To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari
Mulk  huquqining  vujudga  kelish  va  bekor  bo'lish  asoslari  deganda, 
mulk  huquqining  olinishi  yoki  yo'qotilishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  yuridik 
faktlar nazarda tutiladi.
Mulk huquqining  olinishi  asoslarida jamiyatning  iqtisodiy  tizimi  o 'z 
ifodasini  topadi.  Mulk  huquqining  olinishi:  dastlabki  va  hosila  asoslariga 
bo'linadi.
Mulk  huquqining  vujudga  kelishini  bildiradigan  dastlabki  asoslar 
bo'yicha  mulkka  nisbatan  subyektiv  fuqarolik  huquqi  ilgari  hech  kimga 
tegishli  bo'lmagan  mulkka  nisbatan  yoki  avvalgi  mulk  egasining  huquqi 
bilan bog'liq bo'lmagan holda  vujudga keladi.  Mulk huquqining  dastlabki 
asosda vujudga kelishi:
birinchidan, tabiat ne’matlarini o'zlashtirish;
12

ikkinchidan,  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 
oshirish natijasida yangi ashyolami vujudga keltirish;
uchinchidan,  egasiz  mulkning  sud  qarori  bilan  davlat  ixtiyoriga 
olinishi;
to ‘rtinchidan,  egasi  b o ‘lmagan  mulkka  yoki  egasi  b o‘Isa  ham 
xo ‘jaliksiz  bilan  saqlanayotgan  mulkka,  egalari  tomonidan  belgilangan 
muddatlarda  talab  qilib  olinmagan  mulklarga,  shu  jumladan  topilgan 
ashyolar,  xazinalar  (boshqa usulda yashirilgan  narsalar)  topilishi  hollarida 
yuz beradi.
Mulk  huquqining  vujudga  kelishida  egalik  huquqini  vujudga 
keltiruvchi  muddat  o ‘ziga  xosdir.  Mulkdor  bo'lmagan,  lekin  ko'chmas 
mol-mulkka  o ‘n  besh  yil  davomida  yoki  boshqa  mol-mulkka  besh  yil 
davomida  o ‘ziniki  kabi  halol,  oshkora  va  uzluksiz  egalik  qilgan  shaxs  bu 
mol-mulkka  nisbatan  mulk  huquqini  oladi,  ya’ni  to ‘la  m a’noda  mulkdor 
huquqlariga ega bo'ladi (FKning  187-moddasi).
Mulk  huquqi  vujudga  kelishining  dastlabki  asoslaridan  yana  biri 
hamma  yig‘ib  olishi  mumkin  bo ‘lgan  ashyolami  mulkka  aylantirishdir. 
FKning  189-moddasida  k o ‘rsatilishicha,  qonun  hujjatlarida  yovvoyi 
mevalar,  yong‘oq,  zamburg'lar,  rezavor  mevalar  hamda  o'simlik, 
hayvonot  dunyosi  va  jonsiz  tabiatning  hamma  olishi  mumkin  bo'lgan 
boshqa obyektlarini yig'ish yo'li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi 
va  shartlari  belgilab  qo'yilishi  mumkin.  Bunday  tartibda  mulk  huquqi 
o'rmonlardan  qo'ziqorin,  mevalar  terish,  dasht-u  tog'lardan  dorivor 
giyohlar  to ‘plash,  daryo  va  ko'llardan  baliq  ovlash  orqali  vujudga  kelishi 
mumkin.  Biroq,  m a’lumki,  ushbu  mulk  obyektlari  o'sgan  mavjud  hudud 
xususiy  mulk  huquqi  asosida  boshqaga  tegishli  bo'lmasligi  lozim.  Mulk 
obyektlarining  ba’zilarini  ovlash  uchun  vakolatli  davlat  organida  ruxsat 
(litsenziya)  olingan  bo'lishi  talab  etiladi.  Ayni  vaqtda  baliq  va  boshqa 
jonivorlami ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina y o'l qo'yiladi,  aks 
holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib,  ov qurollari  olib  qo'yilishi va 
ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanilishi mumkin.
Egasiz  ashyoga nisbatan mulk huquqi  ham dastlabki  asosda vujudga 
keladi.  Egasi  bo'lmagan  yoki  egasi  noma’lum  ashyo  egasiz  ashyo 
hisoblanadi.  Egasiz  к о 'char  ashyolarga  nisbatan  egalik  qilish  huquqini^ 
vujudga  keltiruvchi  muddat  asosida  qo'lga  kiritilishi  mumkin.  Bunday 
ashyo  tegishli  davlat  organi  yoki  fuqarolar  o'zini  o'zi  boshqarish  organi 
arizasiga muvofiq ko'chmas mol-mulkni davlat ro'yxatiga oluvchi organda 
hisobga  olinib,  uch  yil  o'tgach  tegishli  davlat  organi  talabi  asosida  sud 
tomonidan davlatga o'tkazilishi mumkin.
13

FKning  192-moddasida  topilmaga  nisbatan  mulkiy  huquqlaming 
vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan.  Unda ko‘rsatilishicha, yo‘qolgan 
ashyoni  topib  olgan  shaxs  bu  haqda  uni  yo‘qotgan  shaxsni  yoki  ashyo 
egasini  yoxud  uni  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  o ‘zga  m a’lum  shaxslardan 
birontasini  darhol  xabardor  etishi  hamda  topilgan  ashyoni  shu  shaxsga 
qaytarishi shart.  Basharti,  ashyo binoda yoki transportda topilgan b o ‘Isa,  u 
shu  binoning  yoki  transport  vositasining  egasi  b o ‘lmish  shaxsga 
topshirilmog‘i  lozim.  Topilma  topshirilgan  shaxs  ashyoni  topib  olgan 
shaxsning  huquqlarini  qo‘lga  kiritadi  va  uning  majburiyatlarini  o ‘z 
zimmasiga  oladi.  Basharti,  topilgan  ashyo  qaytarilishini  talab  qilish 
huquqiga  ega  b o ‘lgan  shaxs  nom a’lum  bo ‘lsa  yoki  uning  manzili 
b o ‘lmasa,  ashyoni  topib  olgan  shaxs  topilma  to ‘g ‘risida  militsiyaga, 
tegishli  davlat  organlariga  yoki  fuqarolaming  o ‘zini  o ‘zi  boshqarish 
organiga m a’lum qilishi shart.
FKning  193-moddasiga  asosan  olti  oy  mobaynida  topilmaning  egasi 
aniqlanmasa,  ashyoni  topib  olgan  shaxs  unga  egalik  huquqini  q o ‘lga 
kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o'tadi).
FKning  196-moddasida  xazinaga  nisbatan  mulk  huquqini  vujudga 
kelishi  xususiyatlari  belgilab  qo'yilgan.  Xazina  deb  egasini  aniqlash 
mumkin  bo'lmagan  yoki  qonunga  binoan  huquqlarini  yo'qotgan,  yerga 
ko ‘milgan  yoki  boshqacha  usulda  yashirilgan  pul  yoki  qimmatbaho 
buyumlarga aytiladi.  Yashirib  qo'yilgan mol-mulk (yer uchastkasi,  imorat 
va sh.k.) mulkdori bo'lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar 
ular  o'rtasidagi  kelishuvga  muvofiq  boshqacha  tartib  belgilangan 
bo'lmasa, teng ulushlarda tegishli bo'ladi.
Xazina  u  yashirib  qo'yilgan  yer  uchastkasi  yoki  boshqa  mol-mulk 
egasining  mulkdorining  roziligisiz  qazishma  ishlarini  olib  borgan  yoki 
boylik  qidirgan  shaxs  tomonidan  topilgan  taqdirda,  bu  xazina  u  topilgan 
yer  uchastkasining  yoki  boshqa  mol-mulkning  egasiga  topshirilishi  shart. 
Tarix  va  madaniyat  yodgorliklari  jumlasiga  kiradigan  ashyolardan  iborat 
xazina  topilgan  taqdirda,  ular  davlat  ixtiyoriga  o'tadi.  Biroq  xazina 
topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina qiymatining 
ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat 
yoki  xizmat  vazifalariga  kiradigan  shaxslar  (masalan,  arxeologlar, 
geologlar)ga  nisbatan  yuqoridagi  qoidalar  qo'llanilamaydi  (FKning  196- 
moddasi, 5-bandi).
Mulkka  nisbatan  egalik  huquqini  vujudga  keltiravchi  hosila  usuli 
deganda  muayyan  shaxs  tomonidan  mulk  huquqining  olinishi  dastlabki
14

mulk egasining  huquqiga bog'liq  bo'lgan  usul  nazarda tutiladi.  Bu  usulda 
mulk  huquqining  m a’lum  ashyoga  nisbatan  paydo  bo'lishi  yoki  bu 
ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari m a’lum  shaxsga tegishli bo'lishi 
bilan  bog'liqdir.  Shu  m a’noda  mulk  huquqining  boshqa  shaxsga  o'tishi 
haqida  so'z  yuritiladi.  Binobarin,  hosila  usuli  bo'yicha  mulk  huquqi 
vujudga kelganda,  mulkka nisbatan bo'lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga  ko'chirilishi  to'g'risida  so'z  boradi.  Masalan,  oldi-sotdi 
shartnomasi  tuzilishi  yo'li  bilan  ashyoga  nisbatan  egalik  huquqi  bir 
shaxsda, ya’ni sotib oluvchida paydo bo'ladi.
Mulk  huquqining  hosila  usulida  vujudga  kelishiga  misol  qilib  oldi- 
sotdi,  hadya,  ayirboshlash,  qarz  shartnomalari,  shuningdek  qonun  va 
vasiyat  bo'yicha  meros  olish,  davlat  mulkini  xususiylashtirish  orqali 
olinishini ko'rsatsa bo'ladi.
Fuqarolik  kodeksining  185-moddasida  ko'rsatilganidek,  shartnoma 
asosida  mol-mulk  oluvchida  mulk  huquqi,  agar  qonun  hujjatlari  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 
ashyo 
topshirilgan  paytdan  boshlab  vujudga  keladi.  Agar  ashyoni  birovga 
o'tkazish  to'g'risidagi  shartnoma  notarial  guvohlantirilishi  yoki  davlat 
ro'yxatidan  o'tkazilishi  lozim  bo'lsa,  egalik  huquqi  bunday  shartnoma 
notarial  guvohlantirilgan  yoki  ro'yxatdan  o'tkazilgan  paytdan  e’tiboran 
vujudga keladi.
Qonunda  uy-joy  (kvartira)ga  mulk  huquqining  vujudga  kelishi 
belgilangan  tartibda  ajratib  berilgan  yer  uchastkasida  qurilayotgan  yangi 
uy-juyga  mulk  huquqi  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  paytdan  boshlab 
vujudga kelishi belgilangan.
Bir  yoki  bir  necha  shaxslar  tomonidan  ko'rilayotgan  uy-joy  qurilish 
tamom  bo'lguncha  va  ro'yxatdan  o'tkazilguncha  mahalliy  hokimiyat 
organlarining  ruxsatisiz  boshqa  shaxsga  berilishi  mumkin  emas.  Davlatga 
qarashli  uy-joy  (kvartira)  ga  mulk  huquqi  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ  uy-joyga,  kvartiraga,  garajga,  chorboqqa  va  boshqa 
binolarga  mulk  huquqi  kooperativ  a’zosi  pay  badallarini  batamom  to'lab 
bo'lgandan keyin vujudga keladi  (FKning 210-moddasi).  B a’zi ashyolarga 
nisbatan  esa  egalik  huquqi  ashyo  topshirilishidan  so'ng  yoki  ashyoning 
qiymati  to'la yoki  qisman  to'langandan  so'ng  vujudga kelishi  belgilanishi 
mumkin.
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolar bir  shaxsdan  ikkinchi 
shaxsga  o'tkazilgan  holda,  agar  bunday  o'tkazish  tegishli  organlardan 
ro'yxatdan  o'tkazilishi  shart  bo'lsa,  ashyoga  nisbatan  egalik  huquqi 
shartnomaning qayd qilinishi paytidan e ’tiboran vujudga keladi.
15

Mulkka  nisbatan  egalik  huquqining  o'tish  payti  qonunda  muqarrar 
belgilanishi  birovga o'tkazilayotgan ashyolaming tasodifan nobud bo'lishi 
yoki  buzilishi  xavf-xatari,  ya’ni  buning  natijasida  yetkazilgan  zarar 
kimning zimmasida bo'lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
FKning  175-moddasida  belgilangan  qoida  bo'yicha  mol-mulkning 
tasodifan nobud bo'lishi yoki  buzilishi xavfi,  agar qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,  yetkazilgan zarar 
mulk egasining zimmasida bo'ladi,
Agar ashyolami birovga o'tkazuvchi  shaxs  topshirishni yoki  oluvchi 
ulami  qabul  qilishni  kechiktirsa,  ashyolaming  tasodifan  nobud  bo'lishi 
yoki  buzilishi  xavf-xatari  kechiktirgan  tarafda  bo'ladi.  Masalan,  sotib 
oluvchi  qurilish  materiallarini  qabul  qilishni  kechiktirsa,  ashyolaming 
tasodifan  nobud  bo'lishi  yoki  buzilishidan  kelgan  zarami  o 'z  zimmasiga 
oladi.
M ulk huquqining bekor bo'lish  usullari ham  xilma-xil.  Bu  usullami 
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1)  mulkdoming  o 'z   erki-irodasi  bo'yicha  mulk  huquqini  bekor 
bo'lishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.);
2)  mol-mulkni  tugatish  va  hisobdan  chiqarish  (yo'q  qilib  tashlash) 
yoki  nobud  bo'lishi  natijasida  mulk  huquqining  bekor  bo'lishi  (FKning 
198-moddasi);
3)  mulkdoming  erki,  irodasidan  tashqari  mol-mulkning  olib 
qo'yilishi  orqali mulk huquqining bekor bo'lishi.  Mol-mulkni mulkdordan 
olib  qo'yishga  qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibda 
mulkdoning  majburiyatlari  bo'yicha  undiruv  ana  shu  mol-mulkka 
qaratilgan  taqdirda,  shuningdek  natsionalizatsiya  qilish,  rekvizitsiya  va 
musodara qilish tartibida yo'l qo'yiladi (FKning  199-moddasi).
Agar  qonunga  asosan  shaxsga  tegishli  bo'la  olmaydigan  mol-mulk 
uning  mulki  bo'lib  qolsa,  ushbu  mol-mulkka  nisbatan  mulk  huquqi  sud 
tartibida  bekor  qilinib,  olib  qo'yilgan  mol-mulkning  qiymati  shaxsga 
to'lanadi (FKning  199-moddasi,  2-bandi).
Ashyolarga  nisbatan  egalik  huquqi  ba’zi  hollarda  mulk  egasining 
erkidan  tashqari  ham  bekor  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  ashyolar  tabiiy 
ofatlar,  yong'in,  suv  toshqini,  zilzila natijasida tasodifan nobud bo'lishida 
mulk  huquqi  mulk  egasining  erkiga  bog'liq  bo'lmagan  holda  bekor 
bo'ladi.  B a’zi  hollarda,  chunonchi,  qarzni  qoplash  uchun  ijro  varaqasi 
bo'yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara qilinishida egalik 
huquqi  mulk  egasining  erkiga  bog'liq  bo'lmagan  holda  bekor  bo'lishi 
mumkin.
16

4. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  (36,  53,  54- 
moddalar),  Fuqarolik  kodeksi  (164,  165,  172,  228,  231-moddalari)  va 
boshqa  qonunlarda  mulk  huquqining  quyidagi  asosiy  tamoyillari  o ‘z 
ifodasini topgan:
1.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  mulk  daxlsiz,  mukldoming  mulkiy 
huquqi  qonun  bilan  kafolatlanadi  hamda  mulkdor  bu  huquqlardan  faqat 
qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mahrum  etilishi 
mumkin;
2.  Iqtisodiyot  samarali  amal  qilishiga  va  xalq  farovonligining 
o ‘sishiga  yordam  beradigan  har  qanday  shakldagi  mulkchilik  boiishiga 
ruxsat beriladi.
3.  Mulkchilikning  hamma  shakllari  himoya  qilinishi  qonun  bilan 
kafolatlanadi va ulaming teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi.
4.  Mulkdor  o ‘z  mol-mulkiga  nisbatan  qonunga  zid  bo'lmagan  har 
qanday xatti-harakatlami o ‘z xohishiga k o ‘ra sodir etishga haqli.
5.  Mulkiy  huquqning  amalga  oshirilishi  atrof-muhitga  zarar 
yetkazmasligi,  fuqarolar,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  davlat 
huquqlarini  buzmasligi  hamda  qonun  bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarga 
putur yetkazmasligi shart.
6. Har kim mulkdor bo'lishga haqli.
5. Mulk shakllari
Iqtisodiy  m a’nodagi  mulk  shakllari  deyilganda  moddiy  ne’matlami 
o'zlashtirish  usullarining  yig'indisi  tushuniladi.  Bunday  usullar  yakka 
tartibda  yoki  jamoat  bo ‘lib  yoxud  davlat  tomonidan  amalga  oshirilishi 
mumk in 1.
Yuridik  m a’nodagi  mulk  shakli  moddiy  ne’matlami  muayyan 
subyektlarga  tegishli  b o ‘lishini  (biriktirib  qo'yishlikni)  mustahkamlovchi 
va  tegishli  mulkning  huquqi  rejimini  belgilovchi  huquqiy  m e’yorlar 
yig'indisidan iborat.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
FKning 
167-moddasiga 
asosan 
O ‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud:
1. Xususiy mulk;
2.  Ommaviy mulk.
17 
— —  
\итьжу  I
 DAVLA
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М.: Юрид. лит,  1991. -Б.45-46.

Davlat  mulk  shakllarini  rivojlantirish  ucbun  zarur  huquqlaming 
tengligini  ta’minlaydi  va  uning  himoya  qilinishini  kafolatlaydi  Mulk 
shakllarini  bunday turkumlashtirish uchun mulk subyekti  maqomi va mol- 
mulk  rejimining  uzviy  birligi  asosiy  mezon  hisoblanadi.  0 ‘z  navbatida 
xususiy mulk shakli quyidagi k o ‘rinishlarda (turlarda) namoyon b o ‘ladi:
a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki);
b) nodavlat yuridik shaxslar mulki.
Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi mulki;
b) m a’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk).
1-bob yuzasidan nazorat savollari:
1.  Sizningcha, mulkdorlik bu nima?
2.  Mamlakatimizda  mulk  islohotlarini  amalga  oshirishning  zarurati 
Sizningcha nimalarda edi?
3.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  LA.Karimov  asarlarida  mulkiy 
munosabatlami 
takomillashtirish 
va 
mulkdorlar 
qatlamini 
shakllantirish to ‘g ‘risidagi g ‘oyalar haqida nimalar deya olasiz?
4.  M ulk 
huquqining 
Konstitutsiyaviy 
asoslari 
etarlicha 
deb 
hisoblaysizmi?
5.  M ulk huquqining mazmunini boyitishga doir qanday taklif-tavsiyalar 
berishingiz mumkin?
6.  Mulk  huquqi  subyektlarining  huquqiy  maqomini  boyitishga  doir 
qanday amaliy takliflaringiz bor?
7.  M ulk huquqi obyektlari va ulaming muomalada bo ‘lish xususiyatlari 
haqida nimalar deya olasiz?
8.  Mulk daxlsizligi tamoyilini amaliy misollarda ko ‘rsatib bering?
18

2-BOB. XUSUSIY MULK HUQUQI, UNING DOIRASINI 
KENGAYTIRISHNING IQTISODIY VA HUQUQIY 
TENDENSIYALARI
Bobning  maqsadi:  0 ‘zbekiston  mustaqil  davlatchilikka  erishgach, 
bir paytlar tor,  bir yoqlama,  xom  ashyo maskani bo ‘lib qolgan  biqiq,  о ‘ta 
mafkuralashgan  iqtisodiyotdan  voz kechib,  huquqiy muhofazalangan,  turli 
mulk  shakllariga  asoslangan  bozor  munosabatlari  yo'lini  tanladi. 
Binobarin,  mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq,  uning  huquqiy  zamiinini 
hozirlab  bordi.  Darhaqiqat,  har  bir  fuqaroning,  uning  oilasining,  и 
yashayotgan  jamiyat  va  davlatning  rivoji  k o ‘p   jihatdan  jamiyatdagi 
mavjud  mol-mulklaming  qanday  taqsimlanganligiga,  har  bir  individ 
undan qanday bahramand bo ‘layotganligiga bevosita bog ‘liqdir.
Shu  m a’noda  darslikning  mazkur  bobida  xususiy  mulkning  mulkiy 
munosabatlar  tizimida  tutgan  о ‘mi,  shaxsiy  mulk  va  xususiy  mulk, 
ulaming birligi va  о ‘ziga xosligi,  xususiy mulk huquqi tushunchasi,  uning 
vujudga kelish  va bekor bo ‘lish  asoslari,  xususiy  mulkning  subyektlari  va 
obyektlari,  xususiy  mulk  huquqi  obyektlari  bo'lmaydigan  mol-mulklar 
doirasi kabi masalalar ochib berildi.
1. Xususiy mulk huquqining tushunchasi, mazmuni va ahamiyati
Yaqin  o ‘tmishimizdan  m a’lumki,  sho‘ro  zamonlarida  tuzumning 
iqtisodiy  negizini  sotsialistik mulk  tashkil qilib,  u  ustuvor xususiyatga ega 
edi.  Fuqarolaming  xususiy  mulki  alohida  shaklda  bo‘lmasdan,  sotsialistik 
mulkdan  tashkil  topadigan  mulkning  bir  ko ‘rinishi  deb  qaralib  kelindi. 
Fuqarolar  mulki  obyektlari  chegaralangan  edi.  Chunki  fuqarolar  mulki 
uning  shaxsiy  ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan  “shaxsiy mulkdan iborat” 
deb  belgilangan  edi.  Mulkdor  bo ‘lish  haqida  esa,  tasavvur  ham  qilib 
bo im as edi.
Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  va  huquqiy  davlat  qurish  ijtimoiy 
munosabatlaming huquqiy asoslarini qayta к о ‘rib chiqishni taqazo etdi.  Bu 
iqtisodiy  islohotlar mulkchilik munosabatlari  bilan bog'liq  bo'lib,  u  1990- 
yil  31-oktyabrda  qabul  qilingan  “0 ‘zbekiston  Respublikasida  mulkchilik 
to ‘g ‘risida”1gi  qonun  va  unga  kiritilgan  bir  qator  o'zgarishlarga  asosan 
belgilandi.
1  O’zbekiston  Respublikasining  “O’zbekiston  Respublikasida  Mulkchilik  to,g’risida”gi  qonuni  //  O ’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,  1990 yil, №31-33, 371-modda.
19

Bu  Respublika  tarixida  mulk  haqidagi  birinchi  yaxlit  qonun  edi. 
Ushbu  qonun  o ‘z  davri  uchun  o ‘ta muhim,  progressiv  ahamiyatga  ega  edi 
(keyinchalik  mulkiy  munosabatlaming  ayrim  jihatlari  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida  ham  normalandi).  Har  bir  davlat, 
jamiyat  va  ayni  vaqtda  oila,  fuqaro  uchun  ham  mulk  birinchi  moddiy 
manba  hisoblanadi.  Mulkchilik  masalasining  ijobiy  hal  qilinishi,  ayniqsa, 
tegishli qonun hujjatining qabul qilinishi sohadagi bo‘shliqni to‘ldirdi.
Darhaqiqat,  boz6r  iqtisodiyoti  sharoitida  xususiy  mulk  obyektlari 
doirasi  ham  tabiiy  ravishda  kengayib  boradi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik  kodeksining  amalga  kiritilishi  fuqarolar  xususiy  mulk 
huquqining  qonuniy  asoslarini belgilab berdi.  Unda mulk  shakllariga ham 
aniqlik  kiritildi.  Jumladan,  fuqarolaming  mulki  “xususiy  mulk”  deb 
belgilanishi  diqqatga  sazovordir.  Xususiy  mulk  bozor  munosabatlarining 
tarkib  topishi  va  rivojlanishida,  uning  uchun  zarur  b o‘lgan  shart- 
sharoitlami  yaratishda,  bu  munosabatlarda  qatnashuvchi  taraflaming 
huquq va majburiyatlarini belgiiashda,  ulaming xatti harakatlarini tartibga 
solishda  hamda  qonuniy  manfaatlarini  muhofaza  qilish  uchun  zarur 
bo'lgan  huquqiy  kafolatlar  va  choralami  belgiiashda  o ‘ziga  xos  muhim 
ahamiyatga ega.
Xususiy  mulk tashkil topmasdan turib,  bozor munosabatlariga  o ‘tish 
haqida har qanday fikrlar xom hayoldir1. Mamlakatimizda xususiy mulk va 
uning  asosida  vujudga  keladigan  munosabatlar,  u  bilan  bog‘liq 
munosabatlami huquqiy  tartibga  solish,  ulami  ishlab  chiqishda bir qancha 
murakkab  muammolami  to ‘g ‘ri  va  izchil  hal  etish  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.
Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq,  0 ‘zbekiston  kuchh  huquqiy 
demokratik davlat,  fuqarolik jamiyati qurishni, bozor munosabatlari  orqali 
mustahkam moddiy  zaminni  shakllantirishni  va haqiqiy mulkdorlar sinfini 
vujudga  keltirishni  maqsad  qildi.  Shubhasiz,  “bozor  munosabatlariga 
o ‘tishning  asosiy  sharti  k o ‘p  ukladli  iqtisodiyotni  va  raqobatlashish 
muhitini  shakllantirshning  huquqiy,  tashkiliy  shart-sharoitlarini  vujudga 
keltirishdan  iborat”2  edi.  “Shu  sababli  iqtisodiy  islohotlar  birinchi 
bosqichining  g ‘oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizimini tugatish 
va  bu  mulkni  xususiylashtirish  hisobiga  k o ‘p  ukladli  iqtisodiyotni  real 
shakllantirishdan iborat”3 bo‘ldi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  “Xususiy  mulk  boshqa 
mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Mulkdor  faqat
1 H.R.Rahmonqulov, B.A.Ishonov. Fuqarolik holadning yangi talqini // Xalq so’zi,  1993-yil 25-noyabr.
2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: O ’zbekiston,  1995. -45 b.
3 O’sha asarda. -B.45-46.
20

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkdan  mahrum 
etilishi  mumkin”  deb  ko‘rsatilgan  (53-modda,  2-qism).  Xususiy  mulkning 
Asosiy qonunda mustahkamlanishi, uning iqtisodiy bozor munosabatlarida 
huquqiy  tartibga  solinishini  belgilaydi  hamda  uni  boshqa  mulk  shakllari 
bilan teng sharoitlarda himoya qilinishini kafolatlaydi.
Xususiy  mulk  haqida  juda  k o ‘plab  sivilist  olimlar  tadqiqot  olib 
borganlar.  Shu  o ‘rinda  xususiy  mulk  o ‘zi  nima?  -   degan  savol  tug'ilishi 
tabiiy  holdir.  Amaldagi  fuqarolik  qonunchiligiga  tayangan  holda,  xususiy 
mulk 
xususiy 
shaxslarga 
tegishli 
bo‘lgan, 
har 
xil 
asoslarda 
o'zlashtiriladigan mol-mulklar deb tushunish mumkin bo'ladi.
Mol-mulk  atamasi  cheklangan  holda,  tor  m a’noda  sharh  qilingan 
taqdirda  faqat  m a’lum 
shaxsga  tegishli 
mulkiy  huquqlarlaming 
aktivlarinigina (mulkni talab qilish huquqlarinigina)  o 'z ichiga oladi.  Agar 
“mol-mulk” 
atamasi  keng  m a’noda  sharhlansa, 
shaxsning 
faqat 
huquqlarigina,  ya’ni  aktivigina  nazarda  tutilmay,  balki  uning  uchinchi 
shaxs oldida bo'lgan majburiyatlari, ya’ni passivi ham nazarda tutiladi.
Xususiy  mulk  huquqining  subyektlari  fuqarolar  va  nodavlat  yuridik 
shaxslardir  (xususiy  korxonalar,  xo'jalik  shirkatlari  va  jamiyatlari, 
kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fond kabilar).
Moddiy  boyliklami  yakka  tartibda  o'zlashtirish  har  xil  iqtisodiy 
munosabatlar  natijasida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Birinchidan,  ishlab 
chiqarish  natijasida,  ya’ni  o'zining  yoki  shirkat  egaligidagi  ishlab 
chiqarish  vositalaridan  foydalanib  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlami 
egallash 
(o'zlashtirish): 
ikkinchidan, 
mulkdoming  bevosita  ishlab 
chiqarish  jarayonida  ishtirok  etmasdan,  ishlab  chiqarish  vositalaridan 
foydalanishda  yollanma  mehnatni  jalb  etish  natijasida  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotlarini 
o'zlashtirishi; 
uchinchidan, 
taqsimlash 
yoki 
qayta 
taqsimlash 
jarayonida 
o'zlashtirish1 
xususiy 
mulkning 
iqtisodiy 
mazmunini beradi.
Xususiy  mulk  huquqi  haqida  ba’zi  olimlar  “xususiy  mulk  bu 
daromad  olish  maqsadida  o 'z  mol-mulkiga  egalik  qilish,  undan 
foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqidan  iboratdir”  deyishsa,  boshqa 
birlari  “xususiy  mulk  -   bu  ishlab  chiqarish  vositalarining  xususiy 
shaxslarga 
tegishli 
bo'lishligidir”, 
deb 
ko'rsatadi. 
A.S.Pashkov, 
E.A.Suxanov  va  boshqalaming  fikricha  xususiy  mulk  huquqida  yollanma 
mehnat ham o 'z aksini topishi zarar2.
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М .: Юрид. лит.,  1991. -134 с.
2 Пашков А.С.  Собственность  и труд:  правовые  аспекты  взаимодействия // Государство  и  право.  1991.  №11.  -  
С.19-28.
21

Xususiy 
mulkning 
tarixiy 
mohiyatidan 
va 
hozirgi 
jahon 
mamlakatlarida  bo ‘lgan  xususiy  mulk  tushunchalaridan  kelib  chiqib, 
ulaming  ijobiy  tomonlarini  hisobga  olgan  holda  uni  qonunchiligimizga 
joriy  etdik.  Shulami  hisobga  olib  xususiy  mulk  huquqi  deb  -   xususiy 
shaxsning  (mulk  egasining)  ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  va 
yollanma  mehnatni  qo'llashda  ishtirok  etishi  hamda  boshqa  asoslarda 
vujudga  keladigan  mol-mulk  munosabatlarini  tartibga  soladigan  va 
mustahkamlaydigan  huquqiy  normalar  yig‘indisi  tushuniladi.  Bu  xususiy 
mulk  huquqining  obyektiv  m a’nosini  beradi.  Ushbu  ta’rif  xususiy  mulk 
bilan  bog'liq  bo'lgan  hamma  munosabatlami  o 'z   ichiga  qamrab  olib, 
ulami  huquq  normalarida  mujassamlanganini  belgilab  beradi.  Xususiy 
mulk  egasi  o 'z   ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalangan  holda  ishlab 
chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etishi mumkin,  ya’ni mulkdor ishlab 
chiqarishda jismonan  qatnashib,  u  yoki bu  harakatni  amalga  oshiradi.  Bu 
uning ishchi,  texnik,  xodim mutaxassis  va boshqa xodimlardan  biri  bo'lib 
ishtirok  etishida  ko'rinadi.  Mulkdoming  bilvosita,  ya’ni  yollanma 
mehnatni jalb etish bilan ishlab chiqarishda qatnashishi deganda, o 'z ishlab 
chiqarishiga  o'zga  shaxslar  bilan  shartnoma  yoki  kelishuv  asosida 
yollanma  ishchi  kuchini  jalb  etishdi,  u  yoki  bu  vositalar  bilan  ishtirok 
etishi  tushunilib,  u  mulk  egasining  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishida, 
ishlab  chiqarish  vositalariga bo'lgan  egaligida  har  xil  moddiy  mablag'lar 
bilan ishtirokida ko'rinadi.
Xususiy  mulkning  boshqa  huquqiy  asoslarda  vujudga  kelishi 
deganda  fuqaroning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etishidan,  meros 
olish  natijasida  har  xil  bitimlar  tuzish  asosida  va  boshqa  qonun  yo'l 
qo'ygan  asoslarda vujudga keladigan  mol-mulklar tushuniladi.  Bu  mulkiy 
munosabatlami  tartibga  solish  va  mustahkamlash  huquq  normalarida 
mujassamlangan bo'lib, ular xususiy mulk huquqini tashkil etadi.
K.A.Ulibkinning  ta’kidlashicha,  xususiy  mulk  har  bir  fuqaroga 
yuqori  darajada  xususiy  tadbirkorlik  imkoniyatini  amalga  oshirishni, 
o'zida  mustaqillik,  tirishqoqlik,  tavakkalchilikni  namoyon  etishi  zarur. 
Bular  xususiy  mulkning  asosiy  rivojlanish  belgilari  bo'lib,  ularsiz 
taraqqiyot ham bo'lm aydi1.
Shuning  uchun  fuqarolar  o'zlarining  mavjud  imkoniyatlaridan  to'liq 
foydalanib, 
xususiy 
mulk 
rivojlanishini 
amalda 
ko'rsatmoqda. 
Shuningdek,  xususiy  mulk  insonlarda  iqtisodiy  faollik,  kuchli  qiziqish  va 
qat’iy  javobgarlik  hissini  uyg'otish  xususiyatiga  egadir.  U  iqtisodiy 
hayotni  rivojlantirishning  muhim  elementi  bo'lib,  boqimandalik  va
1 Улыбкин К.А.  Социалистическая собственность без иллюзий и догм. -М .: Высшая школа,  1990. -60 с.
22

iste’mol holatlariga chek q o ‘yadi.  U  xususiy  mulk egasidan to ‘g ‘ri hisob- 
kitob  qilishni,  jonbozlik  k o ‘rsatishni,  ertangi  kun  uchun  jon  kuydirishni 
talab qiladi.
Har  bir  inson  dunyoga  kelishi  bilan  ba’zi  hollarda  ona  qomidan 
boshlab  xususiy  mulk  huquqiga  ega  b o ‘ladi  va  vafot  etgunga  qadar  bu 
huquq 
undan 
ajralmaydi. 
Bu 
haqda 
O ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida  (36-modda),  Fuqarolik  kodeksida  (577-modda)  va 
boshqa qonun hujjatlarida k o ‘rsatilishi ham buni tasdiqlaydi.
Hozirgi  individual  mulk  shakllarining  taraqqiyoti  -   xususiy  mulk 
bilan xarakterlanadi. Bunda huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega 
b o ‘lib,  u  mulkiy  munosabatlaming  tub  mohivatini  ochib  beradi.  Xususiy 
mulkni  yuridik  shaklsiz  tasavvur  etish  qiyin.  Xususiy  mulkda  muayyan 
mol-mulkning  qat’iy  kimga  tegishliligini,  boshqa  hech  kimga  tegishli 
emasligini  huquqiy  ta’minlash  zarurdir.  Shuning  uchun  birinchi  navbatda 
mol-mulkning  mulk  egasiga  qat’iy  tegishligini  huquqiy  mustahkamlash 
zarur.  Agar bu  qonunlarda k o ‘rsatilmasa biror nizo  vujudga kelsa,  uni hal 
etish  mumkin  bo'lmaydi.  Agar  bu  huquq  normalarida  o ‘z  aksini  topsa, 
mulkdoming  ixtiyoridan  tashqari  biron  yo ‘l  bilan  ular  qo ‘lidan  ketganda 
uni  talab  qilib  qaytarib  olishga  haqli  b o‘ladi.  Bunday  huquqiy  tizimning 
rivojlanishi  xususiy  rim  huquqida  dastlab  o ‘z  aksini  topgan  edi.  Unda 
birinchi  navbatda  mulkdoming  ashyoviy  huquqlarini  qat’iy  himoya  qilish 
mutlaq xarakterga ega edi1.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  mazmuni  uning  yuqorida 
berilgan  tushunchasidan  kelib  chiqadi.  Unga  asosan  fuqarolar  xususiy 
mulki munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiy vazifasi shundan 
iboratki,  u  har  bir  fuqaroning  o ‘z  mol-mulkiga  bo'lgan  huquqlarini  o ‘z 
xohishiga  ko‘ra  amalga  oshirishda  to'liq  erkinliklarga  ega  b o ‘lish  va  bu 
huquqlar  hamda  erkinliklami  qat’iy  himoya  qilish  bilan  bog‘liqdir.  Bu 
fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining  mazmunini  va  mulkdoming  asosiy 
huquqlarining xarakterini beradi.
Fuqarolar xususiy mulk huquqining mazmunini mulk egasining mol- 
mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf etish  huquqlarini 
tashkil etadi.
Mulk  huquqining  mazmunini  uchta  elementi  (huquqdorlik)  tashkil 
etadi,  ular  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf 
etishdir.  Bunday  mulk  egasining  huquqlari  bizning  qonunchilikka  xorijiy 
yuridik odatga ko ‘ra kirib kelgan.  Huquqdorlik haqida mashhur Napoleon 
Kodeksining  554-moddasida  “Mulk  -   bu  ashyodan  imkoniyati  mutlaq
1 Новицкий И.Б. Римское частное право. -М .:  1949. -С.16-17.
23

darajada foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir..,” 1, -  deb ko‘rsatilgan. 
Bunda mulk huquqining mazmuni elementlaridan  biri egalik qilish huquqi 
hisobga  olinmaydi.  Mulkdor mol-mulkka  egalik  qilmas  ekan,  o ‘z-o‘zidan 
m a’lumki,  boshqa huquqlarga ham  ega b o ‘la olmaydi.  Bunga qo'shimcha 
qilib,  1814-yili rus  yuristi  V.G.Kukolnik  “mulkdor ashyoga egalik qilishi, 
foydalanishi  va  uni  erkin  taqsimlashi  (tasarruf  etishi)  mumkin2,  -   dedi. 
Ushbu  fikr  qonunchilikda  hozirgacha  mavjud  b o ‘lib,  u  sobiq  Ittifoq 
hududida  tashkil  topgan  barcha  davlatlar  mulk  huquqining  mazmuniga 
asos qilib olingan. Bu huquqiy normalar xususiy huquqning asosini tashkil 
etgan.
Musulmon  huquqida  ham  mulk  masalasi  doimiy  diqqat  markazda 
bo'lgan.  Musulmon huquqiga k o ‘ra, mulkdorga quyidagi huquqlar tegishli 
bo‘lgan:  foydalanish  huquqi  (manfaat),  egalik  huquqi  (qabz),  daromad 
olish  huquqi  (ta’mlik)  va  tasarruf  etish  huquqlari3.  Unda  egalik  huquqi 
boshqa huquqlardan ustun turgan.
M ulkiy  munosabatlami  huquqiy  tartibga  solishning  asosiy  vazifasi 
mulkdoming  o ‘z  mol-mulkiga  nisbatan  mutlaq  mulkiy  huquqini  amalga 
oshirishni ta’minlashdan iborat.
Bozor  munosabatlari  tobora  rivojlanib  borayotgan  hozirgi  kunda 
milliy qonunchiligimiz tizimi o ‘zgardi. Hayotning har qanday sohasida tub 
iqtisodiy, ijtimoiy,  huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.  Bunda mulkiy 
huquqlar  ham  o ‘zining  munosib  o'm iga  ega.  “Mulkchilik  to ‘g ‘risida”gi 
qonunning  1-moddasida  “Mulkdor  o'ziga  tegishli  mulkka  o 'z  ixtiyoriga 
ko 'ra  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni  tasarruf  etadi”,  -   deb 
ko'rsatilganligi diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilarga  asoslanib,  fuqarolar  xususiy  mulk  huquqining 
mazmunini  fuqarolaming  o 'z   xohishiga  ko 'ra  o'ziga  tegishli  mol-mulkka 
xususiy  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqlari 
tashkil  etadi.  Bu  huquq  normasi  Fuqarolik  kodeksida  ham  mustahkamlab 
qo'yilsa,  maqsadga  muvofiq  bo'lar  edi.  Bu  holatni  quyidagicha  izohlash 
mumkin:  birinchidan,  mulk  huquqining  asl  mohiyatini  ochib  beradi, 
ikkinchidan,  mulkdorda  mol-mulkka  nisbatan  xo'jayinlik  tuyg'usini 
mujassamlaydi; 
uchinchidan, 
mulkdoming 
huquqlari 
ilgari 
qonunlardagidek  qat’iy  belgilab  berilmagan  bo'lib,  u  o 'z   mol-mulkidan 
o 'z  xohishiga qarab har qanday harakatni sodir etishi mumkin.
1 Французский Гражданский кодекс 1804 года. -М .: Юрид. изд,  1941. -153 с.
2 Кукольник В. Начальные основания российского частного гражданского права. -Санкт-Петербург:  1813. -98 с.
3 Ахмеджанов У.М. Институт собственности в мусульманском праве:  Автореф.  дис.  ...канд. юрид. наук.  1963. - 
14 с.
24

Mulkdoming huquqlaridan biri egalik qilish  huquqi bo‘lib,  bu haqda 
yuridik adabiyotlarda bir qator fikrlar ilgari  surilgan.  Egalik qilish huquqi 
deganda, shaxsning ashyo ustidan faktik hukmronligi tushuniladi.
Birinchi  navbatda  “egallash”  va  “egalik  qilish”  terminlarining 
m a’nosiga  e’tibor  berishimiz  zarur.  “Egallash”  -   bu  tazyiq  bilan 
hukmronlik  qilib  biror  narsani  qo‘lga  kiritishdir.  Eski  qonunchilikda  bu 
so‘z  mulkdoming  huquqlaridan  biri  o ‘m ida  ishlatilgan  edi.  0 ‘sha 
davrlarda yuridik adabiyotlarda ham shu so‘z ishlatilgan.
“Egallash” so‘zini mulk egasining huquqlaridan biri sifatida qo'llash 
bu huquqning mohiyatini to ‘g ‘ri yoritmaydi.  “Egalik qilish”  so‘zi biror bir 
narsani  (mol-mulkni  qo‘lida  ushlab  turish,  saqlash  m a’nosini  beradi. 
Shuning uchun “egallash” so ‘zi o ‘m iga “egalik qilish” so ‘zi o ‘rinliroqdir.
Yuqoridagilarga  asoslanib,  egalik  qilish  huquqi  shaxslaming  mol- 
mulkni  o ‘z  qo‘llarida  ushlab  turish  imkoniyati  b o ‘lib,  uni  o 'z   x o ‘jaligi 
hisobiga  kiritadi.  Bu  tushunchani  keng  m a’noda  berilgan  b o ‘lib,  u 
mulkdoming  egalik  qilish  huquqini  to 'liq  ochib  beradi.  Bu  birinchidan, 
qonun tomonidan berilgan imkoniyatlar qaysi mol-mulklar shaxs egaligida 
bo'lishi mumkinligini belgilaydi;  ikkinchidan,  shu mol-mulklar shaxsning 
qo'lida ekanligini ko'rsatib, boshqa shaxslar unga nisbatan begona sifatida 
turishi zarur.
M ulk huquqi mazmunining elementi hisoblangan foydalanish huquqi 
doirasi bugungi kunda kengaydi. Ilgarigi qonunlarda fuqarolaming shaxsiy 
huquqlaridan  foydalanishda  yollanma  mehntani  qo'llashga  ruxsat 
berilmagan  bo'lsa,  hozirgi  amaldagi  qonunchilikda  fuqarolar  o'zlarining 
xususiy  mulk  huquqidan  foydalanishda  har  qanday  harakatni  amalga 
oshirishi  mumkinligi,  hatto  yollanma  ishchi  kuchini  jalb  etishga  ruxsat 
etilishi ko'rsatilgan.
Fuqarolar  xususiy  mulklaridan  bevosita  o'zlari  yoki  boshqa 
shaxslarga  berib  qo'yish  bilan  foydalanishi  mumkin.  Ular  bu  huquqqa 
asosan  o ‘z  mol-mulklari  asosida  xususiy  korxonalar  tashkil  etishi  ham 
mumkin.  U  korxona  muassisning  mulkidan  yuridik  shaxs  sifatida 
foydalanadi va unga shartnomada ko'rsatilgan miqdorda olingan foydadan 
foiz to ‘lab turadi.
Fuqarolar  xususiy  mulk  huquqidan  foydalanishda  mol-mulkni 
garovga  qo'yishi,  ijaraga  berishi  va  boshqa  yo'llar  bilan  uning  foydali 
xususiyatlarini  olishi  mumkin.  Bunda  mol-mulk  egasi  bo'lm agan  shaxs 
foydalanishida bo'ladi.
Qonunda  tadbirkorlik  faoliyatnii  amalga  oshirishda  fuqaro  xususiy 
mulkidan xohlagan tartibda, faqat atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi,
25

boshqa fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun 
bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarini  buzmasligi  sharti  bilan,  foyda  olishni 
ko‘zlab,  mulkiy  javobgarlikni  o ‘z  zimmasiga  olgan  holda  foydalanishi 
ko ‘rsatilgan.
Shuni  aytish  kerakki,  mulkdor  nafaqat  mulkiy  manfaatdorlikni 
o ‘ylashi  kerak,  balki  manfaatdorlikning  ikkinchi  tomoni  bo'lgan  mol- 
mulkni  saqlash vazifasiga ham e’tibor berm og'i zarur.  U mulkni asrash va 
ta’mirlash,  davlat  solig'ini  to'lash,  xo'jalik  yuritishda  unga  yetkazilgan 
zararlami  qoplash  uchun  qilinadigan  sarf-harajatlardan  iborat1.  U  o'z 
navbatida qonunlarda mujassamlanishi zarur.
Fuqarolar xususiy mulk huquqining  asosiy xususiyatlaridan biri mol- 
mulkdan  foydalanishda  daromad  (foyda)  olishdir.  Mulkdan  foydalanish 
tartibi to'liq mulkdoming erk-irodasiga bog'liqdir.
Ushbulardan  kelib  chiqib,  foydalanish  huquqi  -   qonunga  asoslanib, 
mulk  egasining  erk-irodasi  bilan  mol-mulk  imkoniyati  darajasida 
ekspluatatsiya  qilib,  uning  foydali  xususiyatlarini  hamda  undan  daromad 
va hosil olish tushuniladi.
Fuqarolar xususiy mulk huquqi mazmunini asosiy elementlaridan biri
-   tasarruf etish  huquqidir.  Tasarruf etish  huquqi  deb  odatda  mulkdoming 
ashyoni  yuridik  taqdirini  belgilash  imkoniyati  tushuniladi.  Bunda  mulk 
egasining  mulkni  tasarruf etishdagi  huquq  doirasi  to'liq  ko'rsatilmasa-da 
unga  to 'g 'ri  tushuncha  berilgan.  Tasarruf  etish  huquqining  mazmuni 
fuqarolar  xususiy  mulk  huquqi  mazmuni  bilan  bog'liq  bo'lib,  mol- 
mulkdan  mulkdoming  moddiy  va  m a’naviy  ehtiyojini  qondirish  uchun 
foydalaniladi.  Shuning  uchun  tasarruf  huquqi  foydalanish  huquqi  bilan 
ko'p jihatdan o'zaro bog'langandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tasarruf etish huquqi mulkdoming o 'z 
ixtiyoriga  k o'ra  mol-mulkning  yuridik  taqdirini  belgilash  imkoniyati 
bo'lib,  u  soqit  qilish,  tashlab  yuborish  va  boshqa  usullarda  amalga 
oshiriladi.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling