
ulaming  birgalikdagi  umumiy  mulki  bo‘lishi  ko‘rsatilgan3.  Bunda  u  yoki 
bu  mulkning  kim  tomonidan  sotib  olinganligi,  kimning  nomiga 
rasmiylashtirilganligi,  er  yo  xotindan  birortasining  qancha  maosh  olishi, 
butunlay  olmasligining  mutlaqo  ahamiyati  yo‘q.  Umumiy  mulkni  orttirish 
masalasiga kelganda,  oila o ‘z yumushlarini  qilish,  farzandlami  tarbiyalash 
har  qanday  maosh  to'lanib  qilinadigan  ijtimoiy  ishga  tenglashtiriladi.  Bu 
esa  mamlakatimizda  ayollaming  erkaklar  bilan  to‘la  tengligini  isbotlaydi, 
ayollaming  salomatligi,  ulaming  mehnatlari  qadrlanganligini,  onalarga 
cheksiz  hurmat  bilan  qaralganligini  bildiradi.  Mamlakatimizda  “Sog‘lom 
avlod uchun” harakat Hukumat darajasida amalga oshirilayotganligi bunga 
yaqqol dalildir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  23-moddasiga  asosan  er 
va  xotinning  nikoh  davomida  orttirilgan  mol-mulklari,  shuningdek  nikoh 
qayd  etilgunga  qadar,  bo‘lajak  er-xotinning  umumiy  mablag‘lari  hisobiga 
olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hoi 
ko‘rsatilmagan bo‘Isa, ulaming birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er-xotinning  tadbirkorlik  faoliyatiga  qo‘shgan  mablag‘lar  va  undan 
kelgan  daromadlar,  agar  er-xotin  o'rtasidagi  shartnoma  bilan  o ‘zgacha 
tartib belgilangan bo‘lmasa, ulardan har birining mulki bo‘ladi.
1 Qonun nomi bilan H O ’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi,  1995. 3-4-son. -B .33-34.
2 Qonun nomi bilan// O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi,  1995.  l-2-son.-28 и.
3 O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -Toshkent: Adolat,  1998.
206

Er  va  xotinning  nikoh  davomida  orttirgan  mulklari  jumlasiga 
ulaming  har  birining  mehnat  faoliyatidan,  tadbirkorlikdan  va  intellektual 
faoliyat  natijalaridan  orttirilgan  daromadlar,  pensiyalar,  nafaqalar, 
shuningdek,  ulaming  umumiy  daromadlari  hisobiga  olingan  ко‘char  va 
ko‘chmas mulklar,  qimmatli  qog'ozlar,  paylar,  omonatlar er yoki xotindan 
birining  nomiga  rasmiylashtirilganligidan  qat’iy  nazar  er-xotinning 
umumiy mulkiga kiradi.
Er  va  xotin  o'rtasidagi  umumiy  mulk  huquqining  taqdiri  nikohning 
bekor  qilinishi bilan  o'zgarishi  mumkin.  Bu  holda  dastlab  er va xotinning 
nikoh tuzganliklariga qadar o'zlariga tegishli bo'lgan mulklari,  shuningdek 
nikoh  davomida  hadya  yoki  meros  tariqasida  olgan  mulklari-har  birining 
o'z  mulki  qilib  ajratilishi  va  ular  o'rtasidagi  umumiy  mulkka 
qo'shilmasligi kerak.
Er-xotinning  majburiyatlari  ulaming  qanday  asoslardan  kelib 
chiqqaniga  qarab  umumiy  mulk  hisobidan  bajarilishi  mumkin.  Agar 
majburiyat  er  va  xotinning  umumiy  xo'jalik  yoki  oila  manfaatlarini 
ko'zlab  qilgan  harakatlaridan  kelib  chiqqan  bo'lsa,  qarz  so'zsiz  umumiy 
mulkdan undiriladi.
Majburiyat  er  yoki  xotinning  shaxsiy  qarzlaridan  kelib  chiqqan 
bo'lsa,  majburiyat  qarzlari  o'z  shaxsiy  mulkidan  yoki  unga  tegishli 
umumiy  mulk  ulushidan  undiriladi.  Agar  er-xotinning  umumiy  mulki 
jinoyat  hisobiga  jamg'arilgani  yoki  ko'paytirilganligi  sud  hukmi  bilan 
isbot qilinsa-jinoyat tufayli keltirilgan hamma mulk hisobidan undiriladi.
Yuqorida  bay on  qilingan  er  va  xotinning  umumiy  mulki  haqidagi 
qoidalar  FHDYoda  qayd  etilgan  nikohda  turuvchi  shaxslarga  nisbatan 
tatbiq  qilinadi.  FHDYoda  ro'yxatdan  o'tmay  birga  tumvchilarga  Oila 
kodeksida  bayon  qilingan  yuqoridagi  qoidalar  tatbiq  etilmaydi.  Ular 
o'rtasidagi  umumiy  munosabatga  Fuqarolik  kodeksining  umumiy  mulk 
huquqi to'g'risidagi normalari qo'llaniladi.
6-bob yuzasidan nazorat savollari:
1.  Nima  deb  o'ylaysiz,  umumiy  mulk  mulkchilikning  alohida 
shaklimi yoki?..
2.  Umumiy huquqi tushunchasini ochib bering?
3.  Umumiy  mulk  huquqini  vujudga  kelish  asoslari  va  huquqiy 
tabiati.
4.  Umumiy  mulk  turlari:  umumiy  ulushli  mulk  huquqi  va  umumiy 
birgalikdagi mulk huquqini amaliy misollarda ochib bering?
5.  Imtiyozli sotib olish huquqini misollar bilan tushuntirib bering?
207

7-BOB. Intellektual mulk huquqi
Bobning maqsadi:  m a ’lumki,  inson  tafakkuri  bilan yaratilgan,  ijodiy 
fa o liya t  mahsuli  bo ‘Igan,  ayni  vaqtda  amaldagi  qonun  hujjatlarida 
belgilangan 
shartlarga  ja vo b  
beradigan 
mulk 
intellektual 
mulk 
hisoblanadi.  Va  bu  huquq  sohasi  tobora  shiddat  bilan  rivojlanib 
borayotgan
  -
 
“intellektual mulk  huquq ”  sohasi  bilan  tartibga  solinadi  va 
mustahkamlanadi.
So'nggi  paytlarda  inson  aqli  va  tafakkurining  tez  rivojlanishi, 
axborot olish  makoni  va  imkoni,  resurslarning  tez ayirboshlanishi mazkur 
sohani ja d a l rivojlanishiga olib keldi.
Ana  shu  m a ’noda  darslikning  mazkur  bobida  intellektual  mulk 
huquqi  tushunchasi,  mazmuni  va  uning  obyektlari,  intellektual  mulk 
huquqining  huquqiy  rejimi,  mutlaq  huquq  tabiati  va  uning  mazmuni, 
sanoat  mulkiga  nisbatan  mutlaq  huquqlam i  amalga  oshirish  tartibi, 
mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquq  obyektlarining  intellektual  mulk 
sifatidagi  o ‘ziga  xos  xususiyatlari,  oshkor  etilmagan  axborotlar  va  nou- 
xauni huquqiy muhofaza qilish shartlari kabi m asalalar yoritiladi.
1. Intellektual mulk huquqi obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Huquqiy  sohada  amalga  oshirilgan  islohotlaming  eng  muhim jihati 
bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlarining  bevosita  tartibga  soladigan  yangi 
qonunchilik bazasini vujudga keltirish va uni doimiy ravishda shakllantirib 
borish  bilan  belgilandi.  Qabul  qilingan  yangi  qonunlar  asosida 
iqtisodiyotimizda  vujudga  kelgan  yangidan-yangi  munosabatlar  tartibga 
solina boshladi.  Shu ma’noda mamlakatimizda huquqiy tartibga solishning 
izchil mexanizmi yaratildi.
O'tgan  XX  asrdan  boshlangan  va  doimiy,  uzluksiz  tus  olgan  ilmiy- 
texnika  inqilobi  nafaqat  inson  turmushi,  balki  u  kirishadigan  ijtimoiy- 
huquqiy munosabatlami ham tubdan o ‘zgartirib yubordi.
Yangi  asrimizda  axborot  texnologiyalaridan,  intellektual  mulk 
obyektlaridan  foydalanish  tobora  keng  tus  olmoqda.  Bu  borada  mam­
lakatimizda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, mazkur 
2005-yilda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Bern  Konvensiyasini  ratifikatsiya 
qilganligi  ham  muhim  holatdir.  Shu  ma’noda,  intellektual  mulk 
obyektlarini huquqiy tartibga solish, o ‘rganish dolzarb ahamiyatga ega.
Intellektual mulk obyektlari  fuqarolik huquqining  alohida o'ziga xos 
obyekti bo‘lib hisoblanadi.  “Intellekt” lotincha so‘z bo‘lib,  “aql” ma’nosini
208

anglatadi.  Intellektual  mulk  obyektlari  fuqarolik  huquqining  boshqa 
obyektlari  -   ashyolar,  qimmatbaho  qog‘ozlardan  quyidagi  xususiyatlari 
bo'yicha farq qiladi:
- ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko'rinishda emas 
balki  g ‘oya,  bilim,  axborot  shaklida  namoyon  bo'ladi.  Obyektiv  shaklda 
ifodalangan  g ‘oya,  bilim  moddiy  eltuvchida  moddiy  ifodada,  masalan, 
chizma maket apparat qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin, biroq 
bunda  g ‘oya,  bilim  birlamchi,  uning  moddiy  mujassami  har  doim 
ikkilamchi bo'ladi;
-  g'oya,  bilim  shaklida intellektual  mulk  obyektiga  odatdagi  moddiy 
ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;
-  bunday  obyektlardan bir vaqtning  uzida  cheksiz  doiradagi  shaxslar 
foydalana olishi mumkin;

intellektual 
mulk  huquqi 
obyektlariga  mulk  huquqining 
bemuddatligi  haqidagi  qoida  (FKning  164-moddasi)  qo'llanilmaydi. 
Binobarin,  ko'pchilik  hollarda  (nou-xauga  nisbatan  istisnoni  nazarga 
olmaganda)  intellektual  mulk huquqi  amal  qilishi  qonunlarda  belgilangan 
muddatlar bilan chegaralangan bo'ladi;
-  qonunlarda  belgilangan  muddatlar  o'tishi  bilan  intellektual  mulk 
xuquki  soxibining  ma’lum  intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq 
huquqlari  bekor  bo'ladi  va  bu  obyektlar  umuminsoniy  boylikka  aylanib, 
har kim undan ma’lum  shart lar asosida (muallifining  shaxsiy huquqlariga 
rioya qilingan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo'ladi;
-  intellektual  mulk  huquqi  obyektlari  g'oya  ko'rinishida  bo'lgan 
hollarda  ularga  nisbatan  ashyolar  singari  egallash  mumkin  emasligi, 
ulardan  bir  vaqtning  o'zida  cheksiz  doiradagi  shaxslar  foydalana  olish 
imkoniyatlari  mavjudligi  sababli  bunday  obyektlarga  nisbatan  mulk 
huquqini  himoya  qilishda  vindikatsion  da’voni  qo'llash  (FKning  228 
moddasi) imkoniyati amalda mavjud emas;
-  intellektual  mulk  huquqi  obyektlariga  nisbatan  odatdagi  mulk 
huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo'llaniladi;
-  intellektual  mulk  huquqining  amal  qilishi,  ayni  vaqtda,  ma’lum 
hudud  bilan  ham  chegaralangan  bo'ladi.  Masalan,  ixtiroga  nisbatan 
O'zbekiston  Respublikasi  Patent  idorasi  tomonidan  berilgan  patent 
O'zbekiston Respublikasi hududida,  shuningdek O'zbekiston Respublikasi 
bilan  xorijiy  davlatlar  o'rtasida  tuzilgan  ikki  tomonlama  shartnomalar 
asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi;
209


ko‘pgina  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  ulaming 
mualliflari 
shaxsiy 
huquqlari 
mavjud 
bo‘lib, 
bu 
obyektlardan 
foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim boiadi'.
Intellektual  mulk  obyektlari  bu  obyektlaming  qanday  faoliyat 
mahsuli  ekanligi,  ulaming  huquqiy  rejimi  va  shu  kabi  xususiyatlariga 
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Masalan:
Intellektual  faoliyat  natijalari.  Intellektual  faoliyat  xarakteriga 
ko‘ra,  inson  faoliyatining  eng  oliy  ko‘rinishi  -   ijodiy  faoliyat  bo‘lib 
hisoblanadi.  Inson  ijodiy  faoliyati  bu  faoliyatni  amalga  oshirish  usul- 
vositalari, 
faoliyat  mahsullari  xususiyatlariga  ko‘ra  inson  ongli 
faoliyatining boshqa ko‘rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi.
Odatdagi,  kundalik  faoliyat  doimiy,  takrorlanib  turuvchi  faoliyat 
bo‘lib,  bunda  faoliyat  o ‘zi  ham,  undan  vujudga  keladigan  natijalar  ham 
faoliyat  reproduktiv  faoliyat  hisoblanib,  bunda  tayyor  o ‘y-fikrlar  formal 
mantiq  yoki  boshqa  qonun-qoidalar  asosida  qaytadan,  takroriy  hosil 
bo‘ladi.  Ijodiy  faoliyat  (aqliy,  tafakkur)  intellektual  faoliyat  bo‘lib,  uning 
natijasida fan, texnika, adabiyot yoki san’at sohasida yangi, ijodiy 
mustaqil mahsul yaratiladi2.
Intellektual  faoliyat  natijalariga  quyidagilar  kiradi:  fan,  adabiyot  va 
san’at asarlari;
Ijrolar,  fonogrammalar,  efir  yoki  kabel  orqali  ko‘rsatuv  yoxud 
eshittirish beruvchi tashkilotlaming ko‘rsatuvlari yoki eshittirshlari;
elektron  hisoblash  mashinalari  uchun  dasturlar  va  ma’lumotlar 
bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot,  shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou- 
xau)3.
Fuqarolik 
muomalasi 
ishtirokchilarining 
tovarlar, 
ishlar  va 
xizmatlaming xususiy unsurlarini (elementlarini)  aks ettiruvchi vositalarga 
nisbatan  bo‘lgan  huquqlarga  ham  mutlaq  huquqlar  haqidagi  qoidalar 
qo‘llaniladi.  Ma’lumki,  fuqarolik  muomalasida  turli-tuman  subyektlar 
ishtirok etadi,  ayni  vaqtda,  muomalada xilma-xil  mahsulotlar va xizmatlar 
ham  harakatda  bo‘ladi.  Mana  shunday  sharoitda  subyektlar,  ular  ishlab 
chiqargan  tovarlar  va  ko‘rsatadigan  xizmatlar  alohida  farqlash  belgilariga 
ega  bo'lishi  shart,  aks  holda,  turli  anglashilmovchilik,  qiyinchiliklar 
vujudga  kelishi  mumkin.  Ana  shunday  farqlash  belgilari  fuqarolik
1 Fuqarolik huquqi. Ikkinchi qism. -Toshkent: ILM ZIYO, 2008. -B .639-640.  (ushbu bob muallifi -  O.Oqyulov).
2 Ионас В. Л. Произведение творчества в гражданском праве. -М .:  1912. -С.9-10.
3 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1031-modda)ning 2007 yil  17 yanvardan amalga kirgan tahririda.
21 0

muomalasi  ishtirokchilarining  o ‘zlarini,  uning  ishlab  chiqargan  tovarlari, 
bajaradigan  ishlari  va  ko‘rsatadigan  xizmatlarining  xususiy  alomatlarini 
(individual  belgilarini)  aks  ettiruvchi  vositalar  bo‘lib  hisoblanadi.  Bunday 
alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud:
firma nomalari;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
tovar chiqarilgan joy nomi.
Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik 
jarayon  hisoblanadi.  Yuksak  sur’atlar  bilan  davom  etayotgan  bu  jarayon 
natijasida  intellektual  faoliyatning  yangi  mahsullari  vujudga  kelmoqda. 
Garchi  ular  mavjud  qonunlarda  nazarda  tutilmagan  bulsa  ham,  ularga 
nisbatan  FKning  1031-moddasi  1-qism  3-bandida  belgilangan  qoidalar 
mazmunidan kelib chiqib,  intellektual  mulk xaqidagi qoidalar qo‘llaniladi. 
Fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarining  ular  ishlab  chiqarayotgan 
tovarlar,  ko‘rsatadigan  xizmatlarining  yangi  farqlash  belgilari  vujudga 
kelishi  mumkin  va  bunday  holda  ham  ularga  nisbatan  FKning  IV 
bo‘limida belgilangan tegishli qoidalar qo‘llaniladi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling