To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Chet el davlatining 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk huquqi


Download 8.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana20.12.2019
Hajmi8.84 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

3. Chet el davlatining 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk huquqi
Ajnabiy 
davlatlar 
va 
xalqaro 
tashkilotlaming 
O'zbekiston 
Respublikasi  hududida  xalqaro  shartnomalarda  hamda  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  va  tartibda 
diplomatik,  konsullik,  ijtimoiy-madaniy,  xayriya  va  boshqa  halqaro 
munosabatlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  mol-mulkka  egalik  qilishga 
haqlidirlar, ulaming mol-mulkni asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga 
o'tkazish imkoniyati kafolatlanadi.
Ma’lumki, 
davlatlar 
xalqaro 
huquqning 
asosiy 
subyektlari 
hisoblanadi.  Davlatlar  bor  ekan,  ularga  huquqiy  subyektlik  xosdir. 
Davlatlar  hokimiyat  va  boshqaruv  apparatlari  hamda  o ‘z  hududi,  aholisi 
va, eng muhimi, suverenitetga egadirlar.
Davlat  o ‘z  vakolatxonalari  uchun  chet  elda  mol-mulk  orttirish,  chet 
el  yuridik  shaxslari  va  fuqarolari  bilan  mulkiy  xarakterga  ega  bo‘lgan 
bitimlami  tuzish,  chet  elda  ochilgan  merosni  qabul  qilish  vaqtida  davlat, 
o ‘z navbatida, xalqaro-xususiy huquqiy munosabatlarda qatnashadi.
Fuqarolik 
qonunchiligi 
tomonidan 
tartibga 
solinuvchi 
munosabatlarda ishtirok etayotgan  davlat,  boshqa qatnashchilar bilan teng 
ravishda qatnashadi.
Ushbu  munosabatlarda  davlat  nomidan  davlat  hokimiyat  va 
boshqaruv  organlari  yoki  ular  tomonidan  tayinlangan  maxsus  organlar 
qatnashadilar.
FKning  79-moddasi  3-qismiga  muvofiq,  davlat  o'zining  fuqarolik- 
huquqiy majburiyatlari bo'yicha o‘z mulki bo‘lgan mablag'lari bilan javob 
beradi.
Shuningdek,  FKning  1178-moddasiga  ko'ra,  davlatning  chet  el 
elementli  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarida  ishtirok  etishi  ehtimoli 
ko'rsatilgan.
287

Yuqorida  qayd  etilganlar  asosida  ta’kidlab  o ‘tish  joizki,  davlat 
nafaqat  xalqaro  ommaviy  huquq,  balki  turli  xil  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlaming  teng  huquqli  ishtirokchisidir.  Shu  bilan  birga,  u  chet  el 
elementi  mavjud  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  qatnashadi  va,  bu 
holatda,  uning  suverenligi  to‘liq  ravishda  saqlanadi,  ya’ni  u  butunlay 
mustaqil  bo‘lib  qoladi:  boshqa  davlatlar  va  ulaming  organlariga 
bo'ysunmaydi  (keyingi o'rinda qayd etiluvchi holatlar bundan istisno).
Davlat  o ‘zi  chiqargan  zayomlar  bo‘yicha  obligatsiyalami  chet  el 
fuqarolariga  sotishi  jarayonida  vujudga  kelgan  huquqiy  munosabatlarda 
taraflardan  biri  bo‘lib  chiqishi  mumkin.  U  konsessiya  shartnomalarining, 
va  umuman  olganda,  davlat  tomonidan  chet  el  xususiy  kompaniyalarga 
konsessiyalar berilishi jarayonida taraflardan biri bo‘lishi mumkin.
Masalan,  1995-yil  30-avgustda  qabul  qilingan  “Konsessiyalar 
to‘g ‘risida”1gi  Qonunning  5-moddasiga  ko‘ra,  quyidagilar  konsessiyaviy 
huquq munosabatlarining subyektlaridir:
-  konsessiya  organlari  -   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  vakil  qilgan  davlat  boshqamvi  organi,  shuningdek joylardagi 
davlat hokimiyati organlari;
- konsessiyachi -  konsessiya shartnomasi tuzgan chet ellik investor.
Xorijiy  mamlakatda  elchixona  uchun  bino  qurish,  yer  uchastkasi  va
turar  joy  binosini  ijaraga  olish  vaqtida  davlatning  o ‘zi  ham  mulkiy 
munosabatlar  subyekti  sifatida  qatnashadi.  Bu  holda  bitimlar  u  yoki  bu 
davlat nomidan uning elchixonasi tomonidan tuziladi.
Shuningdek,  davlat  chet  elda  fuqarolik  muomalasiua  uning  fuqarosi 
vafotidan  so‘ng  qolgan  egasiz  mol-mulkning  vorisi  yoki  vasiyatnoma 
bo‘yicha voris sifatida qatnashishi mumkin.
Mulkiy  munosabatlar  sohasida  davlatga,  yuridik  shaxs  boimagani 
sababli, huquqning alohida subyekti sifatida qaraladi.
Yuridik  shaxs  toifasi  -   har  bir  davlat  ichki  milliy  huquqining 
toifasidir.  Davlatning  o ‘zi  u  yoki  bu  tuzilmaga  yuridik  shaxs  huquqini 
berishi mumkin, ya’ni  davlatning o ‘zi u yoki bu tuzilmaning yuridik shaxs 
bo‘lish-bo‘lmasligini  belgilaydi.  Bu  yerda  e’tibomi  davlat  yuridik 
shaxslari  va  nafaqat  ular,  balki  ular  huquqiy  holatining  davlat  huquqiy 
holatiga  o ‘xshash-o‘xshamasligiga  qaratish  lozim.  Nazarimizda,  bu 
savolga  to‘liq  javobni  FKning  80-moddasidan  olish  mumkin:  davlat 
tomonidan  tuzilgan  yuridik  shaxs  davlat  majburiyati  bo‘yicha  javob 
bermaydi.  Davlat  ham,  o ‘z  o'rnida,  u  tomonidan  tuzilgan  yuridik  shaxs 
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  3995 yiJ, № 9 ,185-modda.
288

Agar  davlat,  o'zi  tuzgan  shartnomaga  ko'ra  yuridik  shaxs 
majburiyatlari  bo‘yicha  kafillikni  o ‘z  zimmasiga  olgan  bo‘lsa,  yoki 
aksincha,  yuridik  shaxs  davlat  majburiyatlari  bo'yicha  kafilliklami  o ‘z 
zimmasiga  olsa,  qayd  etilgan  qoidalar  tatbiq  qilinmaydi.  Masalan, 
“Investitsiya  faoliyati  to‘g ‘risida”gi  Qonuiming  15-moddasi  2-bandiga 
ko‘ra,  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  kafolati  ostida  chet  el 
investitsiyalari  va  kreditlarini  jalb  etgan  holda  amalga  oshiriladigan 
investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi”.
“Davlat,  davlat  boshqaruv  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari  chet  el  investori  bilan  tuzilgan  tegishli  shartnomalarda  o ‘z 
zimmasiga  olgan,  vakolatlari  O'zbekiston  Respublikasi  qonun hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  shaxslar  imzolagan  majburiyatlar 
bo‘yichagina javob beradilar.
Davlat  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etayotgan  O'zbekiston 
Respublikasi  rezidentlarining  majburiyatlari  yuzasidan  javob  bermaydi, 
bunday  majburiyatlar  qonunda  belgilangan  tartibda  davlat  tomonidan 
kafolatlangan  hollar  bundan  mustasno”,  deb  belgilanadi  “CHet  el 
investitsiyalari to‘g ‘risida”gi Qonunida.
“Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ulami  himoya 
qilish  choralari  to‘g‘risida”gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  4- 
moddasi  4-bandida  esa  quyidagi  holat  belgilangan:  “CHet  ellik 
investorlarga  qo'shimcha  kafolatlar  va  ulami  himoya  qilish  choralari  ... 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  tomonidan  ham  beriladi”.  Masalan, 
1998-yil  26-oktyabrda  akkumulyator  batareyalarini  ishlab  chiqaruvchi 
“0 ‘zEksayd”  0 ‘zbekiston-Amerika  qo‘shma  korxonasini  tashkil  etish 
to ‘g ‘risida”gi  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  45Z- 
sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu  Qaroming  10-bandi  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vaziriga belgilangan  tartibda,  ushbu  loyihani  amalga  oshirish  uchun  zarur 
bo'lgan  jalb  etilayotgan  kreditlar  bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasi 
Hukumatining kafolatini taqdim qilish vakolatini beradi.
Demak,  bu  vaziyatda  davlat  Moliya  vazirligi  orqali  yuqorida 
ko'rsatilgan  loyihani  amalga  oshirish  borasida  majburiyatlar  bo'yicha 
javobgarlikni  o'z  zimmasiga  oladi  va  bu  degani,  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar qatnashchisi hisoblanadi.
Shunday  qilib,  umumiy  qoidaga  ko'ra,  yuridik  shaxslar,  ular  davlat 
tomonidan  tuzilgan  bo‘lsa-da,  chet  el  elementli  xususiy-huquqiy 
munosabatlarda  qatnashganda,  immunitetga  (daxlsizlikka)  ega  bo‘lmaydi 
hamda davlat,  yuridik shaxs  majburiyatini o'z zimmasiga olgan holda,  o'z 
immunitetini avtomatik ravishda cheklaydi.
289

Ko'pincha  davlatni,  fuqarolik  oboroti  tartibini,  o ‘zining  huquqiy 
layoqati  mazmunini  va  chegarasini  shakllantirishi  mumkinligi  sababli, 
huquqning  alohida  subyekti  deb  atashadi.  Lekin,  bir  tomondan  davlat 
maxsus  hokimiyat  vakolatlariga  ega  bo‘lib,  boshqa  tomondan  xo‘jalik 
subyekti  bo'lishi  ehtimolining  mavjudligi,  davlatning  maxsus  huquqiy 
subyektligi  natijasidir,  ammo  bu  hoi,  uning  ishtirok  etayotgan  fuqarolik 
huquqiy munosabatlarining tabiatini o ‘zgartirmaydi va ulami hokimiyat va 
bo‘ysunish  elementlarini  o ‘z ichiga  oladigan  munosabatlarga  aylantirishga 
asos bo‘la olmaydi.
Boshqacha  aytganda,  bozor  sharoitida  davlat  fuqarolik  huquqiy 
munosabatlarda  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  teng  bo‘lgan  huquq 
subyekti bo‘lib qatnashadi. Davlatning fuqarolik huquqi subyekti sifatidagi 
huquqiy  holatining  zamonaviy  tushunchasi  shundan  iboratdir  va  bundan 
ichki  fuqarolik  oborotida  davlat  immunitet  huquqiga  ega  emasligi  kelib 
ehiqadi.
Davlat chet el elementli fuqarolik-huquqiy munosabatlar qatnashchisi 
sifatida  kelganda,  vaziyat  murakkablashadi.  Bu  yerda,  davlatning  mutlaq 
immuniteti amal qiladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  suveren  davlat  sifatida  faqat  xalqaro 
ommaviy  huquq  subyekti  bo‘lib  qolmasdan,  balki  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlaming ham alohida subyekti bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  chet  el  elementi  bilan  bogiiq  fuqarolik- 
huquqiy  munosabatlarida  ham  o ‘z  suverenligini,  mustaqilligini  saqlab 
qoladi  va  hech  qanday  boshqa  davlatlarga  yoki  uning  organlariga 
bo‘ysunmaydi.
Shunday  qilib,  yuridik  doktrinada,  odatda,  davlat  immunitetining 
ikkita:  mutlaq  va  cheklangan  (u  xaqda  keyingi  o ‘rinlarda  bayon  qilinadi) 
konsepsiyalari  mavjud.  Mutlaq  immunitet  konsepsiyasi  quyidagilardan 
kelib ehiqadi:
a)  chet  el  davlatiga  nisbatan  da’volar,  ulaming  roziligisiz  boshqa 
davlatlaming sudida ko‘rib chiqilishi mumkin emas;
b)  da’voni  ta’minlash  maqsadida  u  yoki  bu  davlatning  mulkiga 
nisbatan boshqa biron bir davlat majburiy chora ko‘ra olmaydi;
v)  davlatning  roziligisiz  uning  mulkiga  nisbatan  majburan 
qo'llanuvchi choralar ko‘rilishi mumkin emas.
Shunga  ko‘ra,  odatda,  daxlsizlik  huquqining  quyidagi  turlari 
farqlanadi:  sudlovdan daxlsizlik,  oldindan da’voni ta’minlashga daxlsizlik, 
qaromi majburiy ijro etishga daxlsizlik.
290

Sudga  daxlsizlik  shundan  iboratki,  davlat  boshqa  davlatlaming 
sudloviga  tegishli  emas  (bir  davlat  ikkinchi  davlatning  sudi  tomonidan 
sudlana  olmaydi).  Bir  davlat ikkinchi davlatning  sudi tomonidan javobgar 
sifatida  jalb  etilmaydi,  davlat  tomonidan  bunga  aniq-ravshan  rozilik 
berilgan hollar bundan mustasno.
Oldindan  da’voni  ta’minlashga  daxlsizlik  shundan  iboratki,  davlat 
mulki da’voni ta’minlash predmeti bo‘la olmaydi.
Qaromi  ijro  etishga  daxlsizlikka  ko‘ra,  davlatning  ixtiyorisiz 
(roziligisiz)  davlatga  qarshi  chiqarilgan  qaromi  majburiy  ijro  etishni 
amalga oshirish mumkin emas.
Yana  tarixiy  rakursga  qaytamiz.  Bu  haqda  shuni  aytsa  bo'ladiki, 
mutlaq  immunitet  doktrinasi  birinchi  Jahon  urushiga  qadar  amalda 
bo‘lgan.  Davlat iqtisodiy jarayonlarda faol  qatnashayotganligi  sababli  (bu 
holat  keskin  ravishda  birinchi  Jahon  urushi  davrida  rivojlana  boshladi) 
mutlaq  immunitet  doktrinasi  asta-sekin  parchalana  boshladi.  Ayniqsa, 
Evropa  kontinental  mamlakatlarida  (Belgiya,  Germaniya)  mutlaq 
immunitetning  o ‘miga  nisbiy,  sektoral  immunitetni  vujudga  keltirgan 
doktrina  paydo  bo‘ldi.  Shundan  keyin,  Oliy  hokimiyat  aktlari  (acta  jure 
imperii)  va  iqtisodiy  (xo'jalik)  oboroti  doirasidagi  harakatlar  (acta  jure 
qestions)  farqlana  boshladi.  Hozirgi  vaqtda,  hech  qanday  shak-shubhasiz, 
belgilanadiki,  mutlaq  davlat  immunitetining  eski  doktrinasi  butunlay 
engilgandir. Bu holat, muhim ahamiyatga egadir, chunki bir vaqtda u shuni 
ko'rsatadiki,  milliy  qonunda  chet  el  davlati  immunitetiga  chek  qo‘ygan 
milliy qonun chiqaruvchi xalqaro huquqqa zid emasdir.
Ushbu  rivojlanish  ma’lum  bir  vaqtda  turli  xil  elementlar  yordamida 
amalga  oshirildi.  Uning  echimi  sud  qarorlari  asosida  boshlandi. 
Keyinchalik,  birinchi  xalqaro  hujjat,  ya’ni  1972-yil  16-may  “Davlatlar 
immuniteti to‘g‘risida”gi Bazel Evropa kelishuvi vujudga keldi.  Shu bilan 
birga,  birinchi qonunlar qabul  qilindi:  G ‘oreign Sovereign Immunities  Act 
(AQSH,  1976-yil),  State  Immunity  Act  (Buyuk  Britaniya,  1978-yil). 
Davlatlar uyushmasi “Xalqaro davlatlar immuniteti Konvensiyasi”ni ishlab 
chiqishga tayyorlana boshladilar.
Cheklangan  immunitet  konsepsiyasiga  binoan,  chet  el  davlatlari, 
uning  organlari  va  mulki  immunitet  huquqi  bilan  faqatgina  davlatlar 
suveren  vazifalarini,  ya’ni  jure  imperii  harakatlarini  amalga  oshirganda 
foydalanadilar.  Agar  davlat,  tijorat  xarakteridagi  (tashqi  savdo  bitimlar 
tuzish,  konsessiya va boshqa bitimlar va h.k.)  (jure gestiones) harakatlami 
amalga  oshirsa,  u  immunitet  huquqidan  foydalanmaydi.  Boshqacha  qilib 
aytganda, 
cheklangan 
immunitet 
konsepsiyasi 
tarafdorlari 
shuni
291

ta’kidlashadiki,  agar  davlat  o ‘zini  xususiy  shaxs  holatiga  qo‘ysa,  unga 
nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atish  va  uning  mulkiga  nisbatan  majburiy  choralar 
ko'rish mumkindir.
Yigirmanchi  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  cheklangan 
immunitet  konsepsiyasi  turli  xil  mamlakatlaming  qonunchilik,  sud  va 
shartnomaviy  amaliyotida  keng  tarqaldi.  Bu  esa  davlatning  iqtisodiy 
faoliyatida qatnashish doirasi kengayganidan dalolatdir.
Natijada  chet  el  davlati  immunitetini  cheklovchi  shartnomaviy  va 
xalqaro huquqiy normalami tatbiq qilish doirasi tobora kengaymoqda.  Shu 
bilan  birga,  davlatning  mutlaq  immunitetiga  tegishli  xalqaro  huquqiy 
normalami tatbiq qilish doirasi esa torayib bormoqda.  Ma’lum bir ishlarga 
nisbatan mutlaq immunitet konsepsiya tarafdorlari bo‘lgan davlatlar undan 
voz  kechayotgan  hollari  tez-tez  uchrab  turibdi.  Bu  hoi  ular  tomonidan 
qabul  qilingan  qonunlarda  o ‘z  aksini  topayapti.  Masalan,  yuqorida 
ko'rsatilgan  immunitet  to ‘g ‘risidagi  qonunlardan  tashqari,  AQSH  (1976), 
Buyuk  Britaniya  (1978),  shunday  qonunlar  Avstriya  (1979),  Kanada 
(1981), Pokiston (1981) va boshqalarda qabul qilingan.
Ba’zi  bir  MDH  davlatlarining  fuqarolik  prosessual  kodekslarida 
qaysi  chet  el  mamlakatida  davlat  immuniteti  taqdim  etilmasa,  unga 
javoban  choralar  ko'rilishi  ko'zda  tutilgan  holatlar  biriktirilgan  bo‘lsa-da 
(masalan,  Ukraina  FPKning  425-moddasi),  bu  imkoniyatning  belgilanishi 
o'zarolik prinsipini qo'llashga olib kelmaydi va amaliyotda o ‘z  samarasini 
yo'qotadi,  degan  fikrga  qo‘shilish  mumkin.  Hech  bo‘lmaganda,  bu  holat 
immunitetni  cheklaydigan  qonunlar  (yuqorida  aytilganidek)  qabul  qilgan 
yoki  sud  amaliyoti  cheklangan  immunitet  konsepsiyasi  tarafdori  boigan 
(Germaniya,  Avstriya,  Fransiya,  Belgiya,  Shveysariya,  Italiya,  Daniya, 
Finlyandiya,  Gresiya,  Norvegiya  va  boshq.)  mamlakatlarga  nisbatan 
taalluqlidir.
Shunday  qilib,  u  yoki  bu  MDH  davlatining  qonunchiligida  chet  el 
davlatining  mutlaq  immuniteti  mustahkamlangan  bo‘lsada,  bu  chet  el 
davlati  sudlarida ham MDH  davlatlarining  immuniteti  avtomatik ravishda 
tan  olinadi  degani  emasdir.  Chet  el  sudlari  har  bir  konkret  vaziyatda, 
boshqa  davlat  va  uning  organlari  immunitet  huquqidan  foydalanish  -  
foydalanmasligini  o ‘z  milliy  qonuni  asosida  o ‘zlari  hal  qiladilar  va  bu 
ma’lum  bir  vaziyatda  har  qanday  davlat  chet  el  sudi  yurisdiksiyasiga 
bo‘ysunishi imkoniyatiga olib keladi.
Shuni  ta’kidlash  joizki,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  “Davlat 
immuniteti  to‘g ‘risida”gi  qonun  ustida  izlanish  ishlari  olib  borilmoqda. 
Uning  maqsadi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  sud  ishlarini  ko‘rib  chiqish,
292

0 ‘zbekiston  Respublikasining  chet  el  davlatlariga  nisbatan  da’vo 
qo‘zg‘atishi va chet el davlatlarining  0 ‘zbekiston Respublikasiga nisbatan 
da’vo  qo‘zg‘atishi,  mazkur  da’volar  bo'yicha  sud  qarorlarini  bajarish 
hamda ulaming  vakillarining  immunitet va imtiyozlariga tegishli  qoida va 
tartiblarini o ‘matishga qaratilishi lozim.
Ushbu  qonunni  ishlab  chiqish  va uni  qabul  qilish  sud  amaliyotining 
tajribasi  etarli  bo‘lmagan  mamlakatlarga foydasi ko‘proq tegadi.  Shunday 
mamlakatlarga  MDH  davlatlari  ham  kiradi,  lekin  asosiysi,  albatta,  bu 
borada  yangi  mustaqil  davlatlaming  xalqaro  iqtisodiy  va  madaniy 
hamkorligi  rivojlanishini  immunitet,  chet  el  investisiyalari  barqaror 
huquqiy  muhit yaratishni  o ‘z  oldiga maqsad qilgan va,  boshqa  tomondan, 
milliy  korxona  va  tashkilotlarining  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
qiluvchi huquqiy tartibga solishni barpo etishdir.
Shunday  qilib,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  immuniteti 
to ‘g ‘risida”gi  qonun  qabul  qilinishi  0 ‘zbekistonning  Jahon  Savdo 
Tashkiloti  (WTO)  da  qatnashishlikka  undaydi  va  chet  el  investisiyalarini 
jalb etishga ko‘mak beradi.
4. Konsessiya. Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar
Har  qanday  majburiyatda  ikki  taraf  ishtirok  etadi  va  majburiyat 
subyektlari deb yuritiladi. Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega 
bo'lgan  va  zimmasiga  majburiyat  olgan  shaxslardir.  Muayyan  bir 
harakatning  qilinishi  yoki  muayyan  harakatni  qilishdan  saqlanishni  talab 
etishga  haqli  bo'lgan  taraf  -   kreditor  deb  ataladi.  Muayyan  harakatni 
qilishga  yoki  harakat  qilishdan  saqlanishga  majbur  bo'lgan  taraf  esa  -  
qarzdor deb ataladi.
Davlatning  majburiyat  munosabatlarida  ishtiroki  masalasini  aynan 
ana  shu  ikki  holat  (kreditor  va  qarzdor)  yuzasidan  ко'rib  chiqish  lozim. 
Bunda,  majburiyat  munosabatlarida  davlat  organlarining  davlat  nomidan 
ishtirok  etishlari  ko'plab  uchraydigan  munosabat  bo'lsa,  davlatning  o'z 
nomidan  (O'zbekiston Respublikasi nomidan)  majburiyat munosabatlarida 
ishtiroki  (mamlakatning  ichki  muomalasida)  ko'p  kuzatiladigan  holat 
hisoblanadi.
Ma’lumki,  majburiyat  shartnomali  majburiyatlar  va  shartnomadan 
tashqari majburiyatlarga bo'linadi. Davlatning shartnomali majburiyatlarda 
ishtirok  etishi,  odatda,  uning  organlari  tomonidan  davlat  nomidan  turli 
shartnoma  va  bitimlar  tuzish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunda  davlat 
fuqarolik-huquqiy  xarakterdagi  har  qanday  bitim  va  shartnomaning  tarafi
293

sifatida  ishtirok  etishi  mumkin.  Lekin  faqatgina  yuridik  shaxslar  va 
fuqarolar  o ‘rtasida  tuzilishi  mumkin  bo‘lgan  shartnoma  va  bitimlarda 
davlat  ishtirok  eta  olmaydi.  Masalan,  davlat  bitim  va  shartnomalarda 
iste’molchi  (chakana  oldi-sotdi  shartnomasida  xaridor,  maishiy  pudrat 
shartnomasida  buyurtmachi,  prokat  shartnomasida  ijarachi  bo‘lishi 
mumkin  emas).  Shuningdek,  davlat  bitimlarda  maxsus  subyekt  -  
sug'urtalovchi,  bank,  moliya  agenti  sifatida  ham  qatnashmaydi.  Davlat 
tadbirkor  bo'lmaganligi  sababli  u  tadbirkorlik  faoliyatida  amal  qiladigan 
bitimlarda ham ishtirok etmaydi  (ishonchli  boshqaruvchi  bo‘lishi  mumkin 
emas  va  kompleks  tadbirkorlik  lisenziyasi  (franshizing)  shartnomasining 
tarafi sifatida qatnashmaydi)1.
Majburiyat  munosabatlarida  davlat  mulkdor  sifatida  o ‘z  mulkini 
boshqarish,  tasarmf  etish  yoki  xususiylashtirish  yuzasidan  turli  bitimlar 
tuzishi mumkin.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  ham  fuqarolik  huquqining  teng 
huquqli  maxsus  subyekti  hisoblanar  ekan,  u  o ‘z  funksiyalarini  amalga 
oshirish yuzasidan turli  shartnomalami tuzadi.  Masalan,  davlat investitsiya 
faoliyatida,  sarmoya  kiritish  orqali  to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  ishtirok  etib  bitimlar 
tuzadi.  Bu holat nafaqat chet el davlatlariga investitsiya kiritish, balki chet 
el  investorlarini  mamlakat  iqtisodiyotiga  jalb  qilishda  ham  kuzatiladi. 
Davlatning  investitsiya  munosabatlarida  ishtirok  etishi  o ‘ziga  xos 
jihatlarga ega.  Zero,  davlat bu  borada fuqarolar  va xalqaro  xususiy huquq 
subyektlari  (yuridik  va  jismoniy  shaxslar)  ega  bo‘lmagan  muhim 
imkoniyatlarga  ega.  Aniqroq  aytganda,  davlat  bir  vaqtning  o‘zida  xalq 
hokimiyati  nomidan  ish  ko‘radi  (ichki  va  tashqi  siyosatning  asosiy 
yo‘nalishlarini belgilaydi, strategik dasturlami qabul qiladi, iqtisodiyotning 
strategik  masalalarini  echishga  qaratilgan  investitsiya  dasturlarini  ко‘rib 
ehiqadi),  xususiy-huquqiy  munosabatlarda  ishtirok  etadi  (bu  yerda 
investitsiya faoliyatida qatnashish ham ko‘zda tutilgan)2.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Investitsiya  faoliyati  to‘g ‘risida”gi 
Qonuni  7-moddasiga  muvofiq,  mahalliy  hokimiyat  organlari  va  davlat 
boshqaruv  organlari  investitsiya  faoliyatining  subyekti  hisoblanadi  va 
aynan  ular  davlat  nomidan  ushbu  faoliyatda  ishtirok  etadilar.  Mazkur 
qonunning  10-moddasiga  muvofiq,  davlat  investitsiya  faoliyatining 
ishtirokchisi sifatida quyidagi huquqlarga ega:
-tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bolish;
1 Гражданское право. Учебник. 6-е изд. /  Отв.ред. А.П.Сергеев, Ю.К.Толстой. Т.1. -М .: Проспект, 2003. 236-е.
2 Samarho’jaev В. O ’zbekistonda investitsiya siyosati // Jamiyat va boshqaruv. 2002. -№2. -49 b.
294

-investorlar 
bilan 
ulaming 
buyurtmaiarini 
bajarish 
uchun 
shartnomalar tuzish;
-agar  qonun  hujjatlari  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib 
belgilanmagan  bo‘Isa,  investor  oldidagi  o ‘z  majburiyatini  bajarishga 
boshqa shaxslami jalb etish va h.k.
Davlat  va  uning  vakolatli  organlari  yuqorida  ko‘zda  tutilgan 
shartnoma  munosabatlariga  kirishganda,  investitsiya  faoliyatining  boshqa 
subyektlari  bilan  teng  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo'ladi.  Albatta, 
davlat  bunday  munosabatlarda  ishtirok  etar  ekan,  huquq  va  majburiyat 
sohibi sifatida majburiyat subyekti hisoblanadi.
Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  munosabati  bilan  davlatning  majburiyat 
munosabatlardagi  ishtiroki  kengayib  bormoqda.  Bu  holat  ayniqsa,  mulkni 
davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  munosabatlarida, 
konsessiya  munosabatlarida,  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitimlarda  yaqqol 
namoyon bo'lmoqda.
Davlatning  konsessiya  majburiyatlaridagi  ishtiroki  o'ziga  xosdir. 
Zero,  davlat  bu  munosabatlarda  bevosita  ishtirok  etish  orqali  majburiyat 
munosabatlarining  tom  ma’nodagi  ishtirokchisiga  aylanadi.  O'zbekiston 
Respublikasining  “Chet  el  investitsiyalari  toig ‘risida”gi  qonuni  13- 
moddasiga  muvofiq,  chet  ellik  investorlarga  tabiiy  resurslami  qidirish, 
qazib  olish  va  ulardan  foydalanish  hamda  boshqa  xo'jalik  faoliyatini 
yuritish  uchun  konsessiyalar  berish  chet  ellik  investorlar  O'zbekiston 
Respublikasi  davlat  boshqaruvining  vakolatli  organlari  bilan  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  tuzadigan  konsessiya  shartnomalari 
asosida amalga oshiriladi.
Konsessiyalarga, 
agar  ular  O'zbekiston  Respubikasi 
qonun 
hujjatlarida 
taqiqlanmagan 
bo'Isa 
va 
tuziladigan 
konsessiya 
shartnomalarining  maqsadlariga javob  bersa,  faoliyatning  barcha  sohalari 
va turlarida yo'l qo'yiladi.
Darhaqiqat, 
konsessiya 
davlat 
ishtirok 
etuvchi 
majburiyat 
munosabati  sifatida  ahmiyatlidir.  S.S.Hamroevning  fikricha,  konsessiya 
shartnomasi  o'z  ichiga  fuqarolik-huquqiy  ahamiyat  kasb  etuvchi 
majburiyatlardan  tashqari,  ommaviy  huquq  normalari  bilan  tartibga  solib 
turiluvchi  boshqa  majburiyatlami  ham  qamrab  oladi1.  Bunda  ommaviy 
huquq  subyekti  sifatida  davlat  va  uning  vakolatli  organlari  ishtirok 
etganligi  munosabati  bilan  ushbu  shartnomaga  ommaviy  huquq  normalari 
tatbiq etiladi.
1  Hamroev  S.  O’zbekistonda  tabiiy  boyliklardan  foydalanish  shartnomalarini  (konccssiya)  ning  huquqiy  tartibga
solinishi. -Toshkent: NPO Vostok,  1999. -54 b.
295

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  vakil  qilgan  davlat 
boshqaruvi  organi,  shuningdek  joylardagi  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari  -   konsessiyachi  organlar  sifatida  davlat  nomidan  konsessiya 
shartnomalarida ishtirok etadilar.
Qonunning  9-moddasiga  muvofiq,  vakolatli  davlat  organlari 
konsessiya  munosabatlarida  davlat  nomidan  quyidagi  huquqlarga  ega 
bo'ladilar:
1) tanlovlar va auksionlar tashkil etish hamda ulami o ‘tkazish;
2)  o ‘ziga  berilgan  vakolatlar  doirasida  konsessiya  shartnomalarini 
tuzish va h.k.
Joylardagi  davlat  hokimiyati  organlari  esa  ushbu  munosabatlarda 
quyidagi huquqlarga ega:
1)  konsessiya  shartnomalari  tuzilishi  mumkin  bo‘lgan  o ‘z 
ixtiyorlaridagi obyektlami aniqlash;
2)  o ‘z  ixtiyorlaridagi  obyektlar  bo‘yicha  tanlovlar  va  auksionlar 
tashkil etish hamda ulami o ‘tkazish;
3)  o ‘zlariga  berilgan  vakolatlar  doirasida  konsessiya  shartnomalari 
tuzish,  shuningdek  o ‘zlariga  qarashli  hududlardagi  obyektlar  bo‘yicha 
boshqa konsessiya shartnomalarining shartlarini kelishish va boshqalar.
Konsessiya  shartnomalari  tanlov,  auksion  asosida  tuziladi.  Bunda 
shartnoma  tanlov  yoki  auksionda  g ‘olib  chiqqan  chet  ellik  investor 
(konsessor)  bilan  tegishli  konsessiya  organi  o ‘rtasida  tuziladi  va 
ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  paytdan  boshlab  kuchga  kiradi.  Konsessiya 
shartnomalarida  davlat  nomidan  ishtirok  etuvchi  vakolatli  davlat  organi 
yoki mahalliy hokimiyat organining eng asosiy  majburiyati yer va yer osti 
uchastkalarini  xo‘jalik  faoliyatining  muayyan  tori  (yer  osti  boyliklarini 
qidirib  topish  va  ulami  qazib  olish)  bilan  shug‘ullanish  uchun  chet  ellik 
investorga topshirish hisoblanadi.
Davlat  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitimlarda  ham  bevosita  ishtirok 
etadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  7-dekabrdagi  “Mahsulot 
taqsimotiga  oid  bitimlar  to‘g ‘risida”gi  qonuni  3-moddasiga  muvofiq, 
mahsulot  taqsimotiga  oid  bitim  shartnoma  hisoblanib,  unga  muvofiq 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  haq  olish  asosida  va  muayyan  muddatga  chet 
ellik  investorga  bitimda  ko'rsatilgan  yer  qa’ri  uchastkasida  konlami 
aniqlash,  qidirish  va  foydali  qazilmalami kavlab  olish  hamda  shular bilan 
bog‘liq bo‘lgan ishlami olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor 
esa  mazkur  ishlami  o'z  mablag‘lari  hisobiga  va  tavakkal  qilib  amalga 
oshirish majburiyatini oladi.
296

Bitimning  taraflari  bo‘lib,  0 ‘zbekiston  Respublikasi,  uning  nomidan 
bitimda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  yoki  u  vakolat 
bergan  organ,  konlami  aniqlash,  qidirishga va foydali  qazilmalami kavlab 
olishga o ‘z mablag‘larini,  qarzga olgan yoki jalb etgan mablag'larini  (mol- 
mulkini  va  (yoki)  mulkiy  huquqlarini)  kiritayotgan investor ishtirok etadi. 
Mahsulot  taqsimotiga  oid  bitim  qoidaga  muvofiq  konkurs  (auksion) 
asosida  tuziladi.  Qazib  olingan  (ishlab  chiqarilgan)  mahsulot  davlat  bilan 
investor  o ‘rtasidagi  bitimga  muvofiq  taqsimlanadi.  Zero,  bu  bitim 
(shartnoma)  ning  nomidan  ko‘rinib  turibdiki,  ishlab  chiqarilgan  (olingan) 
mahsulot  taraflar  o ‘rtasida  taqsimlanadi.  Bunda  davlat  kompensasiya 
mahsulotini,  shuningdek  foydaga  qolgan  mahsulotning  bitim  shartlariga 
muvofiq  investor  ulushi  hisoblanuvchi  qismini  (u  tomonidan  qilingan 
xarajadar  qiymatini  qoplash  maqsadida)  investorga  mulk  qilib  beradi. 
Bitim  shartlariga  muvofiq  investoming  mulkiga  o ‘tadigan  mahsulot  hech 
qanday  cheklashlarsiz  0 ‘zbekiston Respublikasidan  tashqariga olib  chiqib 
ketilishi  yoki  investor  tomonidan  ichki  bozorda  bitimda  belgilangan 
shartlar  va  tartibda  realizasiya  qilinishi  mumkin.  Davlat  esa,  o ‘zining 
“foydali” mahsulotlaridan kelgan foydani oladi.
Davlatning 
shartnomaviy 
munosabatlardagi 
fuqarolik-huquqiy 
javobgarligi  bevosita  shu  shartnomalaming  o ‘zida  ifodalanadi.  Xalqaro 
munosabatlarda  davlatning  chet  el  davlatlari  bilan  fuqarolik-huquqiy 
xarakterdagi  shartnoma  va  bitimlari  yuzasidan  javobgarligi  xalqaro 
shartnoma  va  bitimlardan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Davlat  nomidan 
fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  ishtirok  etuvchi  subyektlar,  bir 
vaqtning  o ‘zida  fuqarolik  huquqining  mustaqil  subyekti  hisoblanadilar  va 
ulaming  fuqarolik-huquqiy javobgarligi  davlatdan  alohida holda ko‘riladi. 
Lekin  bevosita  davlat  o ‘zi  ishtirok  etadigan  munosabatlarda  shartnomali 
majburiyatlaming  buzilishi uchun  davlat javobgardir.  Masalan,  “Mahsulot 
taqsimotiga  oid  bitimlar  to‘g ‘risida”gi  qonunning  29-moddasiga  muvofiq, 
taraflar  bitim  bo'yicha  o ‘z  majburiyatlarini  bajarmaganligi  yoki  lozim 
darajada  bajarmaganligi  uchun  bitimga  va  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
javobgar bo‘ladilar.
Qonunning 
4-moddasida 
esa 
taraflardan 
biri 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlati hisoblanishi belgilangan.  Lekin bu yerda investoming 
mahsulot  taqsimotiga  oid  bitim  bo‘yicha  majburiyatlami  bajarmaganlik 
uchun  javobgarlik  holati  yoritilmaganidek,  davlatning  javobgarligi 
yuzasidan  ham  aniq  qonun  normalari  ifodalanmagan.  Bu  xususda
S.S.Hamroevning fikrlari juda 
0‘rinli1.
1  Hamroev  S.S.  Yer  osli  boyliklaridan  foydalanish  va  muhofaza  qilishni  huquqiy  tartibga  solish  muammolari.  -
Toshkent: TDYI, 2003. -B.245-262.
297

Xuddi  shunday  holatni  konsessiya  shartnomalarida  ham  kuzatish 
mumkin.  “Konsessiyalar  to‘g‘risida”gi  qonunning  25-moddasiga  ko'ra, 
konsessiya  shartnomasini  tuzgan  tomonlar  uning  bajarilishi  uchun 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  va  shartnomalarda  ko‘zda 
tutilgan  tartibda  javobgar  bo‘ladilar.  Ko‘rinib  turibdiki,  konsessiya 
shartnomalarini  bajarmaganlik  uchun  javobgarlik  masalasi  ham  noaniq 
qonun  hujjatiga  havola  qilish  yo‘li  bilan  hal  qilinmoqda.  Hattoki,  qaysi 
turdagi 
yuridik 
javobgarlikni 
qo‘llash 
mumkinligi 
ham 
aniq 
belgilanmagan.  Lekin  shartnoma  tuzgan  tomon  (Ya’ni,  davlatning 
vakolatli  organi  yoki  mahalliy  hokimiyat  organi  va  investor)  javobgar 
ekanligi aniq ifodalangan1.

Download 8.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling