To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29

2. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar
Intellektual  faoliyat  natijalarming  mualliflari  ana  shu  natijalarga 
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi.
Intellektual  faoliyat  natij alariga  nisbatan  uning  muallifining  shaxsiy 
huquqlari  deganda,  mulkiy  mazmunga  ega  bo'lmagan,  ushbu  natijaga 
nisbatan 
ijodkor-yaratuvchi 
sifatidagi 
mavqeini 
e’tirof 
etish, 
mustahkamlash  va  himoya  qilishga  qaratilgan  mutlaq  huquqlari 
tushuniladi  va  huquqlar  muallifining  faqat  o ‘zigagina  tegishli  bo‘lib, 
boshqa  birovga  o ‘tkazilishi,  ya’ni  muallifdan  begonalashtirilishi  mumkin 
emas.  Shaxsiy  huquqlar  mazmuni,  doirasi  har  bir  intellektual  faoliyat 
natijasi  uchun  alohida,  o'ziga  xos  tarzda  belgilanadi.  Masalan,  mualliflik 
huquqi  obyektlariga  nisbatan  muallif  shaxsiy  huquqlari  doirasi  keng 
(mualliflik  huquqi,  nomga  bo‘lgan  huquq  va  hokazo).  Ba’zi  obyektlar 
bo‘yicha esa (seleksiya yutuqlarida)  shaxsiy huquq obyekt muallifi sifatida 
tan olinishi bilan kifoyalanadi.
Intellektual  faoliyat  naijalari  muallifi  shaxsiy  huquqlari  bila  bir 
qatorda,  ushbu  natijaga  nisbatan  mulkiy  huquqlarga  ham  ega.  Mulkiy 
huquq  mazmuni  muallifining  ushbu  o ‘zi  yaratgan  intellektual  faoliyat 
natij asidan  foydalanishi,  boshqalarga  haq  evaziga  foydalanishga  berish 
yoki  haq  evaziga  bu  natijaga  nisbatan  huquqlami  boshqalarga  o ‘tkazish 
imkoniyatlari bilan belgilanadi.
211

Muallifning  mulkiy  huquqlari  hajmi  to iiq   yoki  cheklangan  bo'lishi 
mumkin.  Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning 
1034-moddasi)  muallifning  o ‘ziga  emas,  boshqa  shaxsga  tegishli  bo‘lsa, 
muallifning  intellektual  faoliyati  natijasiga  mulkiy  huquqlari  cheklangan 
xarakterga  ega  bo‘ladi  (masalan,  mualliflik  huquqida  ergashma  huquqi 
yoki  ulush  huquqi,  seleksiya  yutuqlari  bo'yicha  seleksionerlaming  patent 
egasidan  mukofot  olish  huquqi,  ixtirodan  ilmiy-tadqiqot  va  shaxsiy 
maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy  nomulkiy  huquqlar  muallifga  uning  mulkiy  huquqlaridan 
qat’i  nazar,  tegishli  bo‘ladi  va  uning  intellektual  faoliyat  natijalariga 
bo‘lgan  mulkiy  huquqlar  boshqa  shaxslarga  o'tgan  taqdirda  ham  uning 
o ‘zida  saqlanib  qoladi.  Intellektual  faoliyat  natijalariga  nisbatan  shaxsiy 
huquqlar  faqat  ijodkor  yaratuvchi  (muallif)  ning  o ‘ziga  tegishli  bo'ladi, 
mulkiy  huquqlar  esa,  uchinchi  shaxslarga  ham  tegishli  bo'lishi  mumkin 
(masalan,  obyekt  buyurtma  asosida  yaratilganda).  Mulkiy  huquqlar 
fuqarolik muomalasida faol harakatda bo‘lishi; u boshqalarga haq evaziga 
yoki  tekin  o ‘tkazilishi,  garov  predmeti  bo'lishi,  meros  tartibida  o ‘tishi 
mumkin.  Shaxsiy  huquqlar  esa  ijodkor-muallifning  shaxsi  bilan  bog‘liq, 
undan  begonalashtirilishi,  birovga  o ‘tkazilishi  mumkin  emas.  Binobarin, 
intellektual  faoliyat  natijasiga  nisbatan  mulkiy  huquqlar  fuqarolik 
muomalasida  qanday  harakatda  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  shaxsiy  huquqlar 
faqat  ijodkor-muallifning  o ‘zida  saqlanib  qoladi  va  mulkiy  huquqlardan 
foydalanuvchilar  ijodkor-yaratuvchi  (muallif)  ning  shaxsiy  huquqlariga 
rioya qilishlari shart. Masalan,  asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib olgan 
nashriyot asami nashr etishda muallif nomini ko‘rsatishi, asar daxlsizligiga 
rioya qilishi lozim.
Fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarining  tovarlar,  ishlar  yoki 
xizmatlaming  xususiy  alomatlarini  aks  ettiruvchi  vositalarga  nisbatan 
huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo‘ladi.
Alohida  farqlash  belgilar  (xususiy  alomatlami  aks  ettiruvchi 
vositalar)  ga  nisbatan  huquqlar  intellektual  faoliyat  najilariga  nisbatan 
bo'lgan  huquqlar  kabi  ikki  turga,  ya’ni  shaxsiy  va  mulkiy  xarakterdagi 
huquqlarga  boiinadi,  demak,  unga  ikki  xil  xarakterdagi  huquq  sifatida 
qaraladi.  Binobarin,  alohida  farqlash  belgilari  (xususiy  alomatlami  aks 
ettiruvchi  vositalar)  ga  nisbatan  huquq  sohibining  huquqi  nafaqat mulkiy, 
ayni  vaqtda  shaxsiy  xarakterda  ham  bo‘ladi.  Biroq  bu  huquq  ma’lum 
tartibda  va  shartlarga  rioya  qilingan  holda  haq  evaziga  yoki  tekin, 
vaqtincha  boshqalarga  o ‘tkazilishi,  foydalanish  uchun  berilishi  mumkin 
bo‘ladi (firma nomiga bo'lgan huquqdan tashqari).
2 1 2

Mualliflik  huquqi  (intellektual  faoliyat  natijasining  muallifi  deb 
e’tirof  etilish  huquqi)  shaxsiy  nomulkiy  huquq  hisoblanadi  va  ijodiy 
mehnati  bilan  intellektual  faoliyat  natij asini  yaratgan  shaxsgagina tegishli 
bo'ladi.
Intellektual  faoliyat  natijasida  ixtiro  yoki  asami  o ‘z  aqliy,  ijodiy 
faoliyat  mehnati  bilan  yaratgan  shaxs  ushbu  natij aning  muallifi  deb  tan 
olinadi,  e’tirof  etiladi.  Bu  huquq  ijodiy  faoliyat  mahsuliga  nisbatan 
mualliflik huquqi deb  atalib,  barcha qolgan  shaxsiy huquqlaming  o'zagini 
tashkil  etadi,  boshqa  shaxsiy  huquqlar  ushbu  huquq  mavjud  bo'lgan 
taqdirdagina,  undan  kelib  chiquvchi  o'ziga  xos  hosila,  ikkilamchi  huquq 
hisoblanadi.  Muallif  sifatida  tan  olishga  bo'lgan  huquq  o ‘z  mohiyatiga 
ko‘ra  shaxsiy  nomulkiy  huquq  hisoblanadi,  ya’ni  u,  birinchidan  ijodkor- 
yaratuvchi  shaxsi  bilan  bog‘liq,  ikkinchidan,  mulkiy-iqtisodiy  mazmunga 
ega  emas,  uchinchidan,  huquq  sohibining  o ‘zidan  begonalashtirilishi 
mumkin  emas.  Bunday  huquq  ijodiy  mehnati  bilan  intellektual  faoliyat 
natijasini  yaratgan  shaxsgagina  tegishli  bo'ladi.  Ijodiy  xususiyatlarga  ega 
bo‘lmagan,  odatdagi,  mexanik  xarakterdagi  mehnati  bilan  ijodiy  faoliyat 
natijasini  yaratishda  qatnashgan  shaxslar muallif huquqiga  ega  boimaydi 
(masalan, ixtirochi chizmasi asosida ixtiro qurilmasni yasagan chilangar va 
hokazo).
Mualliflik  huquqi  boshqa  shaxsga  o ‘tkazilmaydi,  berilmaydi.  Ijodiy 
faoliyat  natijasiga  nisbatan  muallif  huquqi  ijodkor  yaratuvchisining 
o‘zigagina  tegishli,  uning  o'zidan  har  qanday  tarzda,  har  qanday  asosda 
begonalashtirilishi,  boshqa  birovga  o ‘tkazilishi  mumkin  emas.  Shu 
sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga 
o'tkazish  (sotish,  hadya qilish)  yoki  undan boshqa  shaxslar foydasiga voz 
kechish  muallifning  o ‘z  erki,  ixtiyori  va  xohishi  bilan  sodir  bo‘Isa  ham 
haqiqiy  hisoblanmaydi.  Binobarin,  bir  shaxs  ikkinchi  shaxs  uchun  uning 
nomidan dissertasiya yozib berishi,  asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari 
haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  149-moddasida  intellektual  mulk 
obyektiga nisbatan mualliflik huquqini  o ‘zIashtirib  olish,  hammualliflikka 
majburlash,  shuningdek ushbu mulk obyektlari to‘g ‘risidagi ma’lumotlarni 
ular  rasman  ro‘yxatdan  o ‘tkazilgunga  yoki  e’lon  qilingunga  qadar 
muallifning  roziligisiz  oshkor  qilish  harakatlari  uchun  jinoiy  javobgarlik 
belgilangan.  Agar ijodiy faoliyat natijasi  (ixtiro,  asar)  ikki  yoki  unda ortiq 
shaxsning  birgalikdagi  ijodiy  mehnati  bilan  yaratilgan  bo‘lsa,  ular
213

hammualliflar  hisoblanadi1.  Hammualliflar  shaxsiy  huquqlari  umumiy 
qoidalar  bo'yicha  teng  hajmda  bo'lishi  e’tirof  etiladi.  Mulkiy  huquqlar 
hajmi  esa  hammualliflar  o'rtasida  o'zaro  kelishuv  asosida  belgilanadi  va 
noteng hajmda bo'lishiga yo‘l qo'yiladi.
Barcha shaxsiy huquqlar kabi muallif-yaratuvchi huquqlari bemuddat 
himoya qilinadi.
3. Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazmuni
Fuqarolik  huquqi  nazariyasida  mutlaq  huquqlar  deyilganda  bunday 
huquqlar  sohiblari  (egalari)ni  turli  harakatlar  sodir  etish  (ijodiy  faoliyat 
mahsulidan  foydalanish,  uni  tasarruf  etish  va  sh.k.)  bo'yicha  haqdorligi, 
vakolatliligini,  ayni vaqtning o'zida boshqa har qanday  shaxslarga bunday 
yuqorida 
ko‘rsatilgan 
harakatlami 
sodir 
etishning 
taqiqlanishini 
ta’minlovchi  subyektiv  mutlaq  tushuniladi2.  Mutlaq  huquqlar  huquqiy 
mexanizmi  odatdagidek  egallab  turishi  mumkin  bo‘lmagan,  bir  vaqtning 
o ‘zida  nomuayyan  doiradagi  shaxslar  foydalana  olishi  mumkin  bo'lgan 
obyektlarga  nisbatan  huquq  sohibi  mulkiy  huquqlarining  amalga 
oshirilishini  ta’minlovchi  muhim  vositadir,  biroq  mulk  huquqi  va  mutlaq 
huquqlar  aslo  ayniy  tushunchalar  emas,  ulaming  farqlari  haqida  yuqorida 
mufassal to‘xtab o'tilgan edi.
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlami aks ettiruvchi 
vositaga  nisbatan  mulkiy  huquqlar  egasiga  ana  shu  intellektual  mulk 
obyektidan  o ‘z  xohishiga  ko‘ra  har  qanday  shaklda,  har  qanday  usulda 
mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi.
Ushbu  mutlaq  huquqlar  o'z  xarakteri  va  mazmuniga  ko'ra  mulkiy 
huquq hisoblanadi.
Intellektual  mulk  obyektidan  o'z  xohishiga  ko'ra  foydalanish 
deyilganda  huquq  sohibining  o'z  erki,  irodasi  bilan,  hech  qanday 
majburlashsiz, tazyiqlarsiz foydalanish tushuniladi.
Obyektlardan har qanday shaklda va har qanday  usulda  foydalanish 
deyilganda undan turli obyektiv shaklda ~ qo'lyozma, bosma asar, apparat, 
qurilma,  etiketka,  har  xil  yorliqlar,  maket,  inshootlar,  haykallar  va  shu 
kabilarda  hamda  turli  vositalar  yordamida  qo'lyozma  shaklida  tarqatish, 
nashr  etish,  og'zaki  o'qish,  reklama  prospektlariga  joylashtirish, 
qurilishlarda mujassamlashtirish  va hokazo usullarda ekspluatatsiya qilish, 
foydalanish tushuniladi.
1  Afsuski,  JK  fuqarolik  huquqi,  mulk  huquqi  va  intellektual  mulk  huquqi  bilan  tartibga  solinidagina  va 
mustahkamlanadigan  “intellektual  mulk”  iborasini  “tafakkur  mulki”  deb  nomlanishi  aytish  mumkinki,  birmuncha 
g ’alizliklami keltirib chiqaradi.
Qarang: Гражданское право. -М .: БЕК.  1994. T .l. 314-бет.
214

Obyektdan  foydalanish  shakllari  va  usullari  qonun  yo‘l  qo‘ygan 
asoslarga to‘la muvofiq bo‘lishi  shart.  Buning uchun  mutlaq huquq  sohibi 
belgilangan  talablarga  rioya  qilmog‘i  shart.  Masalan,  yangi  ixtiro  asosida 
avtomobil  yasagan  ixtirochi  bu  avtomobilni  tegishli  davlat  idoralarida 
(masalan,  Davlat  avtomobil  inspeksiyasida)  qayd  ettirgan  boiishi  shart. 
Spirtli  ichimliklar,  tamaki  mahsulotlariga  nisbatan  tovar  belgilari  bolalar 
muassasalarida  reklama  prospektlari  orqali joylashtirilishi  mumkin  emas. 
Yangi  dori-darmonlar  yaratgan  shifokor  undan  foydalanishda  qonunda 
belgilangan  talablarga  rioya  qilishi  shart.  Aks  holda  intellektual  mulk 
obyektidan foydalanish qonuniy foydalanish hisoblanmaydi.
Huquq  egasiga  mutlaq  huquq  asosida  tegishli  bo‘lgan  intellektual 
mulk obyektlaridan boshqa  shaxslaming foydalanishiga faqat huquq egasi 
ruxsati bilan yo‘l qo'yiladi.
Agarda  mutlaq  huquq  bir  necha  shaxsga  tegishli  bo‘Isa  (masalan, 
mualliflarga)  uchinchi  shaxslar  mutlaq  obyektdan  foydalanish  uchun 
barcha huquq sohiblaridan ruxsat olmog'i shart.
Uchinchi shaxslaming mutlaq huquq sohibidan olinadigan obyektdan 
foydalanishga  roziligi  ochiq  -   yaqqol  ifodalangan  bo‘lishi,  tegishli 
huquqiy shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Indamaslik, sukut rozilik 
alomati hisoblanmaydi.
Ko‘pgina intellektual mulk obyektlaridan bir vaqtning o ‘zida cheksiz 
doirada  uchinchi  shaxslaming  foydalanishi  imkoniyati  mavjud  bo‘ladi, 
biroq  uchinchi  shaxslar  bunday  imkoniyatdan  har  doim  faqat  mutlaq 
huquq sohibining roziligi asoslaridagina foydalanishlari shart.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasi  roziligini  olmasdan 
foydalangan uchinchi shaxslar tegishli fuqarolik-huquqiy tartibda javobgar 
bo‘ladilar.  Huquq  egasi  o ‘z  huquqlarini  sud  tartibida  himoya  qilishga, 
uchinchi  shaxslardan  huquq  buzarli  harakatlarini  to'xtatishga,  keltirilgan 
hamma  zarami,  shu  jumladan,  ma’naviy  zarar  qoplanishini  uchinchi 
shaxslar  huquqbuzarlik  natij asida  olgan  barcha  daromad  va  foydalami 
o ‘ziga undirib berilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni 
boshqa  shaxsga  to‘liq  yoki  qisman  o ‘tkazishga,  intellektual  mulk 
obyektidan boshqa  shaxs  foydalanishiga ruxsat berishga haqli  va  agar FK 
hamda  boshqa  qonunlaming  qoidalariga  zid  boim asa,  ulami  boshqacha 
tarzda tasarruf etishga haqli.
Umumiy  qoidaga ko‘ra,  intellektual  mulk obyektiga nisbatan mutlaq 
huquq  mulkiy  huquq  sifatida  fuqarolik  muomalasida  faol  harakatda 
bo‘ladi.  U  turli  bitimlar  va  shartnomalar  predmeti  bo‘lishi  mumkin.
215

Binobarin,  intellektual  mulk  obyektiga  bo'lgan  mutlaq  huquq  egasi  bu 
huquqni  haq  evaziga  yoki  tekin  holda  boshqa  shaxslarga  to'liq  yoki 
qisman  o'tkazish  (sotish,  hadya  qilish,  ma’lum  cheklangan  qoidada 
foydalanishga ruxsat berishga va hokazo) ga haqli.
Mutlaq huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi mutlaq huquqni to'liq 
hajmda  uchinchi  shaxsga  o'tkazadi,  demak,  bu  huquqni  o'zidan  to'la 
begonalashtiradi, natijada uchinchi shaxs mutlaq huquq egasi hisoblanadi.
Mutlaq  huquq  qisman  o'tkazilganda  huquq  egasi  o'z  huquqining 
ma’lum  qismini  o'zida  saqlab  qolgan  holda,  qolgan  qismini  uchinchi 
shaxslarga o'tkazadi.
Mutlaq  huquqlami  boshqa  shaxslarga  to'liq  yoki  qisman  o'tkazishni 
huquqiy  rasmiylashtirish  shartlari  va  tartibi  FKning  1035-moddasida 
belgilab qo'yilgan.
Intellektual  mulk  obyektidan  boshqa  shaxslaming  foydalanishiga 
ruxsat  berish  bu  obyektga  nisbatan  mutlaq  huquq  sohibining  vakolatiga 
kiradi.  Obyektdan foydalanishga  ruxsat berishda mutlaq huquq  shu huquq 
sohibining  o'zida  qoladi,  undan  begonalashtirilmaydi,  bunda  uchinchi 
shaxslarda obyektdan  foydalanish huquqigina vujudga keladi.  Foydalanish 
shartlari,  tartibi  mutlaq  huquq  va  foydalanuvchi  o'rtasidagi  kelishuv 
asosida belgilanadi.
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasi  o'z 
huquqini  FK  va  amaldagi  qonunlarga  zid  bo'lmagan  har  qanday  tarzda 
tasarruf etishga  haqli.  Masalan,  mutlaq  huquqlar  egasi  bu  huquqlami  o'z 
majburiyati  yoki  uchinchi  shaxslar  majburiyatlarining  bajarilishini 
ta’minlash usuli sifatida garovga qo'yishi mumkin.
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquq  sohibi  o'z 
huquqini  qonunda  man  etilgan  tarzda  tasarruf  qilishga  haqli  emas. 
Huquqni  tasarruf  etishning  qonun  man  etgan  usuli  FKda  yoki  amaldagi 
qonunlarda  bevosita  ko'zda  tutiladi.  Masalan,  konstitutsiyaviy  tuzumga 
qarshi,  urush,  millatlararo  adovat,  behayolikni  targ'ib  etuvchi  asarlami 
tarqatish  (haq  evaziga  yoki  tekin)  qonunga  asosan  man  qilinadi.  FKning 
1101-moddasiga asosan yuridik  shaxs qayta tashkil etilmagan yoki boshqa 
shaxsga o'tkazilmagan hollardan tashqari,  yuridik shaxsning firma nomiga 
bo'lgan mutlaq huquqi boshqalarga o'tkazilishiga mxsat berilmaydi.
Mutlaq  huquqlami  cheklashga,  shu  jumladan,  intellektual  mulk 
obyektidan  boshqa  shaxslar  foydalanishiga  imkoniyat  berish  yo'li  bilan 
cheklashga,  bu  huquqlami  haqiqiy  emas  deb  topishiga  ulami  tugatishga 
(bekor  qilishga)  FKda  va  boshqa  qonunlarda  belgilangan  hollarda, 
doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
216

Quyidagi  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  huquq  sohibining 
mutlaq huquqlarini cheklash hollari, tartibi qonunlarda nazarda tutilgan: 
ixtiro,  foydali model,  sanoat namunasiga nisbatan  (“Ixtirolar,  foydali 
modellar va sanoat namunalari to ‘g ‘risida”gi qonuni);
seleksiya yutuqlaridan (“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonuni); 
EHM  uchun  dasturlar  va  ma’lumotlar  bazalaridan  (“EHM  uchun 
dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g ‘risida”gi 
qonuni);
mualliflik  huquqi  obyektlaridan  (FKning  1058-1061-moddalari) 
hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida”gi qonun.
Mutlaq  huquqlar  intellektual  mulk  obyektidan  boshqa  shaxslaming 
foydalanishga  imkoniyat  berish  orqali  qonunlarda  nazarada  tutilgan 
hollarda  cheklanishi  mumkin.  Bunday  holatlar  quyidagi  obyektlarga 
nisbatan mavjud:
sanoat  mulki  obyektlaridan  “Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat 
namunalari  to‘g ‘risida”gi  qonunning  2-moddasida belgilangan hollarda va 
tartibda uchinchi shaxslar foydalanishi uchun majburiy litsenziya tartibida;
sanoat mulki  obyektlaridan  avvaldan  foydalanib keluvchi  shaxslarga 
(“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuni);
oshkor  etilmagan  axborotlardan  foydalanish  (FKning  1096-moddasi 
4-qismida belgilangan hollarda);
mualliflik  huquqi  obyektlaridan  (“Mualliflik  huquqi  va  turdosh 
huquqlar to‘g ‘risida”gi qonuni);
firma  nomi,  tovar  (xizmat  ko‘rsatish)  belgisiga  nisbatan  mutlaq 
huquqlami cheklash qonunlarda nazarda tutilmagan.
Intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlami  haqiqiy 
emas  deb  topish  asoslari  ham  amaldagi  qonunlarda  aniq  belgilab 
qo‘yilgan;
Sanoat  mulki  obyektlariga  nisbatan  berilgan  huquqiy  muhofaza 
yorliqlari  huquqiy  muhofaza  qilish  talablariga  javob  bermaydigan 
obyektlarga  nisbatan  yoki  huquqiy  muhofaza  yorlig‘i  olishga  haqli 
bo‘lmagan shaxs nomiga berilgan hollarda;
seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  mutlaq  huquq  “Seleksiya  yutuqlari 
to ‘g ‘risida”gi qonunida ko‘rsatilgan hollarda;
tovar  (xizmat  ko‘rsatish)  belgisiga  nisbatan  “Tovar belgilari,  xizmat 
ko‘rsatish  belgilari  va  tovar  kelib  chiqqan  joy  nomlari  to‘g ‘risida”gi 
qonunida belgilangan hollarda va tartibda.
217

Boshqalaming asarlarini  o'zlashtirish orqali ushbu asarlarga nisbatan 
mutlaq huquqqa ega bo'lgan shaxslaming bunday o'zlashtirilishi natijasida 
olgan huquqi ham haqiqiy hisoblanmaydi.
Intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlami  haqiqiy 
emas  deb topish bunday  huquqlaming  vujudga kelishi uchun asos bo'lgan 
huquqiy  muhofaza  yorlig'i  bergan  vakolatli  davlat  organi,  Appelyatsiya 
kengashlari  yoki  sud tomonidan  (mualliflik huquqi  obyektlariga nisbatan) 
amalga  oshiriladi.  Bunda  mutlaq  huquq  avval  boshdan  (qaror  chiqarilgan 
paytdan  emas)  haqiqiy  emas  deb  topilib  shaxsning  bunday  huquqdan 
foydalanish natijasida olgan barcha daromadlari mutlaq huquqning haqiqiy 
egasi foydasiga undirilishi mumkin.
Ba’zi  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquqlar 
boshqa asoslarda muddatdan oldin bekor bo'lishi ham mumkin. Masalan: 
seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  (“Seleksiya  yutuqlari  to'g'risida”gi 
qonuni);
ixtiro, foydali model,  sanoat namunasiga nisbatan  (“Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to‘g'risida”gi qonuni);
tovar belgilariga nisbatan 'Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari 
va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida”gi qonuni);
mualliflik  huquqlari  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquq  egasi  bu 
huquqdan ixtiyoriy voz kechgan hollarda;
oshkor  etilmagan  axborotlar  ulaming  huquqiy  muhofaza  qilinishi 
shartlaridan  (FKning  98-moddasi)  biri  mavjud  bo'lmay  qolgan  hollarda 
unga nisbatan mutlaq huquqlar ham bekor bo'ladi.
Mutlaq  huquqni  haqiqiy  emas  deb  topishda  mutlaq  huquq  ilgaridan 
mavjud  emas  deb  hisoblanadi.  Mutlaq  huquq  muddatidan  oldin  bekor 
bo'lganda  esa  u  bekor  qilingunga  qadar  mavjudligi  tan  olinadi  va  faqat 
keyingi davr uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi.
Mutlaq  huquqlami  cheklashga  bunday  cheklash  intellektual  mulk 
obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan va huquq egalarining 
qonuniy tnanfaatlarini kamsitmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
Qonunlarda  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mutlaq 
huquqlami  cheklash,  eng  avvalo,  ijtimoiy  va davlat manfaatlarini  nazarda 
tutib  belgilangan.  Lekin  bu  cheklashlar  qonunda  qat’iy  belgilangan 
hollarda,  shartlarda  va  tartibda  amalga  oshiriladi.  Bunday  cheklashlar 
natijasida  uchinchi  shaxslar  intellektual  mulk  obyektidan  vaqtinchalik, 
qisman  va  ma’lum  bir  maqsadlardagina  foydalanishga  haqli  bo'ladilar 
(ba’zi  holatlarda faqat haq evaziga).  Bunday  cheklashlar asosida uchinchi 
shaxslarda mutlaq huquq aslo vujudga kelmaydi.
218

Intellektual  mulk  obyektidan  normal  foydalanishga  zarar  yetkazish, 
eng  avvalo,  mutlaq  huquq  sohibining  bu  obyektdan  foydalanish 
imkoniyatlari  cheklanishida,  turli  to‘sqinliklarda  namoyon  bo'ladi. 
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasining  qonuniy 
manfaatlari  kamsitilishi  uning  obyektidan  kelayotgan  yoki  oladigan 
daromadlarining kamayishida,  shaxsiy huquqlarining buzilishida namoyon 
bo‘ladi.  Agar  mutlaq  huquqni  cheklashlar  yuqoridagi  oqibatlarga  olib 
kelsa,  huquq  egasi  o ‘z  huquqining  sud  orqali  himoya  etilishini  talab 
qilishga haqli.
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasiga 
tegishli  mulkiy  huquqlar,  agar  FKda  yoki  boshqa  qonunda  boshqacha 
tartib  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  huquq  egasi  tomonidan  shartnoma 
bo‘yicha  boshqa  shaxsga  to‘liq  yoki  qisman  o ‘tkazilishi  mumkin, 
shuningdek,  bu  mutlaq  huquqlar  meros  bo‘lib  va  yuridik  shaxs  bo‘lgan 
huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o ‘tadi.
Ushbu  belgilangan  qoidaga  intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan 
mutlaq  huquqlar egasiga tegishli  mulkiy  huquqlar huquq  egasi  tomonidan 
shartnoma  bo‘yicha  boshqa  shaxsga  to'liq  yoki  qisman  o ‘tkazilishi 
mumkin.  Bunda  nazarda  tutilgan  huquqlar  faqat  mulkiy  xarakterga  ega 
bo'ladi,  shaxsiy  huquqlarga  nisbatan  ushbu  qoida  taalluqli  emas. 
0 ‘tkazilayotgan  mulkiy  huquqlar  mutlaq  huquqlardan  kelib  chiqishi  va 
faqat  huquq  egasiga  tegishli  bo‘lishi  shart.  Mulkiy  huquqlar  deganda 
intellektual  mulk  obyektidan  shaxsan  foydalanish  yoki  uni  haq  evaziga 
foydalanishga  ruxsat  berish  bo‘yicha  huquq  egasiga  tegishli  vakolatlar 
tushuniladi.
Mulkiy  huquq  to'liq  o ‘tkazilganda  huquq  egasi  bu  huquqlardan 
mahrum  bo‘ladi  va  bunday  huquq  uchinchi  shaxslarda  vujudga  keladi. 
Mulkiy  huquq  qisman  o ‘tkazilganda  huquq  egasi  uning  ma’lum  qsimini 
o ‘zida  saqlab  qolib,  qolgan  qismini  o ‘tkazadi.  Mulkiy  huquqlar  faqat 
shartnoma  asosida  o ‘tkaziladi.  SHartnoma  mulkiy  huquq  egasi  va  huquq 
to‘liq  yoki  qisman  o ‘tkazilayotgan  shaxs  o'rtasida  tuziladi.  Bunday 
shartnomalarga nisbatan  agarda qonunlarda boshqacha nazarda tutilmagan 
bo‘Isa,  Fkning  26-bobi  (SHartnoma  tushunchasi  va  shartlari),  28-bobi 
(SHartnoma  shartlarini  o ‘zgartirish  va  shartnomaning  bekor  bo‘lishi)da 
belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnoma  tuzuvchi  taraflar  -   intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan 
mutlaq  huquq  egasi  va  mutlaq  huquqdan  vujudga  keluvchi  mulkiy 
huquqlar  o ‘ziga  o ‘tkazilayotgan  shaxs  nomlari,  agar  mutlaq  huquq 
vakolatli  davlat  organi  tomonidan  intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan
219

berilgan  huquqiy  muhofaza yorlig‘i  asosida  vujudga kelgan  bo‘Isa,  ushbu 
yorliqnoma  va  qayd  ro‘yxati  raqami,  uning  amal  qilish  muddati, 
o ‘tkazilayotgan  mulkiy  huquq  mazmuni  va  hajmi,  undan  foydalanish 
shartlari,  muddati,  agar  shartnoma  haq  baravariga  tuzilayotgan  bo'lsa, 
to'lanadigan  haq  miqdori  va  to'lash  tartibi,  mulkiy  huquq  qisman 
o'tkazilganda  undan  foydalanish  ustidan  huquq  egasining  nazorat  qilish 
bo'yicha  vakolatlari,  taraflaming  boshqa  huquq  va  majburiyatlari, 
shartnoma  shartlarini  buzganlik  uchun  taraflaming  javobgarhgi  va 
hokazolar  ko'rsatilishi  lozim.  Shartnoma  taraflar  tomonidan  imzolanib, 
tegishli  rasmiylashtirilishi  shart.  Shartnoma  shakli  turli  intellektual  mulk 
huquqi  obyektlari  uchun  turlicha  bo'lishi  qonunlarda  belgilab  qo'yilgan. 
Mualliflik  huquqi  obyektlariga  nisbatan  mulkiy  huquqlar  o'tkazilganda 
shartnoma yozma ravishda tuzilib, notarial guvohlantirilishi lozim.  Mutlaq 
huquq intellektual  mulk obyektlariga  nisbatan berilgan huquqiy muhofaza 
yorlig'i  (patent, guvohnoma)  asosida vujudga kelgan bo'lsa, bunda mulkiy 
huquqni 
o'tkazish 
haqidagi 
shartnoma 
yozma 
tuzilib, 
notarial 
guvohlantirilib  vakolatli  davlat  idorasining  ro'yxatidan  o'tkazilishi  lozim. 
Ushbu  qoida  nou-xauga  nisbatan  ham  amal  qiladi.  Aks  holda  shartnoma 
haqiqiy sanalmaydi.
FKda  va  amaldagi  qonunlarda  ayrim  intellektual  mulk  obyektlariga 
nisbatan  mutlaq huquqlardan  kelib  chiquvchi  mulkiy  huquqlaming  huquq 
egasi  tomonidan  boshqa  shaxslarga  o'tkazish  malasida  yuqoridagi 
qoidalardan  istisnolar  mavjud.  Masalan,  FK  1110-moddasi  3-qismiga 
asosan  tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqini  boshqa 
shaxsga  berishga,  uni  boshqa  shaxsga  o'tkazish  haqidagi  boshqa 
bitimlarga  va  uni  litsenziya  asosida  foydalanish  uchun  berishga  yo'l 
qo'yilmaydi.  FKning  1101-moddasida  firma  nomiga  bo'lgan  huquqni 
boshqa  shaxsga  o'tkazish  tartibi  va  shartlari  belgilangan  bo'lib,  u 
yuqoridagi  umumiy  qoidalardan  farq  qiladi.  FKning  1105-moddasi  2- 
qismiga  asosan  tovar  belgisiga  bo'lgan  huquqni,  basharti  u  tovar  yoki 
uning  tayyorlovchisi  haqida  chalg'ishga  sabab  bo'lishi  mumkin  bo'lsa, 
boshqa shaxsga berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  huquq  egasi 
vafotidan  keyin  meros  tartibida  qonuniy  merosxo'rlarga  yoki  vasiyat 
asosida 
boshqa 
shaxslarga 
o'tadi. 
Bunda 
vujudga 
keladigan 
munosabatlarga  nisbatan  FKning  vorislik  haqidagi  belgilangan  normalari 
qo'llaniladi.  Intellektual  mulk obyektlariga mutlaq huquqlar  egasi  yuridik 
shaxs  bo'lsa,  bunday  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilgan  hollarda  (uni 
boshqa  bir  yuridik  shaxs  bilan  qo'shib  yuborish,  qo'shib  olish,  bo'lish,
2 2 0

ajratib chiqarish, o ‘zgartirish -  FKning 49-moddasi) mutlaq huquq vorislik 
tartibida  yangi  tashkil  etilgan  yuridik  shaxsga  o ‘tadi.  Qayta  tashkil 
etishning  bo‘lish,  ajratib  chiqarish,  o'zgartirish  hoJlarida  yangi  vujudga 
kelgan  yuridik  shaxslaming  qaysi  biriga  mutlaq  huquq  o‘tishi  ulaming 
o ‘zaro  kelishuvi  asosida,  bunday  kelishuvga  kelishilmagan  taqdirda  sud 
tomonidan belgilanadi.
Meros  tartibida  va  huquqiy  vorislik  tartibida  mutlaq  huquqlaming 
o‘tish  fakti  notarius  tomonidan  berilgan  meros  guvohnomasi,  huquqiy 
muhofaza  yorlig‘i  mavjud  bo‘Isa,  ushbu  yorliqni  mutlaq  huquqni  yangi 
egasi  nomiga  rasmiylashtirish  haqida  vakolatli  davlat  idorasining  tegishli 
hujjati olinishi va u davlat ro‘yxatidan o'tkazilishi shart.
Mulkiy huquqlaming shartnoma bo‘yicha o ‘tkazilishi yoxud ulaming 
universal  huquqiy  vorislik  tartibida  o ‘tishi  mualliflik  huquqlarining  va 
boshqa  begonalashtirilmaydigan  hamda  o ‘zgaga  o ‘tkazilmaydigan  mutlaq 
huquqlaming  o ‘tkazilishiga  yoki  cheklanishiga  sabab  bo‘lmaydi.  Bunday 
huquqlar  o ‘tkazilishi  yoki  cheklanishi  to‘g‘risidagi  shartnoma  shartlari 
haqiqiy emas.
Ushbu  qoida  ijodiy  faoliyat  natijasining  yaratuvchisi  bo‘lgan 
muallifning  bu  natijalarga  nisbatan  mutlaq  huquqlarga  ega  bo‘lgan 
holatiga  taaluqlidir.  Bunday  holda  agarda  muallif mutlaq  huquqdan  kelib 
chiquvchi  mulkiy  huquqlami  shartnoma  asosida  boshqa,  uchinchi 
shaxslarga  o ‘tkazsa  yoki  muallif  vafoti  tufayli  bunday  mulkiy  huquqlar 
universal 
vorislik 
tartibida 
huquqlar 
(uning 
o ‘zidan 
begonalashtirilmaydigan  va  boshqa  birovga  o ‘tkazilmaydigan)  aslo  bekor 
bo‘lmaydi,  cheklanmaydi  yoki  ulaming  ham  shartnoma  asosida  uchinchi 
shaxslarga  yoki  vorislarga  o ‘tishiga  olib  kelmaydi.  Hatto  huquq  sohibi 
muallifning  o ‘zi  bo'lmay,  boshqa  shaxs  bo‘lgan  taqdirda  ham,  mutlaq 
huquqlardan  kelib  chiquvchi  boshqa  mulkiy  huquqlar  bu  huquqlar  egasi 
tomonidan  shartnoma  asosida  uchinchi  shaxsga  yoki  universal  vorislik 
tartibida  vorislarga  o ‘tgan  taqdirda  ham  bu  holat  muallifning  huquqini 
hamda  boshqa  o ‘tkazilmaydigan  va  begonalashtirmaydigan  huquqlaming 
o'tishiga, bekor bo‘lishiga yoxud cheklanishiga olib kelmaydi.
Ijodiy  faoliyat  natijasi  yaratuvchisi  bo‘lgan  muallifning  faqat 
o'zigagina  tegishli  bo‘lgan,  boshqa  birovga  o'tkazilmaydigan  va 
begonalashtirilmaydigan  mutlaq  huquqlari  doirasi,  turlari  va  mazmuni 
FKning  1033-moddasida belgilab qo‘yilga.
Bunday  huquqlaming  o ‘tkazilishi  yoki  cheklanishi  haqidagi  shartlar 
ko‘zda  tutilgan  shartnoma  muallifning  o ‘zi  bilan  uchinchi  shaxs  o ‘rtasida 
yoki  intellektual  mulk  obyektining  yaratuvchisi  bo‘lmagan  mutlaq  huquq
221

sohibi  va  uchinchi  shaxs  o ‘rtasida  tuzilganligidan  qat’i  nazar, 
shartnomaning  o'sha  shartlari  nazarda  tutilgan  qismi  haqiqiy  sanalmaydi 
va  hech  qanday  huquqiy  obyekt  vujudga  keltirmaydi.  Bunday  shartnoma 
o‘z-o‘zicha  haqiqiy  sanalmaydi  va  unga nisbatan  FKning  113-moddasi  3- 
qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Shartnomaning yuqoridagi shartlarini haqiqiy emas deb topish haqida 
sud tomonidan qaror chiqarilishi talab etilmaydi.
Intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  mualliflik  huquqlari  bu 
obyektga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  fuqarolik  muomalasida  qancha 
shaxslarga o'tkazish orqali harakatda boiganidan qat’iy nazar, muallifning 
o'zida  saqlanib  qoladi.  Boshqacha  aytganda,  obyektga  nisbatan  mutlaq 
huquqlar  necha  martalab  boshqa  uchinchi  shaxslarga  o'tganligi  fakti 
muallifning  o'ziga  tegishli  bo'lgan  va  undan  begonalashtirilishi  mumkin 
bo'lmagan  huquqlaming  amal  qilishiga  biror-bir  darajada  to'sqinlik 
qilmaydi.
Shartnoma  bo'yicha  o'tkaziladigan  mutlaq  huquqlar  unda  aniqlab 
qo'yilishi  lozim.  Shartnomada  boshqa  shaxsga  o'tkaziladigan  huquq 
sifatida  ko'rsatilmagan  huquqlar,  agar  boshqacha  hoi  isbotlanmagan 
bo'lsa,  o'tkazilmagan hisoblanadi.
Ma’lumki,  mutlaq  huquq  mulkiy  huquqlar  majmui  sifatida  huquq 
egasi  intellektual  mulk  obyekti  bo'yicha  o'zi  sodir  etishga  haqli  bo'lgan, 
boshqalarga  sodir  etishga  ruxsat  bera  oladigan  yoki  sodir  etishni  taqiqlab 
qo'ya  olishga  haqli  bo'lgan  xilma-xil  vakolatlami  o'z  ichiga  oladi.  Shu 
sababli  ham  mutlaq  huquqlar  shartnoma  asosida  huquq  egasi  tomonidan 
boshqa  shaxsga  o'tkazilganda  aynan  qanday  huquq  (masalan,  ma’lum 
hudud  doirasida  shaxsan  tanho  foydalanish,  boshqa  foydalanuvchilar ham 
mavjud  bo'lgan  asosda  foydalanish,  boshqa  hudud  doirasida  bu  huquqni 
amalga oshirishga taalluqligi yoki taalluqli emasligi) o'tkazilayotganligi va 
bu  huquqdan  kelib  chiquvchi  vakolatlami  aniq  belgilab,  shartnomada  aks 
ettirish  lozim.  Shartnomada  nazarda  tutilmagan  barcha  huquqlar  (mutlaq 
huquqqa  oid)  toki  buning  aksi  isbotlanmaguncha  shartnoma  bo'yicha 
o'tkazilmagan  deb  hisoblanadi,  degan  prezumpsiya  amal  qiladi.  Buning 
ma’nosi  shundan iboratki,  agar  shartnoma  asosida mutlaq huquqlardan bir 
qismini  o'ziga  olgan  shaxs  bu  huquqlarda  oid  qo'shimcha  boshqa 
huquqlardan  mutlaq  huquqlar  egasi  roziligi  yoki  ruxsati  asosida  amalga 
oshirilganligini  tegishli  dalil  bilan  isbotlab  bermog'i  shart.  Aks  holda,  u 
qo'shimcha  huquqlami  o'zlashtirib  olgan  hisoblanadi.  Qo'shimcha 
huquqlar  mutlaq  huquqlar  egasi  roziligi  yoki  ruxsati  asosida  olganligini 
isbotlash  majburiyati  faqat  uchinchi  shaxs  zimmasiga  bo'ladi.  Masalan,
2 2 2

ixtiroga  nisbatan  mutlaq  huquqlar  egasi  engil  mashinalar  ishlab 
chiqaruvchi  korxonaga  ma’lum  markadagi  engil  mashinani  ishlab 
chiqarishda  foydalanish  uchun  shartnoma  asosida  ixtirodan  foydalanish 
huquqini 
o'tkazgan 
bo‘lsa, 
korxona 
boshqa 
markadagi 
engil 
avtomobillarga  nisbatan  ushbu  ixtironi  qo‘llay  olmaydi  (agar bu  to‘g ‘rida 
mutlaq huquqlar sohibining maxsus ruxsatini olmagan bo‘lsa).
Mutlaq  huquqni  uni  amal  qilish  davri  bo‘yicha  cheklangan 
muddatlarda  foydalanish  uchun  boshqa  shaxsga  berishni  nazarda  tutuvchi 
shartnomaga  nisbatan  litsenziya  shartnomasi  to‘g‘risidagi  qoidalar 
qo‘llaniladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, FKning  1035-moddasi  1-3- 
qismlarida  ko'zda  tutilgan  qoidalar  mutlaq  huquqlar  shartnoma  asosida 
yoki  universal  vorislik  tartibida  bunday  mutlaq  huquqlar  amal  qilishning 
barcha qolgan muddati bo‘yicha uchinchi  shaxsga utishga nazarda tutilgan 
hollarga  nisbatan  taalluqlidir.  Agar  mutlaq  huquqlar  egasi  bu  huquqlami 
boshqa  shaxslarga  vaqtinchalik  o'tkazsa  (ma’lum  chegaralangan  muddat 
davomida), u holda bunday shartnoma litsenziya shartnomasi hisoblanadi.
4
Sanoat mulki tushunchasi, turlari va ularni huquqiy muhofaza 

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling